S. V. Azizov qo'l to’pi o’yini d arv ozobonini tayyorlash metodikasi



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/21
tarix16.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110539
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Qo\'l to\'pi o\'yini darvozabonini nayyorlash metodikasi. Azizov S.V



S.V. AZIZOV
QO'L TO’PI O’YINI
D ARV OZOBONINI
TAYYORLASH
METODIKASI


O ’ZBEK ISTO N RESPUBLIKA SI 
OLTY VA O ’R TA MAXS1JS T A ’LIM VAZ1RLI01 
N A M A N G A N D A V I.A T UNIV ERSITETI
JISM ON1Y TA R B IY A N A ZA RIY A SI VA SPO RT TU RI.A R IN I 
O ’QITISH U SLU BIY O TI K AFEDRA SI
S.V. AZIZOV
QO’L TO’PI O’YINI
D ARVOZOBONINITAYYORLASH
METODIKASI
(U slu b iy q o ’llanma)
N am angan - 2008 yil


Mazkur uslubiy qo'lianm a oliy o ’quv yurtlaii jismoniy tarbiya va 
jismoniy madaniyat yo’nalishidagi bakalavrlar uchun mo’ljallangan.
Muallif:
S.AZIZOV - p.f.n. Jismoniy tarbiya nazariyasi va sport turlarini 
o ’qitish uslubiy kafedrasi dotsent v.b.
Taqrizchilar:
SH.X.XONKELDIYEV - p.f.d., professor, FarDU jimoniy tarbiya 
nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri.
B. M ADAM INOV 
- p.f.n. NamDU jismoniy tarbiya va sport 
kafedrasi mudiri
Namangan Davlul universileti о ’quv - uslubiy kengashida
muhokama qilingan va chop etishga tavsiya e/ilgan (2008 y il 27
avyustdagi 1-sonli bayonnoma).
2


K IR IS H
Jamiyat 
taraqqiyotining 
liozirgi 
bosqichida 
raqobatbardosh 
kadrlarni tayyorlash davlat ahamiyatiga ega bo’lgan vazifalardan biri 
hisoblanadi. “Ta’lim to’g’risida” gi qomm va "Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi” ning qabul qilinishi barcha soxalarda tayyorlanayotgan 
mutaxassislarga shu jumladan jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat 
ko'rsatayotgan 
pedagoglarimiz zimmasiga ham 
yosh 
avlodni 
tarbiyalash, sog’ligini mustahkamlash. inehnat va Valan nuidofaasiga 
tayyorlashdek ma’suliyatli vazifalarni yuklaydi.
Bu o 'z navbatida 5141900-Jismoniy madaniyat уunalishi bo’yicha 
taxsil olayotgan talabalar bilimi sifatiga bo’lgan talabni yanada 
kuchaytiradi. Bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri - bolalar 
sporti murabbiylarini tayyorlash sifatini oshirish, ularning kasbiy- 
pedagogik malakasini shakllantirish va mavjud kadrlarni 
qayta 
tayyorlashdan iboratdir.
Sportning barcha turlari kabi 
qo’l to’pi o ’yininda liam o’zaro 
raqobatning keskinlashuvi va natijalaming uzluksiz o’sib borishi katta 
imkoniyatlarga ega bo’lgan yosh iste’dodli hamda raqobatbardosh qo’l 
to ’pi o ’yinchilarini tayyorlash zaruriyatini 
kuchaytirmoqda. Bu, 
pirovardida, qo’l to ’pi sport turi bo’yicha yuqori malakali kadrlar 
tayyorlash jarayoniga alohida e ’tibor qaratislini hamda shu tizimlar 
mexanizmini qayta ko’rib chiqish va zamon talablari asosida 
shakllantirish kerakligini talab etadi. Bu holat shu sohada faoliyat 
ko’rsatayotgan pedagog- murabbiylar zimmasiga juda katta m a’suliyatli 
ishlarni yuklaydiki, ular qo’l to’pi sporti bo’yicha o ’yinchilarni 
tayyorlash jarayonida ularning texnik va taktik tayyorgarliklariga 
alohida e ’tibor berishlari zarur.
Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanmada qo’l to’pi o’yini darvozabonini 
tayyorlashda uning texnik va taktik tayyorgarlik-Iarining asosiy 
tomonlarini yoritib berishga harakat qilindi. O’ylaymizki bu o'z 
navbatida talabalarni nazariy bilimlarini ma’lum darajada oshirishga 
amaliy yordam beradi.


Q O ’L T O ’PI O ’Y IN I TASNIF1
Qo’l to ’pi atletik sport turlaridan biri hisoblanib, bunda bir jam oa 
o ’yinchilari raqib ustidan ustunlikka erishish uchun o’z rejalarini 
yashirgan xolda raqib rejasini ochishga harakat qilishadi. Shuning 
uchun bu o ’yinni raqiblami o ’zaro sport bellashuvi deb yuritish 
mumkin.
O ’yin jarayonini o'yin texnikasi, taktikasi va strategiyasi aniqlab 
beradi. Bularsiz jamoalarning sport kurashini tasavvur qilib bo’lmaydi.
O ’yin texnikasi - o ’yin usullarining yigindisi bo’lib, raqib ustidan 
g ’alaba qozonish uchun shu usullar tizimidan unumli foydalanishdir.
O ’yin taktikasi - bu shunday harakatlar tizimiki, uni jamoa o ’yin 
davomida raqib ustidan g'alaba qozonish maqsadida qo’llaydi. O 'yin 
davomida to’pni egallab turgan jamoa raqib himoyachilarini va 
darvozabonni aldab imkoniyat boricha raqib darvqzasiga ko’prok to ’p 
urishga harakat qiladi. Raqib jamoasi esa o ’z darvozasiga to ’p 
urdirmaslikka, raqibdagi to ’pni olib q o’yishga va javob xujumini tashkil 
qilish vazifasini o ’z oidiga q o’vadi. Buning natijasida jamoalarning 
o ’zaro sport kurashi vujudga keladi. 
'
Strategiya - sport 
kurashini 
boshkarish' san’atidir. 
Sport 
strategiyasi 
sport 
musobaqasi 
tug’risidagi 
bilimlar 
tizimi 
va 
qonuniyatlarini ifodalaydi. B o ’lajak sport musobaqalaming sharoitlari 
va xarakterlarini oldindan bilish uchun ushbu qonuniyatlarni bilish 
zarur b o ’ladi. Strategiya bu murabbiyning am aliy! faoliyati, chunki u 
jam oani bo’lajak musobaqalarga tayyorlaydi va musobaqa jarayonida 
jam oani boshqaradi. 
>
Musobaqalarga tayyorgarlik kurish jarayonida strategiyaning 
vazifalari q o ’yidagicha bo’ladi:
1.Jamoadagi har bir o ’yinchining imkoniyatlarini baholash va o ’yin 
rejasini aniqlash;
2.Raqib jam oasi o ’yinining xarakteridan kelib chiqqan xolda qarshi 
o'yin tizimini va shaklini tanlash ;
3.Musobaqalaming tartibini aniqlash.
Strategiya, texnika va taktika o ’zaro bir biri bilan bog’liq . 
Musobaqalarda yaxshi natijalarga erishish uchun taktikani tanlashni 
strategik vazifalar aniqlaydi, taktik harakatlarni amalga oshirish uchun 
o ’yin texnikasini qo ’l to ’pichi egallagan bo’lishi kerak. Musobaqa 
jarayonida q o ’l to ’pi o ’yinchisida 
o ’yin 
va xulqiy faoliyat yuzaga 
keladi. O ’yin faoliyati o ’yin texnikasi va taktikasi, xujum va himoya 
harakatlarini tashkil qiladi. Xulqiy faoliyatda sportchining rejasi, ruhiy


holati tug’risida raqib ma’lumotga ega bo’Iadi, shuning uchun raqibga 
ruxiy ta’sir o ’tkazish uchun sportchi charchaganligini va ba’zi salbiy 
ruxiy ahvolini bildirmay kurashishga tayyor ekanligini ko’rsatish kerak.
Q O ’ L T O ’PI O ’YINCHISINING HARAKAT FAOLIYAT!
TASNIFI
Qo’l to’pi o ’yini jamoa o ’yini hisoblanib, o’yin davrida maydonda 
jamoaning asosiy tarkibi 7 kishidan iborat bo’Iadi. Jamoa a ’zolarining 
maqsadi 
raqib darvozasiga ko’prok lo'p kiritib ,o’z darvozasidan 
imkoniyat darajasida kamrok to’p o ’tkazib yuborishdir. Jamoa o’yinida 
muvoffaqiyatga erishish uchun liar bir o’yinchining harakatlari 
jamoaning umumiy maqsadiga mulanosib bo’lmogi lozim. Jamoadagi 
har bir o ’yinchining maydondagi faoliyatidan kelib chiqib oldiga aniq 
qo’yilgan vazifalariga qarab: darvozabon va maydondagi o ’yinchilar 
(xujumda: markaziy o ’yinchi, yarim o ’rta, qanot va chiziqdagi o ’yinchi, 
himoyada esa: markaziy, yarim o ’rta, qanot va oldingi himoyachilar)ga 
ajratiladi.
Qo’l to’pi o ’yinchilarining harakat faoliyati deganda nafaqat o’yin 
texnikasi 
va taktik harakatiarni, balki umumiy maqsadlarni ko'zlab 
qljinadigan dinamik harakatlar tizimining yig’ihdisi tushuniladi. Qo’l 
to ’pi ' o’yinchisining harakat faoliyatidagi muvaffaqiyati qo’l to’pi 
o ’yinchilar malakalarining musthkamligi, xilma-xilligi, jism oniy va 
intellektual darajasini rivojlanganligiga bog’likdir. Hozirgi zamon qo’l 
to’pi sport turida о ’yinning jadallashganligi ko’rinib turibdi.
BU q o ’l to ’pi o ’yinchilarning o ’yin paytidagi tuxtovsiz harakatlari, 
ya’ni maydonda to ’psiz va to ’p bilan tez harakat qilish, hamda 
maydonning har bir-qismida qattiq kurash olib borishlarining natijasidir.
Zamonaviy qo’l to ’pi sport turi o ’yinchilaming harakat faoliyatlari 
va funktsional tayyorgarliklari oldiga juda katta talablarni qo’yadi. 
Musobaqa davrida o ’yinchi ju.da katta hajmdagi ishni bajaradi. O ’yin 
davomida u 4000-6500 metr 
masofani 
bosib o ’tadi. Tezlik bilan 
xujumga o ’tish va xujumdan o ’z darvozasiga qaytishda qo’l to’pi 
o ’yinchisi 50 martagacha 
tezligini oshirib harakat qiladi va irg’ib 
oldinga tashlanadi( rivok), bu esa o ’yin davomida bosib o’tiladigan 
masofaning 25 % tashkil qiladi. Katta tezlikdagi yiigurishlar to’pni ilish, 
uzatish va darvozaga otish bilan mutanosib bo’lishi lozim. Qo’l to’pi 
o ’yinchisining harakat faoliyati quyidagilardan iborat: yurish, yugurish, 
sakrash, tezlik bilan yugurish, to’pni uzatish va qabul kilish, raqib bilan 
kurashda darvozaga to’pni otish. Yuqorida qayd etilgan o’yin usullari 
barcha o ’yinchilarda turlicha bo’Iadi. Masalan : o’yinchi himoyalanish
5


jarayonida 2-10 metr masofaga juda katta tezlikda yugurib, o’yin 
davomida 600 metr masofani bosib o ’tadi. Ammo V.l.lzaakning 
m a’lumotiga ko’ra markaziy himoyachi 730 metr, qanot uyinchisi 400 
metr masofani bosib o ’tadi. Shunda markaziy himoyachi to’p bilan 
harakat qilayotgan xujumchiga qarshi yugurib chikishda 250 metr, qanot 
himoyachisi esa -2 0 metr masofani bosib o ’tadi xolos. Ayniqsa to’pni 
uzatishlarda farq son jixatidan ancha boshqacha. Masalan: markaziy 
o ’yinchi va yarim o ’rta o ’yinchi to ’pni 2-3 marta qanot o’yinchisiga 
nisbatan, 6-8 marta esa chiziqdagi o ’yinchiga nisbatan ko’p uzatadi. 
Chunki bu ko’rsatkichlar o ’yinchilarning maydondagi vazifalariga 
bog’lik bo ’ladi. Xujumdan himoyaga o ’tish, himoyadan xujumga o’tish 
paytida qanot o ’yinchilarning faolligi sezilib turadi. Pozitsion o ’yin 
paytida qanot o ’yinchilari juda ko’p tez yugurishlarni amalga 
oshirishadi. O ’yin davomida qisqa masofalarga tez yugurish talabi 
markaziy himoyachilar zimmasiga tushadi. Ular o ’yin davomida 50-120 
martagacha qisqa masofaga maksimal tezlik bilan yugurib raqibning 
xujumdagi 
rejalarini 
buzib yuborishga 
harakat 
qiladi. 
Boshqa 
o ’yinchilarga nisbatan sakrashlarni ko’proq yarim o ’llada harakat 
qilayotgan 
o ’yinchi bajaradi. Ammo o ’yin davomidagi o’yinchilar 
sakrashlarining umilmiy soni uncha ko ’p emas. O ’rtacha har bir o’yinchi 
20 martagacha har xil sakrashlarni amalga oshiradi. Bu keltirilgEtn 
raqam erkaklar va ayollar jamoalari uchim tegishli bo-lib bir oz farq 
qilishi mumkin.
Q o’l to ’pi shunday shiddatkor o ’yinki, u standart bo’lmagan 
harakatlar va dinamik kuch bilan bajariladigan ishlarni qamrab oladi. 
Bu o ’z navbatida maydondagi o ’yin holatiga bog’likdir. Q o’l to’pi 
o ’yinchisining *. faol harakatlari uning maydondagi tez harakatlari vto’p 
bilan qilinadigan harakatlar, raqib b ila n . birga-bir kurashda, sust 
harakatlari esa to ’psiz sekin harakat qilish va to ’xtash vaqtida sodir 
bo’ladi. Sust harakatlar ayniqsa raqib kuchsiz bo ’lganda aniq k o’zga 
tashlanadi.
Murabbiy 
o ’quv-trenirovka 
m ashg’ulotlarini 
rejalashti-rishda 
sportchiga musobaqa davrida qancha yuklama zarurligi to ’g ’risidagi 
m a’lumotni bHishi maqsadga muvofiqdir.
M usobaqa davridagi yuklamalarini aniqlashda o ’tkazilgan ilmiy- 
tadqiqotlarda yurakning urish tezligi har 10 sekundda 1-3 martagacha 
o ’zgarib turishi kuzatildi. O ’yin boshlanishi bilan o ’yinchi raqib bilan 
l'aol ravishda kurash olib boradi. Odatda o ’yin davomida o ’yinchining 
yurak urishi 
1 daqiqasiga 
160-180 marta bo’lishi mumkin. 
O ’yinchining yurak urishining tezligi musobaqaning ahamiyatiga,
6


raqibning maxorat darajasiga va o ’yindagi hisobga bog’Jiq bo’Iadi. 
Kalendar musobaqalar davrida o’ziga teng bo’lgan raqib bilan 
o’tkazilgan o ’yinlarda o ’yinchilarning yurak urish tezligi 1 daqiqada 
162 martadan kam bo’lmaydi.
Shiddatli 
musobaqa sharoitida o ’yining 
50%
vaqti davomida 
o ’yinchining yurak urish tezligi 1 daqiqada 180 marta va undan yuqori 
bo’Iadi.
Tayyorgarlik darajasi bir hil bo’lgan erkak va ayol qo’l to’pi 
sportchilarining yurak urishi tezligi son jixatidan deyarli farq qilmaydi. 
O’yin davomidagi ( 60 daqiqa) yurak urishi ko’rsatkichlari yigindisi 
9800-10800 gacha bo’Iadi. O ’yin davomida o’yinchilar 2-4 kg gacha 
vazn yo’qotadi, bu o ’yinning shiddatkorlik darajasiga bog’lik bo’Iadi. 
Yuqori razryadli qo’l to’pi bo’yicha sportchilaming o ’yin davomidagi 
energiya yo ’qotishlari past razryadli sportchilarnikidan yuqori bo’Iadi.
Darvozabonning harakat faoliyati maydon o’yinchisining harakat 
faoliyatidan tubdan farq qiladi. Har xil sakrashlar, birdaniga tez harakat 
qilish, qo’l va oyoqlar 
bilan harakat qilish va to ’pni uzatishlar 
darvozabon 
o ’yinining 
asosiy 
komponentlari 
hisoblanadi. 
Darvozabonning harakat faoliyatidagi faol davri raqib' o’yinchisi to’p 
bilan harakat qilgan paytida bo’Iadi. Darvozaga otilgari to’pni ilib olib 
o’z jamoasi o ’yinchilariga to ’pni uzatgandan so’og, darvozabonning 
harakat faoliyatidagi sust davr boshlanadi. Darvozabonning harakat 
faoliyatidagi faol va sust davrlar 10-40 sekundda almashib turadi. 
Musobaqa paytida kuchli raqib bilan uchrashuvda darvozabonning yurak 
urishi tezligi 1 daqiqada 144-176gacha, kuchsiz raqib bilan bo’lgan 
uchrashuvda esa, bu ko’rsatkich 1 daqiqada 120-1.62 gacha bo’Iadi. 
Darvozabonning 
o’yin 
davomidagi 
(60 
daqiqa) 
yurak 
urishi 
ko’rsatkichlari yigindisi 8000- 9600 gacha bo’Iadi. •
Yuqori malakali sportchilar o ’kuv-mashgulot jarayonining asosiy 
maqsadi 
ularning musobaqa davrdagi harakat faoliyatlarini yuqori 
darajaga 
ko’tarishga 
qaratilgan 
bo’lishi 
kerak. 
Qo’l 
to’pi 
o ’yinchilarining o ’yin paytidagi 
harakat faoliyatlari xaqida kerakli 
m a’lumotlar murabbiyga mahsus mashqlar majmuasini (kompleksini) 
ishlab chiqish imkonini beradi. Qo’l to ’pi o’yinchilarir.ing o ’yin paytida 
energiya yo ’qotishi xaqidagi m a’lumot esa unga 
o ’yinchilarni 
ovqatlanish, dam olish tartibini rejalashtirishga yordam beradi, bu esa 
o’z navbatida sportchilar organizmining ishchi holatiga qayta 
tiklanishini ta ’minlaydi.
Qo’l to ’pi o ’yinida strategik vazifalami amalga oshirish uchun 
o ’yin tayyorgarligi jismoniy, texnik, taktik, intellektual va mahsus ruxiy


tayyorgarliklarini birlashtirib, yagona o ’yin tizimiga aylantiradi. O ’yin 
tayyorgarligi jarayonida 
barcha tayyorgarliklar turlarini o ’yinni 
muvaffaqiyatli olib borish uchun ketma- ket birlashishini hamda jamoa 
o ’yinchilari kunikmalarining takomillashishini va ular ruhiyatining 
musthkamlaniishi ko’zda tutiladi.
Qo’l to ’pi jam oasiga murabbiylik qilgan pedagog-murabbiy qo’l 
to’pi o ’yinchilarining individual maxoratini tarbiyalash paytida ulardagi 
ba’zi bir yetishmovchiliklarni boshqa sifatlar hisobiga tekislash 
imkoniyatlarini topishi zarur bo’ladi. Masalan:
.1. o ’yinchining jismoniy tayyorgarligi bo’sh bo’lsa, uni yaxshi 
rivojlangan jism oniy sifatlari 
yordamida to ’ldirish mumkin. Bo’yi 
baland o ’yinchilarda esa tezkorlik, sakrovchanlik, chaqqonlik kabi 
jismoniy 
sifatlarini 
maqsadli 
rivojlantirish 
yordamida 
kutilgan 
natijalarga erishish mumkin;
2. ba’zi bir jismoniy qobiliyatlarining yetishmovchiligini boshqa 
sifatlami tarbiyalash yordamida, masalan, balandbo’yli o ’yinchi 
reaktsiyasining sustligini unda kuch tezkorligi sifatlarini rivojlantirib, 
aldamchi harakatlami takomillash-tirish natijasida maqsadga erishsa 
bo’ladi;
3 .jismoniy qobiliyatlardagi yetishmovchilikrii 
o ’yin texnikasini 
yuqori darajada bajarish yordamida , h im o y a . 
paytidagi harakat 
tezligining yetishmasligini to ’pga to’siq qo’yish usullarini yaxshi bajara 
olish yordamida;
4. bir usulni yaxshi egallayolmaganligini boshqa usullarni yuqori 
darajada o ’zlashtirib olish natijasida, uzoq masofadan to ’pni yaxshi 
otaolmasligini to ’pni uzatish va qabul qilish usullarini xamda aldovchi 
harakatlarini mukammal egallagani bilan; 
л Г
5. taktik fikrlashda yetishmovchilikni esa to ’pni kuch bilan otish 
texnikasini yaxshi o ’zlashtirib olish bilan qoplanadi.
M urabbiylar sportchilami tanlashda yoki jamoadagi o ’rinlarini 
aniqlashda, jam oani shakllantirishda ham ba’zi bir sifatlaming yuqligi 
yoki kamchiligini boshqalari bilan o’m ini bosishni ko’zda tutishlari 
zarur.
O’yin tayyorgarligida nazorat o ’yinlariga katta ahamiyat beriladi. 
Bu o ’yinlarda murabbiy har bir o ’yinchining ushbu bosqichdagi 
tayyorgarligini va jam oa tarkibini 
aniqlaydi. Bundan tashqari 
tayyorgarlikning bu turi musobaqalar boshlanishidan a w a l jamoa 
tarkibiga tegishli o ’zgarishlar kiritish, butun o ’yin davomidagi kuchni 
to ’g ’ri, oqilona taqsimlash , o ’yinchilarni almashtirilgandan so’ng


o ’yinga tezda kirishib ketishlarini va ruhiy 
jixatdan tayyorgarlikni 
ta’minlash imkonini beradi.
Nazorat o ’yinlari musobaqa sharoitiga o ’xshagan sharoitda 
o ’tkaziladi 
( hakamlar, o’yinchilar kiyimi, o ’yin qoidalariga rioya 
qilish, musobaqa boshlanishi va tugashidagi marosimlari, murabbiy 
tomonidan ko’yilgan vazifalar va boshqalar).
Har bir o ’yinga uning darajasi va moxiyatiga qarab murabbiy 
yunaltirish berishi lozim, o ’yinchilar esa barcha imkoniyatlarini ishga 
solib, uni amalga oshirishlari shart. O ’zidan ancha kuchli jamoa bilan 
uchrashuv o ’tkazganda:
a)hisobdagi farqni minimal bo’lishi uchun bor kuchi bilan kurash olib 
borish;
b) eng xavfli o ’yinchini betaraf qilmoq;
v) o’yin intizommi saqlagan xolda, yaxshi ishlov berilgan o ’yin 
tizimlarini qo’llash va boshqalar. O ’zidan ancha kuchsiz jamoa bilan 
uchrashganda:
a) o ’yinning jadalligini oxirigacha pasaytirmasdan hisobdagi farqni 
maksimal bo’lishini ta ’minlash;
b) har hil yaxshi ishlov berilmagan 
o ’yin tizimlarini qo’llash; 
v)himoyadagi harakatlami kuchaytirish va 
qayta xujumlami tashkil 
qilish;
g) yangi o’yin tizimlarini tayyorgarliksiz qo’llash.
O ’zi bilan kuchi'teng jam oa bilan uchrashganda:
a)g’alaba qilish;
b)murabbiyning aniq individual yunaltirishlarini bajarish; 
v)o’z tayyorgarligini tekshirish va xokazo.
O ’tkazilgan o ’yin muhokamasi har bir o ’yinchi va jamoa uchun 
katta ahamiyatga ega bo ’Iadi. 
Murabbiy 
o ’tkazilgan 
o ’yinni 
muhokama qilishda jamoaga umumiy baho beradi. O ’yindagi taktik reja 
g’oyasi amalga oshirilgani yoki oshirilmaganini qayd etadi. Agar taktik 
reja amalga oshmagan bo’lsa, uning sabablari ko’rsatib o ’tiladi. Shundan 
so’ng murabbiy har bir qator ( oldingi, orqa qator, himoya, xujum va 
darvozabon) o ’yinchilarining harakatlarini aloxida baholaydi va xulosa 
chiqaradi.
O ’tgan o ’yinni muhokama qilish qo’yidagicha ko’rinishda bo’Iadi: 
l.o ’tkazilgan o’yinning umumiy bahosi;
2.jamoa o ’yin taktik rejasini qanday bajargani;
3.хаг bir o ’yinchi faoliyatini baholash;
4.o’tkazilgan o’yindan chiqarilgan hulosalar.



Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə