Rivojlanish strategiyasi bu O'zbekiston milliy rivojlanishining yangi asosidir.


Yangi O’zbekiston - yangicha dunyoqarash Uchinchi renissans konsepsiyasi.Maqsad va vazifalar (“Yangi O’zbekiston g’oyasi, “Jadidchilik”, “Renessans”)



Yüklə 52,67 Kb.
səhifə16/16
tarix29.11.2023
ölçüsü52,67 Kb.
#141857
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1 -40 tarix

40. Yangi O’zbekiston - yangicha dunyoqarash Uchinchi renissans konsepsiyasi.Maqsad va vazifalar (“Yangi O’zbekiston g’oyasi, “Jadidchilik”, “Renessans”).
Renessans” lugʻaviy fransuzcha “qayta tugʻilish” degan maʼnoni anglatadi. Mustaqillikka erishgandan keyin dastlab chorak asr davomida milliy tiklanish bilan shugʻullanishga toʻgʻri keldi. Endilikda milliy tiklanishdan milliy yuksalishga oʻtganimizdan keyin, uchinchi Renessansga erishishni davlat rahbari strategik vazifa etib qoʻydi. Haqiqatan tarixan olganda biz ikki Renessansni boshdan kechirdik: birinchisi IX — XII asrlar, ikkinchisi XIV asr oxirgi choragi — XVI asr birinchi choragi. Birinchi Renessansda yurtimizdan Fargʻoniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshgʻariy, Mahmud Zamaxshariy kabi buyuk daholar, buyuk muhaddislar — Buxoriy, Termiziy, mutakallimlar — Moturidiy va Abul Muin Nasafiy hamda boshqa atoqli dunyoviy va diniy allomalar shuuri olamni yoritdi.
Ikkinchi Renessansda — Ulugʻbek, Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Behzod, buyuk meʼmorlar, bastakorlar, musavvirlar, tarixchilar chiqib, bugun ham dunyoni lol qoldirayotgan asarlar yaratdilar. Har ikki Renessans davrida biz dunyoning ilgʻor, mutaraqqiy xalqlari qatorida edik. Agar yana shunday darajaga erishmoqchi boʻlsak, Uchinchi Renessansni amalga oshirmogʻimiz zarur. Uchinchi Renessans bizdan xalqaro hamjamiyatga ilm-fan, texnologiyalar, axborot, madaniyat va iqtisodiyot sohalarida yana-da chuqurroq integratsiya boʻlishini talab etadi. Ammo oʻzligimizni, tilimizni, milliy xususiyatlarimizni, maʼnaviyatimizni saqlab qolishimiz shart. Bu esa taʼlim-tarbiya tizimiga jiddiy eʼtibor qaratishni bildiradi. Prezident har bir xalq faqat erkin va ozod boʻlgan taqdirdagina, oʻz hayoti va kelajagini mustaqil barpo etish huquqiga ega boʻlishini taʼkidlagan. Har qanday buyuk rejalar, buyuk gʻoyalar inson ehtiyojlari, turmushi yaxshilanishi, erkinligi ortishi va maʼnaviy kamoloti bilan bevosita bogʻlansagina, hayotiylik va reallik kasb etadi. Aks holda u havoyi orzu havasligicha qolib ketadi.
Yüklə 52,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə