S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
MA’ruza matni



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA 

MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 

TARIX FAKUL’TETI  

VATAN TARIXI KAFEDRASI

 

 

 

TARIXIY TOPONOMIKA fanidan 

 

MA’RUZA MATNI 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

NAMANGAN – 2010 


Fanning ma’ruza matni Namangan davlat universitetining Tarix fakul’teti ilmiy 

kengashining  2010  yil  «        »                            –  son  majlisida  muhokama  etildi  va 

ma’qullandi. 

 

 



 

 

 



 

Tuzuvchi: t.f.n. Z. Madrahimov, 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



Ilmiy kengash raisi, t.f.n.:   _______________ t.f.n. R. Jorayev. 

 

Bayonnoma №___    «___» ________________ 2010 yil 



 

 

 



Kelishildi: 

 

Vatan tarixi kafedrasi mudiri, t.f.d.prof.:  __________ A. Rasulov 



 

                                            «___» ________________2010 yil 

 

 

 



 

 

        



 

 

 



 

 

 



© Namangan   davlat  universiteti 


1-MAVZU. TOPONOMIKA FANIGA KIRISH (4 soat). 

Reja: 

                                1. Kirish. 

2.  Toponomikaning boshqa fanlar bilan aloqalari. 

3.

 

Toponimlarning paydo bo’lishi. 

1

. Bir joyni ikkinchisidan, bir jilg'ani boshqa bir jilg'adan, bir ko'chani yonidagi 

ko'chadan,  tog'ladirlarni,  shahar  va  qishloqlarni  bir-biridan  farq  qilish  uchun  ham 

kishilar nomlar o'ylab chiqargan. Joy nomlari, 



geografik nomlar 

yoki 


toponimlar 

deb 


ataladi Toponimlarni toponimika fani o'rganadi. 

Toponimika  yunoncha 



topos  -  joy 

va 


onoma 

(yoki  onima)  - 



nom 

so'zlaridan 

tarkib topgan. 

Joy  nomlari,  ya'ni 



toponimiya 

bir  necha  turga  bo'linadi.  Bular, 



gidronomiya 

(yunoncha  gidro  - 



suv), 

ya'ni  daryolar,  ko'llar,  dengizlar,  soylar,  kanallar,  qo'ltiqlar, 

bo'g'ozlar,  sharsharalar  nomlari: 

oronimiya 

(yunoncha  oros  – 



tog), 

ya'ni  yer 

yuzasining  relef  shakllari  –  tog'lar,  cho'qqilar,  qirlar,  vodiylar,  tekisliklar  nomlari; 

oykonimiya 

(yunoncha  oykos  – 



uy),  polinimiya 

(yunoncha  polis  – 



shahar) 

yoki 


urbanonomiya 

(lotincha urbos – 



shahar), 

ya’ni qishloq hamda shaharlarning nomlari, 



mikrotoponimiya 

(yunoncha  mikros  - 



kichik), 

ya'ni  kichik  obyektlar:  buloqlar, 

quduqlar, dalalar, o'tloqlar, daraxtzorlar, jarlar, yo'llar, ko'priklar va hitto atoqli otga 

ega bo'lgan ayrim daraxtlar nomlari. Bundan tashqari, turli xalq, urug'-aymoq nomlari 

bilan  atalgan  toponimlar 

etnotoponimlar 

(yunoncha  etnos  – 



xalq) 

deyiladi.  Kishi 

ismlari bilan yuritiladigan toponimlarni esa 

antropotoponimlar 

(yunoncha antropos – 



odam) 

deb atash mumkin. 

Toponimika  shaharlar,  qishloqlar,  daryolar,  ko'llar,  tog'lar  kabi  geografik 

nomlarni, ularning kelib chiqishini, tarixini o'rganar ekan, bu fan tilshunoslarga ham, 

tarixchilarga ham boy ilmiy material beradi. 

Geografik  nomlar,  ya'ni  toponimlar  til  lug'at  tarkibining  bir  qismi  bolib,  til 

qonuniyatlariga  bo'ysunadi.  Albatta,  so'zni  tilshunoslik  -  lingvistika  fani  o'rganishi 

kerak. Demak, toponimika atoqli otlarni o'rganadigan 



onomastika 

fanining bir qismi 

bo'lib, tilshunoslik fanlari qatoriga kiradi. 

Ikkinchi  tomondan,  geografik  nomlar  xaritaning  eng  muhim  elementi  sifatida 

biron  mamlakat  yoki  olka  tabiatining  xususiyatlarini  aks  ettiradi.  Ana  shu  nuqtai 

nazardan toponimikani geografik fanlar jumlasiga kiritish mumkin. 

Shu  bilan  birgalikda,  joy  nomlari  jamiyat  tarixi  bilan  chambarchas  bog'liq. 

Joylarga  qanday  nom  berish  avvalo  jamiyatning  muayyan  bosqichdagi  ehtiyojlari 

bilan belgilanadi, Joy nomlari tarixini bilmasdan turib toponimika bilan shug'ullanish 

kutilgan  natijani  bermaydi.  Ana  shuning  uchun  ham  toponimika  tarix  fanlari 

qatoridan o'rin oladi. 

Demak, toponimika uchta katta soha: tilshunoslik, geografiya, tarix oralig'idagi 

fandir.  Shu  bois  toponimikaning  faktlari  xarakter  jihatdan  xilma-xil  bo'lgan 

lingvistik,  tarixiy  va  geografik  material  jalb  qilingandagina  to'g'ri  izohlab  berilish 

mumkin. 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə