Research and education issn: 181-3191 volume


RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022



Yüklə 381,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix22.05.2023
ölçüsü381,26 Kb.
#111886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
229-239

RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022
 
 
https://t.me/ResearchEdu_Journal
Multidisciplinary Scientific Journal June, 2022 
235
 
1-rasm. Investitsiya muhitiga ta’sir qiluvchi omillar
17
 
Iste’mol salohiyati investorlar tomonidan mamlakatda ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarning ichki bozorda qancha ulushda sotilishi, shu asosda talabni oʻrganish, 
raqobatchilar va aholining daromadi sifatida qaraladi. 
Infratuzilma salohiyati ishlab chiqarish va tovar muomalasi, shuningdek, inson 
hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan meʼyoriy sharoitni taʼminlashga xizmat qiluvchi 
turli-tuman yordamchi xizmat koʻrsatuvchi sohalar (tashkilot, korxona va muassasa) 
majmuidir. Infratuzilma xizmat koʻrsatish sohasiga koʻra ishlab chiqarish 
infratuzilmasi (ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatuvchi sohalar — yuk tashish 
transporti, elektr va issiqlik taʼminoti, yoʻl xoʻjaligi, suv xoʻjaligi, ombor xoʻjaligi, 
ilmiy konstruktorlik xizmati, axborot xizmati va boshqalar) va ijtimoiy-maishiy 
infratuzilma (aholiga xizmat koʻrsatib, uning ehtiyojini qondiruvchi sohalar — maorif, 
sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, maishiy xizmat va boshqalar)ga ajraladi.
Innovatsion salohiyat mamlakatdagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik 
ishlanmalari, texnika va texnologiyalarning yangilanish darajasi (yangi avlodi), milliy 
ishlab chiqarishdagi yangiliklar, kashfiyotlarni tavsiflaydi. 
Tabiiy resurs salohiyati tabiiy resurslar miqdori va sifati, mamlakatning iqlimi, 
tabiiy-geografik shart-sharoitlarini oʻz ichiga oladi. Tabiiy resurs omillari ishlab 
chiqarish kuchlarini joylashtirishda muhim oʻrin tutadi va quyidagilarni, ya’ni mineral 
resurslar (foydali qazilmalar); agromuhit shart-sharoitlari; yer va suv resurslari; 
oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqalarni qamrab oladi. 
17
Ilmiy izlanishlar natijasida mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan. 



Yüklə 381,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə