Respublikasi


MAVZU: O’ZBEKISTONNING MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI FANIGA KIRISH. IBTIDOIY DAVR MADANIYATI



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə3/56
tarix15.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#85503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
fayl 1854 20210917

MAVZU: O’ZBEKISTONNING MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI FANIGA KIRISH. IBTIDOIY DAVR MADANIYATI


Reja:

  1. O’zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi fanining predmeti, maqsad va vazifalari.

  2. Ibtidoiy davr madaniy bosqichlari.

  3. Ibtidoiy davrning ma`naviy madaniyati.



Mavzuning o’quv maqsadi: Talabalarga O’zbekistonning madaniyati va san’ati fanining maqsadi va vazifalari, ibtidoiy davrning madaniy bosqichlari hamda ma’naviy madaniyati haqida ma’lumot berish.
O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fanining predmeti, maqsad va vazifalari. O’zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi kursi madaniyatimizning rivojlanish umumiy qonuniyatlarini o`rgatadi. O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fanining predmeti O’rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi zamonlardan to xozirgi kunlargacha bosib o`tgan uzoq va murakkab tarixiy yo`lini, madaniy va ma`naviy hayotini xolisona o`rganish va tushuntirishdan iborat. Mazkur kursning asosiy vazifasi insonning tabiat va jamiyat bilan birgalikdagi faoliyati hamda kishilarning ma`naviy turmushiga oid barcha jarayonlarni tadqiq qilishdan iborat.

Madaniyat-insonlardan ijodiy faoliyat tufayli yaratilgan moddiy va ma`naviy boyliklar majmuasiga aytiladi. Madaniyat atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotida rang-barang ma`noni anglatadi. U lotincha “ishlov berish, parvarish qilish” ma`nosini anglatsa, keyinchalik “ma`rifatli bo`lish, tarbiyali, bilimli bo`lish” mazmunida ishlatiladi. O`zbek tilida ko`p ishlatiladigan “madaniyat” atamasi arabcha “madaniy” – “shaharlik” degan ma`noni anglatadi. Madaniyat insonni to`la qonli faoliyati “Inson tomonidan yaratilgan muhit”, “Insoniyat yaratgan moddiy va ma`naviy qadriyatlar majmuidir”. Madaniyat tushunchasi XX asrga kelib ijtimoiy va gumanitar fanlar tizimidan o`rin oldi.

Insoniyat jamiyat doimiy raqvishda rivojlanishda bo`lib, o`zgarib takomillashib boradi. Turli tarixiy davrlarda xilma xil madaniyatlar mavjud bo`lib, insonlar dunyoning o`zgacha anglagan va qabul qilgan. Madaniyat jamiyatning mahsuli ijtimoiy hayotining muhim jabxalaridan biri. Madaniyatsiz jamiyat bo`lmagandek, madaniyat ham jamiyatdan tashqarida bo`lmaydi.

Jamiyat madaniyatni vujudga keltiradi. Jamiyat boyib borsa, madaniyat ham yuksaladi. Alohida bir shaxsning alohida madaniyati bo`lmaydi. Shaxs muayyan jamiyatdagi madaniy muhitda yashaydi va madaniyati shaqllanadi. Madaniyat va san’at evolyusiyasi, bir tomondan, va O‘zbekiston davlatchiligining rivojlanishi ikkinchi tomondan, bu tarixiy jarayonning uzluksizligi izchilligi va o‘zaro shartlanganligi haqida guvohlik beradi. Tarixiy rivojlanish jarayonida mafkuraviy

«funksiyaning roli ortib boradi va yangi davrga kelib davlat qurilishi uning ma’naviy negizini tashkil etuvchi eng muhim jihatini belgilagan holda etakchilik qiladi. Madaniyatning muayyan ko‘rinishi davlatchilik rivojining ma’lum bosqichiga muvofiq keladi. Mavjud ma’lumotlar tahlili davlatchilikning rivojlanishi ma’nosida O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixida bir qancha davrlarni ajratish imkonini beradi.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə