Reja: Tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 27,75 Kb.
tarix22.06.2023
ölçüsü27,75 Kb.
#118514
Atrof muhitni m-WPS Office


Mavzu: Atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish.
Reja:
1 . Tabiatni muhofaza qilish.
2. Tabiiy resurslar tasnifi.
3. Antropogen omillarning atrof muhitga ta'siri.

1.Tabiatni muhofaza qilish tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari majmuasiga davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi. Hozirgi vaqtda inson yashab, toʻxtovsiz munosabatda boʻlib kelayotgan tabiiy muhit uzoq geologik davrlar (4,5—4,7 milliard yil) mobaynida bir qancha omillarning birgalikda taʼsirida, yaʼni Quyosh nuri, Yerning massasi, gravitatsiya kuchi, koʻlami, aylanma harakatlari, tektonik harakatlar, havo va suv qobiqlarining vujudga kelishi va oʻʻzgarishi, ekzogen jarayonlar taʼsiri, organik dunyoning paydo boʻlishi va taraqqiyoti taʼsirida tarkib topgan. Tabiiy muhitning holati oʻzaro taʼsir etib turuvchi koʻp omillarning murakkab majmuida tarkib topgan tabiiy muvozanatga bogʻliq. Chunki bir joyning iqlimi Quyosh nurining tushish burchagiga, yaʼni geografik kenglik, yer yuzasining tuzilishi, shamollar, okeanlarning uzoq yoki yaqinligi, oqimlari va boshqalarga; oʻsimliklar qoplami esa iqlim, yer yuzidagi togʻ jinslari, relyef, tuproqlarga bogʻliq. Bu tabiiy omillarning birontasida oʻzgarish roʻy bersa, tabiiy muvozanat buziladi, bu esa tabiiy muhitda oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Baʼzan, tabiatning biror komponentiga koʻrsatilgan arzimagan taʼsir hech kutilmagan katta oʻzgarishlarga, xususan, xavfli oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin. Har qanday tirik mavjudot oʻz atrofini oʻrab turgan tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi, undan oʻziga kerakli narsalarni oladi, shu muhitda moslashadi, muhit tarkibiga, undagi modda va energiyaning aylanma harakatiga maʼlum darajada oʻzgarish kiritadi. Yerning havo qobigʻidagi hozirgi gazlar tarkibi, miqdori, ayrim foydali qazilmalari, mas., ohaktosh, toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmirning hosil boʻlishi, tuproq qoplamining tarkib topishi, rivojlanishi organizmlarning hayot faoliyati natijasidir. Organik dunyoning tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsiri biologik evolyutsiya jarayonida yangi turlarning paydo boʻlishi, raqib turlar sonining koʻpayishi yoki kamayishi va atrof muhitning oʻzgarishi natijasida oʻzgaradi. Yerda odamnish paydo boʻlishi organik dunyo bilan tabiiy muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatni tubdan oʻzgartirib yubordi. Inson tabiatga mehnat qurollari vositasida yaylovlardan notoʻgʻri foydalanish oqibatida taʼsir koʻrsatadi. U oʻzining tabiat bilan boʻlgan oʻzaro taʼsiri usullarini takomillashtirib boradi. Natijada inson yashay oladigan hudud kengayadi, foydalaniladigan tabiiy elementlar soni va hajmi ortadi, binobarin, insonning tabiatga tazyiqi sifat jiqatidan ham, koʻlam jihatidan gʻam koʻpayadi. Inson oʻzi yashashi va faoliyat koʻrsatishi uchun tabiiy muhitdan tashqari yana sunʼiy muhitni ham bunyod etadi. Masalan, shaharlar, turar joy binolari, bogʻlar, suv omborlari, yoʻllar va boshqa Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, fan va texnikaning taraqqiy etishi bilan, tabiiy boyliklarning ahamiyati, ulardan foydalaniladigan sohalar, ularni ishlatish shakllari ham oʻzgarib boradi. Qadimda bir necha xil kimyoviy elementlardan foydalanilgan boʻlsa, hozirgi vaqtda mavjud barcha elementlardan foydalaniladi. Shu bilan birga koʻpchilik foydali qazilmalar tobora koʻproq qazib chiqarilmoqda. Insonning tabiatga taʼsiri kuchayishidan, antropogen landshaftlar koʻpaymokda. Hayvonot va oʻsimlik olamidan rejasiz foydalanish yoki inson faoliyati bilan bogʻliq boshqa sabablar tufayli 16-asrning oxirlaridan 20-asrning 70y.larigacha umurtqali hayvonlarning 250 turi va kichik turlari butkul yoʻqolib ketdi. 80y.lardan boshlab xar yili oʻrtacha 1 ta hayvon turi va 50 ga yaqin oʻsimlik turi yoʻqolib bormoqda. Qush va sut emizuvchilarning 1000 dan ortiq turi yoʻqolib ketish arafasida turibdi. Yil davomida 1 milliard t yoqilgʻi yoqiladi, atmosferaga yuzlab million t azot oksidi, oltingugurt, uglerod, qurum, chang va boshqa chiqariladi. Tuproq va suvlar sanoat va maishiy chiqindilar (bir necha milliard t), neft mahsulotlari (bir necha million t), mineral oʻgʻitlar (yuz million t ga yaqin), ogʻir metallar, radiaktiv chiqindilar bilan ifloslanadi. Inson tabiiy sharoit va boyliklardan koʻp maqsadlarda foydalanadi. Bu esa ayni paytda, tabiatni tegishlicha muhofaza qilishni ham taqozo etadi. Bular: xoʻjalik, sogʻliqni saqlash va gigiyena, nafosat (estetik), turizm, ilmiy hamda tarbiyaviy maqsadga muvofiq foydalanish. Maqsadga muvofiq foydalanish deganda, tabiat boyliklaridan mamlakat yoki butun insoniyat manfaati yoʻlida foydalanish tushuniladi. Bunda hozirgi va kelajak avlodning manfaatlarini koʻzlab faoliyat yuritish nazarda tutiladi. Oʻz taraqqiyotini oldindan uzoq muddatga ilmiy asosda rejalashtira oladigan va tabiiy muvozanatni oʻzgartirmasdan foydalana oladigan jamiyatgina taraqqiyotga erishadi. Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishdan tabiatda roʻy beradigan jarayonlarning oʻzaro bogʻlikligi va rivojlanishi qonuniyatlari haqidagi bilimlar katta ahamiyatga ega. Busiz tabiiy jarayonlarga baho berish, ularni xisobga olish, tabiatga, tabiat komponentlariga koʻrsatilgan har qanday taʼsirning kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan bilish mumkin emas. Inson tabiatdan foydalanganda va unga taʼsir koʻrsatayotganda bilishi va faoliyatida amal qilish zarur boʻlgan, asosan, 5 qonuniyat mavjud: 1) tabiatdagi barcha komponent va elementlar oʻzaro bir-birlari bilan bogʻlangan, oʻzaro taʼsir etib, muayyan muvozanatda boʻlib, uygʻunlik hosil qilgan. Biron komponent yoki element oʻzgarsa, butun tabiiy kompleksda oʻzgarish roʻy beradi; 2) tabiatda toʻxtovsiz modda va energiyaning aylanma harakati roʻy berib turadi. Bu xayot asosi; 3) tabiiy jarayonlarning rivojlanishida muayyan davriyliklar mavjud (sutkalik, yillik, 12 yillik, 33— 35 yillik va koʻp yillik); 4) zonallik; 5) regionallik. Insonning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri jamiyat taraqqiyoti, ishlab chiqarish usullari mukammallasha borgan sari jadallashadi, tabiatdan, uning boyliklarini, qurilish va ishlab chiqarish teknikasi, aloqa vositalari yirik shaharlarni oʻzgartirib, yirik vohalar, madaniy landshaftlar yaratishga, hosildor ekin hamda mevalar, mahsuldor chorva mollari yetishtirishga imkon beradi. Lekin baʼzan chuqur oʻrganmasdan inson qudratiga ortiqcha baho berib, tabiatga taʼsir koʻrsatish tabiatni foydalanib boʻlmaydigan holatga, uning buzilishi va ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Bunday manzara insoniyatning butun tarixi mobaynida kuzatiladi. Pekin 19-asrgacha insonning tabiatdan foydalanish koʻlami uncha katta boʻlmagani uchun inson faoliyatining tabiatga taʼsiri ham kamroq boʻlgan. 20-asrning 2yarmida sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi, qishloq xoʻjaligi.da turli xil kimyoviy moddalarning koʻp qoʻllanilishi, katta maydonlarda muttasil bir xil ekinlarning yetishtirilishi, transport vositalarining ortiqcha koʻpayib ketishi, shaharlarning yiriklashib ketishi, tabiat muhofazasiga yetarlicha eʼtibor berilmaganligi tabiiy muhitning buzilishiga, ayrim joylarning ifloslanib ketishiga sabab boʻldi. Ayrim konchilik sanoati rnlarida tabiiy muhit juda buzilib ketgan. Katta maydonlarni kon chiqindi jinslari egallagan, chuqur ochiq karyerlar yer osti suvi sathini pasaytirishi natijasida oʻsimlik qoplami qurib bormoqda. Rekultivatsiya ishlariga, xususan rivojlanayotgan mamlakatlarda yetarlicha eʼtibor berilmaydi. Hozirgi vaqtda Tabiatni muhofaza qilish muayyan oʻlka yoki mamlakat doirasidan chiqib, umumjahon muammosiga aylanib bormokda. Yerning ozon pardasidagi oʻzgarishlar, dunyoda haroratning koʻtarilib borayotgani, qutbiy va togʻ muzliklarining qisqarib borayotgani ana shunday muammolardan. Ayniqsa, qayta tiklanmaydigan tabiiy boyliklarning kamayib borayotganligi va atrof tabiiy muhitning ifloslanayotgani bir qancha mamlakatlarda, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda Tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini koʻrishga majbur etdi.
2. Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasini tom maʼnoda mamlakatimiz taraqqiyoti uchun turtki beruvchi tarixiy voqelik deyish mumkin. Chunki, davlatimiz rahbari oʻzining murojaatida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini taʼminlash, ijro va sud hokimiyati oldida turgan ustuvor vazifalar hamda ularning ijrosini taʼminlash boʻyicha aniq mexanizmlarni taʼkidlash bilan bir qatorda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasiga ham toʻxtalib oʻtdi. Yurtboshimiz tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda aholi salomatligini saqlash sohasida kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar belgilab berildi. Xususan, ekologiya, ayniqsa suv masalalari global muammoga aylanib borayotgani haqida soʻz yuritilar ekan, biz nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlarni ham oʻylashimiz shartligi qayd etildi.

Suv resurslaridan oqilona foydalanish borasida Amudaryo oʻzanida yangi kanal qurilishi boʻyicha qoʻshni Afgʻonistonning muvaqqat hukumati hamda jahon hamjamiyati bilan birga, xalqaro meʼyorlar asosida va mintaqaning barcha davlatlari manfaatlarini inobatga olish yuzasidan amaliy muloqotlar olib borish lozimligi taʼkidlandi.



Ekologik muammolarni bartaraf etishda mahallaning rolini kuchaytirish lozimligi, tabiatni asrab-avaylash, suv, havo va atrof-muhitni toza tutish kelasi yilda har bir mahalla aholisining madaniyati va amaliy harakatiga aylanishi kerakligini taʼkidladi. Ekologik holatni yanada yaxshilash uchun ekologiya va atrof-muhitni asrash boʻyicha saʼy-harakatlar, xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar kuchaytirilishi lozimligi qayd etildi. Shu oʻrinda yurtboshimiz tashabbusi bilan oʻtgan yili noyabr oyidan boshlab keng koʻlamda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2021-yil kuz mavsumida 85 mln. dona, joriy yilning bahor mavsumida 126,4 mln. kuzgi mavsumda 76 mln. dan ortiq daraxt va buta koʻchatlari ekildi. Keyingi besh yilda 1 milliard daraxt va buta koʻchatlari ekilishi ham shaharlarimizga, mahallalarimizga fayz bagʻishlovchi yashillikka burkangan yangi yashil hududlar barpo etilishi bilan birga, yurtimiz iqlimini moʻtadil saqlashga, pirovardida ona tabiatimizni asrash, aholimiz salomatligini yaxshilash, xalqimizning farovonligini taʼminlashga xizmat qilishi, shubhasiz. Darhaqiqat, suv resurslaridan oqilona foydalanish borasida amalga oshirilgan ishlarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, suv resurslarini samarali boshqarish, suv tejaydigan va raqamli texnologiyalarni joriy etish, irrigatsiya tadbirlarini amalga oshirish, yerlarni lazerli tekislash, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish hisobiga joriy yilning toʻqqiz oyi mobaynida 5,5 mlrd.m3 suv tejalishiga erishilgan. Shuningdek, keyingi besh yilda jami 642,4 ming gektar, jumladan, 308,6 ming gektarda tomchilatib, 14,7 ming gektarda yomgʻirlatib, 10,6 ming gektarda diskret sugʻorish texnologiyalari va 78,8 ming gektarda egiluvchan quvurlar, 20,9 ming gektarda egatga plyonka toʻshab sugʻorish texnologiyalari joriy qilingan. Umuman olganda, tabiiy resurslardan samarali foydalanish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu bilan birgalikda Murojaatnomada aholining energiya resurslariga boʻlgan talabini qondirish maqsadida yirik loyihalarni amalga oshirish bilan bir qatorda aholi uchun kichik hajmdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni keskin oshirish masalasi ham alohida qayd etildi. Bu borada aholining ehtiyojmand qatlamini subsidiyalash instituti orqali qoʻllab-quvvatlash mamlakatimizda “inson qadri uchun” tamoyilining amaldagi yaqqol isbotidir. Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlar sohalar rivojiga turtki berishi bilan bir qatorda, mamlakatimizning barqaror taraqqiyotini taʼminlashga, pirovardida aholining turmush farovonligi oshishiga, ekologik barqarorligi taʼminlanishiga xizmat qiladi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik - bu tabiatni boshqarish tizimidir, unda eng oson erishiladigan tabiiy resurslar juda ko'p miqdorda ishlatiladi va odatda to'liq hajmda emas, bu ularning tez qurib ketishiga olib keladi. Bunday holda juda katta miqdordagi chiqindilar hosil bo'ladi va atrof-muhit katta ifloslanishlarga duchor bo'ladi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish iqtisodiyotning keng turiga xos bo'lib, u tobora ko'proq qurilish, bokira erlarni o'zlashtirish, tabiiy resurslardan foydalanish va korxonalarda ishchilar sonining ko'payishi hisobiga rivojlanadi. Keng qamrovli iqtisodiyot dastlab sanoat ishlab chiqarishining ilmiy-texnik darajasi nisbatan past bo'lsa ham yaxshi natijalar berishi mumkin, ammo tez orada bu mamlakatda tabiiy va mehnat resurslarining kamayishiga olib keladi. Atrof-muhitni barqaror boshqarishning son-sanoqsiz misollaridan biri bugungi kunda ham Janubi-Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan qishloq xo'jaligiga tegishli. Pirovardida erni yoqib yuborish o'tinni yo'q qilinishiga, atmosferaning ifloslanishiga, nazoratsiz olovlarning paydo bo'lishiga va boshqalarga olib keladi. Ko'pincha tabiatdan oqilona foydalanish rivojlanayotgan mamlakatlarda xavfli sohalarga ega bo'lgan zamonaviy transmilliy korporatsiyalarning idoraviy manfaatlari va manfaatlarining natijasiga hom ashyo iste'moli kamayadi.
3. Antropogen omillar, muhitning antropogen omillari — odam va uning xoʻjalik faoliyatining oʻsimlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga taʼsiri bilan bogʻliq omillar guruhi. Odam tabiatga taʼsir koʻrsatib, uni oʻz ehtiyojlariga moslashtirib, Yerning beqiyos keng hududlarida fauna va florani oʻzgartiradi, bu esa oʻsimliklarning kamayijshi, ayrim oʻsimlik va hayvon turlarining qirib yuborilishi, oʻsimliklar introduksiyasi va boshqalarga olib keladi. Odamning tabiatga bilvosita taʼsiri iqlimni, atmosfera va suv havzalarining fizik holati va kimyoviy tarkibini, yerning ustki qatlamini, tuproq strukturasi va boshqalarni oʻzgartirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Qoʻriqerlarni oʻzlashtirish, monokulturali (bir ekinli) agrotsenozlar barpo etish va boshqa tadbirlar tabiiy biotsenozlarnit oʻzgarishiga katta taʼsir koʻrsatadi. Atom sanoatining rivojlanishi, ayniqsa atom qurollarini sinash, suv, atmosfera va tuproqni ifloslantiruvchi sanoat chiqindilarining koʻpayib borishi muammolari muhim boʻlib bormoqda. Odam madaniy oʻsimliklar va uy hayvonlari uchun maʼlum darajada yangi sharoit yaratdi, ularning zotlarini yaxshiladi va mahsuldorligini oshirdi, ekinzorlarning hosildorligini juda koʻpaytirdi, lekin tabiat qonunlarini chuqur bilmasdan tabiiy muvozanatda buzilishlarga olib keladigan faoliyat kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ekinlarni notoʻgʻri sugʻorish yerning shoʻrlanishi va eroziyaga olib keladi; yerni ortiqcha quritish oʻsimliklar qoplamini oʻzgartiradi. Hozirgi zamon fani va texnikasi insonning tabiatga keng miqyosda aralashishiga qulay sharoitlar yaratib berib, oʻz navbatida atrof muhitni muhofaza qilishni muhim muammoga aylantirdi. Antropogen omillar inson faolyatining tabiatga tasir natijasida yuzaga keladi.Antropogen omillarning tasnifi O'z hayoti davomida odam ataylab yoki qasddan emas, doimiy ravishda u yoki bu tarzda atrofdagi olamga aralashadi. Bunday aralashuvning barcha turlari quyidagi antropogen ta'sir etuvchi omillarga bo'linadi: bilvosita;To'g'riga;murakkab.Bevosita ta'sir etuvchi omillar tabiatga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan insonning qisqa muddatli faoliyati. Bunga transport yo'llarini qurish uchun o'rmonlarni kesish, daryo va ko'llarni quritish, GES qurish uchun ba'zi er uchastkalarini suv bosishi va boshqalar kiradi. Bilvosita omillar - bu uzoqroq davom etadigan aralashuvlar, ammo ularning zarari kamroq seziladi va faqat vaqt o'tishi bilan seziladi: sanoatning rivojlanishi va undan keyingi tutun, radiatsiya, tuproq va suvning ifloslanishi. Kompleks omillar - bu atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatadigan dastlabki ikkita omilning kombinatsiyasi. Masalan: landshaft o'zgarishi va shaharlarning kengayishi ko'plab sutemizuvchilar turlarining yo'q bo'lib ketishiga olib keladi.
Yüklə 27,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə