Respublikasi


MAVZU: XVI-XIX ASRLAR MADANIYATI



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə34/56
tarix15.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#85503
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56
fayl 1854 20210917

MAVZU: XVI-XIX ASRLAR MADANIYATI


Reja:

  1. Ijtimoiy-madaniy hayot va uning asosiy xususiyatlari.

  2. Falsafiy tafakkur va tarix fanlari rivoji.

  3. Adabiy-badiiy jarayon.

  4. Me'morlik va musiqa madaniyati.

  5. Markaziy Osiyo hududidagi uch xonlik va madaniy hayot.



Mavzuning o’quv maqsadi: Talabalarga XVI-XIX asrlarda o’zbek xonliklari davrida ijtimoiy-madaniy hayot va uning asosiy xususiyatlari, tarix fanlari rivoji, adabiy-badiiy jarayon, me’morchilik va musiqa san’ati taraqqiyoti haqida ma’lumot berish.


  1. asr oxirlariga kelib temuriyzodalarning o'zaro taxt talashishlari Xuroson va Movarounnahr ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Siyosiy tanglik avj olib, madaniy hayot izdan chiqdi. Dehqonchilik, savdo-sotiq va boshqa hududlar bilan bo'ladigan madaniy aloqalarga putur yetdi. Movarounnahr mayda hokimliklarga bo'linib ketdi. Temuriyzodalar hokimiyatni qo'lga kiritish uchun Dashti Qipchoqda hukmronlik qilayotgan ko'chmanchi o'zbek va mo'g'ul xonlariga murojaat qila boshiadilar.

Iqtisodiy va siyosiy tanglik ko'pdan beri Movarounnahrga ko'z olaytirib turgan ko'chmanchi o'zbek xonlari, dastlab Abulxayrxonga, so'ngra uning nabirasi Muhammad Shayboniyxonga qo'l keldi. Abulxayrxon temuriyzoda Abusaidga Samarqand tojini qo'lga kiritishga yordam bergan bo'lsa, Muhammad Shayboniyxon Sulton Ali Mirzoga yordam berish bahonasida uni qatl ettirib. Samarqand taxtini egalladi va Bobur Mirzo kuchlarini maglub etib, Movarounnahming yagona hukmdori bo'lib oldi. 1507-yili Hirot taxtini egallab, yirik Shayboniylar imperiyasiga asos soldi.

Muhammad Shayboniyxon o'z davlatini mustahkamlab olgach, mamlakatning iqtisodiy hayotini yaxshilashga, uni ichidan mustahkamlashga

qaratilgan bir qator islohotlar o'tkazdi. Dehqonchilikning rivojlanishiga yordam beruvchi yer to'g'risida, vaqf masalalari bo'yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi. O'zaro taxt talashishlar natijasida tinch joylarni izlab, o'z yerlarini tashlab ketgan kishilarning qarovsiz yerlarini masjidlar, madrasalarga vaqf mulki sifatida berdi. 1502-yilda Zarafshon vohasida qaqrab va qarovsiz yotgan yerlarda dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida Ko'hak (Zarafshon) daryosiga suv-ayirgich va ko'prik qurdiradi. Mamlakatning ichki birligini mustahkamlash uchun 1507- yilda barcha hududiy hukmdorlar zarb qildirayotgan pullarni bekor qilib, pul islohotini amalga oshiradi. Bu esa savdo-sotiqning rivojlanishiga, mamlakat siyosiy-iqtisodiy mavqeyining oshuviga yordam beradi.

Bu davrda to'qimachilik, kulolchilik, duradgorlik, metallga ishlov berish, qog'oz va mato ishlab chiqarish taraqqiy etdi. Shuningdek, xalq amaliy san'atining yog'och, tosh, metall o'ymakorligi, kandakorlik. naqqoshlik, xattotlik rivoj topdi. Samarqandda yuqori sifatli qog'oz ishlab chiqarish yanada yuksaldi. Ipak qog'ozi deb ataluvchi oliy nav qog'ozlar asosan ipak paxtadan aralashtirib tayyorlangan. Samarqandlik usta Miribrohim “Sultoniy” va “Miribrohimiy” nomli qog'ozlarni ishlab chiqarish bilan mashhur bo'lgan.

Samarqand qog'ozlarining keng ko'lamda ishlab chiqarilishi kitobat san'atining taraqqiy etishiga, o'z navbatida, Movarounnahrning ko'pgina madaniy jihatdan yuksalgan shaharlaridagi madrasalar qoshida hamda boy-badavlat kishilar tomonidan tashkil etilgan kutubxonalarning ko'payishiga olib keldi. Bu kutubxonalarda nodir qo'lyozmalar bilan birga tarix, tilshunoslik, adabiyot, geografiya, falsafa, mantiq, fiqhshunoslik, notiqlik, tibbiyot, matematika, astronomiya kabi ko'plab fan sohalariga oid kitoblar to'plangan.


  1. asrdan boshlab Shayboniy hukmdorlar, ayniqsa, Abdullaxon Soniy savdo-sotiqning rivojlanishiga alohida e'tibor berdi. Hindiston, Xitoy, Eron, Rusiya va boshqa davlatlar bilan savdo-sotiq aloqalari rivojlandi. Movarounnahrda ishlab chiqarilgan to'qimachilik buyumlari, ayniqsa, ip va ipak gazlamalar, kimxob, gilam, metall buyumlar savdo-sotiqning asosiy manbayi hisoblangan.

Shayboniylar davri madaniyatining rivojiga bevosita sulola vakillarining o’zlari sezilarli ta’sir ko'rsatdilar. Chunki sulolaning Muhammad Shayboniy, Ubaydullaxon, Rustam Sulton, Abdulazizxon, Abdullaxon Soniy va boshqa hukmdorlarining o'zlari o'qimishli kishilar bo'lishib, hatto she’riyatda qalam tebratganlar. Tarixiy ma’lumotlarga ko'ra, Ubaydullaxon musiqa asboblarida kuy chalishning ustasi, nozikhusnixat sohibi bo’lgan. Shu boisdan Abdulazizxon va Abdullaxonlar o'z davrining yetuk kutubxonalarini tashkil etganlar. Kutubxonalar qoshida qo'lyozma asarlardan nusxa ko'chiruvchi, eskilarini ta'mirlovchi xattotlar va ustalar faoliyat ko'rsatganlar.

Bu davr madaniyatining asosiy xususiyati – diniy mafkuraning davlat mafkurasiga aylanganligidir. Shu boisdan diniy mafkurachilarni tayyorlovchi diniy madrasalar faoliyatiga alohida e’tibor bilan qaralgan. Movarounnahrning ko'pgina shaharlarida (masalan, Buxoro, Samarqand, Toshkent va boshqa shaharlarida) yangi madrasalar bunyod etildi. Mazkur madrasalarda nafaqat sof teologik fanlar o’qitilgan, balki axloqshunoslik, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, matematika, astronomiyaga oid fanlar ham o'qitilgan.

Taxt tepasiga kelgan hukmdorlar izdan chiqib borayotgan ma’naviy hayotni qaytadan izga solish, ma’naviy tanazzulning oldini olish maqsadida o’sha davrda juda katta obro’ga ega bo’lgan shayxlarning yordamiga suyanishga majbur bo’ladilar. O’z navbatida, shayxlar mamlakatning siyosiy hayotiga bevosita o’z ta’sirini ko’rsata boshlaydilar. Masalan, Juybor qishlog’ilik mashhur shayxlar shayboniylar davrida ham, ashtarxoniylar davrida ham jamiyatning ma'naviy hayotini o’z qo’llariga oldilar.

XVI asrdan boshlab madaniy taraqqiyot, ilm-fan, adabiyot va san’atning rivoji nafaqat umumjahon, balki mintaqa darajasidan ham pastga tusha boshlaganligi ko’zga tashlanadi. Mutaassiblikka yuz tutgan dinning ma’naviy hayotga ko’rsatadigan ta’siri natijasida madaniyat milliy mahdudlik qobig’iga o’rala boshladi. Natijada Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining ta’sir doirasi toraya bordi. Shuningdek, bu davr madaniy taraqqiyotining susayishiga, eng avvalo, Shayboniylarning qisqa muddatli bo’lsa-da, o’zaro taxt talashishlari ham

ta’sir ko’rsatdi. Natijada XVI asrdan boshlab Movarounnahr va Xuroson hududlarida faoliyat ko’rsatayotgan ko’pgina olimlar, shoirlar, san’atkorlar tinch joylarni izlab Eron va mo’tadil siyosat yurgizayotgan Boburiylar huzuriga – Hindistonga yo’l oladilar. Faqatgina Abdullaxon Soniy davriga kelib Movarounnahr madaniy hayotida ijobiy o’zgarishlar ro’y bera boshladi. Osoyishta hayotning boshlanganligi bilan birga, Boburiylar davlati bilan Movarounnahr o’rtasida madaniy aloqalarning yo’lga qo'yilishi bu rivojlanishning asosiy sabablaridan edi. Natijada Boburiylar huzuriga ketib qolgan, lekin hali o’z ona vatanlaridan butkul ko’ngil uza olmagan shoirlar, olimlar va san’atkorlar yana Movarounnahrga qaytib kela boshlaydilar.

Shayboniylar davri madaniyatining o’ziga xos xususiyatlaridan biri – Shayboniylarning ko’chmanchi va yarimko’chmanchi hayot tarzining ijtimoiy- siyosiy, madaniy-ma'naviy hayotga ta’sir ko'rsatganligidir. Chunki bunday hayotga o’rgangan sulolalarda, birinchidan, ilm-ma'rifatning asosiy yadrosi (o’zagi) hisoblangan tabiiy fanlar rivojiga bo’lgan qiziqish yuqori darajada bo’lmaydi. Ikkinchidan, ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi hayotdan o’troq hayotga o’tayotgan kimsalarda ko’proq yangi diniy e’tiqodga bo’lgan ixlos nihoyatda baland bo’ladi. Xuddi shuningdek, Shayboniy, so’ngra Ashtarxoniy sulolalari hukmdorlarida ham islom diniga ixlos yuqori darajada bo’lgan. Shu boisdan ular Movarounnahr taxtiga o’tirganlaridan so’ng bu yerda hukmron mavqega ega bo’lgan sufiylik – Naqshbandiylik tariqatiga, uning talablari va qonunga kirgan “pir-murshid” tamoyiliga katta ixlos bilan qaradilar (bo’ysunadilar) va oxir-oqibat o’zlarining inon-ixtiyorlarini Juybor shayxlari qo’liga tutqazdilar.

Har bir davrda kishilar va jamiyat o’rtasidagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy- axloqiy vaziyatni barqarorlashtirib turuvchi ijtimoiy institutlar faoliyat ko’rsatib kelgan. Aynan islom dini XVI asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha mazkur vazifani bajargan. Islom dini arboblari jamiyatdagi o’zaro nizolarni, oddiy xalq bilan yuqori tabaqa o’rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etuvchi va barqarorlashtiruvchi asosiy kuch bo’lgan. Davlatni boshqarishda bevosita ishtirok etuvchi diniy arboblar, yirik-yirik yer egalari, mahalliy hokimlar, sarkardalar va

boy-badavlat kishilar o’rtasida o’sha davrda tez-tez ro’y berib turadigan kelishmovchiliklar va nizolarni bartaraf etishib, sulolalar vakillarining o’zaro taxt talashishlarining oldini olishga harakat qildilar, ularni birlikka da’vat etdilar.

XVI asrdan boshlab sufizm (naqshbandiya tariqati)ning yirik vakillari davlatni boshqarishda faol ishtirok eta boshladilar. Natijada davlatni boshqarishda katta kuchga ega bo’lgan shayx ul-islom (jamiyatni boshqarish me’yorlarini ishlab chiquvchi, boshqaruv organlari qarorlarining to’g'riligini, avvalo, Qur’on, so’ngra hadislar bilan qiyoslovchi), mufti (diniy huquq va huquqiy masalalarga fatvo beruvchi) va bosh qozi (jinoyat va jazo masalalarini, ya'ni jinoiy ishlarni ajrim qiluvchi) kabi mansab egalari hukmdorlar (Shayboniylar va Ashtarxoniylar)ning pirlari, hukmdorlar esa ularning muridlari hisoblangan.

Davlatni boshqarishda Buxoro yaqinidagi Juybor qishlog’ida istiqomat qiluvchi Muhammad Islom Jaloliddin Kosoniy (Mahmudi A’zam nomi bilan mashhur bo’lgan), Hoji Muhammadamin, Hoji Hoshimiy, Abu Rahim, Tojiddin Hasan, Xoja Saad; Samarqandda istiqomat qilib jamiyat ma’naviy hayotida muhim rol o’ynagan Xoja Ahror Valiy (asli Toshkentda tug’ilgan) va uning nabirasi Bakirxo’jalar; XV asrning 80-yillarida Movarounnahrga kelib Xoja Ahror Valiyning izdoshi va muridi bo’lgan Mir Arab (asli Yamanda tug’ilgan va Movarounnahrga kelib, Turkistondagi Sayram shahrida yashagan) Abdulloh at- Arabi al-Yamanlilar katta ta’sir kuchiga ega bo’lganlar.

Ikkinchi tomondan, naqshbandiylar sufiylar (o’z davrida Yassaviylik ham, Kubroviylik ham) millat ajratmasdan mahalliy o’troq, ko’chmanchi va yarim- ko’chmanchi xalqlarning azaliy an’analari va turli diniy ibodat unsurlarining umumlashuvi hamda fors, arab va turkiy xalqiar madaniyatlarining o’zaro uyg’unlashib, hozirgi milliy madaniyatimizning shakllanishi hamda rivojlanishida muhim rol o’ynagan.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə