Respublikasi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə50/56
tarix15.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#85503
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56
fayl 1854 20210917

Tasviriy san'at. Mustaqillik davri rangtasvir san'ati turli-tuman uslublar ko'lamining kengligi bilan farqlanadi. Akademik realizm, dekorativizm, milliy romantizm, abstraksionizm, instalyatsiya ko'rinishlari ko'p jihatdan ijodiy dunyoqarashning kengayishidan dalolat beradi. 1997-yilda O'zbekiston Badiiy akademiyasining tashkil etilishi tasviriy san'atning turli sohalarini rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo'ldi. Mustaqillik davrida tasviriy san'atning turli sohalari va janrlari rivojlanib bordi. Masalan. ushbu davr haykaltaroshligida, asosan, tarixiy siymolar gavdalandi va ularning soni ko'payishi barobarida uslub jihatlarining yangilanishi ham bir qator asarlarda ko'zga tashlandi. A.Rahmatullayev, L.Ryabsev, F.Jabborov, R.Mirtojiyev, J.Kuttimurodov, K.Norxo'rozov kabi

haykaltaroshlar mahobatli, A.Xotamov, E.Esanov, S.Sharipov kabi rassomlar esa dastgohli haykaltaroshlikni rivojlantirishga harakat qilishdi.

Tasviriy san’at uchun mustaqillik keng imkoniyatlar yaratib berdi. Avvalo, 1997-yilda O‘zbekistonda birinchi bor Badiiy akademiya tashkil etildi. 2002-yili Toshkent foto uyi, 2004-yili O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi, 2005-yili O‘zbek liboslari galereyasi, 2006-yili Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi ish boshladi. Mamlakat Prezidentining 1997-yil “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida amaliy bezak san’ati ahamiyatini oshirish, qo‘lda ishlanadigan badiiy buyumlarni tayyorlashda davlat tomonidan madad berilish choralari belgilandi. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni ta’sis etildi, “Hunarmand” uyushmasi tashkil qilindi. Qolaversa, hunarmandlar daromad solig‘idan ozod etildi.

Mustaqillik yillarida uslubiy jihatdan o'ziga xos rassomlar guruhi shakllandi. Rassomlar ijodida jiddiy evrilishlar sodir bo'lmoqda. Yangi plastik izlanishlarda ertagu dostonlar, xalq og'zaki ijodiyoti, turli xil rasm-rusum va marosimlar bilan bog'liq belgilar hamda ramzlar ular rangtasvirining yangi bosqichini belgilab berdi, Ushbu davrda serqirra ijod qilgan rangtasvirchilardan R. Ahmedov, N. Qo'ziboyev,

R. Choriyev, M. Nabiyev, A. Ikromjonov, B. Jalolov, S. Raxmetov, A. Mirzayev,

N. Shin, V. Oxunov, J. Umarbekov, S. Alibekov, A. Isayev, J. Usmonov, N. Shoabdurahimovlami keltirib o'tishimiz mumkin. Bu davrdagi mahobatli san'atning rivojlanishi ijodiy erkinlik, badiiy merosimizni boy an'analariga murojaat qilish bilan bog'liq. Yangi ma'muriy-ijtimoiy inshootlar, ko'hna binolarni qayta ta'mirlash hamda yangi shahar ansambllarini barpo etish ishlarining jadallashib ketishi bilan mahobatli rangtasvirchilar ijod vositalarining yangi imkoniyatlarini qidirib topishga bo'lgan yondashuvlari sezilarli darajada faollashdi. Mahobatli san'at sohasida ijodiy izlanishlar olib borgan rassomlardan A. Aliqulov,

O. Xabibullin, “Sanoyi-nafisa” guruhi, A. Buxorboyev, A. Axmedshin kabi rassomlarni aytishimiz mumkin.

Mustaqillik yillaridagi ko'rgazmalarda M.Nabiyev, A.Ikromjonov, R.Choriyev, R.Ahmedov. N.Qo'ziboyev, N.Shin, B.Boboyev, J.Umarbekov, B.Jalolov, VBurmakin, L.Ibrohimov, haykaltaroshlar A. Hotamov, T.Tojixo'jayev, D.Ro'ziboyev, M.Borodina, grafik rassomlar M.Kagarov, A.Mamajonov, M.Sodiqovlar, yosh rassomlar D.Oxunboboyev, A.Ivanova, A.Nikolayev, M.Aliyev, V.Nechayeva, X.Ziyoxonov, X.Inog'omova, G.Alimatova, A.Nurshina, K.Boboyev kabi ko'plab taniqli san'atkorlar ijodi barchaga manzur bo'lmoqda. Shuningdek, A.Nur, V.Oxunov, G.Qodirov, G.Boymatov, R.Gagloyeva. J.Usmonov, A.Isayev, E.Is'hoqovlarning yangi, qiziqarli asarlari tomoshabinda katta qiziqish uyg'otmoqda.

Musavvirlarimiz yangi tarixiy bosqichda madaniy aloqalarni qayta tiklash, yagona ma'naviy makon yaratishga yo'naltirilgan uslub va yo'nalishlarni umuminsoniy tamoyillarga bo'ysundirishga intilmoqda. So’nggi yillarda kelajak poydevorini bugundan barpo etish maqsadida, yoshlarga va o’sib kelayotgan yangi avlodga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bulami bo'lib o'tayotgan festivallar, tanlovlar, badiiy ko'rgazmalar misolida ko'rishimiz mumkin. An’ana tusiga aylanib qolgan “San’at haftaligi”, “Ustoz-shogird” kabi qator ko'rgazmalar shular jumlasidandir. Ushbu ko'rgazmalarning barchasida tanlovlar e'lon qilingan bo'lib, bir-birlari bilan ijodiy raqobatga kirishgan yoshlarni ma'naviy rag'batlantirish orqali iqtidorlar tanlab olinmoqda va ularga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Shuni guvohi bo’lamizki, yosh rassomlar o'z qiziqishlari va intilishlariga ko'ra hamohang mavzu va o'z uslublarini tanlashlari mumkin bo’lsa-da, akademik san'at poydevor vazifasini o'tamoqda. Yosh rassomlar ijodida o'ziga xos milliy san'at rivojlanganligi kishini quvontiradi. Shuningdek, jahon zamonaviy san'atining yangi shakllari va konseptual g'oyalari bilan muloqotlari faolligini yuqori baholash mumkin.




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə