Research and education issn: 181-3191 volume


RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022



Yüklə 381,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix22.05.2023
ölçüsü381,26 Kb.
#111886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
229-239

RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022
 
 
https://t.me/ResearchEdu_Journal
Multidisciplinary Scientific Journal June, 2022 
232
 
davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasi, iqtisodiy siyosatning mukammalligi, 
davlat apparatining ish samaradorligi, banklar tizimining takomillashuv darajasi, pul 
muomalasi va davlat budjetining barqarorligi, davlatning ichki va tashqi qarzlari 
miqdori va boshqalar hal qiluvchi oʻrinda turadi. Investitsiya muhitiga kapitalni qabul 
qiluvchi mamlakatning qonunlarida aks ettirilgan toʻg‘ridan-toʻg‘ri harajatlar va 
xorijiy firmalarining faoliyatini chegaralovchi yoki taqiqlovchi omillardan tashqari, 
toʻliq aniqlanmagan ba’zi bir qoidalar va muvofiqlashtirilmagan jarayonlarning 
mavjudligi salbiy ta’sir etadi. 
Mikroiqtisodiyot darajasida investitsiya muhiti bir tomondan investor firmasi va 
ikkinchi tomondan xorijiy investitsiyani qabul qiluvchi xoʻjalik subyektlari, ya’ni 
sotuvchilar, sotib oluvchilar, banklar hamda kasaba uyushma va boshqa jamoat 
tashkilotlari oʻrtasidagi ikkiyoqlama munosabatlarni aks ettiradi. Bu darajada 
investitsiya muhiti umumlashtirilgan baholar iqtisodiy, huquqiy va ma’daniy 
jabhalarda yaqqol koʻrinadi. Makro va mikroiqtisodiyot darajalari birgalikda yagona 
investitsiya muhitini tashkil etadi va potensial investorlar hamda kapitalni qabul 
qiluvchi tomonlarning boʻlajak munosabatlarini belgilab beradi. 
Odatda mamlakatda yaratilgan investitsiya muhiti ikki asosiy yoʻnalishda – “xatar 
(tavakkalchilik)” va “imkoniyat (daromadlilik)” koʻrinishida tavsiflanib, 
investitsiyalar kiritilishi va oʻzlashtirilishida kelib chiqishi mumkin boʻlgan xavf-
xatarlar va daromadlar olish uchun yaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy imkoniyat 
va imtiyozlar tizimini oʻz ichiga oladi. Iqtisodiy adabiyotlarda uni tahlil qilishda asosiy 
e’tibor ichki va tashqi xususiyatlarga qaratilishi va bu yoʻnalishda investitsiya 
muhitining rivojlanish darajasi, uning jozibadorligi va investitsiya xatarini aniqlash 
usullarining ahamiyati muhimligi e’tirof etiladi. 
Investitsiya muhiti bu – investitsiya qabul qilayotgan davlatning mahalliy yoki 
xorijiy investorlar uchun huquqiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va eko-geografik jihatdan 
yaratilgan maksimal darajadagi shart-sharoitlar va minimal darajadagi risklar 
majmuidir. Bundan kelib chiqqan holda, investitsiya muhiti jozibadorligi – investorlar 
sarmoyasini jalb qilishda mavjud imkoniyatlar va muhitda yaratilgan sharoitlarning 
eng maqbullarini koʻrsatib bera olish darajasi. Qulay investitsiya muhitini 
shakllantirish va rivojlantirish munosabatlari yuqorida ta’kidlanayotgan huquqiy, 
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va eko-geografik omillarning ta’sirida rivojlanar ekan, 
ularni turli mezonlar boʻyicha tizimga solish va guruhlash mumkin. 
Hech qaysi mamlakat rivojlangan davlatlarning amaliyoti va nazariyasini 
oʻrganmasdan, jahon hamjamiyatidan ayri holda rivojlanmaydi. Shunday ekan, har bir 
davlat ishlab chiqarishni namunali tashkil etish, iqtisodiyotda yuqori koʻrsatkichlarga 
erishish, aholining ijtimoiy turmush darajasini oshirish uchun xorijiy hamkorlar bilan 



Yüklə 381,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə