Reja: Rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bolalar va o’smirlarni kompleks reabilitatsiya kilishda refleksoterapiya kompleksli korreksiya ishlari. Psixoterapiya, psixokorreksiya usullarini qo’llash Tayanch iboralar



Yüklə 74,5 Kb.
tarix26.01.2023
ölçüsü74,5 Kb.
#99445
3-мавзу

  1. мавзу. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni kompleks reabilitatsiya qilish jarayonida psixoterapiya va psixokorrеksiya usullarini qo‘llash.


REJA:

    1. Rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bolalar va o’smirlarni kompleks reabilitatsiya kilishda refleksoterapiya kompleksli korreksiya ishlari.

    2. Psixoterapiya, psixokorreksiya usullarini qo’llash

Tayanch iboralar: refleksoterapiya, aurikuloterapiya, aurikuloelektropunktura, affekt, psixoterapiya, psixokorreksiY.
Psixoterapiya va psixokorreksiya - bu insonlarning salomatligini saqlash maqsadida о‘zaro bir biri bilan bog‘langan psixologik ta’sir etish shakllaridir.
Psixoterapiya- bu psixikaga kasallik hodisalarini bartaraf etish yoki oldini olish, о‘ziga о‘zining nuqsoniga nisbatan tо‘g‘ri munosabatni rivojlantirish maqsadida kompleks davolovchi- psixologik – pedagogik ta’sir etishdir. Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda psixoterapiya davolovchi- psixologik
– pedagogik korreksion tadbirlar, davolashning ta’lim va tarbiyaning barcha jarayonlari bilan uzviy bog‘liq
.Psixoterapiya о‘tkazish uchun mutaxassis bola kasalligi bilan yaxshi tanish bо‘lishi kerak.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari ( yuqori darajadagi ishonuvchanlik, hissiy ta’sirchanlik, shifokorga, tarbiyachi, pedagogga bog‘lanib qolishi) psixoterapiyani samarali qо‘llash uchun keng imkoniyatlar ochadi. Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning kо‘pchiligida erta ikkilamchi reaktiv xarakterdagi hissiy buzilishlar kuzatilib, ular ishonchsizlik, nutqiy muloqotdan qо‘rqish, kayfiyatning tushkunligi, haddan tashqari tez hafa bо‘lishida, havsirash, qо‘zg‘aluvchanligidan namoyon bо‘ladi. Bu hissiy buzilishlar bolaning nerv tizimini yanada zaiflashtirdai va turli nevrotik reaksiyalarning rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi ( duduqlanish, enurez, qо‘rquv, qaltirash va hakozo).


Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda о‘yinli psixoterapiya keng qо‘llaniladi. О‘yin jarayonida bola о‘zini tо‘g‘ri tutishga о‘rgatiladi.
Korreksion pedagogikaning maqsadi – sog‘lom bolalarni ta’lim va tarbiyasi emas, balki, nuqsonli bolalarni ularning rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda qayta tarbiyalash va qayta tarbiyalashdir. Muloqotning asosiy vositasi- sо‘zdir. Aynan manashu psixoterapiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Rivojlanishida turli xil buzilishlarga ega bolalar va о‘smirlar bilan ishlashda turli xil psixoterapevtik metodlar keng qо‘llaniladi: guruhli, yakka, oilaviy, ratsional va suggestiv.
Psixokorreksiyaning metodlari va usullari “ kasal emas, sog‘lom”,nevrotik ta’sir etish shakllari va dizadaptatsiya hulq atvorlari shakllana boshlagani haqida bolalar gap ketganida birinchi rejaga chiqadi. Shu tariqa, psixoterapiyaga davolash metodi sifatida, psixologik korreksiyaga esa, -bolada psixologik havf -hatar omillarini qayta qurish, oilada iliq munosabatlarni yaratuvchi profilaktika metodi sifatida qarash mumkin. Psixokorreksiyaning boshlang‘ich bosqichi maxsus tanlangan psixologik metodikalardan foydalanib psixik jarayonlarni turli tomonlarini, xususiyatlarini, shaxsiy sifatlarini va faoliyat turlarini kompleks tashxis qilish hisoblanadi.
Psixokorreksion kompleks о‘zaro bog‘langan bir nechta bо‘limlardan tashkil topgan. Har bir bо‘lim turli xil vazifalarni amalga oshiradi va maxsus tashkil etilgan metodlar va usullardan tashkil topgan.
Birinchi bо‘lim- tashxislovchi. Maqsadalar:

  • psixologik havf –xatar omillarini tashxislash ;




  • har bir oilada psixologik havf –xatar omillarini shakllanishini;




  • psixologik korreksiyaning umumiy dasturini shakllantirishni. Ikkinchi bо‘lim- amalga oshiruvchi .

Maqsadalar:



  • yengillashtiruvchi va bо‘shashtiruvchi samaraga erishish;




  • ota onalarda bolaning hatti harakatlarida va oilaviy munosabatlarda ijobiy о‘zgarishlarga erishish imkoniyatiga ishonchni orttirish ;

  • psixologik korreksiya maqsadlari, talablarini qayta ishlash;




  • faol psixokorretsion ishlarni amalga oshirishga sharoit yaratish. Uchinchi bо‘lim- korreksion.

Maqsadlar:



  • bolani rivojlanish jarayonini faollashtirish;




  • inqirozli davrning negativ fazasidan ijobiy fazasiga о‘tishga erishish;




  • о‘yin faoliyatini jadallashtirish;




  • о‘z “ Men” ini ochishga erishish;




  • oiladagi inqirozni bartaraf etish;




  • tarbiya motivlarini anglash sohasini kengaytirish;




  • yetakchi motivlar о‘rtasidagi qarama qarshiliklarni bartarf etish;

-ota onalarning pozitsiyalarini о‘zgartirish, ota onalarni bola bilan muloqat qilishning yangi shakllariga о‘rgatish, oilaviy tarbiyaning psixologiyasi haqidagi bilimlarini kengaytirish.
Tо‘rtinchi bо‘lim- samaradorlikni baholash. Maqsadlar:

  • korreksiya jarayonida psixologik havf xatar omillarini о‘zgarishini baholash;




  • korreksiya samarasini baholash.

Psixoterapiya – defektologiyada, xususan, logopediyada duduqlanishni bartaraf etishda rivojlangan.


Ammo, keyingi yillarda surdopedagogika va oligofrenopedagogikada ham psixoterapevtik korreksiya bо‘yicha tadqiqotlar paydo bо‘ldi.


Psixoterapiya metodlarini logopediyada qо‘llanilishi.

Duduqlanish bilan aziyat chekadigan bemorlarni klinik о‘rganish va ularga psixoterapevtik ta’sir kо‘rsatish о‘zining ildizlari bilan XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlariga borib taqaladi. Psixoterapiya -davolovchi- sog‘lomlashtiruvchi vositalardan biri sifatida bolalar va о‘smirlarda duduqlanishni bartaraf etishdagi kompleks ta’sir etish metodlariga kiradi. Bunda B.Z. Drapkin duduqlanishni bartarf etishda psixoterapiyaning autotrening, ratsional yoki tushuntiruvchi psixoterapiya, suggestiv psixoterapiya usullarini qо‘llashni taklif etadi.


Masalan, psixofizik hotirjam holatida guruhli ishontirish jarayonida bemorlarga о‘zini yaxshi his qilayotganligi, kayfiyatlarining yaxshiligi, hotirjamlik, uyqu va xotirasining yaxshilanganligiga ishontiriladi, shuningdek, sog‘ayib ketishlariga umid, qо‘yilgan maqsadida qatiyatlilik, nutqiy muloqotga hohish, faollik, yangi nutq shakklarini oson egallashga ishonch uyg‘otiladi. Davolash davomiyligi taxminan 1 soat, shu vaqt ichida uch tо‘rtta ishontirishni о‘tkazish mumkin. Davolanish kursi о‘z ichiga 10
-15 seansini qamarab oladi.

Maxsus tayyorgarlikdan о‘tgan shifokorlar tomonidan о‘tkaziladigan giposuggestiya va gipnotik uyqu holatidagi davomli dam olish umunevrotik va fobik buzilishlarni davolashda juda samarali. Duduqlanishni davolashdagi samarali psixoterapevtik metod K.M.Dubrovskiy tomonidan ishlab chiqilgan bardamlik holatiga ishontiruvchi hissiy – stressli ishontirishdir. Ishontirishning bu metodi bemorning hissiy bosim holatlarini ongdagi ustun о‘chog‘ida paydo bо‘lish imkoniyatiga tayanadi: “ Men duduqlanishdan qutuldim, men sog‘lomman, men hamma narsa qila olaman!”. Sog‘ayib ketishga bо‘lgan ishonchning ustunligi kо‘p hollarda tо‘liq sog‘ayib ketishga yoki duduqlanishni sezilarli darajasda kamayishiga olib keladi.


Nafas ustida ishlash psixoterapevtik tizimlarning kо‘pchiligida ahamiyatli о‘rinni egallaydi. Asosan, A.N. strelnikova tomonidan ishlab chiqilgan nafas mashqlaridan foydalanilib, ular past qovurg‘ali nafasni avtomatlashishiga olib keladi, turg‘un nafas buzilishlarini bartarf qiladi, bemorlarga kuchli hissiy- ijobiy ta’sir kо‘rsatadi, olingan nafasda nutqni avtomatlashtiradi.
YE.Y.Rau maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalarga hissiy – stressli terapiyani boshqacha variantda qо‘llab , о‘yinli psixoterapiya , xususan, rolli о‘yinlar orqali ta’sir etib shaxsni tо‘liq qayta qurishni amalga oshirishni taklif etadi.
Rolli о‘yinlarni tо‘g‘ri tanlash taxminiy psixologik – pedagogik tashxisni amalga oshirishni ta’minlaydi. Rolli xarakterlar mashhur baddiy asarlardan olingan: A.S.Pushkinning “ Shoh Sultan haqidan ertagi” dagi Oqqush malika, YE.L. Shvarsning “ Zolushka ” ertagidagi Pari, Buratino va boshqalar. Bolalar badiiy obrazdlar bilan tanishadilar, о‘zlari tanlagan rollarga kirishadilar, va oxir oqibat rolga kirishishlarida hissiy – stressli terapiya seansi amalga oshadi.
Y.B.Nekrasova duduqlanishni baratarf etishdagi psixoterapevtik metodiklardan biri sifatida biblioterapiyani taklif etadi, bu sо‘zli terapiya sifatida psixologiya va psixoterapiyaning kitobxonlik bilan badiiylikning uyg‘ulashgan shaklidir. Biblioterapiya asosan duduqlanuvchilarni ijtimoiy reabilitatsiyasining tayyorlov bosqichida har bir bemor uchun tanlangan baddiy adabiyotlarni о‘qish va tahlil qilish kо‘rinishida tashkil etiladi. Biblioterapiya metodikasi diagnostik, psixoterapevtik, modellashtiruvchi va kommunikativ funksiyalarga ega.
L.Z. Andronova –Arutyunyan duduqlanishga turg‘un patologik holat deb qaraydi va davolashni uni hissiy – stressli psixoterapiya vositalaridan foydalanib tashkil etadi. Davolanish jarayonida duduqlanuvchilarning о‘zlari ongli ravishda shu jarayonda ishtirok etishadi. Duduqlanuvchilar va logoped о‘rtasida teng huquqli munosabatlar va о‘zaro javobgarlik о‘rnatiladi. Bunda logopedning vazifasi – bemorlarga davolanish yо‘llarini kо‘rsatish, duduqlanishlarning vazifasi esa- bu yо‘lni mustaqil bosib о‘tishdan iborat.
Psixoterapiyani korreksion pedagogikada qо‘llash imkoniyatlari

Sо‘nggi yillarda korreksiyaning shaxslararo munosabatlarning ijtimoiy –psixologik qonunuiyatlarini qо‘llashga asoslangan psixologik metodlarini jadal rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda psixoterapiyaning notibbiy modellari, xususan, psixologik modeli paydo bо‘ldi.


Maxsus maktablar amaliyotida psixterapiyaning roli haqida gapira turib, shuni qayd etish lozimki, psixoterapiya keng ma’noda defektolog – pedagoglarning faoliyatida har doim mavjud bо‘lgan. Har qanday maxsus о‘quv muassasasidagi bolalarda birlamchi nuqsondan tashqari, ikkilamchai shaxsiy va xulq
– atvor buzilishlari, intellekt buzilishdari, hissiy va psixoseksual rivojlanishdagi buzilishlar mavjud bо‘ladi. Shunga bog‘liq ravishda о‘qituvchilar va tarbiyachilar kо‘pincha psixoterapevtik metodikalarga murojaat qilishadi. Psixoterapiya va korreksion pedagogika о‘rtasidagi о‘xshashlik shundaki, bunda kattalar tomonidan rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolaning boshqarilishi bо‘lib, bunda maxsus sharoit yaratiladi va og‘zaki ta’sir etish metodlaridan foydalaniladi. Shu bilan birgalikda kо‘p hollarda psixoterapevtik ta’sir kо‘rsatish anglanmagan subyekt tomonidan psixikaga bevosita ishontirish orqali ta’sir etilishiga tayanadi.
Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar 8 turdagi ( yordamchi maktablarda ) maxsus ta’lim muassasalarida psixterapevtik xizmatni tashkil etish zaruratini ta’kidlaydi. Ma’lum psixoterapevtik usullarni tanlash bolalarning intellektual va shaxsiy xususiyatlariga, ularning ijtimoiy rivojlanish sharoitlarining о‘ziga xosligiga bog‘liq bо‘ladi.
Intellektida nuqsoni bо‘lgan о‘quvchilarning ishonuvchanligini namoyon bо‘lish darajasini tadqiq qilishda shu narsa aniqlandiki, kuchli ishonuvchan bolalar guruhini ( 24%) tashkil etgan bо‘lsa, sо‘zli ishontirishga umuman ta’sir kо‘rsatmaydigan bolalar guruhini ham yetarlicha katta qismi ( 22%) tashkil etib, bu oligofren bolalarni ta’lim tarbiyasi va ijtimoiy moslashishidagi qiynchiliklarning asosiy sababi hisoblanadi.
Ishontirishni mantiqiy qurilmalarni idrok qilish qobiliyati past, shaxsiy – irodaviy sohasidagi nuqsonlar yaqqol namoyon bо‘lgan bolalarga nisbatan qо‘llash zarur. Pisxoterapiya yordamida bola oldiga о‘zi amalga oshira olmaydigan maqsadlarni qо‘yish mumkin; atrofdagilar bilan munosabatini yaxshilash va о‘rnatish; yashirin imkoniyatlarini ochish; haqiqiy hayotda va ziddiyatli vaziyatlarda о‘zini boshqarishni о‘rgatish mumkin va hakozo.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar bilan psixokorreksion ishlar ularni maxsus maktabga kelgan vaqtidan boshlaboq boshlanishi va ikkita asosiy vazifani bajarishi kerak- ulardagi maxsus yetilmagan funksiyalarni bartaraf etish va individual va shaxslararo muammolarini barataraf etishga xizmat qilishi kerak. Demak, kichik maktab yoshidagi ruhiy rivojlanishi sustlashgan о‘quvchilarda maqsadga yо‘naltirilgan о‘yinli faoliyatni qо‘llash ularda о‘qishga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishga, sinfdoshlari va о‘qituvchilar bilan muloqot qilish kо‘nikmalarini muvoffaqiyatli egallashga, bolalarning
ijodiy va intellektual qobiliyatlarini ortishiga xizmat qiladi. Ruhiy rivojlanishi sustlashagn bolalarga mо‘ljallangan maxsus maktab internatlardagi shrta bо‘g‘in bolalari bilan psixokorreksion ishlarda korreksiyaning ijtimoiy psixologik trening kо‘rinishidagi individual va guruhli metodlari qо‘llaniladi, ular о‘quvchilarda о‘zlarini qadrlash, boshqalar shaxsini harmat qilish, о‘zini tо‘g‘ri tutish kо‘nikmalarini shakllantirishga yо‘naltirilgan.
Psixoterapiya va psixokorreksiyani surdologiyada qо‘llanilishi

Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bemorlarda muloqat imkoniyatlarining cheklanganligi ikkilamchi nerotik va nevrozga о‘xshash buzilishlarni rivojlanishiga sabab bо‘ladi. Bemorlarda eshitish organining nero-sensor nuqsonlarida paronoid buzilishlar, karlikdagi talvasalar, gallyusinatsiyali psixozlar rivojlanadi. Eshitishning buzilishi bemorlada ichki siqilishlar, azoblanishlarga olib keladi, natijada ular о‘ziga ishonchni yо‘qotadi, muloqatdagi muvoffaqiyatsizliklar ularni ezadi va agressiv reaksiyalarni keltirib chiqaradi.


Eshitishida nuqsoni bulgan bemorlarda psixoterapiya о‘ziga xos xususiyatlarga ega va mustaqil ravishda u xali ohirigacha ishlab chiqilmagan fan sifatida namoyon bо‘ladi .Surdologiyaga psixoterapiyani keng qamrovli kiritishga asosiy tо‘siq bu toifa bemorlar bilan verbal muloqatning qiyinligidir . Eshitishning funksional buzilishlarida pisixoterapiya uning qayta tiklanishiga , organik jaroxatlarda esa ikkilamchi nevrotik va nevrozga о‘xshasha buzilishlarni bartaraf etishga xizmat qiladi .
V.M.Raxmonov stotsionar sharoitida 500 ta turli nerv –psixik buzilishlarga ega bemorlarni о‘rgandi . Quloqlardagi shovqindan va eshitish pasayishidan 155 nafar bemor shikoyat qildi . Pisixoterapevtik davolash(gipnoterapiya ,autogentrenerovka ,ratsionalpsixoterapiya ) о‘tkazilgandan keyin 135 nafar bemorlarda eshitish tо‘liq meyorga keldi .
Eshitishi neyrotsensor nuqsonli bemorlarda nevrotik va nevrozga о‘xshash buzilishlarning namoyen bulishi ularning yoshiga bog‘liq . Maktabgacha yeshdagi bolalarda injiqlik , yig‘loqilik , ta’sirchanlik , ovqatlanishdan bosh tortish , qо‘rquv , negatvizim , kuzatiladi . Maktabgacha yoshdagi bolalarda esa xissiy no turg‘unlik quzgaluvchanlikning no turg‘unligi muloqat va ta’limdagi qiyinchiliklar о‘zining tо‘laqonli emasligia urg‘u berish , agressivlik kuzatiladi . Katta maktab yoshidagi о‘quvchilar odatda о‘zlarining tо‘la qonli emasligini anglaydilar va shu bois qattiq siqiladilar , ularda xissiy irodaviy soxasidagi buzilishlar depretssiv va subdepretssiv xolatlar kuzatiladi .
Funksional eshitish buzilishining barcha turlaridagi kasalliklar simptomatikasi va rivojlanish sabablarini xisobga olgan xolda ularni turt guruhga ajratish mumkin :

  1. psixogen sabablarga kura eshituv buzilishi : isterik karlik , isterik kar sokovlik , surdomutizim .




  1. nopisixogen eshitish buzilishlari : funksional nerv –psixik buzilishlarida somatik va nevrolagik kasalliklarda idiopatik funksional gipo va giper akuziyada ;

  2. taqlidiy eshituv buzilishlari : bolalardagi taqlidiy karlik , о‘zini karlikka solish ,shaxslarda xavotirli soxta karlik :

  3. endogen psixik kasalliklar va psixik rivojlanmashganlikdagi eshitish buzilishlari . Funksional va organik eshitish buzilishlarini differensial tadqiq qilishda audiometrik ma’lumotlardan tashkari bemorning subektiv xolatini shaxsiy ta’sirlanish xususiyatlarini xisobga olish , iloji boricha psixologik tekshirish va psixiyator kо‘rigidan о‘tkazish zarur . Bemorlarda davolovchi pedagogik ta’sir maqsadida psixoterapevtik davolashni о‘tkazishda bolalarning individual xususiyatlarini , uning ruxiy rivojlanishini sustlashganini xisobga olish kerak . Davolovchi pedagogik tadbirlarning vazifalari quyidagilardan iborat : bemorlarni mustaqil fikrlashga о‘rgatish ; nutqiy faollikni rivojlantirish , shuningdek tо‘g‘ri gapirish muloqat kobiliyatini rivojlantirish ; bemorlarda eshitishni rivojlantirishga faol munosabatni tarbiyalash , Ularni sodir bulayotgan yaxshilinishga nisbatan xursand bulishga о‘rgatish ; bemorlarda о‘zlarining tо‘la qonli emasligi haqidagi fikrlarni yо‘qotish .

Psixoterapevtik davolovchi –reabilitatsion tadbirlarda defektologlar , psixologlar pedagoglar faol ishtirok etishi kerak.
Rivojlanishda nuqsoni bо‘lgan bolalarning oilalari bilan olib yuboriladigan psixoterapevtik ishlar .

Zaif , kasal bolaning tugilishi odatda oiladagi psixologik muxitni о‘zgartiradi . Barcha oila a’zolari , ayniqsa ona xissiy stress xolatiga tushadi va bu oila a’zolarining yuqori darajadag i ta’sirchanligiga olib keladi , oqibatida er xotinlar о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlar murakkablashadi , bu bolaning psixik saloamatligiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Bunday sharoitda kо‘pincha bola tarbiyasining noqobil variyantlari tanlanadi , bu uning xolatini chuqurlashtiradi va ikkilamchi nevrotik buzilishlarini shakllanishiga olib keladi .


Ta’sirchanlik va bosimning ortishi ichki qarama qarshilik , о‘ziga ishonmaslik ,ota onalarning munosabati bolaning xissiy shaxsiiy rivojlanishida aks etadi . Shuning uchun psixolog va pedagog nafaqat bolani , balki butun oila a’zolarini va eng avvalo ota onalarni davolashi va о‘qitishi kerak .
Oila a’zolariga psixologik maslaxatning maqsadi oila ichidagi о‘zaro munosabatlarni ota onalarni farzandiga nisbatan munosabati orkali bir biriga bulgan munosabatini optimallashtirish , ota onalarni bola bilan muloqat qilishga о‘rgatish va uni jamiyat talabidagi xulq atvor meyorlariga mos tarbiyalashga о‘rgatishdir .
Asosiy psixoterapevtik ishni psixoterapevt olib boradi . Ammo boshlang‘ich bosqichda oila uchun ancha qiyin bо‘lgan psixoterapevtik bosimni davolovchi vrach oladi , pedagog defektolog , logoped shuningdek boshqa mutaxassislar kasal bolaga yordam berish uchun albatta birinchi navbatda keladi .Bu ishni olib borishda albatta oila a’zolarining xarakter xususiyatlari , ularning xar birini stressli xolatini xususiyatlari va namoyen bulishi xisobga olinadi .
Psixoterapevtik ishlarning asosiy vazifasi oila ichida о‘zaro munosabatlarni meyorlashtirish bola muammosini tо‘g‘ri tushunish xisoblanadi . Eng avvalo onani о‘z farzandini rivojlanishini diqqat bilan kuzatishga , о‘rgatish kerak. Bolani parvarishlashni ba’zi usullarini egallashga uni tarbiyalash va о‘qitish metodlariga о‘rgatish kerak . Xar bir oila a’zosi bola bilan ishlayetgan mutaxassisdan ma’lum vazifalar olishi kerak .
Oilaviy tarbiya xususiyatlarini taxlil qilish quyidagi mezonlar bо‘yicha oilaviy tarbiya turlarini belgilash kerak : rad etish , befarqlik , xaddan tashkari kayg‘urish , talabchanlik , yaxshi kо‘rish . Kasallik sabali tarbiyalashda bolaning shaxsiy rivojlanishida va butun oilaning psixologik muxitida salbiy xolatlar aks etadi .
Oila bilan psixoterapevtik ish olib borish shuningdek , ota onalik maxorati darajasini oshirish va ota onalarni bola ta’limi va tarbiyasidagi rolini faollashtirishga xam yо‘naltirilgan . Ota onalar bilan psixoterapevtik ishning asosiy mazmuni ota onalarning pedagogik ta’limini maxsus dasturlarini ishlab chiqishdan iborat . Xozirgi kunda ota onalar bilan ishlashda turli xil psixoterapevtik dasturlar taklif etilib
, ularning kо‘pchiligida guruhli psixoterapiyani о‘tkazishga katta о‘rin ajratilgan .
Yüklə 74,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə