Samaradorlik va boshqaruv Turli nuqtai nazardan korxona boshqaruvining samaradorligi Samarali boshqaruv Malayziya


Samarali boshqaruv - Malayziya misolida



Yüklə 13,62 Kb.
səhifə3/3
tarix05.01.2023
ölçüsü13,62 Kb.
#98212
1   2   3
Samarali boshqaruv Malayziya misolida

Samarali boshqaruv - Malayziya misolida
Malayziya ­ bir paytlari [o‘tgan asrning 60 yillarida] xomashyo resurslarining eksportiga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga ega bo‘lgan davlatlardan biri bo‘lib, u davlat va biznes o‘rtasidagi sherikchilikni instititutsializatsiya qilish orqali iqtisodiyotni sanoatlashtirish va xususiy sektorni rivojlantirish uchun maqbul siyosiy va iqtisodiy sharoitlar yaratishga muvaffaq bo‘lgan.
Buni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi va ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv tizimini butkul o‘zgartirishga to‘g‘ri kelgan. Mamlakatda davlat boshqaruvi, davlat xizmatlari isloh etilib, davlat organlari funksional, tashkiliy va moliyaviy jihatdan optimallashtirilgan. Ana shu tajribani O‘zbekiston o‘z misolida qo‘llay oladimi? Malayziyaning davlat boshqaruvidagi ish usuli O‘zbekiston uchun maqbulmi?
14 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Innovatsiya va boshqaruv yechimlari laboratoriyasida «Malayziyaning ma'muriy islohotlar sohasidagi tajribasini o‘rganish: O‘zbekiston uchun xulosalar» mavzusida ma'ruza muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Ma'ruzani BMT Taraqqiyot dasturining «Davlat boshqaruvini samarali rivojlantirish va raqamli transformatsiyaga ko‘maklashish» loyihasining milliy konsultanti Kamoliddin Hamidov taqdim etdi. Ma'ruzachi yuqoridagi savollarga qisman javob berishga harakat qildi.
«Bugungi kunda Malayziya hukumatining faoliyati tarkibiy islohotlarni mustahkamlash, aholi daromadini oshirish va global muammolarni hal qilishga qaratilgan. Mamlakatda «raqamli iqtisodiyot»ni keng joriy qilish ishlari amalga oshirilmoqdaki, bu nainki jug‘rofiy nuqtai nazardan, balki jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olishga qaratilgan.
Malayziya tajribasi yurtimizda keng islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda O‘zbekiston davlat boshqaruviga qo‘llash imkoniyatlari nuqtai nazaridan qimmatli tajriba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Malayziya 1957 yilda mustaqillikka erishgan bo‘lib, 70-yillarga qadar hukumat faoliyati davlatning istalgandek rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatmadi. Shu munosabat bilan davlat boshqaruvi tizimidagi muammolar o‘rganilib, tahlil qilindi, va shuning asosida uni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlandi.
O‘sha davrda islohotlar davlat boshqaruvining samaradorligini oshirishga, davlat xizmatlarini mukammallashtirishga, jamoat ishtirokini kuchaytirishga, mahalliy hukumat organlarining mustaqilligini oshirishga qaratilgandi. Shu bilan bir qatorda 1966 yili davlat rivojlanishining 5 yillik rejasi qabul qilinib, u import mahsulotlarining o‘rnini bosuvchi siyosatni yurituvchi yagona iqtisodiy dasturga aylandi. 80-yillarda davlatning iqtisodiyotdagi ulushi kamaytirilib, iqtisodiyotni davlat tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarilishiga barham berish asosiy vazifalardan biriga aylandi. Davlat korxonalari xususiylashtirildi, sanoat tovarlarini eksport qilish esa strategiya darajasiga ko‘tarildi», — deydi Kamoliddin Hamidov.
Ma'ruzachining aytishicha, makroiqtisodiy boshqaruvning asosiy vositasi fiskal siyosat bo‘ldi. Bunda soliq tizimi anchayin sodda bo‘lib, unda boshqa davlatlarda keng qo‘llaniladigan ko‘plab soliqlar bo‘lmagan.
«Budjet-soliq siyosatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirilishiga xizmat qildi, dunyo bozorida raqobat kuchaygan bir paytda ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini o‘sishiga olib keldi.
1990 yillardayoq Malayziya hukumati kelajak iqtisodiyotining katalizatori sifatida AKTning muhimligini anglab yetgandi. Shu bois ham mazkur yo‘nalish so‘nggi 20 yil davomida hukumat ahamiyatiga molik sohaga aylandi. Malayziya bugunda raqamli iqtisodiyot va raqamli hukumat dasturlarini amalga oshirmoqda. Ular AKT va IT-sanoatni, elektron davlat xizmatlarini rivojlantirish, shuningdek, biznes jarayonlariga innovatsiyalarni tatbiq etish orqali raqamli iqtisodiyotga xususiy biznesni jalb qilishdan iborat», — deydi u.
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Malayya universiteti qoshidagi Ijtimoiy siyosat va boshqaruv xalqaro instituti (INPUMA) direktori Noriza binti Ariffin bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralar davomida Malayziya vakillari O‘zbekistonda davlat boshqaruvi, kadrlar siyosati, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish buyicha olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.
Noriza binti Ariffin O‘zbekistonda tashkil etilgan Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi (DXRA) faoliyatini eʼtirof etdi. U har bir davlatda yagona muvofiqlashtirilgan tashkilot kerakligini va uning faoliyati davlat boshqaruvi tizimida yagona tamoyil va meʼyorlar kafolati bo‘la olishini taʼkidladi.
Tomonlar pandemiya davridan so‘ng davlat boshqaruvi va kadrlar siyosati sohasida o‘zaro hamkorlikni davom ettirishning muhimligini taʼkidladi. Qayd etilganidek, Kuala-Lumpurdagi diplomatik missiyamiz ko‘magi bilan 2019 yil dekabr oyida tashkil etilgan DXRA delegatsiyasining Malayziyaga ishchi safari va INPUMA bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni davom ettirish uchun qulay zamin yaratdi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi chog‘ida «Davlat xizmati tizimidagi kadrlar siyosatining dolzarb masalalari: O‘zbekiston va Malayziya tajribasi» mavzusidagi seminar tashkil etildi. Unda Malayya universiteti va INPUMA ilmiy-o‘quv bo‘limi vakillari ishtirok etdi.
Noriza binti Ariffin INPUMAning DXRA bilan davlat xizmatchilari uchun kadrlar va personal boshqaruv, malaka oshirish, tajriba almashish, rag‘batlantirish tizimini yaratish va qator boshqa sohalarda qisqa muddatli o‘quv dasturlarni ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga jiddiy qiziqish bildirdi.
Malayziyalik hamkorlar shu yilning noyabr oyida o‘zbekistonlik davlat xizmatchilari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida vebinar o‘tkazishni taklif qildi.
Muzokaralar natijasida yaqin vaqt ichida DXRA va INPUMA vakillari o‘rtasida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish uchun tashkil etiladigan o‘quvlarni batafsil muhokama qilish maqsadida videokonferensiya tashkil qilish va davlat boshqaruvida korrupsiyaning oldini olish mavzusida vebinar o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Malayya universiteti qoshidagi Ijtimoiy siyosat va boshqaruv xalqaro instituti 1999 yilda tashkil etilgan. U ijtimoiy siyosat va davlat boshqaruvi sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan davlat oliy o‘quv yurti hisoblanadi.
INPUMA Malayziya tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Texnik hamkorlik dasturi doirasida xorijiy davlatlarning davlat boshqaruvidagi o‘rta va yuqori darajali mutaxassislarining malakasini oshirish uchun qisqa va uzoq muddatli kurslarni tashkil etadi.
Yüklə 13,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə