Respublikasi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə16/56
tarix15.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#85503
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56
fayl 1854 20210917

Fetishizm – moddiy predmetlardagi g’ayritabiiy xususiyatlarga ishonish, jonsiz narsalarga sig’inishdir. Ibtidoiy odamning ongida har xil moddiy buyumlarning tosh, daraxt, o’simlik keyinchalik turli xayvonlarning suyagi, pati, tumor, sanam va boshchalarda g’ayri tabiiy kuchlar bor, degan xayoliy tasavvurlar paydo bo`lgan.

Shomonizm – ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilish davrida paydo bo`lgan qadimgi diniy e`tiqodlardan biri. Shomonizm – bu kishilar orasida go’yo turli ruhlar bilan munosabatda bo’ladigan ruxoniylarning qobiliyatiga ishonishdir. Kishilarning tasavvuricha go’yo ruxlar shomonlarga xizmat qiladi, uning turli topshiriqlarini bajaradi, xatto shomon yovuz ruxlar bilan jang ham qila oladi, deb xisoblaganlar.

San`at ham kishilik jamiyatining ilk bosqichlari ibtidoiy odamning tabiat xodisalariga bo`lgan munosabatlari natijasida paydo bo`lgan ma`naviy madaniyatning asosiy elementlaridan biridir. San`at odamning estetik sezgisi, uning ma`naviy rivojlanishi jarayonida, tabiatga xos bo`lgan takomillikdan, go’zallik va oxangdorlikdan ta`sirlanish, odam o’z mexnati bilan yaratgan narsalarda tabiatning sifatlarini ko`rsata boshlaganida va o`z sezgisi hamda fikrlari hayotning turli xil voqealarini ifodalay boshlagan davrlarda vujudga kelgan.

Ibtidoiy san`at va uning barcha turlarining umumiy manbai mehnatdir, odamning mehnat faoliyatidir. Ibtidoiy san`at va uning barcha turlari o'z moxiyati, mazmuni bo’yicha odamning mehnat faoliyati bilan bog’liq bo`lgan sezgisi, kayfiyati va fikrlarini ifodalash shaklidan boshcha narsa emas.

Orn’yak – salyutr bosqichiga kelib, tasviriy san`at vujudga kela boshlagan. Toshga, suyakka juda sodda ko’rinishdagi suratlar tasviri tushirila boshlagan. Agar usha davrda ibtidoiy odamlar tomonidan ishlangan suratlarga nazar tashlansa, ko’proq hayvonlar va noaniq aks ettirilgan insonlar tasvirini ko’ramiz, Madlen bosqichiga kelgach tasviriy san`at asarlari bir muncha mukammallasha borgan.

Neolit davri tasviriy san`ati asosan turli xil shakllarga boy bo`lgan manzarali tasvir yo’li bilan rivojlanadi. Bu davrga kelib, odamga xizmat qiluvchi, hatto kundalik turmushda ishlatiladigan oddiy buyumlarni, chunonchi, loydan ishlangan idishlarni ham bo’yashga harakat qilishgan. Kiyimlar, uy jihozlari, qurollarga ham turli xil, ba`zan juda chiroyli naqshlar solingan.

Musiqa san`ati mehnat jarayonida paydo bo`lgan. Ashula ham ish vaqtida chiqadigan ovozlardan va odamning harakatdagi ritmlik bilan chambarchas bog’liq holda paydo bo`lgan, ya`ni ashula dastlab ritmga solingan nuqtadan iborat bo`lgan. Uning eng dastlabki sodda shakli regitativ ko`rinish kasb etgan. Demak, ibtidoiy qo`shiqdagi asosiy narsa ritmdir, shuning uchun ham sodda qo`shiqlarning so`zlari ko`pincha ayrim tovush va so’zlarni qayta-qayta takrorlashdan iboratdir. Kuy esa birmuncha keyinroq paydo bo’lgan. Ibtidoiy davrda cholg’u asboblari unchalik rivojlanmagan, eng qadimgi musiqa asboblarining barcha turlari – urib chalinadigan, puflab chalinadigan, keyinchalik simlik (kamon yoyining tebranishiga asoslangan xolda paydo bo`lgan) musiqa asboblari vaqtlar o`tishi natijasida vujudga kela borgan. Raqs san`atining paydo bo`lishi, ham o’ziga xos xususiyatga ega. Sodda raqs faqat gimnastika harakteriga ega ekanligiga hech shubha yo’q. Ovga yoki boshqa bir qabila ustiga yurish oldidan tushiladigan raqslar jismoniy tarbiya va mashq yoki o`ziga xos ichki junbushga kelish yo bo`lmasa qo`zg’alish harakteriga ega bo`lgan. Shuningdek ibtidoiy raqslar afsungarlik va totemistik tasavvurlar bilan ham bog’liq bo`lgan. Raqs tushganda ashula yoki musiqa chalinadi. Ko`p qabilalarning tilida ashula va raqs bir so`z bilan ifodalanadi. Madlen davriga oid bo`lgan suratlarda raqs kiyimi kiygan va raqs tushib turgan odamlarning tasvirlari uchrab turadi. Demak, raqs yuqori paleolit davridayoq vujudga kelgan.

Sodda raqsdan san`atning yana bir turi-drama kelib chiqishi haqiqatdan ham, qoloq qabilalarning raqslari ko`pincha chinakam tasviriy mazmunga ega va pantomima – so’zsiz dramma san`atining ilk shakllarini ifodalaydi. Ko’pgina xalqlarda ekishdan tortib to yig’im-terimgacha bo`lgan butun dehqonchilik jarayonini ifodalovchi ashulalarga cholg’u asboblari jo`r bo`ladi. Shu bilan birga raqs tushilib, o`sha jarayonlar dramatik ravishda ifodalanadi.

Ibtidoiy davrda og’zaki ijodi-folklor (inglizcha, fol’k-xalq, lore - ijodiyot so`zidan olingan) keng rivojlangan. Uning eng dastlabki turi o’tmish haqidagi rivoyatlar hisoblangan. Ertak alohida rivojlangan bo`lsa, doston, topishmoq maqollar bir muncha keyinroq-inson miyasining keyingi taraqqiyoti mahsulidir.

Xulosa qilib aytganda, ma`naviy madaniyatning turli-tuman elementlari kishilik jamiyati moddiy hayotining taraqqiyotiga bevosita bog’liq bo`lib, ishlab chiqarish kuchlarining rivoji va tabiat hodisalariga bo`lgan munosabatlarning chuqurlashuviga bevosita bog’liq bo`lgan. Kishilarning moddiy ehtiyojining oshishi natijasida mehnat unumdorligini oshirishga bo`lgan intilish hamda shu paytgacha jumboq bo`lib turgan tabiat hodisalarining asl mohiyatini ochishga bo`lgan urinishlar ma`naviy madaniyati tashkil etuvchi turli xil elementlarning vujudga kelishiga sabab bo`lgan.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə