Reja: Tarbiya haqida umumiy tushuncha



Yüklə 22 Kb.
tarix25.01.2023
ölçüsü22 Kb.
#99308
Reja Tarbiya haqida umumiy tushuncha


Mavzu: Tarbiya -ijtimoiy hodisa.
Reja:
1.Tarbiya haqida umumiy tushuncha.
2. Tarbiya turlari.
3. Sharq mutafakkirlarining yosh avlodni tarbiyalashga oid qarashlari.
1-reja.
Tarbiya- yosh avlodga ilmiy bilimlar sistemasini, malaka va ko‘nikmalarni maxsus metod va vositalar orqali rejali ravishda singdirib borish va uning natijasini har tomonlama shakllangan kishini tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yadi.
Tarbiya- ma‘naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda o‘qituvchining o‘quvchi bilan, tarbiyachining tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro ommaviy va nazariy muloqotdir.
Tarbiya- keng ma‘noda u yoki bu sifatlarning yoki ijtimoiy guruhlarning maqsadiga muvofiq odamlarning yangi avlodlariga , avval avlodlarning ijtimoiy-tarixiy tajribasini uzatish vositasi bilan jamiyatning rivojlanishini ta‘minlovchi vazifadir.
Tarbiya jarayoni- shaxsni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini asta -sekin ko‘nikmaga aylantirib borishdagi asosiy jarayondir.
Tarbiya vazifasi: ma‘naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutilgan holda tarbiyalovchi bilan tarbiyalanuvchi aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi, tarbiyaning qanday metoddan foydalanishga bog‘liqligidir.
Tarbiyaning xususiyatlari: tarbiyaviy texnologiyaning komplektlik xususiyati, tarbiyaviy texnologiyaning ierarxiyalik,tizimlilik, yaxlitlilik.
2-reja.
Aqliy tarbiya - bu aqlni rivojlantirish maqsadida yoshlarga muntazam va maqsadga muvofiq pedagogik ta‘sir ko‘rsatish.
Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni o‘zlashtiribgina qolmay , har qanday vaziyatlarda o‘zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan kishilardir.
Estetik tarbiya -bu bolalarga voqelikdagi, san‘atdagi, tabiatdagi, turmushdagi go‘zallikni idrok qilish va ularning badiiy didini o‘stirish,go‘zallikka muhabbat uyg‘otish qobiliyatlarini tarbiyalashdir.
Huquqiy tarbiya- muntazam olib boriladigan,aniq maqsadni ko‘zlagan va shaxsda huquqiy ong, huquqiy bilim va qoidalarga rioya etish jihatlarini namoyon etishga undaydigan pedagogik yo‘ldir.
Ekologik tarbiya-insonni tabiatga qadam qo‘yganidan boshlab,butun hayoti davomida tabiatdan ongli ravishda foydalanishga, tabiiy boyliklarni ko‘paytirish , bog‘-u rog‘lar, gulzorlarni tashkil qilishga undashdan iboratdir.
Iqtisodiy tarbiya bolalarda tejamkorlik, ishbilarmonlik,iqtisodiy hisob -kitob qilish qobiliyatini shakllantiradi.Shaxsni barkamol shakllanishining zarur shartidir. Yoshlarni iqtisodiy tarbiyalash pedegogikaning asosiy muammolaridan biridir.
Mehnat tarbiyasi- kishidan ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ishchanlik, ishning ko‘zini bilish singari sifatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi.
Sensor tarbiya- pedagogika fanida bolalarning aqliy,estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasining asosi hisoblanadi.Sensor tarbiya hissiy bilish qobiliyatlarini shakllantirishga,idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik ta‘sir sistemasidir.
Jismoniy tarbiya-sog‘liqni mustahkamlashga, odam organizmini uyg‘un ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismidir.
Sharqning qomusiy mutafakkiri Abu Nasr Farobiy insonni har tomonlama takomillashtirish ,ularni umumiy baxt -saodatga yetaklash yo‘llarini o‘zining ijtimoiy-siyosiy ta‘limoti markaziga qo‘yadi. U ijtimoiy tarbiyani tartibga solish,uni boshqarish masalalariga alohida e'tibor bergan.Mehnat faoliyatini tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi degan xulosaga kelgan.
Ibn Sino bola tarbiyasining barcha murakkabliklari va qiyinchiliklarini tushungan. U jismoniy jazoning me‘yoridan ortib ketishiga qarshi chiqqan. Uning fikriga ko‘ra risoladagidek tarbiyani amalga oshirish uchun bolalarga insoniy munosabatda bo‘lish darkor. Tarbiyachining o‘zi bola shaxsini hurmat qilishi, uni sevishi va bola bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi lozim.
Alisher Navoiy bola shaxsini shakllantirish va tarbiyalash masalalariga juda katta ahamiyat bergan. U farzandni oilaga quvonch va baxt keltiruvchi shamchiroq, deb bilgan. Bolaga uning yoshiga qarab eng kichik yoshdan to‘g‘ri tarbiya berish zarur, fanlarni iloji boricha barvaqt boshlash lozim, deya ta‘kidlagan.
Abdulla Avloniy fikriga ko‘ra, tarbiya qiluvchi muallimlarning o‘zlari ilmlariga olim bo‘lib, shogirdlariga bergan darslarini amal ila o‘rgatmoqlari lozim. Bu ta‘lim ila berilgan dars va ma‘lumot shogirdlarning diliga tez ta‘sir qilib ,ular ilmli odobli bo‘ladilar. Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilardir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim bo‘lib , amalsiz bo‘lsa , bu shogirdlar axloqiga yomon ta‘sir ko‘rsatadi.
"Tarbiya - biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir"
Yüklə 22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə