Beshinchi davr – IX-XII asr Mug‘ullar bosqinigacha Movarounnahr davlatlari madaniyati va san’ati
Movarounnahrda yirik sulolaviy davlat tuzilmalari – Somoniylar, Qoraxoniylar davlatlari yuzaga keladi, savdo-hunarmandchilik shaharlari juda tez rivojlanadi. Bu davr O‘rta Osiyo, ya’ni Ikki daryo oralig‘ida islomning paydo bo‘lishi va yoyilish va mintaqa davlat tuzilmalari siyosiy-iqtisodiy, diniy va madaniy hamjihatlikning doirasiga kirib kelish davri hisoblanadi. U savdo- hunarmandchilik shaharlari infratuzilmasining jadal takomillashishi, shaharsozlik
va me’morchilik faoliyati kuchayib, mahalliy san’at va hunarmandchilik maktablari shakllanishi bilan xarakterlanadi.
Mintaqaga VII – VIII asrlarda kirib kelgan islom IX – XI asrlarda mahalliy shaharning nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy shaharsozlik tuzilmasi va me’moriy qiyofasini o‘zgartiradi, balki uning falsafasiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Musulmonlar o‘rta asr shaharlari qiyofasi ko‘proq sajdagohlar-masjidlar, madrasalar, minoralar va hokazolarda namoyon bo‘lgan. Bular shahar hayotining umumiy muhitiga yangi ravonlik va mantiqiy ifodani olib kiradi. Qurilish va bezak
– pardoz ashyosi sifatida pishiq g‘ishtdan foydalaniladi. IX – XII asrlarda yanga bezak usuli shakllanib va rivojlanib boradiki, u islom o‘rta asr san’atiga asos soladi. Tasviriy madaniyat o‘rniga bezak san’ati keladi va u musulmon madaniyatining negizlaridan biri bo‘lib qoladi. Umumislom san’ati doirasida O‘rta Osiyoning ikki daryo oralig’ida o‘z estetik san’ati shakllanib, u ko‘proq bo‘lajak O‘zbekiston hududi asosi – Movarounnaxr davlatchiligi va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi xususiyati bilan bog‘liq. Madaniyat va san’at taraqqiy etgan shahar madaniyati-me’morchillik va hunarmandchilik shaklida namoyon bo‘ladi, bu madaniyat mahalliy davlatchilik rivojlanishining yangi shaharsozlik bosqichi haqida guvohlik beradi. Mo‘g‘ullar bosqini munosabati bilan XIII asr boshida Movarounnahrda davlat qurilishi inqirozga uchraydi.
Dostları ilə paylaş: |