Reja: Ziddiyat. Ziddiyatni kuchaytirish. Ziddiyatni pasaytirish. Konfliktning imkoniyatlari. Konfliktning yaratuvganlik imkoniyati. Konfliktning vayron qilish imkoniyati. Konfliktlar tipologiyasi. Ziddiyatni kuchaytirish


Konflikt abadiydir, u har doim mavjud. Konfliktni, agar u paydo bo‘lsa, yo‘qotib bo‘lmaydi hamda konfliktni o‘zgartirib ham bo‘lmaydi



Yüklə 129,21 Kb.
səhifə3/8
tarix09.04.2023
ölçüsü129,21 Kb.
#104796
1   2   3   4   5   6   7   8
1541906500 72939

Konflikt abadiydir, u har doim mavjud. Konfliktni, agar u paydo bo‘lsa, yo‘qotib bo‘lmaydi hamda konfliktni o‘zgartirib ham bo‘lmaydi.

Noto‘g‘ri. Mazkur stereotipning ikki jihati mavjud. Birinchidan, umuman olganda, haqaqatan ham dunyoda konfliktlarni yo‘qotib bo‘lmaydi. Dunyoda agar faqat ikki odam qolsa, demak, ular o‘rtasida konfliktlar mavjud bo‘ladi. Agar konfliktlar bo‘lmasa, odamlar maqsadlar to‘qnashuvida o‘ziga xos tajribaga ega bo‘lmaydi. Demak, konfliktlar hayotning ajralmas va bo‘lishi tabiiy bo‘lgan voqeligidir. Ikkinchidan, umuman olganda emas, balki har bir konfliktga xususan, ya’ni konkret konflikt mazmunidan kelib chiqib qaraladigan bo‘lsa, har bir konkret konfliktning yechimi topilsa, konflikt mazmunini ijobiy tomonga o‘zgartirsa bo‘ladi. Har bir konkret bir konfliktning har doim o‘ziga xos yechimi mavjud bo‘ladi, konflikt ishtirokchilarining sayi-harakati asosisida uning yechimini topishga imkoniyat har vaqt mavjud bo‘ladi. Konfliktning yechimini topish konfliktga bog‘liq bo‘lmay, balki unda ishtirok etayotgan tomonlar irodasi va hohishiga bog‘liqdir. Shu bois, agar konflikt vujudga kelgan bo‘lsa, uni yo‘qotib bo‘ladi. YA’ni konflikt vaziyatni konfliktsiz vaziyatga aylantirib bo‘ladi.


  1. Imkon qadar konfliktlardan uzoqroq yurgan ma’qul.

Noto‘g‘ri. Konfliktga nisbatan noto‘g‘ri bo‘lgan va stereotipga aylangan qarash. Qayerda konflikt bo‘lsa, o‘sha yerda muammo mavjud bo‘ladi. Muammo - konfliktdan uzoqlashish bilan, uni nazarga olmagani bilan, bu borada o‘ylanmagani bilan o‘z-o‘zidan yo‘qolib qolmaydi. Konfliktning to‘g‘ri yechimini topish mana shu muammoni yo‘qotishga teng keladi. Muammoning yechimini topmasdan turib, konfliktni ijobiy hal etib bo‘lmaydi. Agar konfliktga e’tibor berilmasa, muammo yechilmay qolib ketadi, u yo‘qolmaydi, bilaks chuqurlashib, o‘t olib, og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Konfliktlar yechimini topa bilishda esa maxsus bilimlar qo‘l keladi. Muammoning yechimiga qaratilgan umumiy sayi-harakatlar esa uning chuqurlashib ketib, og‘ir natijalarga olib kelishining oldini oladi. Shu bois, konflikt vujudga kelganida undan uzoqroqda emas, balki unga nisbatan faol munosabatda bo‘lish darkor. Konfliktga nisbatan faol munosabat esa konfliktlar yechimi bo‘yicha maxsus bilim va ko‘nikmalarning qo‘llanilishini anglatadi.


  1. Yüklə 129,21 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə