Respublikasi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə13/56
tarix15.04.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#85503
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56
fayl 1854 20210917

Ibtidoiy davr madaniy bosqichlari.

Ibtidoiy davr insoniyatning uzoq o`tmishidan iborat bo`lgan bosqichdir. Bu davr insoniyatni hayvonot olamidan ajratib yuborgan davr hisoblanib, ongli

mavjudot xisoblanuvchi odam va u tomonidan yaratilgan madaniyatning shakllanish davridir. Agar insoniyat tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma`naviy boyliklarga nazar tashlaydigan bo’lsak, bu boyliklarning yaratilishi bundan million yillar ilgari yashab o`tgan qadim ajdodlarimiz tomonidan vujudga keltirilganligining guvohi bo`lamiz. Chunki ibtidoiy davrda yaratilgan barcha moddiy madaniyatning-mehnat qurollari, turar joylar, kiyim-kechaklar va boshqalarning asosiy vazifasi hamda mohiyati hozirgi kunimizda ishlatilayotgan barcha moddiy boyliklarimizda o`z ifodasini topgan yoki ma`naviy madaniyatning barcha elementlarida-axloqiy, huquqiy, siyosiy, badiiy ongda, diniy e`tiqodlar va turli xil urf-odatlar, marosimlar va an`analarda ijtimoiy xodisalar xisoblanuvchi oilaviy munosabatlarda, til taraqqiyoti va boshqalarda, ibtidoiy davrda yashagan ajdodlarimizning ruhi sezilib turadi. Shu boisdan hozirgi moddiy va ma`naviy madaniyatimizning vujudga kelishi hamda mohiyati to`g’risida muayyan tasavvur xosil qilish uchun ibtidoiy davr madaniyati, uning rivojlanish bosqichlari masalasiga to’xtalib o`tish o`ta muhimdir.

Ibtidoiy odamlar yer yuzida yo`q bo`lib ketganlar. Biroq yerning yuqori qatlamlarida qadim ajdodlarimiz faoliyatining moddiy qoldiqlari, uning ish qurollari, yaroq-aslahalari, uylari, jixozlari, kiyimlari, tasviriy san`at asarlari, topinish buyumlari va nihoyat yovvoyi hamda uy hayvonlarining suyaqlari birin- ketin, qavatma-qavat bo`lib ko`milib saqlanib qolgan. Shu bilan birga qadim ajdodlarimiz to`g’risida muayyan fikr yuritish uchun ulardan bizga meros bo`lib kelgan, u yoki bu darajada saqlanib qolgan xalq og’zaki ijodining namunalari manba vazifasini o`taydi.

Ibtidoiy jamiyatning rivojlanish tarixi bir qancha, bosqichlar yoki davrlarni bosib o’tgan. Fanda asosan mehnat qurollari qanday materialdan yasalganligiga qarab, ibtidoiy davrni tosh, bronza va temir asrlariga bo`lish odatga aylanib qolgan. Masalan, Kopengagen (Daniya) asori-atiqalar muzeyi xodimi Kristian Tomsen birinchi marta fanga mehnat qurollarini yasalgan materiallarga qarab tosh, bronza va temir davrlari tushunchasini kiritadi. Keyinchalik tosh asri qadimgi tosh-paleolit (gr.palato qadimgi va litos-tosh) va yangi (gr. peo-yangi) asrlarga bo`lingan.

Davrlarga bo`lishning boshcha bir juda qadimgi sistemasi – bu ishlab chiqarish faoliyati sohalariga ko`ra bo`lishdir. Bunda ibtidoiy davr ovchilik, dehqonchilik va chorvachilik bosqichlariga bo`linadi. Kishi va kishilik jamiyatining paydo bo`lishidan boshlangan va tarixning eng avvalgi ibtidoiy poda davri deb yuritiladigan davriga kelib odamning biologik rivojlanishi tugallanadi. Biroq odam mana shu eng avvalgi davrdayoq o`zining hayvonot ajdodidan keskin farq qiladi. Bu davrda ular birgalashib mehnat qila boshlaganlar, sodda mehnat qurollarini yaratishib, madaniyatga asos solganlar. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi natijasida kishilarning bir muncha mustahkam birligi vujudga keldi. Bu birlikka urug’ asos qilib olindi. Natijada ibtidoiy davrning ham moddiy, ham ma`naviy madaniyatini yaratish ma`lum bir sistemaga tusha boshladi. Mehnat qurollari takomillashib, kishilar tasavvuri mahsuli hisoblanmish ustqurtma elementlari yaratila boshlandi.

Ibtidoiy kishilar o’zini qurshab turgan tabiat kuchlarini necha-necha ming yillar davomida o`rgandi. Bu davrda kishilarning ko`pdan-ko`p avlodlari almashindi. Ibtidoiy kishilarning hayoti og’ir bo`lgan. Ular tomonidan yaratilgan qadimgi madaniyat qanchalik sodda bo`lmasin, u texnika, xo`jalik ijtimoiy asosga ega bo`lgan. Madaniy boyliklar yaratish oddiydan asta-sekin yuqori va murakkab shakllarga o`ta borib bu madaniyat muntazam ravishda o`sib bordi. Eng sodda qurollar yasash bilan inson o`zini yaratdi va o`zi bilan hayvon o`rtasiga chegara qo`ydi. Bu esa insonning tabiat ustidan hukmron bo`lishida birinchi qadam bo`ldi.

Xozirgi davrda fanda ibtidoiy odamlarning eng avvalgi vakillaridan birini Pitekantrop deb ataladi. Pitekantroplarning qoldiqlari dastlab Yava orolidan topilgan. Birmuncha vaqt o`tgandan so`ng Xitoyning Pekin shahri yaqinidagi g’ordan Sinantrop («Xitoy odami»)ning qoldiqlari topilgan. Bu erdan 40 ga yaqin sinantroplarning suyaqlari bilan birga juda sodda tosh qurollari, sinantropga ovqat bo`lgan hayvonlarning suyaqlari va nihoyat ularning olovdan foydalanganliklarini ko’rsatuvchi kul qoldiqlari topilgan. Odamning rivojlanishidagi keyingi bosqich Neandertal’ bosqich deb nomlanadi. Germaniyaning Neandertal’ shahri yaqinidan topilgan odam qoldiqlari nomi bilan yuritiladi.

Respublikamiz xududidagi Teshiktosh g’oridan (Surxondaryo viloyati, 1938 yil) ham 12 yoshli neandertal’ bolaning qoldiqlari topilgan. Odamga qurol va yaroq ishlash uchun xizmat qilgan birinchi material tosh, ya`ni chaqmoqtosh yoki unga yaqin mineral jinslar, xususan oqtosh (kvarts) bo`lgan. Chaqmoqtosh yer sharining barcha yerida juda keng tarqalgan bo`lib, bu mineralda juda ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan uch xususiyat–qattiqlik, yupka bo’lakchalarga bo`linib ketish va kesuvchi o’tkir qirralar mavjud bo`lgan. Agar tabiatda shu chaqmoqtosh bo’lmaganda insoniyatning boshlang’ich tarixi qandaydir boshqa yo`l bilan ketishi mumkin edi. Dastlabki qurol uchun yog’och ham material xizmatini o`tagan, lekin undan toshga nisbatan keyinroq foydalanilgan. Yog’och qurollar yoki qurollarning yog’och qismlari tosh qurollari kabi yerda uzoq vaqtgacha saqlanishi mumkin bo`lmaganligi uchun arxeologiya yog’ochdan foydalanishning ilk namunalarini ko`rsatib bera olmaydi. Ibtidoiy odamlarga tegishli bo`lgan qoldiqlar madaniyat va texnikaning uzluksiz o`sib borganligidan dalolat beradi. Bu birin-ketin keladigan bosqichlar yer sharining turli joylarida topilgan muayyan tipdagi odam faoliyatining qoldiqlariga qarab aniqlanadi va fanda bu qoldiqlar “madaniyat” deb nomlanadi. Bu madaniyatlar dastlab topilgan joylarning nomi bilan atalib, ular ana shu madaniyatning eng tipik yodgorliklaridan iborat bo`ladi.

Ibtidoiy davr madaniyatining eng oddiy bosqichi SHELL’ madaniyatidir. Bu madaniyat Shimoliy Fransiyaning Shell’ shaharchasi nomi bilan ataladi. Bu davr mexnat qurollarining asosiy turi uzunligi 10 sm.dan 20 sm.gacha, og’irligi 500 grammdan 1kg.gacha bo`lgan anchagina katta xajmli, bodom shaklidagi, har ikki tomoni tosh bilan qupol ravishda tarashlangan tosh bo`lagidir. Bu qurol «qo`l cho`qichi», «qo`l chopqichi» va «qo`l boltasi» vazifasini bajargan. Ibtidoiy davr madaniyatining keyingi bosqichi Evropaning ko`p yerlarida va shuningdek, Afrika va Osiyoda ma`lum bo`lgan va bir umumiy nom ASHEL’ (Shimoliy Frantsiyadagi Sant-Ashel’ degan joy nomi) deb ataladi. Bu madaniyat mehnat qurollarining hajmi bir muncha kichik shakli ancha to`g’ri, o`tkir, qirralik bo`lganligi bilan harakterlanadi. Bu madaniyat manzilgohidan tosh qurollaridan tashqari

odamlarning turmushiga oid boshqa belgilarning - mamont, karkidon kabi yovvoyi xayvonlarning ko’plab suyaklari, shuningdek olov izlari topilgan.

Ibtidoiy davrning uchinchi bosqichi Frantsiyaning janubi-g’arbida joylashgan qishloq va g’or nomi bilan ataluvchi MUST’E madaniyati o`rta paleolit davriga mansubdir. Teshiktosh g’oridan topilgan neandertal bolaning qoldiqlari ham ana shu Must’e madaniyatiga tegishli. Bu bosqich mehnat qurollarining sezilarli darajada o`sganligi bilan harakterlanadi. Bu madaniyatning asosiy quroli uchi o`tkirlangan tosh quroldir. Bu qurol nayza sifatida ham ishlatilgan. Shuningdek bu bosqichda yaratilgan mehnat qurollari safiga suyakdan ishlangan qurollar ham kelib qo`shilgan, ya`ni bu bosqichda suyakdan o`tkir uchli mayda qurollar ham yasalgan. Bu manzilgohdan mamontning, karkidon, g’or ayig’i, yovvoyi ot, shimol bug’usi va boshqalarning suyaklari hamda olov izlari topilgan.

Shell’, Ashel’ madaniyatlari, odatda umumiy nom bilan ilk paleolit deb ataladi. Demak, ilk paleolit davridayoq-odamlar mehnat qurollarini takomillashtirib, olovdan foydalana boshlaganlar. Bu esa insonning antropologik jarayonni bosib o`tishini tezlashtirgan va tabiat hodisalariga bo`lgan munosabatlarining sistemalashuviga olib kelgan. Olov odam tomonidan bo’ysundirilgan va o`z manfaatiga xizmat qilgan dastlabki tabiat kuchi bo`lgan. Natijada odam hayvonot olamida ustunlikka erishib, biologik mavjudot sifatida undan uzoqlashgan. Olovning egallanishi ilk paleolit davrining buyuk madaniy yutug’i bo`lgan. Paleolit davrining yana bir yutug’i kishi tafakkuri va nutqining paydo bo`lishidir. Tafakkur va nutq qobiliyati taraqqiyotining qudratli sharti va omili bo`lib, ular kishilikni butun xayvonot dunyosidan ajratdi. Tafakkur va nutqning vujudga kelishi odamda rivojlanishi ilk insoniy munosabatlarning shakllanishi va taraqqiyotining asosiy omili hisoblangan.

Shuningdek, til va tafakkur taraqqiyoti - moddiy ishlab chiqarishning, ya`ni moddiy madaniyatning rivojlanishini tezlashtirgan. Olov singari til va tafakkur ham odamning hayvonot dunyosidan ajralib chiqishini tezlashtirgan.

Ibtidoiy madaniyatning keyingi bosqichi orin’yak-salyutr va madlen davrlari so`ngi paleolitga mansubdir. Bu davr o`zining neandertalga nisbatan ancha

taraqqiy qilganligi bilan, ya`ni ham mehnat qurollarida, ham inson qiyofasida tub o`zgarishlarning vujudga kelishi bilan harakterlanadi. Orin’yak – salyutr (Frantsiyadagi ikkita joy nomidan olingan) davrida texnika sohasida must’e madaniyatiga nisbatan anchagina yuksalish ro’y bergan. Eng avvalo toshni ishlash yaxshilanadi. Mehnat quroli sifatida shoh va suyaklardan keng foydalaniladi. Orin’yak-salyutr madaniyati manzilgohiga xos bo`lgan joylardan topilgan tosh va suyak qurollarning shakli ular yog’och dastaga o’rnatilgan qurollarning asosiy qismi bo`lganligidan darak beradi. Bu texnika taraqqiyotidagi muhim davr bo`lgan. Bu davr bir necha qismdan tuzilgan qurol-yarog’larga o`tish davri bo`lgan. Umuman olganda orin’yak-salyutr davrining barcha qurol-yarog’lari must’e davri odamlarinikiga nisbatan beqiyos boy va xilma-xil bo`lgan. Bu davrda toshdan turli xil pichoqlar, nayzalar va nayzachalar, keskichlar, qirg’ichlar, bigizlar, suyakdan ignalar yasalgan.

Odamlar bu davrga kelib, qurollardan hayvonlarni o`rab, quvib, qamab, tuzoq qo`yib ushlashni o`rganganlar. O`z manzillarini ochiq joylarga qurganlar. Orin’yak-salyutr bosqichi turar-joylarning vujudga kelganligidan tashqari, o`troq hayotning boshlanganligi bilan ham harakterlanadi. Bu davrga kelib odamlar tikishni o`rganganlar, hayvon terilaridan kiyim tikish bilan birga o`zlari yashayotgan turar-joylarning ustlarini yopishda ham foydalanganlar.

Shunday qilib, bu davrga kelib odam madaniyatning yana bir boyligi – o`zining tanasini himoya etadigan kiyim-kechakka ega bo`lgan. Bu davrda nafaqat olovning qoldiqlari, balki o`choq va o`ta sodda holdagi pechlarning qoldiqlari ham uchraydi. Orin’yak-salyutr davriga oid bo`lgan maskanlardan eng sodda haykal va rasmlarning – nusxalari xam topilgan. Bu yerlardan topilgan parmalangan hayvon tishlari va boshqa ba`zi bir bezak buyumlari ham topilgan. Nihoyat, ayrim belgilar, jumladan ibtidoiy odam skletlarining quyilishi holati hamda ayrim ibtidoiy rasm va tasvirlarning mazmuni ana shu bosqichga kelib dinning paydo bo`lganligini ham ko`rsatadi.

Xullas paleolit davrining so’nggi bosqichlariga kelib antropogenez jarayoni tugallanib, hozirgi zamon odami paydo bo`lgan. Ana shu davrga kelib irqlar ham

paydo bo`la borgan. Shuningdek bu davrda bir necha qismdan iborat bo`lgan qurol-yarog’lar ham paydo bo`lgan. Suyak va hayvon shoxlaridan material sifatida keng foydalanila boshlangan. Yirik xayvonlarni ovlash osonlashib, doimiy turar- joylar vujudga kelgan. O`troqlashib yashash o`choq va xonani isitish yo`llarining o`ylab topilishiga, tikuvchilikni yuzaga kelishiga sabab bo`lgan. Bularning barchasi ishlab chiqarish kuchlarining ancha taraqqiy yetganligini ko`rsatadi. Shu bilan birga bu bosqichda tasviriy san`at, bezak buyumlari va diniy qarashlarning paydo bo`lishi ibtidoiy jamiyatning ustqurmasi shakllana borganligidan dalolat beradi.

Paleolitning orin’yak-salyutr bosqichidan keyingi madaniyat Madlen madaniyati deb nomlanadi. Frantsiyaning janubi-g’arbidadagi La Madlen degan joy nomidan olingan. Madlen madaniyati suyak za shoxdan turli buyumlar ishlab chiqarishning sezilarli darajada rivojlanganligi bilan harakterlanadi. Bu davrda nayza otadigan qurollar va garpun paydo bo`lgan.

Arxeologik davrlashtirishga muvofiq, paleolitdan so’ng ko’pdan-ko’p madaniyatlar mavjud bo`lgan. Ular neolit degan umumiy nom bilan yuritiladi. Neolit ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi asosida kishilik jamiyatining anchagina tabaqalarga bo’linish davri hisoblanadi. Neolitning so’nggi bosqichlari ma`lum darajada etnik birliklarning shakllanishuvi bilan bog’liq madaniyat hisoblanadi. Shuning uchun ham neolit davrini ilk neolit, rivojlangan neolit va so’nggi neolit deb nomlanuvchi davrlarga bo`lib o’rganiladn. Ilk neolit ba`zan, mezolit (gr. Mezzo-o’rta), epialeolit (gr. Ere – so’nggi) va protoneolit (gr. Protoz- birinchi) deb ham ataladi. Neolit davriga kelib o’q-yoy ibtidoiy odamning asosiy quroli bo`lib qolgan. Uning paydo bo`lishi ovchilikning rivojlanishiga turtki bo’ldi. Shuningdek bu davrda madaniyat tarixida buyuk Chodioa ro’y bergan, ya`ni birinchi xayvon qo’lga o’rgatila boshlangan. Eng sodda ko’rinishdagi sopol idishlar ishlab chiqarila boshlangan, u esa yangi ishlab chiqarish-kulolchilikning rivojlanishiga turtki bergan.

Neolit davrida kashf etilgan qurollardan yana biri-bumerang bo`lib, u bir vaqtning o’zida ovchilik ham jang, hujum, xam mudofaa, xam qo’l, dam otish

quroli vazifasini bajargan. Bu bumerang qattiq yog’ochning egri bo’lagidan ishlangan va aerodinamika qonuniga ko`ra harakatlangan. Bu qurol qadimgi misrliklar, avstraliyaliklar va nemislarning asosiy qurollaridan hisoblangan. Puflab otiladigan qurol ham ibtidoiy davr odamlarning o`ziga xos kashfiyotidir. U Indoneziyada SUMPITAN, Janubiy Amerikada esa SARBAKAI nomi bilan mashxur bo`lgan. Bu qurol bir vaqtni o’zida ham ovchilik ham harbiy qurol bo`lib, silliq bambuk bo`lagidan ishlangan. Unga 25-30 metr masofaga uchuvchi zaharlangan o`qlar solib puflangan. Shuningdek, bu davrda ham ovchilik xam harbiy maqsadlarda ishlatiladigan SOPKON va PALAXMON kabilar xam keng tarqalgan. Bu qurollar Janubiy Amerikada, Polineziya, Osiyo mamlakatlari, shu jumladan Markazny Osiyo xalqlari orasida ham keng tarqalgan. Xullas, inson mehnati ishlab chiqarish qurollari, shuningdek, umuman madaniyat rivojlanishining asosini tashkil etadi. Ibtidoiy davrda mehnat nihoyat darajada og’ir bo`lgan. Shell’ davri odami bizning ko’zimizga juda xam sodda bo`lib ko’rinuvchi keskichni tayyorlash uchun qanchalik mashaqqatli mehnat qilganligini tasavvur qilishimiz juda xam qiyin. Oddiy nayza, ayniqsa, bumerang, o’q-yoy, tarashlangan va parmalangan bolta uzoq vaqt davomida qunt bilan mexnat qilishni talab qilgan. Ketma-ket keladigan ashell’, must’e, orin’yak-salyutr va madlen madaniyatlari yirik hayvonlarni ovlash ayniqsa, rivojlanganligini ko`rsatadi. Madlen madaniyati davrining oxiriga kelib dehqonchilik bilan bir qatorda ovchilik ham keng rivojlana boshlagan. Ibtidoiy ovchilikning dastlabki paydo bo`lgan vaqtlaridayoq turli xil ommaviy ov usullari bir tomondan, hayvonni o`rab olish, quvlash, ikkinchi tomondan esa turli xil tuzoqlar qopqog’iga o`xshash ovchilik qurollari, qush ovlaydigan turlar juda katta ahamiyatga ega bo`lgan ibtidoiy ovchilikda xayvon yoki qush tovushiga taqlid qilish yoki o`sha ov qilinayotgan xayvon terisini yopinib unga yaqinlashish ancha keng tarqalgan. Ashell’ davridan boshlab qo`lga o`rgatilgan it endi odamning ov vaqtidagi sodiq yordamchisi va yo`ldoshiga aylangan. Itning qo’lga o`rgatilishi odamga uch tomondan foyda keltirgan, birinchidan, it ovda juda asqotgan bo`lsa, ikkinchidan, it inson yashaydigan

manzillarni qo`riqlagan, xavfdan ogox qilgan, uchinchi tomondan esa ayrim qabilalarning ko`chib yurishi paytida transport vazifasini o’tagan.

Dehqonchilik iqlim sharoitiga qarab turli joylarda turlicha davrlarda rivojlangan. Masalan, iqlim mo`tadil va janubiy xududlarda esa birmuncha keyinroq rivojlangan. Arxeologik izlanishlar dehqonchilik paleolitdayoq, aniqrog’i orin’yak-salyutr davrida paydo bo`lganligini ko`rsatadi. Dehqonchilikda motiga (ketmon vazifasini bajaruvchi qurol) tayoqlar, belkuraklar, toshdan yasalgan boltalardan keng ko`lamda foydalanilgan. Dehqonchilikning yanada yuksalishiga yovvoyi hayvonlarning qo`lga o`rgatilishi muhim ahamiyat kasb etgan. Qo`lga o`rgatilgan hayvonlar kishilarga juda katta foyda keltirgan. Birinchidan ulardan qo`shimcha mehnat kuchi sifatida foydalanilgan bo`lsa, ikkinchidan uy sharoitida o`rgangan hayvonlar o`zidan nasl qoldirgan. Ayrim hayvonlar hatto oziq-ovqat vazifasini ham o`tagan. Har xil xayvon turlarini xonakilashtirish juda mashaqqatli ish bo`lgan va bu jarayon uzoq vaqt davom etgan. Chunki yer yuzida yashagan 140 ming xayvon turidan bor-yo`g’i 47-turinigina xonakilashtirganlar. Uy xayvonlarini urchitib ko`paytirish xo`jalikning muxim tarmog’iga aylangan. Uy xayvonlari odamga go`sht, teri, jun, yog’, suyak, sut bergan, yuk tashigan va yerni haydagan va nihoyat o`g’it bergan.

Odamning eng dastlabki turar-joylari g’orlar va daraxtlarning kovaklari bo`lgan. Paleolit davriga oid arxeologik yodgorliklar ham kishilarning turar-joylari g’or bo`lganligini tasdiqlaydi. Tasmaniyaliklar daraxt kovaklarida yashaganlar. Lekin g’orlar xam, daraxt kovaklari xam tabiat tomonidan berilgan tabiiy boshpanadir. Ulardan foydalanish madaniyat tarixida taraqqiyot xodisasi xisoblanmaydi. Chunki madaniy taraqqiyot kishi mehnati natijasida vujudga keltirilgan u yoki bu predmet orqali belgilanadi.

Ibtidoiy odamlarning turar-joylari xilma-xil bo`lib, ularning rivojlanishi uch bosqichga bo`linadi. Insoniyatning eng dastlabki turar-joylari shamolni to’sib turadigan g’or va yerdan kavlangan o`radan iborat bo`lgan. Masalan, tasmaniyaliklar, avstraliyaliklar va boshqa bir qator qabilalarning eng asosiy boshpanasi daraxt shoxlari bilan to`silgan g’or bo`lgan. Bir muncha vaqt o`tgandan

so`ng yer usti va yer osti turar-joylari paydo bo`la boshlagan. Chayla yer usti boshpanasi hisoblangan bo`lsa, yer to`la yer osti boshpanasi bo`lgan. Chayla va kapalar asosan xoda, shox-shabba, barg, loy, po’stloq, poxol, teri va boshqalardan qurilgan. Keyinchalik chayla va kapaning takomillashuvi kigiz o`tovlarning vujudga kelishiga olib kelgan. Yer to’la qadimgi kishilarning yerni kavlab undan boshpana sifatida foydalanishidir. Nihoyat, turar-joylarning rivojlanishidagi uchinchi bosqichda loy devorli uylar paydo bo`la boshlaydi. Natijada qadim ajdodlarimizning muqim qarorgohlari – qishloqlar va keyinchalik shaharlari vujudga kela boradi. So’nggi neolit davriga kelib g’ildirak kashf etilgan. G’ildirak dastlab yaxlit yog’och doiradan iborat bo`lgan. Qadim ajdodlarimiz qayiqni kashf etgunlariga qadar, suv ustida oqib ketayotgan daraxtlardan foydalanganlar. Keyinchalik ikki yoki bir qancha daraxt tanasini bir-biriga bog’lab, sol yasaganlar. Vaqtlar o`tishi bilan yog’ochni o`yib qayiq yasaganlar, hayvon terilaridan qayiq yasashda keng foydalanganlar.

Tafakkur dastlabki vaqtlarda qanchalik chegaralangan bo`lmasin, ma`lum darajadagi xulosalar, tushuncha va tasavvurlar ifodasi bo`lib, kuzatish va tajribaning maxsuli sifatida vujudga kelgan. Birgalashib mehnat qilish, kuzatish, tajriba, ong, tafakkur, fikr, til tushuncha, bilim – bularning barchasi o’zaro ajralmas aloqada bo`ladi hamda bir-birini taqozo qiladi va odamni hayvondan ajratuvchi, uni tabiat ustidan g’olib qiluvchi belgilardir. Bularning barchasi madaniyatning g’olibona taraqqiy etishi uchun asos bo`lgan.

Mehnat jarayonida kuzatish va tajriba orttirish natijasida yangidan-yangi tasavvurlar va tushunchalar paydo bo`lgan, tafakkur xam, til xam rivojlangan. Yangi so’zlar paydo bo’lib, so’zlarning ma`naviy mazmuni boyigan, grammatik shakllari rivojlanib borgan.

Fikrni anglatishning sodda usullaridan biri – «signallar tili» xisoblanadi va biron bir xabarni belgilar yordami bilan ifodalash vazifasini bajaradi. Masalan, avstraliyaliklar o’z joylarini tashlab ketganlarida oyoqlari bilan qumga chiziq chizganlar va chiziqning uchiga xivich tiqib qo`yganlar. Chiziqning yo`nalishi va uning uzunligi shu guruxning qaysi tomonga va qancha masofaga ketganligini

ko`rsatadi. Bu belgi guruhlarining kechikib qolgan a`zolari va mehmonlar uchun qilingan: «Signallar tili»ga turli xil belgilar – egilgan yoki sindirilgan novdalar, alohida quyilgan toshlar, ovlanadigan o`ljani ko`rsatish, dushmanning paydo bo`lishi yoki xavf-xatardan ogoh qilish kabi turli xil belgilar kirgan. Bu signallar ba`zan ma`lum marta qichqirish, ko`pincha sun`iy tovush chiqarish, masalan, baraban chalish yordami bilan, shuningdek olov yoki tutun va boshqalar yordami bilan berilgan. Biror xabar, fikr yoki tuyg’uni ifodalash uchun ma`lum bir buyumni sovg’a qilishni «ramziy fikrlar tili» yoki signallar tiliga kiritish mumkin. Masalan, Shimoliy Amerika hindlarida tomagauk (suyil) yuborish urush e`lon qilishning ramziy belgisi xisoblangan. Tomagauk dushmanga alohida elchi bilan yuborilgan, u tomagaukni dushmanga olib borib, yerga qo`ygan. Agar qarshi tomon tomagaukni yerdan ko`tarsa, urishishga rozi ekanligi bildirilgan. Xullas, «signallar tili» muhim madaniy-tarixiy rol o’ynagan, xususan harbiy va mudofaa ishlarida muxim ahamiyat kasb etgan.

Ibtidoiy meditsina davolashning folbinlik, sehrgarlik va jodugarlik usullariga asoslangan. Lekin juda qadim zamonlardayoq ayrim o’simliklarning, mineral moddalarning davolash xususiyati kashf etilgan. Etnografik ma`lumotlarga ko’ra, maxsus tayyorlangan tarkibiy dorilardan ham masalan, nastoykalar, qaynatma dorilar, suriladigan va kukun holidagi dorilarni ishlatganlar. Qistiradigan va ich bo’shashtiradigan vositalar qo’llanilgan. Silash va uqalashdan keng ko’lamda foydalanilgan, sovuq va issiq gidroterapeyani xam yaxshi bilganlar, parxezning ahamiyati ham ma`lum bo`lgan. Ibtidoiy davrda kichik va katta xirurgiya, ochishni to’xtatish, qon olish usuli, badandagi ortiqcha to`siqlarni olib tashlash, singan joylarni tuzatish, xatto amputatsiya dam ma`lum bo`lgan. Hammom ham ibtidoiy davrda kashf etilgan.

Ibtidoiy odamning to`plagan bilimi qanchalik bo`lishidan qat`iy nazar, u xali bilmagan tabiat xodisalari mavjudligicha qolgan. Kishilar sababini bilmaydigan bu xodisalar ularning xayoti uchun muhim axamiyatga ega bo`lgan va o’z navbatida uni bilish talab qilingan. Shu sababli ibtidoiy odam bu sohadagi kamchiliklarni to`ldirish, o’zining ojizliklari o`rnini to’ldirish, o`z tajribalaridan chekkada qolgan

hodisalarga javob topishga urina boshlagan. Natijada jumboq bo`lib tuyulgan tabiat hodisalariga qarama-qarshi tasavvur va tushunchalarni yarata boshlaganlar. Diniy tasavvurlar ishlab chiqarish kuchlari va jamiyat taraqqiyotida urug’chilik tuzumi paydo bo`lgan bosqichda vujudga kelgan.

Ibtidoiy odam o’zini tabiatdan ajratmaydi va tabiat kuchlari hamda hodisalari bilan aynan bir narsa deb hisoblaydi. Ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi diniy tasavvurlarning ilk shakllari quyidagilarga bo`linadi:


  1. animizm;

  2. totemizm;

v) magiya (afsungarlik, sexrgarlik);

g) fetishizm;

d) shomonizm.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə