Respublikasi


O’zbek xalqi an'anaviy madaniyati



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə47/56
tarix15.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#85503
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56
fayl 1854 20210917

O’zbek xalqi an'anaviy madaniyati. Mustaqillikka erishgan har bir davlatning ma'naviy poydevori mustahkam bo'lgandagina, u baquvvat bo'lib, keng ko'lamda rivojlana oladi. Buning uchun esa ajdodlar ming yilliklar ichida yaratgan bebaho meros – xalq madaniyati an'analarini yanada jonlantirish, taraqqiy ettirish va uiardan aql-idrok bilan foydaianish lozim bo'ladi. Biroq ma'naviy merosni

chuqur. har tomonlama o'rganmasdan turib, bu bebaho boylikni tiklash, ayniqsa, rivojlantirish aslo mumkin emas.

Ayonki, sobiq sho'ro hokimiyati davrida, mamlakatda tezroq yagona sovet xalqini shakllantirish maqsadida milliy xususiyatga ega bo'lgan qadriyatlar, milliy ong, ruhiyat, xalq odatlari, an'anaviy madaniyat kabi hodisalar rasmiy-norasmiy taqiqlandi.

Mustaqillikka erishgan har bir millat, avvalo, o'zligini tiklashga harakat qiladi. Chunki istilochilar, eng avval, o'z mustamlakasidagi xalqning ma'naviy o'zligini yo'q qilishga intiladi. Millatning ma'naviy o'zligini esa milliy ong, ruh, an'analar, til, din, adabiyot, axloq, ilm-fan, ma'rifat kabi ma'naviy qadriyatlar vujudga keltiradi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so'ng eng dastlabki ishlardan biri, bu - tarixiy-ma'naviy qadriyatlarni tiklash bo'ldi.

“Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko'p asrlar mobaynida yaratib kelingan g'oyat ulkan, bebaho ma'naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan nihovatda muhim vazifa bo'lib qoldi”, deb ta'kidlagan edi O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov. Darhaqiqat, mustaqillik tufayli amalga oshirilgan tarixiy buyuk ishlardan biri – bu xalqimizning ma'naviy merosini tiklana boshlagani bo'ldi.

Mustaqil O'zbekistonda ma'naviy islohotlar negizida milliy qadriyatlarning tiklanishi. Ma'naviy qadriyatlarimizni tiklash o'z-o'zidan bo'layotgani yo'q, albatta. U, eng avvalo, mustaqillik sharofati bilan vujudga kelgan tarixiy ehtiyojlar asosida ma'naviyat va ma'rifat sohasidagi islohotlar zamirida sodir bo'lmoqda. Ma'naviy sohadagi islohotlar doirasida muhim ishlaramalga oshirila boshladi. Eng muhimi, Respublikamizda “Ma'naviyat va ma’rifat” Kengashi tuzildi va uning markazlariga yuklatilgan vazifalar yurtimizda ma'naviyat masalalarini yuksaltirishga qaratildi.

Ma'naviyatni rivojlantirish – davlatning bosh vazifasi deb qarash sohaning jiddiy taraqqiy etishiga zamin bo'ldi.

O'zbekiston Prezidentining avvaldagi «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish

to'g'risidagi (1996-y) farmonida “Ma'naviy-ma'rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustuvor yo'nalishi deb hisoblansin”, - deb qayd qilindi.

Kino. Mustaqillik yillarida milliy kino san’atini rivojlantirishga ham alohida etibor qaratildi. Dastlabki davrdagi moliyaviy qo‘llab-quvvatlashlar 2004-yili “O‘zbekkino” milliy agentligi tashkil etilgandan keyin yangi bosqichga ko‘tarildi.

2017-yil kino san’ati uchun ham muhim yil bo‘ldi. Birgina shu yilning o‘zida “O‘zbekkino” milliy agentligiga davlat budjetidan 12 milliard 400 million so‘m ajratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 29-dekabr kuni milliy kino san’ati xodimlari va mutasaddilari bilan uchrashdi. Unda kino san’atining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, madaniyat va san’at yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari, tajriba va malaka oshirishini tashkil etish, hududlarda kinoteatrlar qurish, ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, kinematografiya sohasini rivojlantirish borasida qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash, xorijiy kinostudiyalar va kinoijodkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash, ular bilan hamkorlikda filmlar yaratishni yo‘lga qo‘yish ta’kidlandi.



Muzey. Millatimizning o‘zligini anglashda hamda milliy, tarixiy qadriyatlarimizni tiklashda muzeylar alohida o‘rin tutadi. Muzeylar orqali o‘tmishni, tarixni ko‘rish, eslash, sezish, o‘rganish mumkin. Shu boisdan ham, mustaqillik yillarida mavjud muzeylarni ta’mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e’tibor berildi. 1996-yili Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Olimpiya shon-shuhrati, 2002-yili Qatag‘on qurbonlari xotirasi, Surxondaryo viloyatining markazi - Termiz shahrida Arxeologiya muzeyi ish boshladi. O‘zbekiston Prezidentining 1998-yildagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi.

Muzeylar davlat muhofazasiga olindi, ularni ta’mirlash, muzey eksponatlarini boyitish davlat budjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo‘llab- quvvatlandi. Muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish, moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1998-yilda

“O‘zbekmuzey” Respublika jamg‘armasi tuzildi. Aholining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko‘maklashuvchi “Moziydan sado” jurnali ta’sis etildi va u 1999-yildan boshlab o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. Yoshlar ma’naviyatida muzeylarning ahamiyati hisobga olinib, 2014-yil Vazirlar Mahkamasining qarori bilan haftaning seshanba va juma kunlari bolalar va ularning ota-onalariga bepul xizmat ko‘rsatish, har yili 2-8 sentabr kunlari “Muzeylar haftaligi”ni tashkil etish belgilandi.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə