Reja: Xorijiy iqtisodchilarning Moliyaga oid nazariyalari



Yüklə 35,63 Kb.
tarix23.06.2022
ölçüsü35,63 Kb.
#89972
moliya referat6


Moliya nazariyalari
Reja:
1. Xorijiy iqtisodchilarning Moliyaga oid nazariyalari
2. Rossiyalik iqtisodchilarning Moliyaviy nazariyalari
1. Xorijiy iqtisodchilarning Moliyaga oid nazariyalari
Jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarining shakllantirilishi, taqsimlanishi va foydalanilishiga oid iqtisodiy munosabatlarni о‘rgangan Moliya fani iqtisodchi-olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar ta’sirida shakllandi. Ular tomonidan yaratilgan Moliyaviy nazariyalar jamiyatning haqiqiy ehtiyojlari tomonidan tekshirildi hamda agar ular davlat va aholi uchun amaliy tavsiyalarga ega bо‘lgan va hodisalarning haqiqiy mohiyatini о‘zida aks ettirgan bо‘lsa, fan sifatida e’tirof etildi. Shu munosabab bilan Moliya sohasida ilmiy bilimlarni shakllantirishga yordam beradigan Moliyaning turli nazariyalarini о‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodchi-olimlar tomonidan Moliyaga oid ishlab chiqilgan nazariy qarashlar Moliyaviy qonunchilik va davlat fiskal siyosatining asosida yotadi.
Xorijiy iqtisodchilar Moliyaga oid nazariyalarining birinchi guruhi siyosiy iqtisod mumtozlarining konsepsiyalari bilan izohlanadi. Kapitalistik taraqqiyotning dastlabki bosqichidayoq barcha iqtisodiy nazariyalarda Moliyaviy konsepsiyalar alohida о‘ringa ega bо‘lgan. Davlat xarajatlari, soliqlar, kredit va byudjetning iqtisodiyotga ta’siri masalalari siyosiy iqtisod klassiklari (BuYuk Britaniyada – U.Pyetti, A.Smit va D.Rikardo, Fransiyada – P.Baugilber) tomonidan tadqiq qilingan.
Moliya fanining asoschisi A.Smit (1723-1790 yillar) о‘zining “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari tо‘g’risida tadqiqot” dyeb nomlangan fundamyental asarida davlat Moliyasining mohiyati tо‘g’risida ayrim g’oyalarni ishlab chiqdiki, ular mehnatning unumli va unumsizligi tо‘g’risidagi ta’limotga (bu ta’limot A.Smitniki) asoslangan edi. Uning aniqlashicha, bevosita kapitalga almashtiriladigan mehnat unumli, unumsiz mehnat esa daromadga, ya’ni ish haqi va foydaga almashtiriladigan mehnatdir. Ana Shu nazariy qarashlardan kelib chiqqa holda A.Smit (va undan sо‘ng D.Rikardo) Moliyaviy kategoriyalarga (davlatning daromadlari va xarajatlariga) tavsifnoma bergan. U soliqlar hisobidan olingan davlat daromadlari barchasining yoki dyeyarli barchasining unumsiz sarflanishini isbotlagan. Shuning uchun ham davlat xarajatlari kapitalning jamg’arilishi va milliy daromadning о‘sishi imkoniyatlarini qisqartiradi. Ana Shundan uning soliqlarga nisbatan salbiy munosabati kelib chiqqan. A.Smit yaratilgan qiymatni unumsiz sarflaydigan va Shu munosabat bilan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga tо‘siq bо‘luvchi davlatning xarajatlarini qisqartirish kerak, degan xulosaga kyeladi.
A.Smit davlat xarajatlari siyosatini tanqid qilgan bо‘lsa-da, ular ma’lum bir qismi bо‘lishining zarurligini e’tirof etgan. CHunki ana Shu qism ishlab chiqarishning umumiy shart-sharoitlarini himoya qilishga qaratilgan bо‘ladi. Uning nazariyasida soliqlar nazariyasiga katta о‘rin berilgan. U soliqqa tortishni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilishning quyidagi tо‘rt asosiy prinsiplarini ifodalagan:

  • soliqlar ularni tо‘lovchilarning salohiyatiga va kuchiga muvofiq tо‘lanishi kerak;

  • soliqlarning miqdori va ularni tо‘lash muddatlari aniq belgilangan bо‘lmog’i lozim;

  • soliqlarni undirilish vaqti soliq tо‘lovchi uchun qulay bо‘lmog’i zarur;

  • soliqlarni undirishda ularni undirish xarajatlarining minimalligini ta’minlamoq kerak.

Tarixiy jihatdan bu prinsiplar tug’ilib kyelayotgan burjuaziyaning ehtiyojlarini aks ettirgan va fyeodal jamiyatning asosiy sosial guruhlari bо‘lgan bо‘lgan zadagonlar hamda ruhoniylarga, fyeodal davlatning soliqlar bо‘yicha boshboshdoqligiga qarshi yо‘naltirilgan (qaratilgan) edi. A.Smit tomonidan ishlab chiqilgan Yuqoridagi prinsiplar, tо‘liq bо‘lmasa-da, burjua davlatlari tomonidan soliq islohotlarini о‘tkazishda foydalanilgan.
Soliqlarning turli kо‘rinishlarini (egri (bilvosita) soliqlar, ish haqi hisobidan undiriladigan soliqlar va boshqalar) tahlil qila turib, A.Smit jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti nuqtai-nazaridan ularga baho bergan. Istye’mol tovarlariga nisbatan о‘rnatilgan egri (bilvosita) soliqlar ular bahosining oshishiga olib kyelgan. Buning natijasida ishlab chiqarish xarajatlari о‘sgan va oxir-oqibatda esa, ularni sotish kamaygan va istye’mol qilish qisqargan. Ish haqidan olinadigan soliqni baholab, u bu soliqni iqtisodiyot uchun xonavayronlik kyeltiruvchi dyeb hisoblagan. CHunki ishchi daromadining soliqqa tortilishi tadbirkor avanslashtirilgan kapitalining oshishiga yoki bozor talabiga salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi ishchi kuchi sotib olish qobiliyatining pasayishiga olib kyeladi.
Shunday qilib, A.Smitning soliq konsepsiyasi yagona maqsadga – kapitalning jamg’arilishini rag’batlantirish va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishini tyezlashtirishga qaratilgan edi.
Asosan, xuddi Shunday qarashlarni D.Rikardo (1772-1823 yillar) ham о‘zining “Siyosiy iqtisod va soliqqa tortishning boshlanishi” asarida himoya qilgan. Mehnatning qiymat nazariyasidan kelib chiqqan holda u barcha soliqlar sо‘zsiz ravishda yo kapitalga, yoki daromadga ta’sir kо‘rsatadi, dyeb hisoblagan. Agar soliqlar kapitaldan undirilsa, unumli mehnatni saqlashga mо‘ljallangan fond qisqaradi. Soliqlar daromaddan olinganda esa, kapitalning jamg’arilishi qisqaradi yoki soliq tо‘lovchining istye’moli kamayadi. Birinchi ehtiyoj pryedmyetlaridan olinadigan soliqlar ular bahosining о‘sishiga sabab bо‘lib, ular istye’mol qiladigan tovarlarning miqdoriga nisbatan Yuqoriroq bо‘lgan proporsiyalarda istye’molchining gardaniga Yuklanadi. D.Rikardoning fikricha, tovarlar va ish haqidan undiriladigan har qanday soliqlar, bir xil darajada bо‘lmasa-da, ish haqining oshishiga va foydaning kamayishiga olib kyeladi.
YUqorida bayon qilinganlarni inobatga olgan holda u “soliqlar buYuk zulmdir”, degan xulosaga kyelgan. Soliqqa tortishning о‘sishi yoki hukumat xarajatlarining ortishi bilan xalqning istye’moli pasayadi va bu narsa, oxir oqibatda, ishlab chiqarishda о‘z aksini topadi. Shuning uchun ham hukumatning vazifasi kapitalning jamg’arilishini rag’batlantirishdir. Mamlakatning kyelgusi ishlab chiqarishini qisqartirmaslik uchun hukumat foydani soliqqa tortmasligi kerak.
Klassik burjua siyosiy iqtisodi (A.Smit, D.Rikardo va ularning izdoshlari) davlat xarajatlari va soliqlarga nisbatan rasmiy iqtisodiy siyosatning konsepsiyasini, kо‘p jihatdan, aniqlab bergan edi. XUSH asrning oxiri va X1X asrning boshlarida ilg’or mamlakatlarning Moliyaviy siyosati, yangi sinf – burjuaziyaning manfaatlarini ifoda etib, mamlakatning xо‘jalik hayotiga davlatning aralashmasligi prinsipini e’lon qilga edi. Buning oqibatida davlat xarajatlari va foydani soliqqa tortish biroz qisqardi.
X1X asrda ishlab chiqarishning Yuqori sur’atlarda rivojlanishi mehnat va kapital о‘rtasidagi ziddiyatlarning keskinlaShuviga olib kyeldi. Xuddi Shu davrning о‘zida turli sosial guruhlarning manfaatlarini hisobga olgan holda о‘z siyosatini о‘zgartirishga hukumatni chaqiruvchi iqtisodchilarning tovushlari eshitila boshlandi.
Ingliz olimi J.S.Mill (1806-1873 yillar) mamlakatda sosial keskinlaShuvni Yumshatish maqsadida daromadlarni taqsimlash sohasida о‘zgartirishlar kiritish taklifi bilan maydonga chiqdi. Boylikni nisbatan tekisroq (tyengroq) taqsimlash uchun u tomonidan oqilona soliq tizimining yangi prinsiplari ishlab chiqildi. Hayot kyechirish uchun zarur sanalgan daromadga tyeng bо‘lgan daromadlarni soliqqa tortishda soliqqa tortilmaydigan minimumni joriy etish g’oyasi aynan unga tyegishlidir.
J.S.Mill “xizmatlarning soliq nazariyasi”ni ishlab chiqdiki, unga muvofiq ravishda har bir shaxs davlatdan olinadigan qо‘llab-quvvatlashlar uchun о‘z daromadlarining bir qismini davlatga berishi kerak. U soliqlar va davlat xarajatlari о‘rtasida bog’liqlikni о‘rnatib, soliqlarni davlat xarajatlari bilan uzviy ravishda bog’lagan.
Bu holatlar kyeyinroq shvyed iqtisodchilari K.Viksyel va E.Lindal tomonidan yanada rivojlantirildi. Bizning davrimizda esa bu nazariya amyerikalik iqtisodchi-olim P.Samuelson qarashlarining shakllanishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatdi va u soliqlarning о‘sishi davlat xizmatlariga bо‘lgan ehtiyojning о‘sishi bilan kuzatilishi kerak, dyeb hisobladi.
SHvyeysariyalik iqtisodchi J.Sismondi (1773-1842 yillar) rivojlangan davlatlarning Moliyaviy siyosatini tanqid qilib, mayda tovar xо‘jaliklarini himoya qilgan. Uning chiqishlari, asosan, proteksionizm siyosatiga (masalan, donni import qilish bо‘yicha ingliz Yuqori bojxona bojlari) qarshi qaratilgan bо‘lib, bunday siyosatni u millatga ziyon yetkazuvchi siyosat dyeb hisobladi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi uchun tyegishli sharoitni yaratish borasidagi proteksionizm siyosatining ijobiy tomonlarini kо‘ra olmasdan, mamlakat iqtisodiyotida uzluksiz ravishda katta rol о‘ynab borayotgan о‘sib boruvchi yirik kapitalning ahamiyatini u yetarlicha baholay olmadi.
YAngi tarixiy maktab konsepsiyalari. 1870-yillarda yangi tarixiy maktab paydo bо‘ldiki, uning boshlanishi nyemis olimlarining (G.SHmollyer, M.Vyeber, A.Vagnyer va boshqalar) nomlari bilan bog’liq. Davlat Moliyasini tadqiq qilish bilan kо‘proq A.Vagnyer Shug’ullanib, u davlatning yordami bilan kapitalni jamg’arishning о‘z yechimini taklif etdi. Davlat faoliyatining (ma’muriy, sosial-madaniy va investision) hajmini (kо‘lamini) kengaytirish nuqtai-nazaridan muammoni hal etishga yondoshib, u soliqqa tortishning tо‘qqiz prinsipini ishlab chiqdi va ularni quyidagi guruhlarga birlashtirdi:

  • yetarlilik va harakatchanlik;

  • kerak bо‘ladigan manba va ob’yektni tanlash;

  • eng umumiylik va tyenglik;

  • aniqlik, qulaylik, arzonlik.

Mohiyat jihatidan u A.Smitning ma’lum va mashhur prinsiplarini tо‘ldirdi. Klassik burjua siyosiy iqtisodidan sо‘ng A.Vagnyer mamlakatda boylik va daromadlarni adolatli taqsimlashga erishish uchun davlat Moliyadan foydalanishi mumkin dyeb hisobladi.
Moliyaviy muammolar – markschilar asarlarida. X1X asrning о‘rtalaridan uning oxirigacha Moliya fani marksistik ta’limotning ta’siri ostida bо‘ldi. Kapitalizm sharoitida Moliyaning mohiyati, ayrim Moliyaviy kategoriyalarning roli va ahamiyati K.Marks (1813-1883 yillar) va F.Engyels (1820-1895 yillar) tomonidan ishlab chiqildi. Albatta, davlat Moliyasi masalalariga bag’ishlangan maxsus katta ishlar ularda bо‘lmasa-da, Shunday bо‘lishiga qaramasdan kapitalizmning juda kо‘p Moliyaviy muammolari ularning qator asosiy asarlarida, jumladan “Siyosiy iqtisod tanqidi”, “Kapital” nomli asarlarida va X1X asrning о‘rtalaridagi ingliz byudjetlari, 1840-yillardagi pruss va fransuz byudjetlarining tavsifiga bag’ishlangan kо‘psonli maqolalarida о‘z aksini topdi. K.Marks monopolistik kapitalizmgacha bо‘lgan davrdagi davlat byudjetlarining sinfiy xarakterini, davlat xarajatlarining unumsiz, xalqqa qarshi xarakterini ochib berdi va davlat qarzlarining soliqlar bilan bog’langanligini kо‘rsatdi.
Kapitalning dastlabki jamg’arilish myetodlarini tadqiq qilib, ularning safiga birinchi navbatda, Moliyaviy myetodlar sifatida davlat xarajatlari, davlat krediti va soliq tizimini kiritdi. Uning fikricha, aynan ana Shu myetodlar kapital jamg’arilishining Yuqori sur’atlarda о‘sishini ta’minladi, kapitalistik ishlab chiqarishning shiddatli rivojlanishi uchun moddiy shart-sharoitlarni yaratdi.
K.Marks va F.Engyels eng muhim Moliyaviy kategoriya hisoblangan soliqlarga jiddiy e’tibor berishdi. Ularning mohiyatini о‘rganib, soliqlar barcha mehnatkashlar uchun qо‘shimcha ekspluatasiya qilishning quroli ekanligini doimiy ravishda ta’kidlab kyeldilar. Soliqqa tortishni baholashda K.Marks tо‘g’ridan-tо‘g’ri (bevosita) soliqlarga va eng avvalo, daromad solig’iga ustuvorlik bilan ahamiyat berdi va soliqqa tortish progressiv shakllarining himoyachisi sifatida maydonga chiqdi. Eng og’ir bо‘lgan egri (bilvosita) soliqlarni u “kekirtakdan oladigan” progressiv soliqlar dyeb atadi.
Davlat byudjetining mohiyatini tahlil qilib, u byudjetning asosiy masalasi byudjet daromadlari va xarajatlari о‘rtasidagi nisbat, ya’ni byudjetning qoldig’i (profisiti yoki defisiti) masalasidir, dyeb e’tirof etdi. Aynan ana Shu qoldiq soliqqa tortishning qisqarishi yoki kengayishini aniqlab beradi.
Biroq Moliyaviy siyosat (davlat xarajatlari va proteksionizm) ta’siri ostida amalga oshiriladigan kapital jamg’arilishining oshib borishi bilan ishchilar sinfining ahvoli og’irlashib boradi, degan K.Marksning tasdig’i e’tirozga muhtojdir. U foyda, foiz, ryenta va ish haqi о‘rtasidagi nisbatning davlat va uning Moliyasi yordamida о‘zgartilishi imkoniyatini (mumkinligini) inkor etgan edi. Ortiqcha ishlab chiqarishning siklik tanazzullari tahlilida davlatning iqtisodiy va Shu jumladan, Moliyaviy siyosati yordamida ularning kuchsizlanishi mumkinligiga yо‘l qо‘ymadi.
X1X asrning oxiri va XX asrning boshlari foydalilikning cheklanganligi nazariyasining tarqalganligi bilan xarakterlanadi. Bu nazariya marksistik ta’limotga qarshi ryeaksiya (aks ta’sir) sifatida maydonga kyelgan edi. Bu nazariya Moliya sohasiga ham tyegib о‘tdi. Uning vakillari, о‘z baholashlaridagi katta farqlarning mavjud bо‘lishiga qaramasdan, mehnatning qiymat nazariyasiga qarshi chiqdilar va uni sotib oluvchilarning xohish-istaklari (ustuvorlik berishlari) yordamida aniqlanadigan baholar tahlili bilan almashtirdilar. Muhim Moliyaviy kategoriyalar bо‘lgan davlat xarajatlari va soliqlar ular tomonidan davlat va xususiy shaxslar о‘rtasidagi kо‘psonli individual bitimlar sifatida talqin qilindi. Bir vaqtning о‘zida, ularning fikricha, davlat xizmatlarining cheklangan foydaliligi soliqlarning cheklangan foydaliligi bilan hamnafas bо‘lmog’i lozim edi.
Birinchi jahon urushiga qadar iqtisodiy fan, asosan, tadbirkorlik erkinligi prinsipiga tayangan holda, davlat va uning Moliyasini mamlakat iqtisodiyotiga aralaShuviga nisbatan qarshi turdi. Ishlab chiqarish va taqsimlashni davlat tomonidan tartibga solish faqat Birinchi jahon urushi yillaridanoq amalga oshirila boshlandi. Jahon iqtisodiy tanazzuli yillariga (1929-1933 yillar) kelib bu jarayon yanada kuchaydi.
J.M.Kyeyns nazariyasi. Ingliz iqtisodchisi J.M.Kyeynsning (1883-1946 yillar) iqtisodiy nazariyasi davlat tomonidan tartibga solishda kapitalistik ishlab chiqarishning ehtiyoji sifatida vujudga kyeldi hamda u Moliyaviy konsepsiyani shakllantirishga va Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishga juda katta ta’sir kо‘rsatdi. Kyeynscha tavsiyalar, uning turli xildagi modifikasiyalari bilan birgalikda, uzoq yillar davomida turli davlatlarning amaliyotida foydalanildi. J.M.Kyeyns Moliyaviy konsepsiyasining asosida “samarali talab” g’oyasi yotadi.
Iqtisodiyot 1929-1933 yillardagi og’ir siklik tanazzulni boshdan kyechirayotgan bir paytda J.M.Kyeyns о‘zining nazariyasini “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” nomli asarida (1936 yil) bayon etib, maydonga chiqdi. Unda nobarqaror rivojlanish sharoitida davlat iqtisodiyotga aralaShuvining zarurligi asoslab berildi. Moliyaviy kategoriyalar va birinchi navbatda, davlat xarajatlari ana Shunday aralaShuvning instrumyentlari hisoblanishi kerak. Ularning shakllanishi, tarkibiy tuzilmasi va о‘sishi “samarali talab”ga erishishning muhim omillari bо‘lmog’i lozim. Soliqlar va qarzlar hisobidan davlat xarajatlarining о‘sishi tadbirkorlik faoliyatini jonlantirishi va milliy daromadning kо‘payishini ta’minlashi hamda ishsizlikka barham berishi mumkin. Bu maqsadga erishi uchun, muallifning fikricha, davlat faqat о‘z xarajatlarining darajasini oshiribgina qolmasdan, balki shaxsiy va investision istye’molga ham о‘z ta’sirini kо‘rsatishi kerak.
J.M.Kyeyns soliqlar va ularning asosiy “psixologik qonun”ga ta’siri masalalariga alohida ahamiyat bergan. Ana Shu “qonun”ga muvofiq, insonlar о‘z istye’mollarini oshirib borishga moyildir. Lekin bu moyillik ular daromadlarining oshganchalik darajasida emas. Bu narsa, о‘z navbatida, tovarlarga bо‘lgan talabning pasayib kyetishiga va ishlab chiqarishning qisqarishiga olib kyeladi. Davlat ana Shunday “qonun”ning paydo bо‘lishiga tо‘sqinlik qilishi hamda soliq tuShumlari, qarzlar hisobidan о‘z xarajatlarini oshirish yoki turli myetodlar orqali xususiy investisiyalarni rag’batlantirish yо‘li bilan yetmayotgan talabni tо‘ldirishi kerak. Uning formulasi quyidagicha:
J + S = I + Dx,
Bu yerda: J – jamg’armalar;
S – soliqlar;
I - investisiyalar;
Dx – davlat xarajatlari.
Shunday qilib, J.M.Kyeyns ishlab chiqarishning monopollaShuvi sharoitida iqtisodiyotni tartibga solishga yо‘naltirilgan va prinsial jihatdan yangi bо‘lgan Moliya nazariyasini ishlab chiqqan. 1970-yillarga qadar sanoati taraqqiy etgan kо‘pgina mamlakatlar Moliyaviy siyosatining asosini tartibga solish kyeynscha nazariyaning boshlang’ich holatlari (nuqtalari) tashkil etdi.
Nyeokyeynschilar nazariyalari. J.M.Kyeynsning izdoshlari о‘tgan asrning 50-60-yillarida uning nazariyasiga dinamik elementni joriy etdilarki, bu narsa ularga iqtisodiy о‘sish nazariyasini yaratishga imkon berdi. Bu nazariyada kо‘pgina mamlakatlarning iqtisodchilari (AQSHdan – A.Xansyen, S.Xarris; BuYu Britaniyadan – R.Xarrod, A.Ilyersik, A.Pikok; Fransiyadan – F.Pyerru; Gyermaniyadan – F.Nyeymark va boshqalar) tomonidan ishlab chiqilgan Moliyaviy konsepsiya muhim о‘rinni egallaydi. Ular fiskal antisiklik nazariyaning yaratilishini nihoyasiga yetkazdilar. Bu nazariyaning mohiyati balanslashtirilgan iqtisodiy taraqqiyot maqsadlari uchun davlat daromadlari va xarajatlaridagi о‘zgarishlarga borib taqaladi.
Nyeokyeynschilar samarali talabga erishishning usuli sifatida “dyefisitli Moliyalashtirish” g’oyasini himoya qildilar. Ular davlat qarzlarining о‘sishini inobatga olmagan (davlat qarzlarini о‘sishi bilan hisoblashmagan) holda davlat katta xarajatlarining zarurligini isbotlab berdilar. Biroq xronik xarakter kasb etgan katta miqdordagi byudjet dyefisitlari iqtisodchi-olimlarning ma’lum bir guruhini, Shu jumladan Stokgolm maktabi vakillarini (E.Lindal, G.MYurdal va boshqalar), byudjetga oid muammoni yangicha hal etishga majbur etdi. Bu maktab vakillari “byudjetni siklik balanslashtirish”, ya’ni byudjet daromadlari va xarajatlarini iqtisodiy siklga moslashtirish nazariyasini taklif etdilar. Bu nazariyaga muvofiq iqtisodiy tanazzul paytida vujudga kyelgan byudjet defisitini davlat iqtisodiy о‘sish (kо‘tarilish) davridagi ortiqchalar hisobidan qoplashi kerak. Ana Shu tavsiyanomalarga rioya etgan holda bir nyecha kapitalistik mamlakatlarning hukumatlari siklik tartibga solishning maxsus pul fondlarini yaratdilar. Bu pul fondlarining mablag’lari iqtisodiyotning о‘sishi (kо‘tarilishi) davrida tо‘ldirilgan va ishlab chiqarishning iqtisodiy qisqarishi davrlarida esa ulardan foydalanilgan.
Xо‘jalikni rag’batlantirish va uni tartibga solish uchun davlat byudjetidan faolroq foydalanish borasidagi nyeokyeynschilarning talablari “tizilgan byudjet stabilizatorlari” nazariyasida о‘z aksini yanada yaqqolroq topdi. Bu nazariyaning asosida “soliq stabilizatorlari” tо‘g’risidagi kyeynscha qarashlar yotgan edi. J.M.Kyeynsning fikricha, “soliq stabilizatorlari” siklik tyebranishlarni tartibga solib, ularni biroz Yumshatib va ularda ma’lum bir о‘zgaruvchanlikni ta’minlab, avtomatik tarzda amal qilishi kerak edi. Nyeokyeynschilar uni “boshqariluvchan stabilizatorlar” bilan, ya’ni yangi iqtisodiy sharoitlarga muvofiq ravishda davlatning doimo о‘zgarib turadigan soliq tadbirlari bilan tо‘ldiradilar.
Yangi mumtoz nazariyalar. Ikkinchi Jahon urushidan kyeyingi yillarda yangikyeynschilarning nazariyalari bilan bir qatorda davlat tomonidan tartibga solishni cheklash orqali erkin tadbirkorlik g’oyalarini targ’ib qiluvchi yangi mumtoz nazariyalar ham jonlandi. YAngi mumtoz maktabning nazariyotchilari (AQSHda R.Slou, J.Kyenrik; BuYuk Britaniyada – A.Robbins, J.Mid) iqtisodiyotga davlatning aralashmasligi asosiy prinsipini himoya qilib, bir vaqtning о‘zida maorif va fanga sarf qilinadigan xarajatlar salmog’ini oshirish orqali ularning tarkibiy tuzilmasini о‘zgartirib, davlat xarajatlari umumiy hajmining qisqartirilishini yoqlab chiqdilar. Shuningdyek, “inson kapitaliga investisiyalar”ga alohida e’tibor qaratildi. Bir vaqtning о‘zida, soliqlarning darajasini pasaytirish taklif etildi va dyefisitsiz byudjetga erishilishi talab qilindi.
Takror ishlab chiqarish sharoitlarining yomonlaShuvi va inflyasion tyendyensiyalarning (oqimlarning) kuchayishi bilan iqtisodiy qiyinchiliklar uchun javobgarlik Yuklatilgan kyeynschilik va yangi kyeynschilik qoidalarini tanqid qilish ham kuchaya bordi. Ana Shunday murakkab iqtisodiy vaziyatda yangi mumtoz maktabdan “taklif iqtisodiyoti” nazariyasini ishlab chiquvchi yangi konsyervativ yо‘nalish (AQSHda – G.Styeyn, M.Ueydyenbaum; BuYuk Britaniyada – J.Xau, A.Uoltyers) ajralib chiqdi. Bu yо‘nalishning Moliyaviy konsepsiyasi iqtisodiy о‘sishning jamg’armalar va jamg’arma bilan belgilanishiga asoslanadi. Davlat soliq tizimi orqali mamlakatda investisiyalarning yetarliligini ta’minlash uchun jamg’armalarni shakllantirishda yetarli shart-sharoitlarni yaratishi kerak. Davlat va uning Moliya tizimiga ilmiy-texnika taraqqiyotini rag’batlantirish vazifasi Yuklatildi. Moliyaga iqtisodiy о‘sishni uzoq muddatli rag’batlantirishni ta’minlash biriktirildi. Umumiy tarzda, bu jarayonlarda davlatning roli minimallashtirildi. Bu nazariya mualliflarining ayrimlari davlatga “kyechgi qorovul va polisiyachi” funksiyalarini berish bilan cheklanishni taklif etdi.
Boshqa nazariyalar bilan bir qatorda “taklif iqtisodiyoti” nazariyasida soliqlarga faxriy о‘rin ajratilgan. Uning vakillari - soliqlarni qisqartirish tarafdori. Biroq, soliqlarni antisiklik kon’Yunkturaviy tartibga solishning vositasi sifatida qaragan kyeynschilardan farqli о‘laroq, ular jamg’armalar va investisiyalarning Yuqori darajasini qо‘llab-quvvatlash uchun soliq undirmalarining darajasini pasaytirishni talab etdilar.
Amyerikalik iqtisodchi A.Leffyerning soliq konsepsiyasi ham keng mashhurlik kasb etdi. U grafik modyel asosida soliqlarning Yuqori stavkalari iqtisodiy о‘sishning sur’atlarini pasaytiradi, degan xulosaga kyeldi. Bu olimning tavsiyalari 1980-1990-yillarda dunyoning kо‘pgina mamlakatlarida amalga oshirilgan soliq islohotlarining nyegizini (asosini) tashkil qildi.
Postkyeynschilar nazariyalari. Yangi mumtoz maktab vakillari nazariyalarining ma’lum darajada rivojlangan bо‘lishiga qaramasdan kyeynschilar ta’limoti yangi sharoitlarga muvofiq rivojlanishda davom etmoqda. 1970-yillarda postkyeynschilar yо‘nalishi shakllandiki, uning yirik namoyandalari qatoriga AQSHda X.Minskiy, R.Klauer, BuYuk Britaniyada – N.Kaldor, G.SHekl va boshqalarni kiritish mumkin. Bu yо‘nalish ham yangi kyeynschilarning va ham yangi maktab vakillarining asosiy qoidalarini tanqid ostiga oldi. Postkyeynschilar nazariyasining asosini hamon Moliya mexanizmi yordamida davlat aralaShuvini kengaytirish g’oyasi yotmoqda. Moliyaviy siyosat asosiy siyosatga aylanmog’i va u monopoliyalar faoliyatini cheklashga hamda harbiy xarajatlarni qisqartirishga yо‘naltirilgan bо‘lmog’i lozim. “Daromadlar siyosati”da ular sosial islohotlarni amalga oshirish va sosial muammolarni hal etish tarafdorlari sifatida maydonga chiqmoqdalar. Ularning fikricha, eng yaxshi soliqqa tortish myetodi bu xarajatlarni soliqqa tortishdir. Ingliz tadqiqotchisi N.Kaldor daromad solig’ini istye’mol solig’i bilan almashtirish g’oyasini rivojlantiradi. U istye’mol solig’ini shaxsiy xarajatlarni qondirishga sarflanadigan daromadlarning bir qismini soliqqa tortish sifatida talqin qiladi. Uning nazarida, bu chora jamg’arishni rag’batlantirishi va inflyasiyaning darajasini pasaytirishi mumkin.
N.Kaldorning fikri G’arb olimlari tomonidan keng qо‘llab-quvvatlanildi. Ular ham soliq tizimini xarajatlardan olinadigan yagona soliqqacha soddalashtirish tarafdori bо‘lib, fuqarolarning faqat istye’mol xarajatlari soliqqa tortilishi kerak.
XX Yuz yillikning oxiri va XX1 Yuz yillikning boshlarida iqtisod ilmi, yaxlit holda bozor tizimini, biznyes qonunlarini, iqtisodiyotning har qanday sohasidagi amaliy faoliyatni afzal kо‘rmoqda. Bir vaqtning о‘zida esa, amyerikalik mashhur olimlar K.R.Makkonnyell va S.L.BrYular о‘zlarining “Ekonomiks. Prinsiplar, muammolar, siyosat” asarida yozganlaridyek, moddiy ehtiyojlar cheklanmagan, resurslar esa (kapital, yer, mehnat, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalar) aksincha, cheklangandir. Shuning uchun ham iqtisodiyot taraqqiyotining turli davrlarida uning darajasi turlicha bо‘lishiga qaramasdan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish doimiy ravishda talab qilinadi. YUqoridagi har ikkala muallif taklifga yо‘naltirilgan fiskal siyosatni qо‘llab-quvvatlaydilar. Fiskal siyosat esa jami talabga va soliqlarni о‘zgartirish orqali esa taklifga ham ta’sir kо‘rsatadi. Byudjetdan transfyert tо‘lovlari va soliq tizimi, bu olimlar fikricha, turli iqtisodiy vaziyatlarda talab qilingan muvozanatni ta’minlashi mumkin.
Xorijiy mamlakatlarning zamonaviy Moliya fanida, turli maktablar о‘rtasida doimiy ravishda munozaralar va farqlanuvchi fikrlar bо‘lishiga qaramasdan, konvyergensiya jarayoni kuzatilmoqda. Masalan, kyeynschilar nazariyasida qarashlar yangi mumtoz maktab vakillarining qarashlariga va yangi mumtoz nazariyalar esa kyeynschilar nazariyalaridagi qarashlarga kirib bormoqda. Bu, eng avvalo, barcha nazariyalarda mavjud bо‘lgan Moliya-kredit-pul mexanizmiga tyegishlidir. Barcha nazariyalar mamlakatning xо‘jalik hayotiga ta’sir kо‘rsatish uchun bu instrumyentlarni tadqiq etish zarur ekanligini bir ovozdan tan oladilar, sо‘zsiz e’tirof etadilar. Holbuki, bunday ta’sir choralari, ulardan foydalanish instrumyentlari va vaqtlari bir-biriga mos tushmasligi mumkin.
Xorijiy mualliflar Moliyaviy konsepsiyalarining tahlili quyidagi yakuniy xulosalarni chiqarishga imkon beradi:

  • Moliya sohasidagi qarashlar tizimi umumiqtisodiy nazariyaning ma’lum bir qismi hisoblanadi, ular Moliya fanini boyitadi va rivojlantiradi;

  • Moliyaviy konsepsiyalarning vujudga kelishi mamlakat makro- va mikroiqtisodiyotining talablariga javob ryeaksiyasidir yoki ma’lum hukmron sosial guruhlar buYurtmasining bajarilishidir (ijro etilishidir);

  • xorijiy olimlarning progressiv Moliyaviy g’oyalari iqtisodiy о‘sishning yetarli Yuqori darajasini ta’minlab, insonning turli-tuman ehtiyojlarini qondirishda jamiyatga yordam beradi.

2. Rossiyalik iqtisodchilarning Moliyaviy nazariyalari




Rossiyada Moliya fani mustaqil voqyelik sifatida X1X asrning boshlarida shakllana boshladi. Shu davrda Moliya sohasiga oid birinchi yirik ishlar paydo bо‘ldi. Rus Moliya fanining boshlanishiga N.I.Tyergenyevning “Soliqlar nazariyalari tajribasi” asari (bu asar 1818 yilda nashr etilgan) asos soldi. Unda Rossiyada ilk marta soliqlarning о‘ziga xos xususiyatlari, ularning davlat xо‘jaligi va mamlakatning butun iqtisodiyoti uchun ahamiyati о‘rganildi.
Oktyabr davlat tо‘ntarilishiga qadar olimlarning ishlarida Moliya masalalari. Rossiya Moliya fanining gullab-yashnashi X1X asrning oxiri va XX asrning boshlariga tо‘g’ri kelib, bu davrda rossiyalik iqtisodchilar va Yuristlardan I.YAnjul, I.Ozyerov, I.Kulishyer, L.Xodskiy, V.Lyebyedyev, S.Ilovayskiy va boshqalarning eng mashhur asarlari e’lon qilindi.
Rossiyalik iqtisodchi-olimlar Moliya fanining ham nazariy va ham amaliy masalalarini ishlab chiqishdi. Nazariyada ular pragmatik yondoShuvning vakillari hisoblanib, “jamoa ehtiyojlarini qondirish” nazariyasining tarafdorlari edilar. Bu narsa I.Ozyerovning “Moliya fani asoslari” dyeb nomlangan darsligida yaqqol namoyon bо‘lgan edi.
Davlat Moliyasini tadqiq qilish Shu davrdagi olimlarning ishlarida asosiy о‘rinni egallagan edi. Ta’kidlash joizki, bu davrda e’lon qilingan ishlarda xususiy xо‘jalik Moliyasi tо‘g’risida masalalar, hatto biror marta ham, esga olinmagan. Bir vaqtning о‘zida, davlat daromadlariga oid masalalar: daromadlar tizimi, turli davlatlarda ularning rivojlanishi, soliqlarni byudjetga undirish shakllari va tartiblari, Shu jarayonlar ustidan davlat tomonidan amalga oshirilgan nazorat, byudjet defisitini qoplash manbalari, davlat kreditining rivojlanishi kabilar yetarli darajada tо‘liq tadqiq qilingan.
Oktyabr davlat tо‘ntarilishiga qadar Moliyachilar tomonidan о‘rganilgan masalalarning boshqa bir yо‘nalishi byudjet va mahalliy byudjetlar bilan bog’langan. Ularda markaziy byudjet vamahalliy byudjetlarning tuzilish masalalari va byudjet jarayoniga tyegishli bо‘lgan boshqa masalalar kо‘rib chiqilgan.
Sosial-dyemokratik oqimda Moliya masalalari. Shu davrning о‘zida iqtisodiyot fanida sosial-dyemokratik oqim rivojlanib, u K. Marks va F. Engyelsning rossiyalik izdoshlari tomonidan taqdim etilgan edi. Barcha sosial-dyemokratlar uchun umumiy narsa, bu Moliyaviy hayot voqyeliklarini tadqiq etishda Yuzaki yondoshish bо‘lib, nazariy ishlanmalarning hokimiyat uchun siyosiy kurashning bir daqiqalik ehtiyojlariga bо‘ysundirilganligi bilan xarakterlanadi. Bu oqimning yaqqol namoyandasi V.I.Lyenin (1870-1924 yillar) edi.
Oktyabr davlat tо‘ntarilishiga qadar yozilgan V.I.Lyenin ishlarining asosiy mazmuni Rossiya Moliya siyosatini tanqid qilishdan iborat bо‘lgan. Kо‘psonli maqolalari va о‘zining chiqishlarida u byudjetning daromadlar va xarajatlar tizimini tanqidiy kо‘rib chiqqan, egri (bilvosita) soliqlarning sosial tavsifini ochib bergan va Oktyabr davlat tо‘ntarilishi arafasida davlat Moliyaviy ahvolining ayanchli ekanligini kо‘rsatgan.
1917 yilda V.I.Lyenin tomonidan bolshivyeklar partiyasining iqtisodiy platformasi ishlab chiqiladi va u RSDRP (b)ning U1 s’yezdida qabul qilinadi. Unda pul, Moliya va kredit masalalariga kо‘p e’tibor qaratilgan edi. Xususan, bu iqtisodiy platformaga muvofiq bank ishining milliylashtirilishi va markazlashtirilishi, sug’urta ishining milliylashtirilishi, qog’oz pullarni chiqarishning tо‘xtatilishi, ichki va tashqi qarzlarni tо‘lashdan voz kyechish, Yuqori mulkiy soliq va mulkning о‘sishiga solinadigan soliqni joriy etish, daromad solig’ini isloh etish va kapitalistlarning daromadlari ustidan haqiqiy nazoratni о‘rnatish, zyebi-ziynat buYumlariga (pryedmyetlariga) Yuqori egri (bilvosita) soliqlarni joriy etish orqali soliq tizimini о‘zgartirish kо‘zda tutilgan edi. Amalda ana Shu tadbirlarning barchasi, pul muomalasini barqarorlashtirish va soliq tizimini isloh qilishdan tashqari, Oktyabr davlat tо‘ntarilishini amalga oshirish jarayonida va undan kyeyingi dastlabki yillarda sodir etildi.
Bularning barchasi Oktyabr davlat tо‘ntarilishining dastlabki davrlarida Moliyaviy masalalarni о‘rganish undan oldingi davrning iqtisodchilari (I. YAnjul, I. Ozyerov, L. Xodskiy) va ularning izdoshlari (YA. Torgulov, I. Kulishyer, F. Myenkov) asarlariga asoslanishiga olib kyeldi. Moliya fanining bunday ahvoli 1920-yillarning о‘rtalarigacha davom etdi.
Sovyet Moliya fani. Iqtisodiyot va Moliyani boshqarishning diryektiv myetodlariga о‘tilishi munosabati bilan Moliya xususidagi ilmiy tasavvurlarni unifikasiya qilish va tartibga kyeltirish, ularni sinfiy kurashga bо‘ysundirish zaruriyati paydo bо‘ldi. SSSR Moliyasi tо‘g’risidagi fanning yaratilishi buning natijasi bо‘lib, unda sovyetlar Moliyasining kapitalistik davlatlar Moliyasidan ustunligi kо‘rsatildi. Bu fanning oyoqqa turish davri nisbatan uzoq vaqtni talab etib, 1920-yillarning oxiridan 1950-yillarning boshigacha davom etdi.
Birinchi davrda (1926-1931 yillar), asosan, birinchi byesh yillik Rejaning bajarilishi jarayonida vujudga kyelgan Moliyaning xususiy masalalari ishlab chiqildi. Bir vaqtning о‘zida, Moliyaning sosialistik amaliyotdagi yangi voqyeliklarini umumlashtirishga ham harakat qilindi. Bunday ishlar qatoriga D. Kuzovkov, G. Tiktina, A. Bukovyeskiylarning ishlarini va ayniqsa, muallifning о‘zi tomonidan “markscha darslik” dyeb e’tirof etilgan D. Bogolyepovning “Moliya fanining qisqacha kursi” darsligini kо‘rsatish mumkin.
Sosialistik atamalardan, sо‘z va iboralardan keng foydalangan bо‘lishiga qaramasdan D. Bogolyepov Moliyasining mazmuni “jamoa ehtiyojlarini qondirish” nazariyasidan kelib chiqadiki, uning tarafdorlari, Yuqorida qayd etilganidyek, Oktyabr davlat tо‘ntarilishigacha bо‘lgan rossiyalik iqtisodchilar edi. Bularning hammasi Moliya nazariyasining biror-bir ishlanmasi rasmiy jihatdan e’tirof etilmasligiga va qо‘llab-quvvatlanmasligiga olib kyeldi. Bu о‘sha davr SSSR tarixiy taraqqiyoti uchun asosiy narsaga aylangan edi.
Sovyet Moliya fani taraqqiyotining ikkinchi davri (1931-1956 yillar) Moliyaning pryedmyetiga nisbatan yagona qarashlarning shakllanganligi bilan xarakterlanadi. О‘zining kо‘psonli ishlarida Moliyaning nazariy asoslarini: Moliyaning mohiyati, funksiyalari va ijtimoiy takror ishlab chiqrishdagi roli, milliy daromadni taqsimlashda Moliyaning о‘rni, Moliya tizimining tarkibi va boshqa Shunga о‘xshash bir qancha masalalarni ishlab chiqqan V. D’yachyenko bu davrning klassikiga aylandi. U birinchi bо‘lib Moliyaga markscha ta’rif berdi. Berilgan ta’rif quyidagicha edi: “Daromadlar va jamg’armalarni Rejali taqsimlash orqali davlatning funksiyalari va vazifalariga muvofiq ravishda uning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishni ta’minlaydigan pul munosabatlari tizimiga sosialistik davlatning Moliyasi deyiladi”1 (tarjima - mualliflarniki).
V.D’yachyenkoning asarlari birinchi rasmiy darsliklar hisoblangan “SSSR Moliyasi” (1933 yil) va “SSSR Moliyasi va krediti” (1940 yil) darsliklari uchun asos bо‘lib xizmat qildi. V.D’yachyenkoning Moliya nazariyasiga oid konsyentrasiyalashtirilgan qarashlari uning “Sovyetlar Moliyasining mohiyati va funksiyalari tо‘g’risidagi masalalarga doir” asarida aks ettirilgan.
Bu davrda Moliya fanining amaliy masalalarini tadqiq qilish, asosan, ikki yо‘nalishda amalga oshirildi: 1) Moliya kategoriyalarining taraqqiyot tarixini о‘rganish. Bunga K.Plotnikovning byudjet tarixiga bag’ishlangan, A.Zvyeryev va N.Voznyesyenskiylarning Ulug’ Vatan urushi davrida Moliyaning rivojlanishini yoritgan kitoblarini kо‘rsatish mumkin; 2) Moliyaviy amaliyotni yoritib bergan ishlar. Bular, asosan, yozma bayon etish xarakteriga ega bо‘lib, Moliyaviy ta’lim tizimida faol foydalanilgan.
Iqtisodiy nazariyada qotib qolgan voqyeliklarga barham berilishi sovyet Moliya fanida ham yakkafikr hukmronligiga yakun yasadi. 1950-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarini о‘z ichiga olgan davrda Moliya nazariyasiga bag’ishlangan iqtisodchi-olimlarning kо‘psonli ishlari paydo bо‘ldi. Ularning orasida A.Alyeksandrovning “Sosializm Moliyasi” (1965 yil), A.Birmanning “Sovyet Moliya nazariyasining ochyerklari” (1968, 1972 va 1975 yillardagi uch nashri), E.Voznyesyenskiyning “Sosialistik Moliya nazariyasining munozarali masalalari” (1969 yil), G.Tochilnikovning “Sosialistik Moliya” (1974 yil) kabi asarlari alohida о‘ringa ega. Shu davrning о‘zida “SSSR Moliyasi” va “SSSR Moliya va krediti” о‘quv fanlari bо‘yicha bir nyecha darsliklar va о‘quv qо‘llanmalari nashrdan chiqadiki, ularning orasidan M.SHyermyenyov tahriri ostida 1977 yilda e’lon qilingan “SSSR Moliyasi” darsligini alohida qayd etish lozim.
Moliya nazariyasi masalalari bо‘yicha munozaralarning mohiyati kengaytirilgan takror ishlab chiqarish tizimida Moliyaning о‘rnini aniqlashga borib taqaladi. K.Marksning siyosiy iqtisod yagona nazariyasiga tayangan holda turli konsepsiyalarning mualliflari ikki guruhga bо‘linadi. Birinchi guruh mualliflarining fikricha, Moliyaning о‘rni - bu faqat noekvivalyent xarakterga ega bо‘lgan pul mablag’larini taqsimlash tizimidir. Ana Shundan kelib chiqqan holda, Moliya faqat bilvosita va taqsimlash orqali moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, almaShuv va istye’mol munosabatlariga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Bu guruhga kiruvchi iqtisodchi-olimlarning yorqin namoyondalari V.D’yachyenko, G.Tochilnikov va M.SHyermyenyov edilar.
E.Voznyesyenskiy, A.Alyeksandrov, A.Birman va boshqalardan iborat bо‘lgan iqtisodchi-olimlarning ikkinchi guruhi bu masalaga nisbatan boshqacha qarashga ega bо‘lgan. Bu guruhga kiruvchi olimlarning fikricha, Moliyaviy munosabatlarning mohiyatini takror ishlab chiqarishning barcha tо‘rt bosqichi yoki uning bir nyecha bosqichi belgilab beradi. Bunday yondoShuv Moliyaning kengaytirilgan konsepsiyasidan darak beradi.
Moliya nazariy konsepsiyasi asosidagi ana Shunday farqlardan kelib chiqqan holda iqtisodchi-olimlarning Moliyaviy munosabatlarning о‘ziga xos xususiyatlari, Moliyaning funksiyalari, Moliyaning chyegaralari, Moliya tizimining tarkibi va boshqa Shunga о‘xshash bir nyecha xususiy masalalarga nisbatan qarashlari ham turlicha bо‘lgan.
Moliya nazariyasining rivojlanishi bilan bir vaqtning о‘zida 1950-yillarning oxiri va 1960-yillarning boshlarida prinsipial jihatdan yangi kо‘rinishga ega bо‘lgan amaliy Moliyaviy tadqiqotlar ham paydo bо‘ldi. Agar 1930- va 1950-yillarning boshlarigacha amaliyotda Moliyaviy munosabatlarni tashkil etish masalalariga bag’ishlangan ishlar, asosan, mavjud holatni yozma bayon etish yoki maqtash xarakteriga ega bо‘lsa, 1960-yillarda boshlangan xо‘jalik islohotidan kyeyin tanqidiy xarakterga ega bо‘lgan va alohida Moliyaviy instrumyentlarni takomillashtirish bо‘yicha ishlanmalarga ega muhim ishlar e’lon qilina boshlandi. Bunga misol qilib, birinchi navbatda, A.Birmanning kitoblarini kо‘rsatish mumkin. Uning kitoblarida ilk marta korxonalar Moliyasining masalalari yetarli darajada Yuqori bо‘lgan tartibda qо‘yilgan edi. Shuningdyek, uning asarlarida birinchi marta xо‘jalik hisobi sharoitida Moliyaviy kategoriyalardan foydalanish masalalari ishlab chiqildiki, ular muallif talqinida sosializm sharoitida bozor xо‘jaligining elementlariga ega edi.
Shu davrda Moliyaviy resurslar va korxonalar Moliyasini boshqarishning mazmuni birinchi marta о‘rganishga kirishildi. A.Birmanning ishlari 1960-1980-yillardagi iqtisodchi- olimlarning (P.Bunich, G.Bazarova, V.Syenchagov, S.Sitaryan, M.Romanovskiy, V.Kolyesnikov, P.Jyevtyak, D.Molyakov va boshqalar) ishlarida korxonalar Moliyasini tadqiq etishda, о‘ziga xos, turtki bо‘ldi.
Byudjet sohasining muammolarini tadqiq etish bu davrda ikki yо‘nalish asosida amalga oshirildi: 1) byudjet daromadlari va xarajatlarining rivojlanishi; 2) mahalliy byudjetlarni tashkil etish. Biroq, Shu davrlarda byudjet masalalarini komplyeks tadqiq etishni Moliya fanida hukmronlik qilgan ma’lumotlarning yetarli emasligi va g’oyaviy qotib qolishlarning mavjudligi ancha murakkablashtirgan edi. Bu davrdagi davlat byudjetiga bag’ishlangan yirik izlanishlar qatoriga G.Rabinovich, S.Sitaryan, YA.Liberman, V.Rodionova va L.Pavlovalarning ishlarini kо‘rsatish mumkin.
Sug’urta ishiga nisbatan davlat monopoliyasining mavjudligi sug’urta masalalarini о‘rganishga о‘zining keskin salbiy ta’sir kо‘rsatdi. Bu sohadagi nazariy tadqiqotlar K.Marksning sug’urta fondlarining zarurligi, mazmuni va roli tо‘g’risidagi tasavvurlarini intyerpryetasiya qilishga bag’ishlangan bо‘lib, yetarli darajada ilmiy yangiliklarga ega emas edi. Shu davr sug’urtasining nazariyasi va amaliyotini umumlashtirgan L.Motilyev, L.Ryeytman va YE.Kolomin, X.SHyennayevlarning ishlari, birmuncha, diqqatga sazovordir.
Shu davrlarda xorijiy mamlakatlarning Moliyaviy munosabatlarini tahlil va tanqid qilish masalalariga ham katta e’tibor qaratilgan edi. Shu munosabat bilan, bir tomondan, kapitalizm Moliyasining rivojlanishiga bag’ishlangan ishlarni (B.Boldiryev, L.Drobozina, L.Pavlova, L.Okunyeva va boshqalarning asarlarini) alohida ajratib kо‘rsatish maqsadga muvofiq bо‘lsa, ikkinchi tomondan, sosialistik mamlakatlarda Moliyaviy instrumyentlarning rivojlanish tyendyensiyalari va о‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etishga bag’ishlangan ishlar (D.Butakov, YU.Kashin va boshqalarning asarlari) ham diqqatga sazovor bо‘lganligini e’tirof etish zarur.
Moliya fanining hozirgi holatiga (ahvoliga) tavsifnoma bera turib, qayd etish kerakki, bu sohaga bag’ishlangan chuqur nazariy va amaliy ishlar hozirgi sharoitda mavjud emas. Ayrim mualliflarning ishlari myetodologik va myetodik xarakterga emas, balki mavjud narsani oddiy tarzda bayon etish xarakteriga ega. Boshqa bir mualliflar mavjud bо‘lgan qarashlar va instrumyentlarni hozir sharoitga moslashtirish bilan band. Uchinchi guruhga kiruvchi mualliflar esa xorijlik mualliflar ishlarini kompilyativ tarzda bayon qilish bilan ovora. Bularning barchasi quyidagi bir nyecha holatlarning mavjudligi bilan izohlanadi:

  • marksistik siyosiy iqtisodni tadqiq etishning yagona nazariy asosi g’oyib bо‘ldi. Eski yо‘nalishlar bо‘yicha munozaralarni о‘tkazish о‘z dolzarbligini yо‘qotdi;

  • bozor iqtisodiyoti voqyeliklarini о‘rganishning zamonaviy myetodologiyasini qо‘llashda kо‘plab iqtisodchilarning tayyor emasligi va barqaror Moliyaviy ma’lumotlarning yо‘qligi natijasida Moliyaning amaliy masalalarini tadqiq etish murakkablashgan;

  • Moliya sohasida fundamyental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish uchun barqaror qonunchilik asos mavjud emas.



1 Қаранг: Дъяченко В.П. Вопросы теории финансов. – М.: Финансы, 1957. с.68-69.

Yüklə 35,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə