Sahnalashtirish faolyati jarayyonida bolalarda ijodkorlik rivojlanish usullari



Yüklə 125 Kb.
səhifə1/5
tarix24.03.2023
ölçüsü125 Kb.
#103044
  1   2   3   4   5
12.SAHNALASHTIRISH FAOLYATI JARAYYONIDA BOLALARDA IJODKORLIK RIVOJLANISH MAZMUNI

SAHNALASHTIRISH FAOLYATI JARAYYONIDA BOLALARDA IJODKORLIK RIVOJLANISH USULLARI

Reja:


  1. Tarbiychi pedagogik faoliyatiga ijodiy yondashuv
  2. Pedagog-tarbiyachining ijodkorlik sifatlari.

  3. Sahnalashtirish faoliyati rivojlantirish vositasi sifatida.

  4. Sahnalashtirish faoliyatida bolalarda aktiyorlik qobiliyatini rivojlantirish.

Ijodiylik (lot., ing. “create ”–yaratish, “creative yaratuvchi, ijodkor)–individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini ifodalaydi
Shaxsning ijodiyligi uning tafakkurida, muloqotida, his- tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Ijodiylik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o’tkirlikni tavsiflaydi. Shuningdek, ijodiylik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi.
Amerikalik psixolog P.Torrens fikricha, ijodiylik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va o’zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o’zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlikni ifodalaydi.
Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi ijodiylik ham birdaniga shakllanmaydi. Ijodiylik muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va rivojlantirilib boriladi.
Pedagogning ijodiylik sifatlariga ega bo’lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yo’naltiradi. Oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning ijodiylik sifatlariga ega bo’lishlari ularda o’quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an’anaviy yondashishdan farqli yangi g’oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o’ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi. Binobarin, ijodiylik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi, ilg’or, bolalarning o’quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish, ilg’or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bo’lishga e’tibor qaratadi. Odatda pedagoglarning ijodiylik qobiliyatiga ega bo’lishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o’zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi, shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo’lgani kabi bo’lajak pedagoglarning ijodiylik qobiliyatiga ega bo’lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo’yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o’zini o’zi ijodiy faoliyatga yo’naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega.
Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur. Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala yechimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o’z oldiga muammoli masalalarni qo’yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo’lgan dalillar bilan to’qnash keladi. Buning natijasida o’z ustida ishlash, mustaqil o’qib o’rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. Pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirishi unda ijodiylik potentsialini yanada rivojlantiradi. Pedagog o’z-o’zidan ijodkor bo’lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o’qib- o’rganish, o’z ustida ishlash orqali shakllanadi.
Zamonaviy ta’lim barcha turdagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachi, , pedagoglarning ijodkor bo’lishlarini taqozo etmoqda.
Ijodiylik” tushunchasi o’zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G’arb kishilari uchun ijodiylik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular ijodiylik negizida noan’anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg’usi va erkinlik mavjud bo’lishiga e’tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; Shternberg, 1985 y.). Sharqliklar esa, aksincha, ijodiylikni ezgulikning qayta tug’ilish jarayoni, deb tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 y.; Rudovich, Yue, 2000 y.). Garchi g’arblik va sharqliklarning ijodiylik borasidagi qarashlari turlicha bo’lsa- da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.).
Ko’pgina pedagog-tarbiyachilar o’zlarida ijodiylik qobiliyatini mavjud emas, deb hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin: birinchidan, aksariyat pedagog-tarbiyachilar ham aslida “ijodiylik” tushunchasi qanday ma’noni anglatishini yetarlicha izohlay olmaydilar; ikkinchidan, ijodiylik negizida bevosita qanday sifatlar aks etishidan bexabarlar.
Ayni o’rinda shuni alohida qayd etib o’tish joizki, har bir shaxs tabiatan ijodiylik qobiliyatiga ega. Xo’sh, ular o’zlarida ijodiylik qobiliyati mavjudligini qanday namoyon eta olishlari mumkin. Bu o’rinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi: Agarchi o’zingizni ijodiy emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq ijodiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor va ijodiy bo’lganingiz yoki bo’lmaganingizda emas, balki darslarni ijodiylik ruhida tashkil etishingiz va yangi g’oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir.

Patti Drapeau nuqtai nazariga ko’ra ijodiy fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash ta’lim oluvchilardan o’quv topshirig’i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko’plab g’oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to’g’ri g’oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko’p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo’lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash ijodiylikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda ta’lim oluvchi yechimning bir necha variantini izlaydi (ko’p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to’g’ri yechimda to’xtaladi (bir tomonlama fikrlash).
Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda “ijodiylik” tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin:
Shaxsning ijodiyligi uning tafakkurida, muloqotida, his- tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Ijodiylik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Ijodiylik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, ijodiylik zehni o’tkirlikni belgilab beradi, “ta’lim oluvchilar e’tiborini ta’lim jarayoniga faol jalb etishni ta’minlaydi”.
Kasbiy faoliyatda pedagogning ijodiyligi turli shakllarda namoyon bo’ladi. Ular quyidagilardir: axborot, shu jumladan, kompyuter texnologiyasi yordamida pedagog - tarbiyachi tomonidan ijodiy yondashuv asosida tayyorlanib, ta’lim jarayonida samarali foydalanish mumkin bo’lgan ijod mahsulotlari sanab o’tiladi.

Yüklə 125 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə