Sahifa sarlavhasi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə1/2
tarix04.06.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#88809
  1   2
14-ma`ruza


14-mavzu: Web – sahifa yaratish texnologiyalari.
Reja:
1. Internetda axborotlarni ifodalash. Web brauzerlar.
2. HTML da matnlarni bezash, ro‘yhatlar hosil qilish.
3.HTML da jadvallar yaratish va grafik obyektlarni joylashtirish.
4.Dreamweaver dasturi yordamida web-sahifa yaratish.

Tayanch iboralar:Web brauzerlar,Web sahifa, web sayt, web portal, WWW, HTML, teg.

Dars maqsadi : Internetda axborotlarni ifodalash. Web brauzerlar WWW, HTML imkoniyatlaridan foydalanishni o‘rganish.

Axborot bugun hozirgi zamon kishisi hayotida eng muhim birlikka aylanib bormoqda. Axborot o‘z bilimini boyitishga yordam beradi, dunyoqarashini kengaytiradi va madaniy farovonligini yaxshilaydi. Internetga kirish axborot xazinasiga kirishdek, foydalanuvuchilarga cheksiz bilim qatlamini ochib beradi va qiziqarli onlarga, yaxshi tadqiqotlarga ega bo‘lgan foydalanuvchilar uchun juda katta keng miqyosdagi imkoniyatlar beradi.


Halqaro aspektda internet bilimi erkin axborot almashuviga, halqaro tajriba almashuviga, alohida tijorat munosabatlarini o‘tkazishga va yer sharining har xil nuqtasidagi odamlarni bir biri bilan bog‘lanib turishiga shart-sharoitlar ochib beradi.
Internet bilimi faqat sahifama–sahifa ko‘chib o‘tish va kerakli axborotni tezda topish degani emas. Internet bilimi deganda, yuқoridagilarga qo‘shimcha ravishda o‘nga o‘zining axborotini joylashtira bilish tushuniladi. Bunda shunday joylashtirish kerakki, oqibatda bu axborot foyda keltirsin. Internetda axborotni joylash uchun Web sahifa zarur. Unda axborotni ustun, satr bo‘ylab yoki jadvalda o‘rnatish mumkin va shu bilan birga chiroyli qilib bezatilgan bo‘lishi kerak. Web–sahifa axborotdan foydalanuvchi xohishiga qarab joylanishi mumkin. Bunday sahifalar, talablar asosida yaratiladi va dinamik Web–sahifalar deyiladi.
Barcha ifodalangan axborotlar mazmuniga bog‘liq ravishda sahifa bo‘yicha alohida mavzu bo‘lib tarqalishi mumkin. Lekin, foydalanuvchi ega bo‘lgan axborot uchun bir sahifa oralig‘i yetmay qolishi mumkin. U holda axborot o‘zaro yagona mavzu bilan bog‘langan, umumiy jihozlangan, bir-biri bilan gipermatnli dastaklar (ssilkalar) bilan bog‘liq bir qancha Web– sahifalarga tarqatiladi. Har xil sahifalarga tarqatilgan va o‘zaro dastaklar to‘ri bilan bog‘langan hujjat gipermatn deyiladi. Bunday sahifalarning barchasi birgalikda bus-butun informatsion birlik Web–saytni tahlil etadi. Web–saytlar internetda yagona informatsion oraliqqa birlashtiriladi. Bunda Web–sayt va Web sahifalar o‘zaro har xil dastaklar bilan bog‘lanadi.

Web–brauzerlar–bu dunyoning har xil burchaklaridagi Web–serverlar bilan tanishib chiqish imkonini beradigan, kompyuterga joylashtirilgan dasturiy ta’minotdir. Brauzerlar internet bo‘ylab uzatiladigan matn va HTML teglarni interpretatsiya qila oladi va ularni ekranda to‘g‘ri aks ettiradi. Brauzerlar kompyuterlarning turidan qat’iy nazar bir xil xizmat qiladi. Ular HTMLni yaxshi tushunadi va interpretatsiya qila oladi.


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə