Samadova muxlisaning yosh fiziologiyasi va gigiyena fanidan


NEVROZ RIVOJLANISHININgSABABLARI VA MEXANIZMLARI



Yüklə 16,13 Kb.
səhifə2/7
tarix21.04.2022
ölçüsü16,13 Kb.
#85794
1   2   3   4   5   6   7
Bolalarda nevroz kasalliklari va ularni oldini olish-www.hozir.org

NEVROZ RIVOJLANISHININgSABABLARI VA MEXANIZMLARI I. P. Pavlov o’zining fiziologik ta’limoti doirasida nevrozni noadekvat kuch va tashqi qo’z’g’atuvchilar ta’siri tufayli miya po’stlog’ida o’ta zo’riqish natijasida oliy nerv faoliyatining surunkali uzoq vaqt buzilishi deb belgilangan. XX asr boshlarida «nevroz» klinik atamasini nafaqat odamlarga, balki hayvonlarga nisbatan ham qo’llash ko’p bahs-munozaralarga olib keldi. Psixoanalitik nazariyalar nevrozni va uning alomatlarini asosan chuqur psixologik nizo natijasi sifatida ifodalaydi. Bunday nizo insonning asosiy ehtiyojlarini qondirishga to’sqinlik qiladigan va uning kelajagiga tahdid soladigan, inson unga qarshi kurashadigan, lekin yenga olmaydigan uzoq vaqt saqlanadigan ijtimoiy vaziyatlarsharoitida shakllanadi deb taxmin qilinadi. Zigmund Freyd bunday nizolarni «Id»ning instinktiv talablarni jamiyatdagi odob-axloq va me’yorlarni nazarda tutadigan «Super-Ego» tomonidan bostirilishidagi fundamental qarshiliklarda ko’rgan. Karen Xorni hisoblashicha, nevrozning fundamental nizosi — shaxsning mos kelmaydigan himoya tendentsiyalari o’rtasidagi qarama-qarshilikning natijasidir. Xorlik, ijtimoiy izolyatsiya, ota-onalarning mutlaq boshqaruvchi mehr-muhabbati, beparvo va tajovuzkor munosabat kabi noqulay ijtimoiy omillardan himoyalanish uchun, bola «odamlar tomon», «odamlarga qarshi» va «odamlardan nari» yo’nalishlarga asoslangan himoya usullarini shakllantiradi. Odamlar tomon harakat qilish, asosan, bo’ysunish, sevish, himoya qilishni ifodalaydi. Odamlarga qarshi harakatlar odamlar ustidan hokimiyat o’rnatishga, shuhratga, tan olinishga, muvaffaqiyatga, kuchli bo’lishga va hayot bilan kurashishga intilishni ifodalaydi. Odamlardan nari harakati mustaqillik, erkinlik, odamlardan holi bo’lish zaruriyatini ifodalaydi. Nevrotik bemor bir vaqtning o’zida barcha uch tendentsiyalarga ham moyil bo’ladi, lekin ulardan biri ustunroq bo’ladi, shuning ustun nevrotiklarni «bo’ysunuvchi», «tajovuzkor» va «ajralgan» turlarga tasniflash mumkin. Karen Xorni himoya tendentsiyalari o’rtasidagi qarama-qarshiliklarning sababi bo’lgan muammolarga katta e’tibor bergan. Umuman olganda, bugungi kunda ham psixologik omillar (shaxsning xususiyatlari, uning kamolotga yetishi va tarbiya topishi sharoitlari, jamiyat bilan aloqalarni o’rnatish shartlari, intilishi darajasi), ham biologik omillar (muayyan psixogen ta’sirlarga nisbatan zaifroq qiladigan ma’lum neyromediator yoki neyrofiziologik tizimlarning funktsional tanqisligi) nevroz rivojlanishiga turtki bo’ladigan omillar sifatida qaralmoqda.


Yüklə 16,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə