Reja: Ziddiyat. Ziddiyatni kuchaytirish. Ziddiyatni pasaytirish. Konfliktning imkoniyatlari. Konfliktning yaratuvganlik imkoniyati. Konfliktning vayron qilish imkoniyati. Konfliktlar tipologiyasi. Ziddiyatni kuchaytirish


Konflikt, unda ishtirok etuvchi tomonlarning har biri uning yechimidan qoniqish hosil qilmasa ham, hal etilgan bo‘ladi



Yüklə 129,21 Kb.
səhifə6/8
tarix09.04.2023
ölçüsü129,21 Kb.
#104796
1   2   3   4   5   6   7   8
1541906500 72939

Konflikt, unda ishtirok etuvchi tomonlarning har biri uning yechimidan qoniqish hosil qilmasa ham, hal etilgan bo‘ladi.

Noto‘g‘ri va stereotip qarash. Konflikt yechimidan maqsad bu to‘qnashgan tomonlarning o‘z xohish va irodasiga suyangan holda o‘zaro istiqbol, ya’ni kelgusi hamkorlik nuqtai nazaridan kelishuvidir. Demak, konflikt yechimi – tomonlar kelishuvi va tinchlikda yashash uchun qilingan qaror va sayi-harakatlar majmuasidan iboratdir. Konflikt o‘choqdagi olovga o‘xshaydi, agar olov o‘chgan bo‘lsa ham, uchqunlar qolgan bo‘lsa, konfliktning qayta olovlanishi hech gap emas. Demak, konfliktning to‘la yechimi, ya’ni haqiqiy hal bo‘lishi uchun har bir tomon ham to‘la qoniqish xissini tuygan, uning yechimidan to‘la rozi bo‘lgan bo‘lishi shart. Agar konflikt yechimidan qaysi bir tomon qoniqmagan bo‘lsa, uning qayta «olovlanishiga» sabab va imkoniyat doim mavjud bo‘ladi.

  1. Odatda har bir konflikt vaziyatda zo‘ravonlik qilayotgan inson yoki bir guruh insonlar mavjud bo‘ladi.

Noto‘g‘ri. Konfliktlar yechimi bizni zo‘ravonlikdan voz kechishga o‘rgatadi. Ammo biz hayotda ko‘pchilik hollarda aynan zo‘ravonlik asosida ziddiyat yechimini topishga urinish mavjudligini kuzatamiz. Ammo bunday xulosa, ya’ni konflikt albatta zo‘ravonlik asosida hal etilishi lozim deb o‘ylash, aslida noto‘g‘ri va zararli qarashdir. Konfliktning muvaffaqiyatli yechimini topaman desangiz, muammoni shaxs va insondan ajraga bilish, alohida ko‘ra bilish muhimdir. Konflikt aslida – inson emas. Aslida konflikt bu – muammo. Mazkur muammoni siz bilan to‘qnashgan odam emas, balki vaziyat vujudga keltirgan. Konfliktni yechmoqchi bo‘lsangiz, insonga, uning shaxsiyatiga emas, balki muammoga hujum qila bilish zarur. Konfliktning kelib chiqishida inson emas, mavjud muammo aybdor. Va konfliktning yechimini topish uchun eng qulay va effektiv vosita zo‘ravonlik emas. Zo‘ravonlik konfliktni yechimga olib kelmaydi, balki uni chuqurlashtiradi. Zo‘ravonlik aslida konflikt yechimini topish va uni hal etish yo‘li bo‘lmay, balki insonni ezish, kamsitish, qo‘rqitish, unga jismoniy zug‘um o‘tkazish yo‘lidir. Zo‘ravonlik inson ustidan nohaq hukm chiqarishdir. Inson hayoti ustidan o‘tkazilgan har qanday zo‘ravonlik dunyoviy davlat qonun­chiligida ham, diniy e’tiqod va din tamoyillarida ham qoralanadi. Konflikt doirasida bo‘ladimi, konfliktdan ayri holda bo‘ladimi, zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishlarini oqlab bo‘lmaydi. Shu bois, odatda har bir konflikt vaziyatda zo‘ravonlik qilayotgan inson yoki bir guruh insonlar mavjud bo‘ladi, deb o‘ylash noto‘g‘ridir.


  1. Yüklə 129,21 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə