Respublikamizda Gender tenglik masalasi ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida mundarija kirish


GENDER TENGLIK –INSITUTSIONLASHTIRILGAN TIZIM SIFATIDA



Yüklə 50,13 Kb.
səhifə5/14
tarix29.04.2022
ölçüsü50,13 Kb.
#86234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
gender tenglik

GENDER TENGLIK –INSITUTSIONLASHTIRILGAN TIZIM SIFATIDA

Jamiyat hayotining qay darajada kechishi, rivojlanish sari qo‘yilayotgan qadamlar, qolaversa, istalgan harakatdan kutiladigan natijalar albatta ko‘p jihatdan ijtimoiy munosabatlar bilan bevosita bog‘liq. Aynan shu munosabatlar hayotimizning barcha jabhalari – mehnat faoliyati, oila, mahalla, o‘qish, muloqot va boshqa turli jarayonlarni boshqarib keladi. Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqlilik masalasi ham mazkur jarayonlarda munosabatlarni qonunan tartibga solinishi bilan ahamiyatli.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ushbu yo‘nalishda tub burilish yasadi. Mazkur qarorda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquqlar hamda tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish yuzasidan yangi qonunlar ishlab chiqilishi muhim vazifa sifatida belgilangan edi. Belgilangan qonunlarning ishlab chiqilib, muhokama etilib, ma’qullangani qaror ijrosining ta’minlanganini ko‘rsatadi.

Bugungi kunda faol iste’molda bo‘lgan gender so‘zining tushunilishi va qo‘llanish holatlaridagi noto‘g‘ri talqin va tasavvurlar mavjudligini aytish joiz. Xususan, genderni ayollar mavzusi yoki ularning ustunligiga oid tushuncha deb qarash kuzatiladi. Albatta, bu to‘g‘ri emas. Gender – bu xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti hamda faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim, ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihati ekanligi mazkur
qonunda aniq yozib qo‘yilgan. Bu masalaga oid tushunchalarga berilgan tegishli izohlarning mavjudligi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Gender farqlar hamda o‘xshashliklar ta’lim jarayonida qiz va o‘g‘il bolalar o‘quv faoliyatidagi o‘xshashliklar va farqlarni hisobga olishga asoslanadi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘quv jarayoni samaradorligini ta’minlashga yordam beradi. U yoki bu jinsga mansublik o‘quvchi shaxsining imkoniyatlarini belgilaydi. Qiz va o‘g‘il bolalar orasidagi gender farqlar va o‘xshashliklarni hisobga olishga qaratilgan tadqiqotlar amalda gender pedagogikasi hamda psixologiyasida bir qadar keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Bu, ayniqsa, jinsiy tarbiya hamda bu jarayonda ruhiy imkoniyatlarni hisobga olish yo‘nalishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Jinsga asoslangan ta’lim-tarbiya – o‘quvchini kelajakdagi hayotga tayyorlashda har tomonlama ta’sir ko‘rsatadigan ta’limiytarbiyaviy, ma’rifiy vositalar yig‘indisidir. Bugungi kunda o‘quv-biluv jarayonida gender farqlar va o‘ziga xosliklarni hisobga olish tabiiy pedagogik hodisa sifatida e’tirof etilmoqda. Biroq didaktikada ushbu hodisaning ilmiy talqini mavjud emas. O‘quv-biluv jarayonida gender farqlarga oid o‘ziga xosliklarni hisobga olmasdan turib, ta’lim natijasining samaradorligini ta’minlash mumkin emasligi barcha mutaxassislarga ayon bo‘lmoqda.

Ayniqsa, ruhshunoslar bu sohada bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritmoqdalar.
Ta’lim tizimi jamiyatda nafaqat texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omili, balki ma’naviy va iqtisodiy rivojlanishning muhim strategik vositasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois mustaqil mamlakatimizda ta’lim sohasiga yil sayin katta e’tibor qaratilmoqda. Mazkur vazifa ta’lim tizimining barcha bosqichlari: maktabgacha ta’lim muassasalaridan tortib oliy ta’limning yuqori bosqichlarigacha bo‘lgan bo‘g‘inlar zimmasiga yuklatilgan. Genderni belgilashga nisbatan mavjud yondashuvlar va nuqtai nazarlarning xilma-xilligiga qaramay, ikkita konsepsiyani ajratib ko‘rsatish mumkin. Bu konsepsiyalar quyidagilardan iborat:

  1. genderning ijtimoiy tuzilishi nazariyasi;

  2. gender tizimi nazariyasi.

Genderga ijtimoiy jihatdan bo‘lgan yondashuv quyidagilardan iborat bo‘ladi: biologik nuqtai nazardan jins muayyan jamiyatda qaror topgan jinsga
xos bo‘lgan vazifalar va o‘g‘il hamda qiz bolalarning o‘ziga xos xatti-harakatlari, o‘zaro hamkorligining ijtimoiy me’yorlari bilan bog‘liq bo‘lgan turli-tuman ko‘rinishlari. O‘g‘il va qiz bolalarning o‘zaro hamkorligi tushunchasi R.Xof tomonidan kiritilgan bo‘lib, o‘g‘il va qiz bolalarning ma’naviy-madaniy qiyofalarini ifodalaydi. Ushbu yondashuvga muvofiq ravishda gender muayyan jamiyatda qaror topgan ijtimoiy munosabatlarning o‘lchovi sifatida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning oliy ta’lim tizimida talabalar tomonidan o‘rganilishi gender yondashuv asosida talabaqizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishga ko‘mak beradi.
Gender nazariyasi ta’lim jarayonida o‘g‘il bolalar va qizlarga xos xususiyatlarni farqlash masalasiga turli nuqtai nazardan yondashadi. Bu yondashuvda jinslar o‘rtasidagi asosiy farqlar ijtimoiy o‘ziga xosligida namoyon bo‘ladi. Ushbu farqlar jamiyatda ijtimoiy institutlar, me’yorlar va madaniy qarashlar vositasida shakllangan. Bunda gender farqlarning ijtimoiy jihatlari muhim ahamiyatga egadir. Gender tabaqalashtirish jamiyat va ta’lim tizimida ijtimoiy-pedagogik jihatdan insonparvarlik tizimini rivojlantirishga asos bo‘ladi.

Dunyoning ko‘p mamlakatlarida ayollar kollejga kirishda ham, tugatishda ham erkaklardan ustundir. Shu bilan birga, jiddiy gender tafovutlar o‘qish sohasida qayd etilib, ta’lim ma’lumotlariga qaytmoqda. Umuman olganda, gender muammolari ayol va erkaklarning hayoti, jamiyatdagi vaziyat, o‘zaro bog‘liqlik, resurslardan foydalanish va ulardan foydalanishdagi farqlar, ularning harakat va o‘zgarishlarga, aralashuvlar va siyosatlarga qanday munosabatda bo‘lishlarini o‘z ichiga oladi. Hozirgi davrda juda katta rivojlanishga qaramay, dunyo bo‘ylab, ayniqsa, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq kabi mintaqalarda, hattoki O‘rta Osiyo davlatlarida ham ayollar huquqlari dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Ayollarning doimiy ravishda huquqlardan mahrum qilinishi ularning huquqiy kamsitilishiga olib keladi hamda bu holat ularning qarama-qarshi jins vakillari oldida mavqeyi pasayishiga olib keladi. Shunday qilib, dunyo miqyosida ayollar o‘zlarining


asosiy inson huquqlarini to‘liq amalga oshira olmaydilar. Muammoni o‘rganish
shuni ko‘rsatadiki, gender tengligi barqaror taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi. Quyida hozirgi kunda dunyoda mavjud bo‘lgan
gender tengsizligiga oid o‘nta misol keltiriladi.


  1. Yüklə 50,13 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə