Respublikasi


Uchinchi davr – eramizgacha IV asr oxiri – eramizning IV asri qadimgi va antik davrlar san’ati va davlatchiliga tarixi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə6/56
tarix15.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#85503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
fayl 1854 20210917

Uchinchi davr – eramizgacha IV asr oxiri – eramizning IV asri qadimgi va antik davrlar san’ati va davlatchiliga tarixi.

Bu O‘rta Osiyo viloyatlarining hokimlik sifatida Ahmoniylar davlati va Aleksandr Makedonskiy saltanati tarkibiga kirish doirasida mahalliy davlatchilikning shakllanish vaqti. Bir vaqtning o‘zida mahalliy davlatchilik uyg‘onishi jarayoni sodir bo‘ladi (Xorazm, Farg‘ona, Sug‘d, Qang‘yuy). Bu davr madaniyati va san’ati unga zamondosh bo‘lgan «Eron-ahmoniy va sak-skif san’ati (Amudaryo xazinasi) bilan aloqada rivojlanadi». Yunon-Baqtriya va Xorazm antik san’ati rivoji mahalliy an’analariga tayanadi (Baqtriya, Xorazm) va unga mahalliy san’at bilan qorishib ketgan sharqiy ellinizm ta’siri sezilarli bo‘lgan. Mahalliy davlatchilikning asosiy belgilari bo‘lmish rivojlangan tanga tizimi, shaharsozlik va hunarmandchilik bilan birga Sug‘d va Xorazm mahalliy yozuvining paydo bo‘lishi uni yanada mustahkamladi va rivojlantirdi. Umuman, bu yaxlitlik tarixiy davr uchun Old Sharq, Hindiston va Uzoq Sharq mamlakatlari madaniyati an’analari bilan hamkorlikda san’atning jadal rivojlanishiga xosdir.

O‘zbekiston madaniyati va san’atida qadimgi va antik davrlar turli diniy, madaniy va badiiy an’analarning o‘zaro xamkorlik o‘zga madaniy an’analarni idrok etishdagi umumiy tolerantlik bilan ifoda etilgan. Bu ayniqsa o‘sha davr

ma’naviyatining davlat tuzilishi xususiyatini izoxlaydi. Bu davrda madaniyati va san’atning mafkuraviy va ma’naviy-estetik funksiyasi birinchi marta oldingi jabhaga chiqdi, san’at esa davlatchilik va kuchli markazlashgan hokimiyat g‘oyalarini ifodalovchisi darajasiga ko‘tarildi. Bu ayniqsa O‘zbekiston janubidagi antik haykaltaroshlikda namoyon bo‘ldi.




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə