Rxivshunoslik yonalishi


TA’LIMDA ELEKTRON RESURSLAR



Yüklə 137,79 Kb.
səhifə2/9
tarix15.04.2022
ölçüsü137,79 Kb.
#85500
1   2   3   4   5   6   7   8   9
AKADEMIK VA OʻQUV NASHRLARI HUJJATLARNI NASHR UCHUN TANLASH

TA’LIMDA ELEKTRON RESURSLAR.

Zamonaviy o’quv electron nashrlarni tahlil etish ularning murakkab tuzilishga ega bo’lib, kassifikatsiyaga muxtojligini ko’rsatdi. Elektron o’quv nashrlar klassifikatsiyasi asosida ham o’quv, ham electron hamda dasturiy vositalar klassifikatsiyalarining umumiy metodlari yotadi:

O’quv nashrlari quyidagi turlarga bo’linadi:

- o’quv jarayonidagi ahamiyati va o’rnini belgilovchi funksional xususiyatiga ko’ra;

- maqsadiga ko’ra;

- taqdim etiluvchi axborot xarakteriga ko’ra;

- matnning tashkil etilishiga ko’ra;

- ifoda etilish shakliga ko’ra .

Elektron nashrlar quyidago turlarga bo’linadi:

- bosma ekvivalentining mavjudligiga ko’ra;

- asosiy axborot tabiatiga ko’ra;

- maqsadiga ko’ra;

- tarqatilish texnologoyasiga ko’ra;

- elektron nashr va foydalanuvchi orasidagi muloqot xarakteriga ko’ra;

- davriyligiga ko’ra;

- strukturasiga ko’ra .

 Xozirgi vaqtda  o’quv nashrlarining to’rt xil turdagi nashrlarni o’z ichiga oluvchi tipologik modeli mavjud bo’lib, bularga:


  • Dasturiy-uslubiy (o’quv rejasi va dasturlari);

  • O’quv-uslbiy (uslubiy ko’rsatmalar, yo’riqnomalar);

  • O’qituvchi (darsliklar,o’quv qo’llanmalari, ma’ruza matnlari);

  • Yordamchi (praktikumlar,masala va mashqlar to’plamlari).

Shu bilan birga bu guruxga nazorat qiluvchi elektron o’quv nashrlari bo’lmish -   test dasturlar va berilganlar bazalarini kiritish mumkin.Tuzilishiga ko’ra electron nashrlar bir tomli (bitta axborot tashuvchida joylashtirilgan) va ko’p tomli (har bittasi alohida axborot tashuvchiga joylashtirilgan nomerlangan ikki yoki undan ortiq mustaqil elektron nashrlar)

Shunigdek bir xil formatda chiqariluvchi bir necha tomlarning majmuasidan iborat seriyali nashrlar ham mavjud.




Yüklə 137,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə