Rta мaxsus ta’lim vazirligi


Tarix fani ixtisoslashuvi jihatdan quyidagi guruhlarga ajratiladi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə3/170
tarix07.03.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#84362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   170
2 5210679260087326409

Tarix fani ixtisoslashuvi jihatdan quyidagi guruhlarga ajratiladi:

1 –guruh jamiyatning butun tarixini o‘rganuvchi – Jahon tarixi fani hisoblanadi. Uning bir qator sohalari bor; ibtidoiy jamiyat tarixi, qadimgi davr tarixi, o‘rta asrlar davri tarixi, yangi davr va eng yangi davr tarixi. Shuningdek, bu guruh tarixning yana quyidagi sohalarining o‘zida qamragan:

a) xududiy-geografik tamoyilga ko‘ra-alohida mamlakatlar, davlatlar, xalqlar tarixi.

b) ma’lum bir muammo yoki masalaga aloqador tarixiy voqealar tarixi. Masalan, uyg‘onish davri, salb yurishlari, jahon urushlari va hk.

v) mikro tarix - qishloqlar, shaxarlar, shaxslar tarixi.

g) jamiyatning alohida sohalari tarixi - harbiy, tibbiyot, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, din, fan, xotin-qizlar, tender tadqiqotlari, san’at, intellektual, madaniyat, diplomatiya, davlatchilik va hk. tarixi.

2-guruhni maxsus tadqiqot ob’ektiga ega bo‘lgan tarix fanlari va fanlar tarixi tashkil qiladi. Maxsus tadqiqot ob’ektiga ega bo‘lgan tarix fanlariga antropologiya, arxeologiya, etnografiya, manbashunoslik, arxeografiya, paleografiya, geraldika, numizmatika, arxivshunoslik va b. kiradi. Mazkur fanlar tadqiqot natijalari yordamida tarixning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy masalalari oydinlashadi va isbotlanadi

Fanlar tarixi esa, fanlarning ehtiyojidan kelib chiqadi, bunda fanlarning o‘tmishdagi rivojlanishi, tadqiqoti kabi masalalar o‘z yechimini topadi. Bunga tabiiy fanlar tarixi, texnika tarixi, davlat va huquq tarixi va b. kiritish mumkin.




Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə