Respublikasi


MAVZU: MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA MADANIY HAYOT VA SAN’AT



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə44/56
tarix15.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#85503
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56
fayl 1854 20210917

MAVZU: MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA MADANIY HAYOT VA SAN’AT


Reja:

  1. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining qo’lga kiritilishi.

  2. Madaniyat sohasida milliy g’oya ifodasi.

  3. Mustaqillik yillarida ma’naviy va tarixiy merosning tiklanishi.

  4. O’zbekistonda madaniyat va san’at taraqqiyoti.



Mavzuning o’quv maqsadi: Talabalarga O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi, uning tarixiy ahamiyati, mustaqillik yillarida O’zbekistonda madaniyat, san’at va ilm-fan sohalarida qo’lga kiritilgan yutuqlar haqida ma’lumot berish.
Har bir ijtimoiy tuzum o'zi uchun qulay madaniyat tizimini yaratadi. Mustabid sovet tuzumi davrida kommunistik mafkuraga xizmat qiladigan yagona markazlashtirilgan madaniyat tizimi yaratilib, unga kommunistik partiya rahbarlik qilar edi. Sovetlarga madaniyat asosan kommunistik g'oyalarni targ'ib qilish, o'z hokimiyatini mustahkamlash uchun kerak edi. Kommunistlar mamlakatda o'ziga xizmat qiladigan va mavqeyini mustahkamlaydigan sotsialistik madaniyatni rivojlantirish uchun mablag'ini ayamasdi.

O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy, siyosiy islohotlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda ma’naviy merosimizni, madaniy qadriyatlarimizni tiklash va ularni xalqimizga yetkazish borasida keng ko’lamda faoliyat olib borilmoqda.

Madaniy meros – qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota- boboblarimizdan bizgacha yetib kelgan ma’naviy boyliklar – siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq – odob me’yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari majmuidir. Har bir avlod ma’naviyatni yangidan yaratmaydi, mavjud ma’naviy merosga tayanadi, biroq uni qanday bo’lsa shundayligicha, ko’r-ko’rona qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtai nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi.

O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng demokratik fuqarolik, odil jamiyat qurish maqsad qilib olindi. Madaniyat komil insonni shakllantirishga xizmat qila boshladi. Bu borada ulkan tarixiy va jahonshumul ishlar amalga oshirildi. Jumladan:



  • qadimiy tariximizning haqqoniy, chuqur va har tomonlama o'rganilishi, tarixiy mavzulardagi sovet davrida taqiqlangan asarlarning chop etilishi xalqimiz milliy-tarixiy ongini shakllantirishda muhim rol o'ynamoqda;

  • sovetlar davrida man qilingan yoki cheklangan madaniy qadriyatlar: tarixiy xotira, milliy ong, milliy ruh, diniy e'tiqodlar, xalq odatlari, davlat tili, xalq ijodi, milliy o'yinlar, tarixiy me'morchilik san'ati, ko'pgina an'anaviy ijod turlari tiklandi;

  • xalq odatlari, marosimlari va bayramlari (Navro'z, Ro'za hayiti, Qurbon hayiti kabilar)ning tiklanishi va yangi bayramlar (Mustaqillik kuni, O'qituvchi va murabbiylar kuni, Xotira va qadrlash kuni kabilar)ning joriy etilishi xalq ma'naviy hayotiga yangi ruh va mazmun bag'ishlamoqda;

  • diniy qadriyatlarning tiklanishi, eski machit va madrasalaming ta'mirlanishi, yangilarining barpo etilishi, diniy adabiyotlar nashr etilishiga keng imkoniyatlar yaratilishi respublikamizda vijdon erkinligini ta'minlamoqda;

  • o'zbek tilining davlat tili darajasiga ko'tarilishi dilni quvontirmoqda. O'z navbatida, jahon tillarini o'rganish ehtiyoji bizni olamga “yuz tutishimiz”ga, jahon hamjamiyatiga qo'shilishga, umuminsoniy qadriyatlarni yanada kengroq o'zlashtirishimizga yordam bermoqda;

  • xalq ijodi, milliy amaliy san'atimiz jonlanib, rivoj topib. Vatandoshlarimiz va xorijliklarni lol qoldirmoqda. Xalq ijodi bo'yicha respublika va xalqaro anjumanlarning o'tkazilishi, ajdodlarimiz merosi, milliy-axloqiy madaniyat durdonalari yoshlarni tarbiyalashda muhim omil bo'lmoqda. Bu borada o'tkazilayotgan rang-barang tadbirlar, jumladan, xalq hunarmandchiligi va tasviriy san'at ko'riklari, oilaviy ansambllar va lapar ijrochilari tanlovlari, “Alla” ijrochilarining ko'riklari, folklor-etnografik ansambllar festivallari, dorbozlar, an'anaviy sirk san'ati, qo'g'irchoq teatri jamoalarining ko'rik-tomoshalari, qadimiy

qo'shiqlar, urf-odatlar va marosimlar namoyishlari kabi boshqa ko'plab anjumanlar vatanimizda xalqimizning boy ijodiy merosiga katta e'tibor berilayotganligidan dalolat beradi.

  • Respublikamizda madaniyat sohasining yangi tizimi vujudga kela boshiadi. Jumladan, Respublika “Ma'naviyat va ma'rifat kengashi”, “Ta'lim markazi”, “O'zbekkino”, “O'zbeknavo”, “O'zbekraqs”, “O'zbekmuzey”, “O'zbekteatr”, “Badiiy akademiya”, “Milliy madaniy markazlar” kabi ko'plab madaniy-ma'rifiy tashkilotlarning tuzilishi respublika ma'naviyati asosiy sohalarining ravnaq topishiga zamin bo'ldi.

  • ko'plab nodavlat, notijorat tashkilotlari vujudga keldi.

Jahon madaniyatiga munosib hissa qo'shgan ajdodlarimiz vakillari tavalludlarining yirik sanalarini nishonlash ham xalqimizning eng ulug'vor an'analariga aylanmoqda. Masalan, YUNESKO orqali xalqaro miqyosda:

  • 1993-yil - Bahouddin Naqshbandiyning 675 yilligi;

  • 1993-yil - Zahiriddin Muhammad Boburning 510 yilligi, 2003 y. 520 yilligi:

  • 1994-yil - Mirzo Ulug'bekning 600 yilligi, (Samarqand, Parij);

  • 1995-yil - Mahmud Zamahshariyning 920 yilligi;

  • 1995-yil - Najmiddin Kubroning 850 yilligi;

  • 1996-yil - Amir Temurning 660 yilligi (Samarqand, Parij);

  • 1998-yil - Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi;

  • 1998-yil - Ahmad Farg'oniyning 1200 yilligi;

  • 2000-yil - Burhoniddin Marg'inoniyning 910 yilligi;

  • 2000-yil - Kamoliddin Behzodning 545 yilligi;

  • 2001 -yil - Alisher Navoiyning 560 yilligi;

  • 2003-yil - Abdulxoliq G'ijduvoniyning 900 yilligi kabi buyuik ajdodlarimizning yubileylari, shuningdek:

  • 1999-yil – “Alpomish” eposining 1000 yilligi (Termiz);

  • 2001-yil – “Avesto”ning 2700 yilligi (Urganch);

  • 2005-yil - Ma'mun akademiyasining 1000 yilligi (Xorazm) kabi sanalarga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazildi.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə