Renessans ta’lim universiteti savod o’rgatish davrida o‘qish va yozuv faoliyatining bog‘liqligi mavzusidagi kurs ishi bajardi



Yüklə 61,91 Kb.
səhifə3/7
tarix22.05.2023
ölçüsü61,91 Kb.
#112014
1   2   3   4   5   6   7
Savod o‘rgatish davrida o‘qish va yozuv faoliyatining bog‘liqligi

I BOB. SAVOD O’RGATISH TAYYORLOV DAVRI YOZUV DARSLARIDA O'QUVCHILARNI YOZUVGA O'RGATISH MASALALARI

    1. Savod o’rgatish davrining o’ziga xos xususiyatlari, maqsad va vazifalari

Ma’lumki, savod o’rgatish, o’qish darslarining asosiy vazifasi o’quvchilarga tovush va harfni tanishtirish, ularning to’g’ri talaffuzini o’rgatish orqali bolalarda to’g’ri, ongli, ifodali o’qish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, o’quvchilar lug’atini boyitish, bog’lanishli nutqini o’stirish, bilimini boyitish, mavxum tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o’stirishda ham bu davr mas’uliyatliligi bilan alohida o’rin tutadi.
Tayyorgarlik davri o’qishda o’rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda bolalarda o’zgalar nutqing eshitish, diqqatni to’plash, til birikmalarini (tovush, bo’gin, so’z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi xususiyatlar shakllanadi. Bular o’quvchilarniig o’qishni muvaffaqiyatli egallashlariga yordam beradi.
O'qish va yozish — nutq faoliyatining turi. Maktabda o'qitish o'qish va yozishga o'rgatishdan boshlanadi. ,,Alifbe"ga suyangan holda qisqa vaqt ichida o'quvchilar o'qish va yozishga o’rganadilar.
Savod o'rgatish davrtda o'qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish o'qish va yozish ko'nikmasi deyiladi.Ushbu ko'nikma bilimni talab qiladi, chunki har qanday ko'nikmalarsiz shakllanmaydi. Bilim ko'nikmaga aylanmagan bo'lishi iiuimkin. Masalan, bola v harfining elementlarini, yozuv chiziqlari bo’ylab qanday joylashtirilishini bilib, uni daftarda yoza olmasligi yoki o'quvchi harflarni tanib, ularni o'qiy olmasligi mumkin. ko’nikmasini hosil qilish uchun boshqa faoliyat turlari, ya'ni yozish jarayonida partada to'g'ri o'tirish, ruchkani barmoqlar orasida tutitsh, daftarni qiyalikda qo'yish kabilar ham o'rgatiladi.
O'qish va yozish ko'nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha marta takrorlanishi lozim.
Yozish malakasida o'quvchi ruchkani qanday ushlash, qanday yurgizish haqida o'ylab o'tirmay, so'z va gaplarni yoza boshlaydi. Demak, o'qish va yozish malakasi harakatning o'ylab o’tirmay amalga oshirilish jarayonidir. Malaka o'qitishning keyingi bosqichlarida mustahkamlanib, avtomatlashish darajasiga yetkaziladi.
O'qish va yozish kishi nutq faoliyatining turi bo'lib, u nutqqa oid malakadir. O'qish malakasi ham, yozish malakasi ham nutq faoliyatining boshqa turlari bilan, ya'ni og'zaki hikoya qilish, o'zgalar nutqini eshitish orqali anglash, ichki nutq bilan uzviy bog'liq holda shakllantiriladi. Maktabda o'qitishning muvaffaqiyati savod o'rgatishning qanday darajada o’qitilganligiga bog'liq.
O'quvchini savod o'rgatish jarayonida elementar “o'qish va yozishga” o’rgatishda o'quvchilarning faoliyat ko'rsatishi va nutq faoliyatiga intilishlari uchun talab bo'lishi, o'z fikrini og'zaki yoki yozma ifodalay olishlari uchun zaruriyat va ehtiyojni yuzaga keltiruvchi vaziyat yaratilishi zarur.
O'qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga oshuvini ta'minlaydi. Shuning uchun ham o'qishga o'rgatish bilan yozuvga o'rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. Shunday ekan, savod o'rgatish jarayonida bola juda ko'p o'qishi va yozishi zarur. O'qish uchun ham, yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir necha bor qayta o'qish bilan maqsadga erishish qiyin. Bu ko'pincha o'qilgan matnni yuzaki yodlab olishga olib keladi. Takroriy faoliyatda vaziyat va mazmunning almashinishi malakani mustahkamlashga yordam beradi, qobiliyatni o'stiradi. O'quvchi oldida uzoq muddatda amalga oshadigan maqsad — o'qish va yozishni o'rganish hamda hozirda bajarishi shart bo'lgan kundalik maqsad — topishmoqni o'qish va javobini topish, so'z va gaplarni o'qish, rasm asosida so'zlab berish kabilar turadi.
O'zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya'ni fonematik yozuvdir. Har bir tovush uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. O'qishda grafik shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi. Bu o'qish va yozish faoliyatida o'quvchi uchun qiyinchilik tug'dirgandek tuyulsa- da, aslida o'qish va yozish jarayonini soddalashtiradi, chunki tilimizdagi tovushni ifodalovchi harflar soni uncha ko'p emas. O'qish va yozishni o'zlashtirish uchun tovush va harflarning o'zaro munosabatiga oid qoidalarni o'zlashtirish kifoya. Savod o'rgatish metodikasida o'zbek tili tovushlar va harflar tizimining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi.
O'zbek tilining tovush tizimi va yozuvi. O'zbek tili yozuvi fonematik yozuv hisoblanadi. 1993-yil 2-sentabrdagi ,,Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida"gi qonunga muvofiq o'zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olindi. Nutqning har bir tovushi uchun unga mos grafik shakl qabul qilindi.
O'qituvchi savod o'rgatish jarayonida o'quvchilarni tovush va harflar bilan tanishtirishda, ularni sintezlab o'qishga o'rgatishda o'zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
Savod o'rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. So'z bo'g'inga bo'linadi, bo'g'indan kerakli — o'rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o'rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o'qish jarayoni o'zlashtiriladi. Bunda o'zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi. Savod o'rgatishda o'zbek tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega:
Savod o'rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan bosh- lanadi. Hozirgi o'zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o`.
E harfi so'z va bo'g'in boshida qo'llanadi (ekin, echki, aeroplan), undoshdan keyin o'rta keng lablanmagan unli tarzida o'qiladi (kel, tez). Savod o'rgatishda oldin so'z boshida keladigan e, so'ngra undoshdan keyin keladigan e tovush-harfi bilan tanishtiriladi.
O harfi o'zbekcha, umumturkiy so'zlarda quyi keng, lablangan o lovushini ifodalaydi, ruscha-baynalmilal so'zlarda urg'usiz bo'g'inda a tarzida (botanika), o` tovushi kabi (tonna), qisqa i tarzida (traktor) ta- talaffuz qilinadi. Shuning uchun bu unli qatnashgan ruscha-baynalmilal so'zlar savod o'rgatish davridan so'ng o'quv jarayoniga kiritiladi.
A tovushi bahor, savol kabi so'zlarda o kabi, muomala, munosabat kabi so'zlarda i tovishiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi.
U tovushi qovun, sovun kabi so'zlarda i tovushiga yaqin talaffuz eshitilsa ham u yoziladi.
1. tovushi bilan, sira kabi so'zlarda talaffuz etilmasa ham yozuvda doimo saqlanadi.
2. O'zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Yozuvda ular 23 ta harf bilan ifodalanadi: shulardan 3 tasi harf birikmasi, 21 tasi yakka harf bilan belgilanadi. Ular quyidagilar: b, d, f, g, h, j (jurnal), j (jo'ja), k, i, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g, sh, ch, ng. Undoshlarni o'rgatishda ham muayyan tartibga, talabga asoslaniladi.
Alifbo davrida undosh tovushlar bilan tanishtirishni sonor, ya'ni ovozdor tovushlar bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. Chunki sonor tovushlarni bo'g'in va so'z tarkibidan ajratib olish oson. Lekin ng sonor undoshi n va g undosh tovushlari va harflari bilan tanishtirilgach, o'rgatiladi. Harf birikmalarini o'rgatishdagi qiyinchilik hisobga olingan holda, ularning alifbe davrining oxirgi bosqichida o'rganilishi maqsadga muvofiqdir.
J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar ajratiladi. Birinchi darsda portlovchi j tovushini o'rgatish, talaffuzini tushuntirish, analitik-sintetik mashqlar yordamida ko'nikmalar hosil qilinadi, keyingi darsda esa sirg'aluvchi j tovushi va uning talaffuzi o'rgatiladi. So'ng bu ikki tovushning talaffuzidagi farq taqqoslash usuli orqali tushuntiriladi. Berilgan bilim analitik- sintetik mashqlar yordamida mustahkamlanadi.
Sh tovushini ifodalovchi sh harf birikmasi ham s va h harfi bilan, ch tovushini ifodalovchi ch harf birikmasi h harfi bilan tanishtirilgach,o'rgatiladi. O'quvchilar bu harf birikmalarini bir yaxlit tovushli sifatida o'qish va yozishga ko'nikishlari lozim. Bu davrda s'h (is'hoq) tarzida o'qiladigan holatga to'xtalmaydi.
Jarangsiz jufti bor jarangli undoshlar talaffuzi (b—p, d~t, v—f, g~k, Z~s kabi) haqida dastlabki amaliy tushunchalar hosil qilinadi, ularning talaffuzi va yozilishiga e'tibor qaratiladi.
X va h tovushlarining talaffuzi va imlosi haqida ham dastlabki tushunchalar beriladi, ularni farqlash bo'yicha maxsus mashqlar ham uyushtiriladi.
Tutuq belgisi (') unli tovushdan so'ng kelsa, uni cho'zib talaffuz qilishga, undosh tovushdan so'ng kelsa, undoshni unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat qilishi haqida ham tushunchalar berilib, asta-sekin uni qo'llashga doir ko'nikmalar shakllantiriladi.
Savod o'rgatish jarayonida harflarning 4 xil (bosma, yozma, bosh va kichik) shakli va ularning ishlatilish o'rni o'rgatiladi.
O'quvchilarni o'qishga o'rgatish bo'g'in asosida olib boriladi. Bo'g'inlab o'qishga o'rgatish uchun so’zni bog'inga bo'lish, bo'g'in chegarasini aniqlashni o'rgatish muhim sanaladi. Savod o’rgatish davrida o'quvchilar so'zlarni bo'g'inlarga to'g'ri ajrata olsalar o'qish ko'nikmasini ham yaxshi egallaydilar.
Talaffuzi yozilishiga mos kelmaydigan tovushlar ishtirok etgan so'zlar oldin orfografik, so'ngra oifoepik o'qib beriladi va ularning o'qilishi bilan yozilishi taqqoslanadi. O'quvchilar muayyan darajada tushunchaga ega bo'lganlaridan so'ng orfoepik o'qish mashq qilinadi.
O'qish ham, yozish ham murakkab nutq faoliyati hisoblanadi. Bu jarayonlar kichik yoshdagi o'quvchidan iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi.
Kichik yoshdagi o'quvchini o'qishga o'rgatishda quyidagilar kuzatiladi:
1. Bola o'qish paytida bitta harfni ko'radi, uni bilish uchun rasmlarni ko'z oldiga keltiradi, rasmlarni yoki boshqa harflarni eslaydi, esga tushirgach, uni aytishga oshiqadi, biroq o'qituvchi aytishga yo'l qo'ymaydi, undan bo'g'inni aytishni talab qiladi. O'quvchi ikkinchi harfni eslab olguncha, birinchisi esdan chiqib qoladi yoki ularni qo'shib bo'g'in, bo'g'indan so'z hosil qilguncha, o'qish jarayoni sustlashadi.
Boshlang'ich ta'limning asosiy vazifalaridan biri o'quvchilar nutqini o'stirishdir. Nutq o'stirish uch yo'nalishda: so'z ustida ishlash, so'z birikmasi va gap ustida ishlash, bog'lanishli nutq ustida ishlash orqali amalga oshirilishi metodik adabiyotlarda qayd etilgan.
Savod o'rgatish darslarida ham yuqoridagi uch yo'nalish bo'yicha ish olib boriladi. Ona tilidan olib boriladigan ishlarning hammasi, shu jumladan savod o'rgatish ham o'quvchilar nutqi va tafakkurini o'stirish bilan bog'liq holda uyushtiriladi. Savod o'rgatish davridagi ishlarning miqyosi keng bo'lib, ekskursiyalar, bolalarning kuzatishlari, predmet va sujetli rasm yuzasidan suhbat va shu kabilar bilan bog'lanadi. Bu davrda o'quvchilar nutqini o'stirishning vazifalari quyidagilardan iborat:
1) o'quvchilar nutqidagi kamchiliklarni to'g'rilash;
2) ularning tasavvur va tushuncha doirasini kengaytirish bilan bog'liq holda lug'atini boyitish;
3) o`quvchilar nutqidagi ayrim so'zlarning ma'nosiga aniqlik kiritish;
4) gap va uch-to`rt gapli kichik ,,hikoya" (bog`lanishli nutq)ni og`zaki to`g`ri tuzish ko'nikmasini o`stirish.
Bolalar bu davrda, birinchidan, kiyim-kechak, ish qurollari, mevalar kabi predmetlar bilan tanishish yordamida so'zni ongli ishlatishga; ikkinchidan, turli sodda yig`iq gap (Bolalar yuguryaptilar), sodda yoyiq gap (Lola do'konga bordi), uyushiq bo'lakli gap (Anvar o`qidi va yozdi) tuzadilar. Ular bu ko`nikmalarni amaliy mashqlar yordamida egallaydilar.
Bolalarning shaxsiy tajribalari, kishilar hayoti va tabiatni kuzatishlari nutq o`stirish uchun asosiy manba hisoblanadi. Narsalar, uy-ro'zg'or buyumlari, o`simliklar, hayvonlar qiziqarli suhbat uchun mavzu bo'lib xizmat qiladi. Suhbat jarayonida bolalarda hosil qilingan tasavvur asosida aniq tushunchalar shakllanadi.
Birinchi sinf o`quvchilari nutqini o`stirishda bolalarning o'yin va ermaklari, rasm ko'rish va ,,Bu nima?, Bu kim?, U nima qilyapti?" kabi savollar asosida suhbatdan ham foydalaniladi.
Savod o`rgatish davrida nutq o`stirishga oid ish turlariga atrofdagi jonli predmetlarning nomini, ularning belgilarini aytish, predmetlarni ma'lum belgilari asosida guruhlash kabi mashqlar kiradi. Masalan, o'qituvchining topshirig'iga muvofiq, ma'lum bir mavzuda (kuz, mevali bog`, sinf, maktab haqida) ikki so'zdan iborat gap tuzadilar; keyinroq esa shunday yig`iq gaplar tuzib, uni savollar yordamida yoyiq gapga aylantiradilar. Ular o'rgangan harflaridan so'zlar va kichik gaplar tuzib yozadilar.
O`qish darslarida o'quvchilar rasmga qarab kichik hikoyacha tuzadilar, o'qituvchi savoliga to'liq javob berishga o`rganadilar. Alifbedagi rangli, chiroyli rasmlar tevarak-atrofdagi predmet va hodisalar, hayvonlar va o'simliklarning nomini idrok etishga, bilib olishga yordam beradi.
Savod o'rgatish davrida o`quvchilarning talaffuzi ustida ishlash ham katta ahamiyat kasb etadi, chunki ko'pgina bolalarning talaffuzida kamchiliklar bo'ladi: bir tovush o`rniga boshqasini (sh o`rniga s, r o'rniga l) talaffuz qiladilar, chuchuk til bilan duduqlanib gapiradilar, so'zdagi ayrim tovushni tushirib yoki boshqa bir tovush qo'shib talaffuz qiladilar, tovushlar o`rnini almashtirib qo'yadilar va hokazo. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun logopedlar maxsus mashqlardan foydalanadilar. O'qituvchi ham har bir darsda va darsdan tashqari vaqtda o'quvchilar talaffuzini kuzatib borishi, kamchiliklarni aytib, to'g'ri talaffuz namunasini ko'rsatishi lozim.
2. Ko'pincha bola o'qiyotgan qatorni yo'qotib qo'yadi, harfni, bo'g'inni, so'zni qayta o'qishiga to'g'ri keladi. o`quvchining diqqati kengaygan sari bo'g'in va so'zni butunligicha idrok eta boshlaydi.
3. O`qishni endi o`rganayotgan bola o'qiyotgan matn mazmunini o`zlashtirmaydi, chunki u so'zni qanday o'qishga ko'p kuch beradi. Darslikdagi rasmlar, o`qituvchining savollari, ko'rgazmali qurollar ularning ongli o'qishlarini ta'minlaydi.
4. Tajribasiz kitobxon so'zni birinchi bo'g'iniga yoki rasmiga qarab topadi. Bu xato o'qishga olib keladi. Bunday xatoning oldini olish uchun so'z bo'g'inlab o'qitiladi, so'zni bo`g`in-tovush tomondan tahlil qilishga, tovush-harf tomondan analiz va sintez qilishga diqqat qaratiladi.
O`qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun o`quvchilarning idroki, xotirasi, tafakkuri va nutqini o'stirishga katta e'tibor berish kerak. Savod o'rgatishda fonematik eshitish qobiliyatlarini o'stirishga, ya'ni tovushni aniq talaffuz qilishga, boshqa tovushlardan farqlashga o'rgatish, bo'g'in yoki so'zdan o'sha tovushni ajrata olish ko'nikmasini o`stirish muhim sanaladi.
Fonematik eshitish imloviy malakani hosil qilishning muhim shartidir. Shu bois savod o'rgatish davrida eshitish idrokini o`stirish uchun ham maxsus xilma-xil mashqlar o`tkazib borish maqsadga muvofiqdir.
Yozuv jarayonida o'quvchilar ruchkani to'g'ri ushlashni, daftarni to'g'ri qo'yishni, harfni yozishda yozuv chiziqlari, ular bo'ylab qo'lni harakatlantirishni esda saqlashi, harfni harfga qanday ulash, qatorga sig`ish-sig`masligini mo'ljallashi lozim. Bu jarayon o`quvchini aqliy va jismonan charchatadi, ayniqsa, ularning barmoq va yelka muskullari charchaydi. Shuning uchun ham darsda ikki-uch marta daqiqali jismoniy mashqlar o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Yozuv jarayonida o'quvchi ruchkani qog'oz ustida sekin, ishonchsizlik bilan qimirlatadi, bir harfni yozib to'xtaydi va namuna bilan solishtiradi, ba'zan chiziqdan chiqib ketadi, noto'g'rilarini bo'yab, to'g'rilaydi. Bunda u o'qituvchiga har daqiqada murojaat qiladi, uning qo'li va boshi yozishda birgalikda harakat qiladi. Yozuv jarayoni o'quvchilarning ongli harakat qilishlarini ham talab etadi. Shu sababli o'qituvchi yozuv jarayoniga sabr-qanoat bilan katta e'tibor qaratishi juda muhim. Yozuvning chiroyli va imloviy jihatdan to'g'ri bo'lishi savodxonlikning yuksak belgisidir.

Yüklə 61,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə