Reja: Tijorat banklarining faktoring operatsiyalari va turlari


Banklarda faktoring operatsiyalarining buxgalteriy hisobi



Yüklə 20,67 Kb.
səhifə4/4
tarix24.12.2022
ölçüsü20,67 Kb.
#97813
1   2   3   4
FAKTORING OPRATSIYALARI HISOBI. MI

Banklarda faktoring operatsiyalarining buxgalteriy hisobi.

Faktoring operatsiyalari bo'yicha to'lov hujjatlari hisobini yuritish uchun bank


tomonidan kutilmagan holatlar hisobvaraqlarida 90966- «Xarid qilingan debitorlik
qarzlari - faktoring» shaxsiy hisobvaraqlari ochiladi. Ushbu hisobvaraq debeti
bo'yicha xarid qilingan debitorlik qarzlaming to'liq summasi aks ettiriladi, krediti
bo'yicha esa to'lovchilar to'liq so’ndirgan, xarid qilingan debitorlik qarzlari hisobdan chiqariladi va quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:

  • Dt 90966- “Sotib olingan debitorlik qarzlari - Faktoring”,

  • Kt 96331- “Sotib olingan debitorlik qarzlari-Faktoring bo'yicha kontr hisobvaraq”.

Taraflar tomonidan faktoring pul talabini berish tog’risidagi shartnoma
imzolangandan keyin bank moliyaviy agent mablag'lami mijozning talab qilib
olingungacha saqlanadigan depozit hisobvarag'iga diskont summasini chegirgan
holda o'tkazishni amalga oshiradi va quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan
rasmiylashtiriladi:
Dt 11101- «Sotib olingan debitorlik qarzlari -Faktoring» hisobvarag'i,
Kt 20208- «Talab qilib olingungacha saqlanadigan depozitlar» va
Kt 11195- «Sotib olingan debitorlik qarzlari -Faktoring - bo'yicha diskont»
hisobvaraqlar.
Mablag'lami mijozning talab qilib olingungacha saqlanadigan depozit
hisobvarag'iga o'tkazishni bank memorial orderlar bilan amalga oshiradi va ular ikki
nusxada rasmiylashtiriladi. Birinchi nusxa hisobvaraqlar bo'yicha buxgalteriya
operatsiyalari amalga oshirilganidan keyin bankning kunlik hujjatlariga
joylashtiriladi. Ikkinchi nusxasi belgilangan tartibda mijozga yuboriladi. Faktoring
muddati tugaganidan so‘ng to'lovchi xaridordan kelib tushgan summaga quyidagi
buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Dt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” to'lovchining
hisobvarag‘i,
Kt 11101 -«Sotib olingan debitorlik qarzlari -Faktoring» hisobvaraq.
Diskont summasi debitorlik qarz bo'yicha to‘lovchidan mablag'lar kelib
tushganidan so'ng, bank daromadiga o'tkaziladi:
Dt 11195-«Sotib olingan debitorlik qarzlari -Faktoring - bo'yicha diskont»
hisobvarag’,
Kt 45217- «Sotib olingan debitorlik qarzlari bo'yicha daromadlar -Faktoring»
hisobvarag'i va bir vaqtning o'zida to'lov hujjatlari balansdan tashqari hisobvaraqdan chiqariladi:
Dt 96331- “Sotib olingan debitorlik qarzlari-Faktoring bo'yicha kontrhisobvarag’,
Kt 90966- “Sotib olingan debitorlik qarzlari - Faktoring- hisobvaraq.
Faktoring operatsiyalariga xos bo'lgan yuqori darajadagi xatar munosabati bilan banklar har oyda tijorat banklari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, ularga doir ehtimoliy talafotlami qoplash uchun barpo etiladigan zahiralami shakllantirish va ishlatish tartibiga muvofiq faktoring operatsiyalari sifatini tasniflab boradilar.
Zahiralar tashkil etilganda, Dt 56814- «Sotib olingan debitorlik qarzlari -Faktoring bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami baholash» hisobvarag'i,
Kt 11199- «Sotib olingan debitorlik qarzlari-Faktoring-bo'yicha ko'rilishi
mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi» hisobvaragi.
Agar zahira summasi hisobidan debitorlik qarzi qoplansa,
Dt 11199- «Sotib olingan debitorlik qarzlari-Faktoring-bo'yicha ko'rilishi
mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi» hisobvaragi,
Kt 11101- «Sotib olingan debitorlik qarzlari -Faktoring» hisobvarag'i.
Yüklə 20,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə