Reja: Voqelikni eng umumiy aloqadorligini aks ettiruvchi kategoriyalar



Yüklə 28,22 Kb.
səhifə3/3
tarix28.02.2023
ölçüsü28,22 Kb.
#101626
1   2   3
Voqelikni eng umumiy aloqadorligini aks ettiruvchi kategoriyalar

sababning konkretligi narsa-hodisalarning xususiyatlaridan kelib chiqadi, hamda uning individualligini ta’minlaydi;

  • sabab umumiy xarakterga ega bo‘lib, hech qanday narsa va hodisaning rivojlanishi sababsiz sodir bo‘lmaydi;

  • sabab zaruriy bo‘lib, muqarrar ravishda, muayyan oqibatlarni keltirib chiqaradi;

  • sababning uzluksizligi, bir tomondan, turli sabablarning izchil bog‘lanishlarini, munosabatlarini, ikkinchi tomondan, har bir sababning oqibat tarzida oldingi sabab bilan bog‘liqligini xarakterlaydi.

    Zaruriyat va tasodif. Obyektiv olamni bilishda zaruriyat va tasodif kategoriyasi muhim falsafiy-metodologik ahamiyatga ega. Zaruriyat – narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar, munosabatlar majmuasidir. Tasodif esa – zaruriyatning namoyon bo‘lish shaklidir.
    Zaruriyat va tasodif kategoriyasi olamni falsafiy bilishning mushtarakligini va samaradorligini ta’minlaydi. Shu nuqtai nazardan,
    zaruriyatni turkumlashtirganda, uning makon va zamondagi strukturaviy tuzilishini tashkil qilgan elementlarini sistemali-strukturali tahlil qilish lozim. Shuningdek, zaruriyatni sabab-oqibat munosabatlari tarzida tushunish lozim. Zaruriyat narsa va hodisalarning muqarrar rivojlanish qonuniyatdan kelib chiqadi hamda obyektiv sabablar tizimiga asoslanadi. Masalan, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishi tarixiy obyektiv zaruriyatdir, uning
    «o‘zbek modeli» asosida amalga oshirilishi zaruriyatning konkret namoyon bo‘lishidir. Bunda tasodif «subyektivlashtirilgan» jarayon sifatida ko‘zga tashlansa ham, obyektiv hodisadir. Chunki, O‘zbekis- tonning tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy rivojlanishining milliy xususiyatlari, bozor munosabatlariga o‘tishning xarakterini belgilab beradi.
    Zaruriyatlar tabiiy-tarixiy rivojlanishning obyektiv qonuniyatlaridan kelib chiqib, doimiy o‘zgarib turadi. Zaruriyatlarning tasodiflar tarzida namoyon bo‘lishi, o‘z navbatida, boshqa hodisalar uchun zaruriyat maqomiga ega bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, zaruriyat va tasodif o‘rtasidagi bog‘lanishlar sabab-oqibat munosabatlari xarakteriga mos keladi.
    Zaruriyat va tasodif, kategoriyasiga boshqa kategoriyalar kabi, uni aniqlash va baholashga muayyan subyekt ehtiyojlari, manfaatlari nuqtai nazaridan yondashiladigan bo‘lsa, muqobil qarashlar vujudga keladi.
    Masalan, sobiq Ittifoqning parchalanib, mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, ayrim nazariyotchilar tomonidan tasodifiy hodisa deb baholanib, uning zaruriy, obyektiv qonuniy xarakteri inkor etilmoqda.
    Vaholanki, jamiyat taraqqiyotida hech qanday imperiyaning abadiy bo‘lmasligini tarixiy tajribalar doimiy isbotlab kelgan. Demak, bunda biz zaruriyatni ko‘rib turibmiz.
    Zaruriyat va tasodifning aloqadorligi, bog‘lanishi shundaki, ular bir- birisiz mavjud bo‘la olmaydi, ya’ni zaruriyatning muqarrarligi tasodifga ham xosdir. Shuning uchun falsafiy adabiyotlarda tasodiflarning muqarrarligi, tarixiyligi, sababiyligini, qonuniyligini inkor qiluvchi qarashlar g‘ayriilmiydir.
    Imkoniyat va voqelik – falsafaning muhim kategoriyalaridir. Imkoniyat narsa va hodisalarning makon va zamondagi rivojlanish tendensiyasini ta’minlaydigan, muayyan qonuniyatlarga asoslanadi. Voqelik esa, shu qonuniyatlarga asoslangan rivojlanishning namoyon bo‘lishidir. Imkoniyat va voqelik kategoriyasini ham, bilishning umumiy
    mantiqiy tamoyillariga ko‘ra, boshqa kategoriyalar bilan bog‘liqlikda tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Imkoniyat narsa va hodisalar rivojlanish jarayonining ichki birligini ifodalaydi va ularning rivojlanish shart-sharoitlarini, sabablarini, zaruriy qonuniyatlarini, mohiyatini o‘zida mujassamlashtirgan.
    Imkoniyatning voqelikka aylanishi qonuniy hodisadir. Uning real, formal, mavhum imkoniyat deb ataladigan shakllari bor. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin demokratik huquqiy jamiyat qurishi uchun real imkoniyatlar vujudga keldi. Bunday imkoniyatlar I.A. Karimovning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida ko‘rsatib berildi.
    Imkoniyat kategoriyasini, uning shart-sharoiti bilan aralashtirmaslik kerak. Shart-sharoitlar oqibat, tasodif, hodisa sifatidagina imkoniyatga ta’sir qiladigan omillar majmuasidan iborat. Mavjud voqelik tarixiy genezisiga ko‘ra, o‘zida boshqa voqelikning imkoniyatlarini mujassamlashtirgan bo‘ladi. Masalan, bozor iqtisodiyotining hozirgi bosqichi real voqelik sifatida, uning keyingi rivojlanish imkoniyatlarini namoyon qiladi va hokazo.
    Yüklə 28,22 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə