Rivojlanish psixologiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari


Keksalik davrida shaxsiy inqiroz va yoshning psixologik vazifalari



Yüklə 279,09 Kb.
səhifə26/36
tarix17.03.2023
ölçüsü279,09 Kb.
#102763
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Rivojlanish ORALIQ 2

Keksalik davrida shaxsiy inqiroz va yoshning psixologik vazifalari
Yetuklik va keksalik orasidagi inqiroz 55—65 yoshlarga to‘g‘ri keladi. Keksalik davridagi inqirozni nafaqadan oldingi inqirozdeb ataladi, bunda asosiy determinant sifatida ijtimoiy omil nafaqa yoshiga yetish omili ko‘rsatiladi. Darhaqiqat nafaqaga chi- qish inson hayotini tubdan o‘zgartirib yuboradi, jamiyatdagi muhim ijtimoiy rolining yo‘qotilishi, insonning o‘z referent gu- ruhidan ajralishi, muloqot doirasining torayishi, moddiy ahvo- lining yomonlashuvi, ba’zan «iste’fo shoki» holatining o‘tkir ke- chishida namoyon boladi. Bu holat ko‘pchilik qartayayotgan insonlarda qiyin kechadi, salbiy hissiy holatlarni vujudga keltiradi. L.I.Ansifirovaning ta’kidlashicha, qariyalarning uch xil asosiy shaxs tiplarini ajratish mumkin1. Birinchi tipdagi qariyalar nafaqaga chiqishni yaxshi boshdan kechiradi, yangi qiziqarli mashg‘ulotga jon deb ko‘cha- dilar, yangi do‘stona munosabatlarni o‘rnatishga layoqatli. Bu- larning bari ularning hayotdan qoniqqanlik darajasining yuqori bolishiga hamda umrining uzun bolishiga ham ta’sir etadi. Ikkinchi tipdagi qariyalar hayotga passiv munosabatda boladi. Ularda qiziqishlar doirasining pasayishi, o‘z-o‘ziga hurmatning yo'qolishi, kerak emaslik va mos emaslik hissi kuzatiladi. Ushbu yosh davridagi inqirozni yumshatish strategiyalaridan biri «hayotga yangicha qarash» texnikasidir. Bu texnika o‘z ichiga yangi ijtimoiy yondashuvga psixologik tayyorgarlik, bo‘sh vaqtni oldindan rejalashtirish, yangi hayot tarzini, jamiyatga kirishish- ning yangi usullarini izlash, salbiy holat va hodisalarni oldindan his qilish, nafaqaga chiqishni qat’iy kun tartibi va qat’iy chek- lovlardan ozod bolish hamda insonning yangi qobiliyatlarini namoyon etadigan erkin fazo sifatida ijobiy idrok etish kabilarni o‘z ichiga oladi. Keksalik davriga o'tishdagi inqirozlar bo‘yicha boshqa bir yondashuv shaxs ichidagi, identiklik inqirozidir. Bunda qarilik alo- matlari subyekt tomonidan emas, balki atrofdagilar tomonidan seziladi. Fiziologik qartayish jarayonlari doimiyligi tufayli uzoq vaqt subyekt tomonidan anglanmaydi, o‘zining «o‘zgarmasligi» haqida illyuziya paydo bo‘ladi. Keksalikni anglash kutilmaganda sodir bo‘ladi (masalan, sinfdoshlari bilan uchrashganda) hamda ichki nizolarga olib keladi. Ba’zan qarilikni anglash bilan bogliq inqiroz o‘smirlik davridagi inqiroz bilan tenglashtiriladi (bunda ham o‘zining o‘zgargan tanasiga yangicha munosabatni ishlab chiqishdan iborat), lekin qarilik inqirozi oglrroq kechadi. E.Erikson konsepsiyasida qarilik ilgarigi hayot yolining tu- gashi sifatida talqin etiladi1. Keksalik psixosotsial inqirozining mohiyati shundan iboratki, Egoning yaxlitlikka erishishidir. Kek- sa psixologik yoshga olish muvaffaqiyatini E.Erikson oldingi yosh inqirozlarini ijobiy hal qilish bilan boglaydi. Eriksonning ta’kidlashicha, donishmandlik ruhning ma’lum holati bolib, bunda olmish, hozir va kelajakka bir vaqtda boqish, hayot tarix- ini tasodiflardan xalos etish hamda avlodlar bilan aloqa o‘rnat- ish sifatida talqin etiladi. Donishmandlik keksalik davrining eng yuksak yutug‘idir. Qarilik davrida rivojlanishning yosh vazifalari quyidagilarda bolishi mumkin: — yosh o‘zgarishlariga moslashish, tana, psixofiziologik; — keksalikni adekvat idrok etish (salbiy stereotiplarga qarshi turish); — vaqtni aql bilan taqsimlash, qolgan hayotini maqsadga yo‘naltirib foydalanish; — rollarni qayta yo‘naltirish, eski rollar pozitsiyasidan voz ke- chish va yangilarini shakllantirish; — yaqin insonlarning yo‘qotilishi va farzandlarning uzoqla- shishi munosabati bilan boladigan affektiv holatlarga qarshi kurashish, emotsional egiluvchanlikni saqlash; — ruhiy egiluvchanlikka intilish (psixik rigidlikni yengib olish), xulq-atvorning yangi shakllarini izlash; — ichki yaxlitlikka intilish va o‘tgan umrni anglash.
19.6. Keksalik davrida yetakchi faoliyat va rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari
Keksalik davri ishlab chiqarishda faol ishtirok etishdan uzoq- lashish, nafaqaga chiqish bilan ijtimoiy pozitsiyaning o‘zgarishi taraqqiyotning ijtimoiy vaziyatidagi muhim o‘zgarishlardir. Kek- salarga nisbatan ijtimoiy vaziyatning noaniqligi ular hayotining ijtimoiy vaziyatini toliq deb bo‘lmaydi. Keksalik davrida inson quyidagi savolni hal qiladi: eski ijtimoiy aloqalarini saqlab qolish hamda yangi ijtimoiy aloqalarni o‘rnatish yoki yaqinlarining qiziqishlari bo‘yicha ularga qo‘shilish yoki o‘z muammolarini hal qilish uchun individual hayotga kirish. Bu tanlov u yoki bu mos- lashuv strategiyasini — o‘zini shaxs sifatida yoki individ sifatida saqlab qolishni belgilaydi. Ana shu tanlovga, moslashuvning strategiyasiga bogliq ravishda yetakchi faoliyat o‘zini shaxs sifatida saqlab qolishga, yoki individ sifatida saqlab qolishga yo‘nal- tirilishi mumkin. «Yopiq kontur tipi» bo‘yicha adaptatsiya strategiyasida tashqi dunyoga qiziqishlar va intilishlar darajasining pasayishida, egotsentrizm, emotsional nazoratning susayishi, toliqmaslik kompleksi, qo‘zg‘aluvchanlik ba’zan atrofdagilarga befarqlikda namoyon boladi. Ba’zan ushbu keksayish modelini «passiv keksayish» yoki ijtimoiy qiziqishlarning yo‘qolishi ham deb ata- shadi. Bunga alternativ ravishda yana bir model mavjud, ya’ni jamiyat bilan aloqalar saqlab qolinadi, yanada rivojlantiriladi. Yetakchi faoliyat ijtimoiy tajribani tizimlashtirish va uzatishdan iborat boladi. Bu yoshda keksalar kasbiy faoliyatlarini davom ettirishlari, memuarlar yozishlari, o‘qitishlari, ustozlik qilish- lari, nabiralarni tarbiyalashlari va jamoat ishlari bilan shug‘ul- lanishlari mumkin. 0 ‘zini shaxs sifatida saqlab qolish uchun kuchi yetadigan mehnat bilan shug‘ullanish, turli qiziqishlarga ega bolish, ya- qinlarga kerakli inson bolishga intilish, hayotga qiziquvchanlik- ni his qilish zarur.
N.S.Pryajnikov keksalikni turli davrlarga bo‘lgan va bu davr- larning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib 0‘tgan1. I. Nafaqadan oldingi keksalik (55 yoshdan nafaqaga chiqqun- cha) - nafaqaga tayyorlanish. 1. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati: — nafaqani kutish: kim uchundir nafaqaga chiqish bu «tezroq dam olishni boshlash», kim uchundir faol mehnat faoliyatining to‘xtatilishi hamda qolgan energiyasini va tajribasini nima qilish- ni bilmaslik, noaniqlik; — asosiy aloqalar ish joyidagilar bilan bo‘lib, hamkasblari uning tezroq nafaqaga ketishini xohlashadi, inson esa buni seza- di, boshqa tomondan inson uni nafaqaga boshqalarga nisbatan kechroq chiqazishlariga umid qiladi; — yaqinlari bilan munosabatlarda keksa inson oilasini, nabi- ralarini ham ta’minlashi mumkin bo‘lgani uchun «foydali», ikkinchi tomondan yaqinda o‘zining ishlamaganida, nafaqasiga qa- rab qolganida «kerak emasligini» his qilish; — ishda o‘ziga «munosib shogird» tayyorlash, trabiyalashga intilish. 2. Yetakchi faoliyat: — ulgurmaganlarini bajarishga intilish, ishda o‘zidan keyin «Yaxshi nom» qoldirishga intilish; — o‘z tajribasini shogirdlariga, o‘quvchilariga uzatishga intilish; — nabiralar tug‘ilganda nafaqa yoshidagi insonlar o‘zini mak- simal darajada namoyon qilishda nabiralar tarbiyasi bilan ham shug‘ullanib, «bo‘linishlari» mumkin; — nafaqaga chiqish aniq bo‘lganda o‘zining keyingi hayotini rejalashtirish, nafaqada nima bilan shug‘ullanish haqida o‘ylaydi. II. Nafaqaga chiqqan davr (nafaqaga chiqqan birinchi yil) — bu yangi ijtimoiy status, yangi rolni egallash. Bu davr quyidagilar- da namoyon boladi: 1. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati:
— eski aloqalar birinchi davrda saqlanib qoladi, ular sekin-as- ta kamayib boradi; — asosan aloqalar qarindoshlar va yaqinlari bilan bo‘ladi («taj- ribasiz nafaqaxo‘rlar bilan juda ehtiyot bo‘lib muloqotda bo‘lish lozim); — sekin-asta nafaqaxo‘r do‘stlari paydo boladi; — yaqinlari va do‘stlari bo‘sh vaqti ko‘p nafaqaxo‘rning nabi- ralar tarbiyasi bilan shug‘ullanishini istashadi, shuning uchun bolalar va nabiralar bilan muloqot ham nafaqaxo'r ijtimoiy vazi- yatining bir qismi hisoblanadi. 2. Yetakchi faoliyat: — bu birinchi navbatda yangi rol sifatida «o‘zini izlash», turli faoliyatlarda o‘z kuchini sinab ko‘rishdir, bu «sinab ko'rish va xato qilish» metodi orqali o‘z-o‘zini aniqlashdir (bunda u kundan kunga hayot qisqaligini his qiladi); — ayrim nafaqaxo‘rlar nafaqani rasmiylashtirib kasbiy faoliyati bo‘yicha mehnat faoliyatini ham davom ettirishadi. Bunda ishla- yotgan nafaqadagilarda shaxsiy muhimlik hissi ortad; — yoshroq insonlarni uyaltirish, o‘rgatish hissi borgan sari kuchayadi; — ayrim nafaqaxo‘rlar xotirjam olgan umrini sarhisob qilishga harakat qiladi, ayrimlar «memuarlar» yozib o‘z tajribasi va ke- chinmalari bilan bolishishga harakat qiladi. III. Keksalik davri (nafaqaga chiqqandan so‘ng bir necha yildan keyin sogliqning jiddiy yomonlashuvigacha bolgan davr) bunda inson yangi ijtimoiy statusni egallab olgan boladi va qu- yidagilar bilan tavsiflanadi: 1. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati: — o‘ziga o‘xshagan keksalar bilan muloqot; — keksa insonning bo‘sh vaqtidan foydalanayotgan, yoki unga «g‘amxo‘rlik» qilayotgan oila a’zolari bilan muloqot; — ayrim nafaqadagilar jamoat ishlari bilan mashg‘ul boladilar; — ayrim nafaqadagilar uchun boshqalar bilan munosabat o‘zgaradi, ayrim keksalarning ilgarigi yaqin munosabatlari as- ta-sekin uzoqlasha boradi.
2. Yetakchi faoliyat: — bo‘sh vaqtdagi qiziqishlar (ayrim keksalar har xil faoliyat bilan shug‘ullanib, o‘zlarini sinab ko‘radilar; — har xil usullar bilan shaxsining nimalarga qodirligini ko'rsatishga intilish; — ayrim keksalar (sog‘liqlari yaxshi bo‘lsa-da) uchun o‘limga tayyorlanish yetakchi faoliyat bolib qoladi, bu dinga berilish, tez- tez qabristonga borish, yaqinlariga «vasiyatlar» qilishda namoyon boladi. IV. Sogliqning birdan yomonlashishi sharoitidagi uzoq umr ko'rish sog‘lig‘ida jiddiy muammolari yo‘q keksalarning holati bir-biridan farq qiladi. 1. Ijtimoiy vaziyat: — yaqinlar, qarindoshlar, vrachlar va palatadagi sheriklar bilan asosan muloqot amalga oshiriladi; — qariyalar uyida palatadoshlari bilan muloqot (xorijda hech kimi yo‘q qariyalarni bunday uylarga joylashtiriladi). 2. Yetakchi faoliyat: — davolanish, qandaydir usullar bilan bolsa-da, kasallikka qarshi kurashish; — o‘z hayoti mazmunini anglashga intilish. O'z hayotini be- zashga, hayotidagi yaxshi narsalarga intilish. Bunda insori «bekor- ga yashamaganligini ko‘rsatish uchun» o‘zidan yaxshiroq narsa qoldirgisi keladi. IV. Nisbatan mustahkam sogliq bilan uzoq umr ko‘rish (75— 80 yosh va undan kattalar). 1. Ijtimoiy vaziyat: — yaqinlar va qarindoshlar bilan muloqot, ularning oilasida uzoq umr ko‘ruvchi shaxs yashayotganligidan faxrlanish; — uzoq umr ko‘ruvchi qariyada yangi do‘stlar va tanishlar paydo boladi; — uzoq umr kechirish noyob hodisa bolganligi uchun u bilan gaplashishga hamma, hattoki OAV xodimlari ham intiladi. 2. Yetakchi faoliyat:
- insonning layoqatiga bog‘liq bo‘lib, ko‘proq faol hayot tar- zini kechirish, sog'liqni saqlash uchun faqat vrachlarning aytgan- larini qilish emas, balki o‘z sog‘lig‘ini his qilish ham muhim.



Yüklə 279,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə