Samarqand davlat arxitektura-qurilish



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/117
tarix20.06.2022
ölçüsü0,97 Mb.
#89799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
talimda axborot texnologiyalari

Tayanch so’z va iboralar:
texnologiya tushunchasi, axborot texnologiyalari, axborot
tizimlari, komponentalar, telekommunikatsiya tarmog’i, telekommunikatsiya vositalari, axborot
texnologiyalari turlari.
1.1. Texnologiya tushunchasi
Texnologiya (
yunoncha-techne) so’zidan olingan bo’lib, moxirlik, ustalik, san’at yoki bir
ishni uddalay olish demakdir, bu esa jarayondan boshqa narsa emas. Bu aniq bir jarayonga
nisbatan qo’llaniladi. Jarayonlar esa odamlar tomonidan tanlangan va belgilangan strategiya
asosida va turli vositalarni, usullarni qo’llab amalga oshiriladi.
Axborot texnologiyasi
- axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni
tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar
(«Axborotlashtirish to’g’risida» gi qonun, 2-modda).
Bundan tashqari axborot texnologiyalariga turli manbalarda turlicha ta’riflab keltirilgan:
1) Ma’lumotlarni to’plash, ularga ishlov berish, saqlash, uzatish, va ulardan foydalanish
jarayonida hisoblash texnikasidan foydalanish yo’llari, usullari va uslublari.
2) Hujjatlashtirilgan axborot, jumladan dasturli vositalarga ishlov berishning jami uslublari,
yo’llari, usullari va vositalari hamda ulardan foydalanishning belgilangan tartibi.
3) Inson faoliyatining turli sohalarida axborot mahsulotini ishlab chiqarishda axborot
jarayonlarini amalga oshirishning jami usullari;
Keng ma’noda axborot texnologiyasi misolida idora cho’tidan foydalanish va kitoblarni bosib
chiqarishni ko’rsatish mumkin. Tor ma’noda «axborot texnologiyasi» atamasi axborotga ishlov
berish uchun ushbu axborotdan foydalanuvchi jarayonlarning sermehnatligini kamaytirish va
ularning ishonchliligini va tezkorligini oshirish maqsadida zamonaviy texnikalardan optimal
foydalanish bilan bog’liqdir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyalarining maqsadi -
inson yoki tizim ehtiyojlarini
qondiruvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishdir.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə