Research and education issn: 181-3191 volume


- ommaviy  axborot  vositalarining erkinligi va  oshkoraligi



Yüklə 381,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix22.05.2023
ölçüsü381,26 Kb.
#111886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
229-239

 
-
ommaviy 
axborot 
vositalarining erkinligi va 
oshkoraligi
 
-
ijtimoiy-huquqiy 
kafolatlar tizimining amal 
qilishi
 
-
va boshqalar 
-
siyosiy tinchlik
 
-
siyosiy mustaqillik
 
-
siyosiy barqarorlik
 
-
siyosiy daxlsizlik
 
-
siyosiy 
partiyalarning jamiyat 
bilan 
uzviy 
holda 
faoliyat yuritishi
 
-
va boshqalar 
-
iqtisodning 
siyosatdan ustunligi
 
-
iqtisodiy barqarorlik 
ijobiy iqtisodiy oʻsish 
surátlari
 
-
kuchli 
ijtimoiy 
himoya
 
-
moliya 
tizimining 
rivojlanayotganligi
 
-
bank 
tizimining 
samarali 
faoliyat 
koʻrsatishi
 
-
iqtisodiy va ijtimoiy 
infratuzilmaning 
mavjudligi
 
-
yuqori 
malakali,salohiyatli 
mehnat resusrlarining 
mavjudligi
 
-
va boshqalar 
-
geografik 
jihatdan 
qulay 
joylashuvi
 
-
toʻrt 
faslning 
mavjudligi va oʻz 
vaqtida kelishi
 
-
hududlarning 
ekologik tozaligi
 
-
tabiiy resurslar 
va 
yer 
osti 
qazilmalariga 
boyligi
 
-
va boshqalar 
16
Mustafaqulov Sh.I. Investitsion muhit jozibadorligi: ilmiy-amaliy qo’llanma. Monografiya. Baktria Press Toshkent. 2017 y. 319 bet.


RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022
 
 
https://t.me/ResearchEdu_Journal
Multidisciplinary Scientific Journal June, 2022 
234
 
Investitsion muhit muayyanligini bu borada faoliyatning maqsadga muvofiqligi 
va jozibadorligini aniqlaydigan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy, siyosiy va 
boshqa shart-sharoitlarni umumlashtiruvchi xususiyatlari belgilab beradi. Investitsiya 
faoliyatiga ta’sir koʻrsatuvchi bu omillarning oʻzaro bog‘liq majmui u yoki bu 
mamlakat iqtisodiyotidagi hal qiluvchi investitsion muhit hisoblanadi. Demak, 
investitsion muhit haddan tashqari koʻp oʻlchovli, murakkab va serma’no 
tushunchadir.
Amaliyotda investitsion muhitning moliyaviy jihatlari sifatida byudjet, toʻlov 
balansi, davlat qarzlari, bojxona bojlarining kattaligi, bank tizimi, konvertatsiya 
muammosi, toʻlovlar, soliq va soliqqa tortishning qoniqarsizligi, soliq tizimi, soliq yuki 
va undagi yig‘imlar katta muammolardan hisoblanadi. Bu esa hududlarda xorijiy 
sarmoyalarni jalb etishdagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Investitsiya 
muhitiga ta’sir etuvchi omillardan biri bular: “investitsion salohiyat” va “investitsion 
risklar”dir. Ma’lumki investitsion salohiyat deganda iqtisodiy faoliyatda 
foydalaniladigan ishlab chiqarish zaxiralari, quvvatlari, kuchlari, imkoniyatlari 
kabilardan iborat resurslar yig‘indisi tushuniladi.
Investitsion salohiyat foyda olish yoki ijobiy ijtimoiy samaraga erishish 
maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan aktivlarga mablag‘ kiritish imkoniyatlari 
darajasini tavsiflaydi. 
Investitsion salohiyat mamlakatda asrlar davomida shakllangan bir qancha 
omillar yig‘indisini aks ettiradi. Bu omillar ishlab chiqarish, mehnat, iste’mol, 
infratuzilma, innovatsiya, tabiiy resurs, moliyaviy salohiyat, institutsional salohiyat va 
turizm salohiyati kabi omillarni qamrab oladi (1-rasm). 
Ishlab chiqarish salohiyati mamlakatdagi mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, 
ishlab chiqarish vositalari, iqtisodiyot tarkibi, qazib oluvchi, qayta ishlovchi sanoat 
tarmoqlari, muvafaqqiyatli amalga oshirilgan investitsion loyihalar soni (qoʻshma 
korxonalar tomonidan amalga oshirilgan investitsion loyihalarni ham qoʻshgan holda), 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish holati va boshqalarni 
ifodalaydi. Texnika-texnologiya salohiyati mamlakatdagi mashina-mexanizmlar 
miqdori, ularning tarkibi, texnologik tizim kabilardan iborat boʻlib, u fan yutuqlari va 
ularni qay darajada tatbiq etilishi bilan bog‘liq. 
Mehnat salohiyati iqtisodiy faol aholi soni, yoshi, aholining bilim darajasi kabi 
kabilarni tavsiflaydi. Shuningdek, intellektual salohiyat ishlab chiqarishga layoqatli, 
bilim, malaka, mahoratga ega boʻlgan kishilardan iborat boʻlsa u jamiyat a’zolarining 
ilmiy, ma’rifiy, ma’naviy, intellektual salohiyatini koʻrsatadi. Qoida tarzida, xorijiy 
investorlarni malakali ish kuchi va arzon ish haqi toʻlanadigan hududlar jalb qiladi.



Yüklə 381,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə