Respublikasi


MAVZU: ILK O’RTA ASRLAR DAVRI MADANIYATI VA SAN’ATI



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə21/56
tarix15.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#85503
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56
fayl 1854 20210917

MAVZU: ILK O’RTA ASRLAR DAVRI MADANIYATI VA SAN’ATI


Reja:

  1. Eftalitlar davri madanivati.

  2. Turk xoqonligi davri madaniyati, san’ati.

  3. Ilk o’rta asrlarda diniy qarashlar.



Mavzuning o’quv maqsadi: Talabalarga ilk o’rta asrlar davri madaniyati va san’ati hamda diniy qarashlar to’g’risida tushunchalar berishdan iborat.
Kushonlar saltanati inqirozga uchragach, hayot sahnasida yangi bir sulolalar davlatchiligi-eftalitlar davlati paydo bo’ldi. Eftalitlar qadimgi Orolbo'yi

ko'chmanchi massagetlar avlodlaridan bo'lib, o'z davrida o'ta jangariligi va hujumkorligi bilan ajralib turganlar. Shu sababli qisqa vaqt ichida sharqiy Turkistondan Kaspiy bo'ylarigacha bo'lgan katta hududlarni o'zlariga bo'ysundirganlar. Hatto, sosoniylardan bo'lgan podshoh Peruzni ham (459-484) mag'lubiyatga uchratib, eroniylarni o'lpon to'lashga majbur qilganlar.

Eftalitlarning qisqa muddat ichida kuchli davlat barpo etishida, birinchidan, barcha qabila-urug'larning azaliy an'analariga qat'iy bo'ysunishi, ikkinchidan, umumqabila uchun qabul qilingan huquq va axloq me'yorlarini buzganlarga ko'riladigan jazoning qat'iy qilib qo'yilganligi, uchinchidan, ko'chmanchi va yarimko'chmanchi hayot kechiruvchi qabilalarning jangarilik xarakteri muhim rol o'ynagan. Eftalitlarda ko'p erlilik (poliandriya) an'anasi, ya'ni aka-ukalarning bir ayo’lni xotinlikka olishi hamda zodagonlarning ko'p xotin olish an'anasi, yuqori tabaqa vakilining 20 va undan ortiq do'stlarga ega bo'lishi va vafot etganda o'zining sevimli oti va do'stlari birgalikda dafn etilishi kabi an'analar qonun darajasida bo'lgan. Qabul qilingan huquq me'yorlari barcha uchun qat'iy qonun tusiga ega bo'lgan. Masalan, o'g'irlik uchun kim bo’lishidan qat'yi nazar, eng avvalo, o'g'irlangan mol o'n baravar qilib undirib olingan, so'ngra o'lim jazosiga mahkum etilgan.

Eftalitlarning kuchli davlatga ega bo'la borishi ularning o'troqlashuviga olib kelgan, sun'iy sug'orish shoxobchalari kengayib, dehqonchilik madaniyati yuksala borgan. Qalin mudofaa devorlari bilan o'ralgan istehkomli qal'alar, qo'rg'onlar soni tezlik bilan ko'paygan. Bu davrda Amudaryo, Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon va Chirchiq daryolari bo'ylarida dehqonchilik rivojlanadi. Mazkur daryolardan suv ichuvchi shaharlarda hunarmandchilik taraqqiy etadi. Ayniqsa, kulolchilik, chilangarlik, shisha ishlab chiqarish, bo'zchilik va sarrojlik, zargarlik va qurolsozlik yuksaladi. Chorvachilik va dehqonchilik rivojlanib, sun'iy sug'orish tizimlari qurilishi avj oladi.

Eftalitlarda hokimiyatni boshqarish maxsus kengash zimmasida bo'lgan. Hokimiyat tepasida kengash ma'qullagan kishi turgan. U taxtni kengash tasdiqlagan qonun asosida boshqargan. Eftalitlar davrida Xorazm, So'g'diyona, Baqtriya va Shosh viloyatlarida mustahkam va hashamatli qo'rg'onlar vujudga kelgan. Savdo-sotiqning gurkirab rivojlanishi eftalitlar davlatchiligi iqtisodiyotining yanada rivojlanishiga olib keladi, harbiy qudratini yana oshiradi. Tashqi savdoga ipak, bo'yoq mahsulotlari, rangli shishalar, qimmatbaho tosh, arg'umoq otlar, matolar, qurol-yarog'lar chiqariladi.

Albatta, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti nafaqat mamlakatning madaniy hayotiga, balki unga chegaradosh bo’lgan boshqa davlatlar va mintaqalar bilan bo'ladigan madaniy aloqalariga ham samarali ta'sir ko'rsatadi. Eftalitlar mamlakat ichkarisidagi katta-kichik shaharlarda hashamatli binolar qurdiradi. Eftalitlar davri arxitekturasida ikki qavatli qilib qasrlar qurish odat tusiga kirgan. Qasrlar shaharning markazida, tuproq bilan baland qilib ko'tarilgan joyda (eng baland qismi yoki tuproq bilan sun'iy ravishda ko'tarilgan balandlik tepasiga) qurilgan. Masalan, hozirgi Buxoro viloyati hududida joylashgan qadimgi Varaxsha, Poykand shaharlari, Xorazmdagi Tuproqqal'a shahri, Qashqadaryo viloyatidagi qadimgi Zahoki Moron qasrlari ana shunday sun'iy tepalik ustiga qurilgan bo'lib, tashqi ko'rinishidan nihoyatda mahobatli bo'lib ko'ringan.

Eftalitlar davri arxitekturasida, eng avvalo, ibodatxona yoki qasrning tashqi mahobatliligiga va uning ichki bezaklariga alohida e'tibor berilgan. Ichki devorlar

rangli suratlar, naqshlar va haykallar bilan bezatilgan. Masalan, hozirgi Surxondaryo viloyati hududida joylashgan qadimgi Bolaliktepa shahrida qurilgan qasr devorlarida saqlanib qolgan devoriy suratlar o'zining nafaqat tabiiyligi, rangdorligi, balki maishiy hayotning bir bo'lagini badiiy tasvirlashi bilan ham ajralib turadi. Haykaltaroshlikda ko'proq terrakota va koroplastika haykaltaroshligidan foydalanilgan. Bu davr haykaltaroshligida hudud va unda yashovchi kishilarning kiyim-kechaklari, taqinchoqlari va o'xshash tomonlari ko'zga tashlanib turgan. Ma'bud yoki ma'budalar haykallari (albatta yirik va ulkan haykallar yasalmagan) da uni yaratuvchi haykaltaroshning diniy dunyoqarashi o'z ifodasini topgan.

Arxeologlarning ma'lumotlariga ko'ra, binolar bir necha qavat qilib qurilgan. Uy devorlari turli naqshlar va suratlar bilan bezatilgan. Ayniqsa, ibodatxonalarga katta e'tibor berilgan. Ularning ichki tomonini bezashda qimmatbaho toshlardan va oltindan foydalanganlar. Eftalitlar davrida Poykent shahri, Tuproqqal'a (hozirgi Xorazm hududida), qadimgi Chochdagi Oqtepa qal'asi, qadimgi Varaxsha qo'rg'onlari shaharsozlikning namunalari hisoblangan. Misol tariqasida Varaxsha qo'rg'onini olib qarasak, eftalitlar davrida me'morchilik san'ati qanchalik rivojlanganligining guvohi bo'lamiz. Varaxsha qo'rg'oni ulkan kvadrat shaklida mustahkam tepa ustiga qurilgan. Binoning devorlari ganch bilan suvalgan va devoriy suratlar bilan bezatilgan.

Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far an-Narshaxiy o'zining «Buxoro tarixi» asarida Varaxsha haqida shunday deb yozadi: «... Varaxsha ... katta qishloqlar jumlasidan bo'lib, Buxoro singari edi. U podshohlar turadigan joy bo'lib, mustahkam hisorga ega bo'lgan, chunki podshohlar (u hisorni) bir necha marta mustahkamlaganlar. Uning Buxoro shahrining devorlari singari devori ham bo'lgan. Bu qishloq Buxoro devorining ichkarisida joylashgan. Unda shunday bir obod qasr bo'lganki, go'zallikda uni namuna qilib ko'rsatar edilar».

Eftalitlar davrida saroylar, ibodatxona va boy-badavlat kishilarning turar joylari ichki bezagida sujetli tasviriy san'at asarlari va turli xil naqshlardan foydalanish odatiy tusda bo'lgan. Masalan, Bolaliktepa qasri devorlariga

tushirilgan ziyofat marosimi nihoyatda yorqin bo'yoqlar bilan chizilgan bo'lib, unda gilamchalar ustida juft-juft bo'lib tiz cho'kib o'tirgan erkak va ayollar tasvirlangan.

Erkaklarning egnida uchburchak shaklida keng qaytarma yoqali va hoshiyali uzun kamzul, oyog'ida mahsi, belidagi ingichka kamarga qayirma uchli xanjar osilgan. Birida vaza, ikkinchisida tug'ro tutgan qo'llarining jimjilog'iga bittadan ikkita yirik ko'zli uzuk taqilgan. O'ng qo'lida qadah, so'lida ko'zgu tutgan ayollarning kiyim-kechaklari nihoyatda bashang. Ichki libos ustidan hoshiyali qaytarma yoqali hamda uqali uzun va keng guldor yopinchiq – qabo yelkaga tashlangan. Quloqlarida Buxoroning yakkadur ziragi, jimjiloqlarida esa yoqut ko'zli uzuk taqilgan.

Xullas, Bolaliktepa qasri devorlarida tasvirlangan ayollarning tashqi qiyofasi VI asrda eftalitlar hukmdori huzurida bo'lgan budda kohinini hayratga solgan saroy zodagoni ayollarini eslatadi. Kohinning ta'riflashicha, o'sha vaqtlarda eftalit malikalari juda qimmatbaho matodan tikilgan, orqa etagi uch quloch va undan ham uzunroq bo'lgan serbezak ko'ylak kiyar, uning etagini maxsus joriyalar ko'tarib yurganlar.

Eftalitlar davrida diniy e'tiqodlar xilma-xilligi - zardushtiylik, Anaxita va Mitraga, buddaviylik, iuadizm va nasroniylik mavjud bo'lgan. Buxoro vohasida esa ko'proq Siyovushga e'tiqod qilish rivojlangan. Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida ko'rsatilishicha, «podshoh Afrosiyob o'z kuyovi Siyovushni o'ldiradi.

«Buxoro aholisi Siyovushning o'ldirilishi haqida ajoyib ashulalar to'qiganlar, kuychilar bu qo'shiqlarni «Kini Siyovush» - «Siyovush jangi» deb ataydilar. Siyovushga e'tiqod qiluvchilar Navro'z kuni uning qabri atrofida katta bayram o'tkazganlar. Bu bayram «Navro'zi kishavarzon» – «Dehqonlar navro'zi deb atalgan. Buxoro otashparstlari Siyovush dafn etilgan joyni aziz tutganlar va unga atab har yili har bir erkak Navro'z kuni Quyosh chiqmasdan o'sha joyda bittadan xo'roz so'yadi. Buxoro aholisining Siyovushning o'ldirilishiga bag'ishlab aytgan marsiyalari bo'lib, u barcha viloyatlarida mashhur bo'lgan. Kuychilar unga moslab

kuy tuzganlar va qo'shiq qilib aytgan. Qo'shiqchilar uni «otashparastlar yig'isi deb ataganlar.

Shuningdek, Eftalitlar davrida O'rta Osiyo va Sharqiy Turkistonda Monizm keng tarqala boshlaydi. Monizm tasviriy san'atni diniy marosimlarga olib kiradi. Tuproqqal'a (Xorazm), Varaxsha (Buxoro) va Panjikent (Tojikiston Respublikasi) dagi ibodatxonalar bezaklari bu fikrimizning dalili bo'la oladi. Masalan, Panjikentdagi motam marosimining suratda tasvirlanishi bunga misol bo'la oladi. Eftalitlar o'z urf-odatlari, ayniqsa, dafn marosimlariga ko'ra kuchli tabaqalanishga ega bo'lganlar. Oddiy eftalitlar murdasi tuproqqa qo'yilgan. Boy-badavlat kishilar vafot etganda esa, ularning jasadi maxsus tayyorlangan tosh dahmaga qo'yilgan. Urug' boshlig'i vafot etganda, juda katta tantana bilan dafn marosimi o'tkazilgan. Odatga ko'ra urug'ning eng boy-badavlat kishilari 20 va undan ham ko'proq sodiq do'stlarga ega bo'lgan.

IVasrda yashagan tarixchi Ammian Marselinning yozishiga ko'ra, Xionit shahzodasi vafot etganda, uning murdasi kuydirilib, uning atrofiga sodiq do'stlarining terrakota haykalchalari o'tkazib qo'yilgan.

Xulosa qilib aytganda, eftalitlarning 100 yildan oshiqroq hukmronligi davri Markaziy Osiyodagi xalqlarning jipslashuvi, turli qabilalarning qo'shilishi, iqtisodiy va madaniy hayotning yanada rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan.




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə