Renessans ta’lim universiteti savod o’rgatish davrida o‘qish va yozuv faoliyatining bog‘liqligi mavzusidagi kurs ishi bajardi



Yüklə 61,91 Kb.
səhifə1/7
tarix22.05.2023
ölçüsü61,91 Kb.
#112014
  1   2   3   4   5   6   7
Savod o‘rgatish davrida o‘qish va yozuv faoliyatining bog‘liqligi


RENESSANS TA’LIM UNIVERSITETI


SAVOD O’RGATISH DAVRIDA O‘QISH VA YOZUV FAOLIYATINING BOG‘LIQLIGI
mavzusidagi
KURS ISHI


Bajardi: BT – 307 guruh talabasi
G‘apparova Sevara Abdullayevna
Rahbar: “Pedagogika va ijtimoiy fanlar”
kafedrasi dotsenti v.b.Marufova Z.N.,
fil.fan.b.falsafa doktori (PhD)

--------------------------


Toshkent – 2023
Mavzu: Savod o‘rgatish davrida o‘qish va yozuv faoliyatining bog‘liqligi
MUNDARIJA:
Kirish. …………………………………………………………………………….…..3
I BOB. SAVOD O’RGATISH TAYYORLOV DAVRI YOZUV DARSLARIDA O'QUVCHILARNI YOZUVGA O'RGATISH MASALALARI
1.1. Savod o’rgatish davrining o’ziga xos xususiyatlari, maqsad va vazifalari ……....6
1.2. Savod o'rgatish davrida o'qish va yozish faoliyatini bog‘liqligi va ahamiyati.…..12
II BOB. TAYYORLOV DAVRI YOZUV DARSLARIDA O'QUVCHILARNI YOZISHGA O'RGATISHNING SAMARALI USULLARI
2.1. Savod o’rgatishning tayyorlov davrida o‘qish va yozuv darslarida zamonaviy usullardan foydalanish……………….................……………..……………………….21
2.2.O'quvchilarni to'g'ri va savodli yozishlarida xatolar ustida ishlashga o'rgatish…...29
Xulosa……………….……………………………………………..……………….…41
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………….….43

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng barcha sohalarda islohotlar amalga oshirildi. Xususan, ta’lim sohasi ham davlat siyosatining ustuvor ahamiyatga yo’nalishlaridan biriga aylandi. “Ta’lim to’g’risidagi Qonun” hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning mazmun- mohiyati hayotga jadal tadbiq etildi. Respublikadagi uzluksiz ta’lim tizimining shakli bilan mazmuni takomillashib bordi. O’quvchini mustaqil fikrlashga, ijodkorlikka undovchi, faolligini oshirishga xizmat qiluvchi yangi pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonidan o’rin oldi. O’quv mashg’ulotlarini qiziqarli, o’qituvchi va o’quvchi hamkorligiga tayanuvchi o’zaro faol munosabatlar asosida tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish ta’limiy va tarbiyaviy zaruratga aylandi. Qisqa vaqt oralig’ida ta’lim va tarbiyaning yetakchi maqsad hamda vazifalarini amalga oshirish, yuqori samaradorlikka erishishni kafolatlovchi pedagogik texnologiyani boshlang’ich ta’lim jarayoniga tadbiq etish vositasida o’quvchilar mustaqil fikrlash qobiliyatini, nutqini, kitob o’qish malakasini o’stirish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’z nuqtai nazariga, qarashlariga ega insoniy fazilatlar sohibi sifatida shakllanishi esa ularning hatti-harakatlari, o’z burchiga munosabati, atrofdagilar bilan muloqoti orqali yaqqol namoyon bo’ladi. Shu bois, o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini o’stirish, muloqot madaniyatini egallab borishlarida ta’lim hamda tarbiya imkoniyatlaridan foydalanish ham dolzarb ahamiyatga ega. Mazkur bitiruv malakaviy ishida savod o’rgatish davrida pedagogik texnologiyadan foydalanish orqali dars samaradorligini o’stirish omillari, samarali metod va usullarni qo’llash texnologiyasi asosidagi darslarni loyihalashtirish metodikasi yoritilganligi uning dolzarbligini belgilaydi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch» kitobida ta'kidlaganidek: «O'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror mo’jizasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir.
Respublikamiz ijtimoiy va madaniy hayotida, xalq xo'jaligining barcha sohalarida davlat tilida aniq va pishiq ish olib borish. Fikrni og'zaki va yozma shaklda to'g'ri, ravshan, izchil ifodalay bilish, milliy-ma'naviy qadriyatlarni puxta egallash singari talablar barkamol mutaxassislar tayyorlashning muhim shartidir.
So’nggi yillarda pedagogika faniga, ta’lim tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi pedagogik-psixologik tushunchalar, interfaol metodlarni, intnegratsion texnologiyalarni ta’lim beruvchi tomonidan o’zlashtirilib va qo’llanib borilishi, ta’lim mazmunini tubdan o’zgartirib yubordi desak mubolag’a bo’lmaydi. O’quvchilarini fanga ijodkorlik nuqtai-nazari bilan qarashlarini tashkil qilish, ularda izlanuvchanlik xususiyatlarini shakllantirish va albatta, yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalangan holda darsni tashkil etish kerak bo’ladi. Buning uchun esa u bir necha yangicha ta’lim usullarini yaxshi bilishi kerak. Shu yerda birinchchi Prezidentimiz I.A. Karimovning «Biz o’g’il-qizlarimizni o’zlarini anglashga, mustaqil, ongli fikrlashga, ularning tafakkurida bo’shliq vujudga kelishigi yo’l qo’ymasligimiz lozim»2 degan so’zlarini misol qilib keltirgan holda maktab o’quvchisi, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey talabalarining nutq boyligi, uquvliligini oshirishimiz, badiiy va ilmiy adabiyotlarga qiziqishini rivojlantirishimiz, ularning dunyoviy va diniy ilmlardan qay darajada xabardorligini aniqlashimiz kerak bo’ladi. Chunki, ko’p o’qigan va uqqan yoshlarni aldash, milliy g’oyamizga yot bo’lgan g’oyalar sari yetaklash xalqimiz dushmanlari uchun uddalab bo’lmaydigan masalaga aylanadi.

Yüklə 61,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə