Respublikasi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə23/56
tarix15.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#85503
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56
fayl 1854 20210917

Diniy qarashlari. Turk xoqonligi hududlarida o'troq, ko'chmanchi va yarimko'chmanchi aholi yashaganligi sababli, ularning diniy qarashlarida ham turli-tumanlik mavjud bo'lgan. Masalan, o'troq aholi o'rtasida ko'proq zardushtiylik, buddaviylik, moniylik dinlari asosiy diniy e'tiqodlar bo'lgan bo’lsa, ko'chmanchi aholi o'rtasida ko'proq totemizm va shomonlik hukmron diniy tasavvurlar hisoblangan. Yarimko'chmanchi aholi o'rtasida ham totemistik, ham zardushtiylik, ham xristianlik, ham monizm, ham Anaxita va Er Xubbiga sig'inish mavjud bo'lgan.

Zardushtiylik va uning muqaddas kitobi «Avesto» O'rta Osiyo, Eron hamda Ozarbayjon xalqlarining eng qadimiy yozma yodgorligi va madaniy boyligi bo'lganligi sababli, bu diniy e'tiqod maxsus mavzu sifatida ko'rib chiqiladi.

Arablar bosqiniga qadar O'rta Osiyo xalqlari zardushtiylik, buddaviylik, xristianlik, monizm va boshqa bir qator dinlarga e'tiqod qilganlar. Otashparastlik bu davrning hukmron dini hisoblangan. Bu e'tiqod So'g'diyona, Xorazm, Choch viloyatlarida hukmron din darajasiga ko'tarilgan. Tohariston, Farg'ona, Yettisuv va Sharqiy Turkistonda buddaviylik dini keng tarqalgan. Shu sababli bu hududlarda olib borilgan qazishmalar natijasida ko'plab budda ibodatxonalari topilgan. Masalan, Tohariston hududidagi Balx shahrida yuzga yaqin, Termizda o'nga yaqin, Kabodiyonda uchta hamda Farg'ona vodiysidagi qadimgi Quva shahri

xarobalaridan ikkita buddaviylarning ibodatxonalari topilgan. Quva shahridagi ibodatxonalarda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida loydan yasalgan rang-barang haykal va haykalchalar qazib olingan.

Turk xoqonligi davrida O'rta Osiyo va u bilan muntazam ravishda madaniy aloqalar olib boruvchi Sharqiy Turkiston hamda Xitoy xalqlari mafkuraviy hayotida monizm dini ham muhim rol o'ynagan.

Ma'lumki, moniylik dini zardushtiylik, nasroniylik va buddaviylik dinlarining qo'shiluvi natijasida vujudga keldi. Uning asoschisi Moniy hozirgi Iroqda 216-yilda tug'ilgan bo'lib, mazkur uchala dinning asosiy jihatlarini: zardushtiylikdan ezgulik va yovuzlikning o'zaro kurashi; buddaviylikdan taqvodorlik yo'lini; nasroniylikdan missiya (xudoning vakili) g'oyalarini birlashtirib, dastlab qadimgi Midiya va Eron hududlarida targ'ib qila boshlaydi. Eron shohi Bahrom I tomonidan 277-yili qatl etiladi. Uning izdoshlari o'z targ'ibotlarini Markaziy Osiyo, so'ngra Sharqiy Turkiston va Xitoyda olib boradilar.

Mazkur ta'limotga ko'ra, dunyoning o'zi ikki qarama-qarshi kuch – ezgulik va yovuzlikning o'zaro kurashidan iborat. Insonning o'zi ham ruh-nur va jism- zulmatdan iborat. U aqlli mavjudod bo'lganligi uchun ham zulmat va yovuzlikka qarshi kurashishi zarur. Taqvodorlik – bu kurashdagi eng to'g'ri yo'l. Taqvodorlik orqaligina inson o'zining keyingi hayotida jannatga tushadi. Ibodat bilan mashg'ul bo'lish, ro'za tutish va sadaqa-ehson berish moniylikning asosiy talablari hisoblanadi. Turk xoqonligi davrida moniylik So'g'diyona, Tohariston, so'ngra, Sharqiy Turkiston va Xitoyda keng tarqaladi. Sharqiy Turkiston va Xitoyda keng tarqalishida so'g'diyonalik missionerlarning roli benihoya katta bo'lgan. VIII asrda uyg'ur xoqonlari moniylikni davlat dini deb e'lon qiladilar. Xitoy imperatorlari esa so'g'dlarga Xitoy hududlarida ibodatxonalar qurishga va moniylikni targ'ib qilishga ruxsat beradi.

Moniy va uning izdoshlari o'z ta'limotlarini targ'ib qilishda san'atga, ayniqsa, uning musiqa va tasviriy san'at turlariga alohida e'tibor beradilar. Ular musiqa va tasviriy san'atning inson ruhiyatiga chuqurroq kirib borishi, dindorning nozik

tuyg'ularini o'zgartirishi va ag'dar-to'ntar qilib yubora olish qudratiga alohida e'tibor beradilar. Shu boisdan ular diniy marosimlarni o'tkazishda musiqa san'atidan keng foydalanadilar. Ibodatxonalarni bezashda esa tasviriy san'atga alohida o'rin ajratadilar, diniy sujetlardan keng foydalanishadi. Bu bilan Markaziy Osiyo va unga yondosh bo'lgan mintaqalar va davlatlar, jumladan sharqiy Turkiston va Xitoyda musiqa va tasviriy san'atning rivojlanishiga samarali ta'sir ko'rsatadilar.

Shuni alohida qayd etish lozimki, Turk xoqonligi davridagi haykaltaroshlik va qo'shiqchilik san'atlarining rivojlanishida buddaviylik va zardushtiylikning o'rni ham beqiyos katta bo'lgan. Sababi, buddaviylikda Budda ibodatxonalari va stupalar bezagida nafaqat terrakota haykalchalar, balki relyefli va gorelyefli haykallardan ham keng ko'lamda foydalanilgan. Mazkur haykallarda Budda va uning izdoshlari hisoblangan bodhisatvalarning haykallari yaratilib ibodat-xonalarga joylashtirilgan.

Zardushtiylik dini esa qo'shiqchilik san'atining rivojiga beqiyos darajada katta ta'sir ko'rsatgan. Chunki, zardushtiylar ibodatida Ahuramazda va boshqa ezgu kuchlar qo'shiq bo'lib kuylanuvchi goxlar (qo'shiqlar) orqali madh etilgan. Yovuz ruhlarga la'natlar o'qilgan. Boshqacha qilib aytganda, diniy madhiyalar va goxlarni birgalashib kuylash diniy marosimlar hamda bayramlarning sho'x-shodon va zavqli o'tishini ta'minlagan.

Oltoy hamda Janubiy Sibirdan ko'chib kelgan turkiy qavmlar o'rtasida shomonga e'tiqod qilish ham saqlanib qolingan. Chunki ko'chmanchi chorvador qavmlarda hali urug' jamoasi an'analari saqlab qolingan edi. Xuddi shuningdek, tuproq, suv, olov va havoni yaratgan Ko'k tangriga e'tiqod qilish, unga atab ot, sigir, va qo'y qurbonlik qilish marosimi ancha muhim bo'lgan. Shu o'rinda nima sababdan buddaviylik Markaziy Osiyo xalqlarining mustahkam diniy e'tiqodiga aylanmadi, degan savol tug'iladi. Axir buddaviylik hatto turkiy sulola-Kushonlar tomonidan davlat dini deb e'lon qilingan edi-ku?

Turklar azaldan tabiatning ayovsiz qarama-qarshiligi ostida yashaganlar. Ular iqlim sharoiti birmuncha mo'tadil bo'lgan hindlarga nisbatan injiq tabiat hodisalari va turli urushqoq qavmlar orasida yashaganlar. Ularning yumshoq

ko'ngil bo'lishi, yovga rahm-shafqat qilishi o'lim bilan baravar bo'lgan. Shimolning ayovsiz sovuqlariga, tabiatning turli xil sinovlari va har qanday qiyinchiliklarga dosh bera oladigan mustahkam iroda talab qilinar edi. Shu boisdan ham turklar o'z mijozlariga to'g'ri kelmagan Hindiston dinlarini qabul qilishga mutlaqo urinishmagan. Xususan, Budda dini VI – VIII asrlar davomida Markaziy Osiyoda tarqala boshlagan edi. Biroq Ko'k Turk hukmdori Bilga xoqon va uning vaziri To'nyuquq bu dinni yumshoqlik va miskinlikni targ'ib etgani, jangu jadalni va hayvon so'yishni man qilgani, xullas, turklarning hayot tarzlariga mos kelmagani uchun rad etdilar. Chunki Budda din millatning harb qudratini buzib, Chin (Xitoy) xavfiga yo'l ochishi mumkin edi. Shuning uchun ham turklar har bir ishda milliy xususiyat, ehtiyoj va andishalardan kelib chiqib ish qilishardi. Ayni choqda IX asr arab mutafakkiri Johizning: «Moni dinini qabul etgan uyg'urlar jang qobilyatini yo'qotdi – degan ta'kidini eslamoq joiz.

Shomoniy turklar jang asnosida dushmanni o'ldirishni gunoh emas, balki savob hisoblashardi. Shuning uchun ham Ko’k turk xoqonlari va beklari o'ldirilgan yog'iy (dushman) urug'larining chirkin haykallarini (balballarini) o'z mozorlari yoniga tiklashib, bularning oxirat uchun foydali bo'lishiga shubha qilmasdi. Bu ham ularning jangovarligidan bir shohidlik beradi.

Demak, tabiat sinovlariga zo'r matonat bilan dosh bergan, yovlarga nisbatan beshafqat bo'lgan turklar tabiatiga buddaviylikdagi azob-uqubat haqidagi ta'limot - tug'ilish, yashash, kasallik va o'lim azob – uqubatdan iborat ekanligi, azob- uqubatga faqat taqvo, tinimsiz ibodat bilan shug'ullanish yo'li orqali chidash mumkinligi haqidagi ta'limot to'g'ri kelmas edi.

Turkiy qavmlarning olovga e'tiqodi nihoyatda yuqori bo'lgan. Chunki ularning tasavvuriga ko'ra olov tozalovchilik xususiyatiga ega. Qadimgi Turklarda qavmga begona bo'lgan kishi ular yashayotgan hududga kirganda yoki qavm oqsoqoli (hukmdori) huzuriga kirayotganida albatta ikki olov orasidan o'tish shart bo'lgan. Firdavsiyning Shohnoma asarida ham Siyovushning o'z o'gay onasining hayvoniy hirsini rad etganligi uchun nohaq ayblanishi, otasiga o'zining begunoh ekanligini olov o'rtasidan ziyon-zahmat chekmasdan o'tishi orqali isbotlaganligini

hikoya qilinadi. Turk xoqonligi davriga kelib, Buddaviylik markazlari O'rta Osiyoning madaniy jihatdan birmuncha rivojlangan markazlari Buxoro, Balx va Bomiyonda saqlanib qolingan. Arablar istilosi arafasida Buxoro hududida ko'plab buddaviy ibodatxona (Vihara)lar saqlanib qolingan. Arablar Poykent shahrini ishg'ol qilganlarida shahardagi ibodatxonalarda kumushdan yasalgan budda butlarini to'plab eritadilar.

Islom dinining Turk xoqonligi hududiga kirib kelguniga qadar, mamlakatda turli xil bayramlar nishonlangan. Movarounnahr islomlashtirilgunicha O'rta Osiyo xalqlari turli xil bayramlar, sayillar va marosimlarni o'tkazganlar. O'rta Osiyo xalqlarining asosiy odat, marosim va bayramlari koinot, tabiat, fasllar va mehnat faoliyati bilan bog'liq bo'lgan. Ajdodlarimiz borliqdagi muhim to'rt narsa (quyosh, havo, yer, suv)ni aniqlash bilan bir qatorda, ular bilan bog'liq to'rt ulug' kunni ham belgilab, nishonlashga odatlanishgan. Masalan, tabiatning Uyg'onish kun-tun tengligi, dala ishlarining boshlanishi pallasida Navro'z; yozda – quyosh tik bo'lib, tun qisqarib, kunning uzayishi davom etganida, havo harorati yuqori darajaga ko'tarilib suvga ehtiyoj kuchayganida suvga bag'ishlangan tadbir – Angom (Vaxshangom); kuzda kun-tun tenglashib yilning ikkinchi yarmi boshlanganida – dehqonlar daladagi hosilni yig'ib olgan vaqtda Mehrjon (Chir-ruj, Nim-sarda); qishda – eng uzoq tun va qisqa kun sodir bolib, sovuq avjiga chiqqanida (qishki chilla) isitishga ehtiyoji kuchaygan paytda Sada-Olov bayrami (gulxanlarda isinish) kabilarni uyushtirishgan.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə