Respublikasi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə19/56
tarix15.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#85503
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56
fayl 1854 20210917
2906-Article Text-5458-1-10-20210222, Fano tariqi adosinda munojot maqola, Рақамли иқтисодиёт саволлар, Adabiyotlar ro\'yxati, bestreferat-275963, portal.guldu.uz-Ijtimoiylashuv muammosi sifatida bola psixik rivojlanishining ijtimoiy o’rganish nazariyasi
Qadimgi Eron madaniyati. Behistun qoyasiga o`yib yozilgan yozuvlar, Doro I ning yozuvlari va Naqshi Rustam hamda Bobil va Misr yozuvlari, qadimgi Eron xalqlari tarixi va madaniyati to`g’risida birmuncha tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Aslida Eron hududida olib borilgan arxeologik qazishmalar XIX asrning o`rtalarida boshlangan bo`lsa-da, asosiy ilmiy tekshirish ishlari XX asrda o`tkazilgan Eronning qadimgi poytaxti Persepolda olib borilgan arxeologik qazishmalar qadimgi Eron xalqlarining arxitekturasi, tasviriy san`ati, xunarmandchiligi to`g’risida bir qator qimmatli ma`lumotlarni bergan.

Suza shahrida olib borilgan qazishmalar esa qadimgi Eronda toshdan buyumlar yasash, kulolchilik va to`quvchilik yuksak darajada rivojlanganligini ko`rsatadi. Metallurgiya esa juda sekinlik bilan rivojlangan. Shu sababli uzoq vaqtgacha tosh qurollar asosiy mehnat quroli bo`lib qolgan.

Qadimgi Eronda suv muqaddas hisoblangan. Shu sababli muqaddas Vorukash ko`li to`g’risidagi tasavvur suvga e`tiqod asosiy elementi hisoblangan. Suv ruhi Apam-Napatga e`tiqod qilish muqaddas «Avesto»da saqlanib qolgan. Shuningdek, qadimgi Eronliklar oliy xudo – Axuramazdaning o`g’li – olov – Atarga ham sig’inganlar, Olov xudosi marhamatli xudo hisoblangan va u uch boshli ajdaho Dahhokni yenggan. Shu bilan birga Qadimgi Quyosh xudosi Mitra, yer, suv va hosilidorlik ma`budasi Anaxitaga e`tiqod qilish ham qadimgi Eronliklar diniy qarashlarining markazida turgan.

Qadimgi Eron madaniyati o`zining eng gullagan davrini er. avv. V asr boshlarida boshidan kechirgan. Bu davrda ko`plab hashamatli saroylar va maqbaralar qurilgan. Serjilo sopol idishlar yasalib, bo`rtma (rel`eflili) haykaltaroshlik devoriy suratlar yuzaga kelgan.

Qadimgi Eron madaniyati qadimgi Sharq madaniyati ta`siri ostida rivojlangan. Arxeologik qazishmalar natijasida Axamoniylar davlatining

poytaxtlaridan Pasargad, Persepol’ va Suzadan ko`plab binolar – saroylar, ibodaxonalar, turar-joy binolari va boshqalarning qoldiqlari topilgan.

Er. avv. VI-IV asrlarda Persepoldagi podshox saroyi ansambli o`z qurilish uslubi jihatidan qadimgi Osuriya me`morchiligi uslubini eslatadi. Shoh saroyi tepalik ustiga qurilgan bo`lib, unga bo`rtma suratlar solib bezatilgan keng zinapoyadan chiqib borilgan. Ulkan devorlarga shox saroyining qo`riqlovchi qanotli muqaddas ho`kizlarning haykallari ishlangan. Ayniqsa, saroydan topilgan shoh, shuningdek unga turli xil sovg’alar olib kelayotgan xiroj to`lovchilarning suratlari muayyan syujet asosida ishlanganligi bilan ajralib turadi. Sarsonga 17 metrli to`rtta ustundan ishlangan darvoza orqali o`tib borilgan. Darvoza yo’n tomonlarda esa qanotli muqaddas xo`kizlar xaykali bo`lib ular odam boshli bo`lgan. Saroy ansambliga shox qabulxonasi, omborxona, yashash va ishlash uchun mo`ljallangan xonalar bo`lgan. Shox qabulxonasi o`zining ko`rkamligi va mahobatligi bilan ajralib turgan qabulxonaning maydonni 62,5x62,5 metr bo`lib, uch tomondan ikki qavatli ayvonlar bilan o`ralgan. Ayvon uchun o’ta engil va o`ta nafis ustunlar ishlatilgan. Ularning balandligi 13,6 metr bo`lgan. Ustunlarning yuqori kapitel (mukarnas)lari muqaddas ho`kizlar haykaliga o`xshatib ishlangan. Haykallarning yuzasi esa oltin plastinkalar bilan qoplangan. Saroy xonalari, devorlari va zinalarining yon tomonidagi yuzalarga bo`rtma (rel’efli) tasvirlar ishlangan. Bu tasvirlarni tushirishda qizil, yashil, ko`k ranglardan foydalanilgan. Bo`rtma tasvirlarda shoh faoliyatiga bag’ishlangan mavzular asosiy tasvirlarda shox hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan mavzular asosiy o`rinni egallagan. Saroyga boradigan zinaning yon tomoniga ishlangan bo`rtma tasvirlar-33 elat va urug’larning shoxga sovg’a-salom olib kelishi tasvirlangan. Ularning kiyimlari va etnik tuzilishi (tashqi qiyofasi) aniq detalllar bilan ko`rsatilgan.

Xullas, Eron Axamoniylari davrida vujudga kelgan san`at asarlari O’rta Sharq xalqlari tarixida muxim o`rin egallaydi. Bu san`at bevosita O`rta Sharqda yashagan xalqlarning o`zaro madaniy aloqalar natijasida shakllangan va mazkur xalqlar san`ati ta`siri ostida rivojlangan. Masalan, Persepol’ va Suzadagi shox saroylarining qurilishida Sug’d, Baqtriya, Xorazm, Parfiya, Marg’iyonadan kelgan

ustalar va san`atkorlar shuningdek Axamoniylar davri san`ati va madaniyati atrofdagi boshqa mamlakatlar san`ati va madaniyati taraqqiyotiga ham sezilarli ta`sir qilgan. Qadimgi Eron madaniyati taraqqiyotidagi O`rta Osiyo xalqlari va qadimgi Sharqdagi boshqa ko`pgina xalqlar madaniy xayoti sezilarli ta`sir ko`rsatgan. Geradotning yozishicha, “Eronliklar boshqa xalqlarning urf-odatlarini boshqalardan ko`ra tezroq qabul qilgan”. Haqiqatdan xam Eroniylar tasviriy san`atiga chuqurroq nazar tashlansa Mesopotamiyaning ko`pgina xalqlari tasviriy san`atining ayrim tomonlarini qabul qilib o`ziga singdirganligini ko`rish mumkin. Masalan, podshohlarning xayoti, qaxramonliklarini tasvirlovchi, ko`pgina tasviriy san`at asarlari qadimgi Shumeriylarning podshosi qaxramoni deb xisoblangan Gilgamesh singari yovvoyi xayvonlar bilan kurashib ularni yengayotganday qilib tasvirlangan yoki oliy xudo Axuramazda ossuriyaliklarning bosh xudosi Ashshurga taqliddir. Quyosh gardishiga makon qurgandek tasvirlangan. Yana bir misol saroylarning pog’onali va zinapoyali qilib qurilishi, podshox saroyiga afsonaviy xayvonlarni qo`yilishi Mesopotamiya arxitekturasiga binolarni qurishda ustunli kallonnalardan foydalanishlari esa misrliklar arxitekturasiga mos bo`lgan. Lekin eronliklar boshqa xalqlar madaniyati elementlaridan ularni umumlashtirgan, qayta ishlangan va ijodiy yondoshgan xolda foydalanganlar, ya`ni bu elementlarning barchasini yagona monumental uslub asosida qayta ishlanganlar.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə