Salomatlik tushunchasi va me’yorlari



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə1/8
tarix07.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#108868
  1   2   3   4   5   6   7   8
Kasallik va norma tushunchasi

REJA:

  • Salomatlik tushunchasi va me’yorlari
  • Salomatlikka xavf soluvchi omillar. Yuqumli kasalliklarni yuqish yo’llari
  • Zararli odatlar

Salomatlik tushunchasi va me’yorlari

  • Sanalogiya- salomatlik haqida ta’limot bo’lib, jamiyat salomat-ligini saqlash va ularni amalga oshirish yo’llarini o’rgatadi.
  • Jahon sog’liqini saqlash tashkiloti Nizomiga muvofiq salomatlik— jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan osoyishtalik holatidir. Sog’lom ki-shigina o’zining asosiy vazifasi — mehnat qilish faoliyati bilan shug’ul lana oladi, oilasini boqadi, jamiyat va davlatga foyda keltiradi. Shunday ekan, salomatlik har bir kishi uchun ne’mat, baxt – saodat, mehnat unumdorligini, mamlakat iqtisodiy qudratini va xalq farovon-ligini oshirishning zaruriy shartidir.

Jamiyat jismoniy salomatligining asosiy ko’rsatkichlaridan biri — bu uzoq umr ko’rishdir.

  • Jamiyat jismoniy salomatligining asosiy ko’rsatkichlaridan biri — bu uzoq umr ko’rishdir.
  • Tibbiyot hodimlarining vazifasi nafaqat inson salomatligini saq-lash yoki tiklash ya’ni uzoq umr ko’rishga erishish, balki faol uzoq umr ko’rishga erishishdir. Insonning sog’lig’i, uning subyektiv ko’rsat-kichlari ya’ni shikoyatlarining yo’qligi va obyektiv ko’rsatkichlari uning yuqori mehnat qobiliyatini saqlashi bilan belgilanadi.
  • Demak, salomatlikni baholashda nafaqat tinch holatda, balki faol zo’riqishda, ya’ni faol sinamalar o’tkazish jarayonida ham tashxis qo’-yish mumkin.
  • Tibbiyot hamshirasi jamiyat a’zolari salomatligini saqlashda, sog’-lom turmush tarzini targ’ib qilishda “jamiyat salomatligi” tushuncha-laridan foydalanishi zarur.

“Jamiyat salomatligini” baholashni o’rganishda tibbiyot hodimlari sotsial, tabiiy va biologik omillarni inobatga olishi lozim. Tibbiyot hamshirasi aholi salomatligini ta’minlash borasidagi profilaktik ish-larni olib borishda uch guruh ko’rsatkichlardan foydalanadi:

  • “Jamiyat salomatligini” baholashni o’rganishda tibbiyot hodimlari sotsial, tabiiy va biologik omillarni inobatga olishi lozim. Tibbiyot hamshirasi aholi salomatligini ta’minlash borasidagi profilaktik ish-larni olib borishda uch guruh ko’rsatkichlardan foydalanadi:
  • demografik ko’rsatkichlar;
  • aholini jismoniy rivojlanganlik ko’rsatkichlari;
  • kasallanish, shikastlanish, nogironlik ko’rsatkichlari.
  • Tibbiyot hamshirasi aholi orasida profilaktika ishlarini olib bo-rishda ularga salomatlik mezoni va yo’nalishini tushuntirishi lozim. Chunki butun xalq salomatligining mezoni va yo’nalishini ishlab chiqish bu g’oyat katta, qiyin va ma’suliyatli vazifadir.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə