Reja: Tijorat banklarining faktoring operatsiyalari va turlari


Faktoring operatsiyalari va ularni rasmiylashtirish



Yüklə 20,67 Kb.
səhifə3/4
tarix24.12.2022
ölçüsü20,67 Kb.
#97813
1   2   3   4
FAKTORING OPRATSIYALARI HISOBI. MI

Faktoring operatsiyalari va ularni rasmiylashtirish.

Faktoring - xo'jalik yurituvchi sub’ektlar — etkazib beruvchilami moliyalashga doir bank xizmatlarining bir turi bo'lib bunda, ular bank - moliyaviy ob’ektga etkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko'rsatilgan xizmatlar uchun to'lovchilar tomonidan akseptlangan, lekin to'lov talabnomalari bo'yicha hali to'lanmagan to'lovni regress huquqisiz olish huquqini berishdir.


Banklar faktoring operatsiyalarini ulaming talab qilib olingungacha
saqlanadigan depozitlar hisobvaraqlari joylashgan bankdagi mijozlar bilan shartnoma asosida amalga oshiradilar va ulaming buxgalteria hisobi amaldagi me'yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Faktoring xizmatlarini ko'rsatish asosida to'lovchi tomonidan moliya agentiga pul talabini bajarish muddatlari 90 kundan oshmasligi kerak. Banklar to'lovchilardan qarzni undirish bo'yicha ushbu muddatda to'lanmagan majburiyatlariga doir choralami qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
Faktoring operatsiyasini o'tkazishda bank pul mablag'larini ulaming haqini to'lash huquqi faktoring shartnomasida ko'rsatilgan summada bankka taqdim etiladigan to'lov talabnomalari bo'yicha mijozning talab qilib olingungacha saqlanadigan depozit hisobvarag'iga o'tkazadi.
Bank tomonidan o'tkazilgan summa bilan shartnoma bo'yicha to'lov
talabnomasi summasi o'rtasidagi farq bilan diskontini tashkil etadi. Bunda bank
tomonidan to'lovchida muddati o‘tgan kreditorlik qarzining yo'qligi e'tiborga olinib,
faktoring xizmatlarini amalga oshirishlari mumkin. Faktoring shartnomasini
rasmiylashtirish jarayonida mijoz shartnoma tuzilgunga qadar bankka quyidagi
hujjatlami taqdim etadi: belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va to'lovchi
tomonidan imzolangan oldi-sotdi ishlami bajarish va xizmatlar ko'rsatish
shartnomasini moddiy boyliklar berilgani, ishlar bajarilgani va xizmatlar
ko'rsatilganini tasdiqlaydigan hujjatlar; to'lovchi tomonidan boshqa banklarda
ochilgan hisobvaraqlar ro'yxati; to'lovchining moliyaviy holatini belgilash uchun
zarur hujjatlar.
Bankning mijoz bilan faktoring xizmati ko'rsatishga doir shartnomasida
quyidagilar ko'rsatiladi:

  • ularga nisbatan pul talabining berilishi amalga oshirilayotgan xaridorlar; berilayotgan talablaming umumiy summasi;

  • diskont summasi;

  • shartnomaning amal qilish muddati; taraflar tomonidan shartnoma shartlari buzilgani uchun da'volami bayon etish muddatlari;

  • shartnoma shartlari buzilgani uchun taraflaming ma’suliyati;

  • shartnomani bekor qilish shartlari; qonun hujjatlarida
    nazarda tutilgan boshqa shartlar.

Faktoring xizmatlarini ko'rsatish shartnomasini tuzish chog'ida mijoz va bank
moliyaviy agenti to'lovchini ushbu bitim tog'risida yozma ravishda xabardor qilishi
kerak. To'lovni amalga oshirish uchun to'lovchining talab qilib olgungacha
saqlanadigan depozit hisobvarag'ida mablag'lar yetishmagan taqdirda to'lovchining
banki bank moliyaviy agentga to'lov topshiriqnomasining 2-son kartotekaga qabul
qilganligini ma'lum etadi.




  1. Yüklə 20,67 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə