3.Qonning faol reaksiyasi.
Qonning muhiti ham boshqa eritmalarda bolgani singari, uning tarkibidagi (H) va (OH) ionlarining miqdoriga bogliq. Qonning faol reaksiyasi qon tarkibidagi vodorod ionining konsentratsiyasi bilan belgilanadi. Qonning muhiti kuchsiz ishqoriy reaksiyada bolib, ph-ko'rsatkichi odam va turli hayvonlarda bir-biridan kam farq qiladi.
Qonning kuchsiz ishqoriy muhitga egaligi, uning tarkibida (OH) ionlarining (H) ionlariga nisbatan ko'proq bolishidan dalolat beradi.
Qonning reaksiyasi juda katta ahamiyatga ega. Organizmda mavjud bolgan barcha hujayralari hayotiy jarayonlarini normal ravishda namoyon qilishi uchun qon muhiti tayinli bir darajada turishi kerak. Qon reaksiyasining ozgina bolsa-da o'zgarishi organizm hujayra va toqimalaridagi fiziologik jarayonlarning o'zgarishiga olib keladi. Odatda, venoz qonda karbonat angidridning ko'proq bolganligi sababli uning faol reaksiyasi arterial qonga nisbatan bir oz pastroq boladi. Organizmning turli hujayralari ichida ham muhit (Ph ko'rsatkichi) qon reaksiyasi ko'rsatkichiga qaraganda bir oz pastroq yani hujayralarda 7,0-7,2 ga teng boladi. Bu hujayra metabolizmiga va uning oqibatida hosil bolayotgan kislotali moddalarning miqdoriga bogliqdir. Qonning Ph ko'rsatkichi, organizmda kechayotgan moddalar almashinuvining jadalligiga bogliq bolib juda kichik doirada (0,1-0,2 orasida) o'zgarib turishi mumkin, xalos. Qon faol reaksiyasi ko'rsatkichining nisbatan o'zgarmasligi, doimiyligi qonning buferlik xossalari va chiqaruv organlarining faoliyatiga bogliq.
Amaliyotda vodorod ionlarining miqdori yoki vodorodlar sonini logarifmlar bilan konsentrasiyasini esa teskari belgi bilan belgilash qabul qilingan. Bu son odatda vodorod korsatkichi deb ataladi va r% bilan qayd qilinadi. Qonning r% ortacha 7,36 ga teng. RN-ning 7 dan past va 8 dan yuqori tomon siljigan bolishi hayot uchun xavfli.
Dostları ilə paylaş: |