Samarqand davlat tibbiyot universiteti


Talaba tasavvurga ega bo‘lishi kerak



Yüklə 146,5 Kb.
səhifə8/10
tarix14.08.2023
ölçüsü146,5 Kb.
#120579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Farmakagnoziyagiya modul dasturi (3) (2) (2) 23.06

Talaba tasavvurga ega bo‘lishi kerak:
- farmakognoziyaning asosiy tushunchalari, uning maqsad va vazifalari, rivojlanish bosqichlari, dorivor o‘simliklar soxasidagi ilmiy tekshirishlarning asosiy yo‘nalishlari;
- 0‘zbekiston dorivor o‘simliklar xomashyosi bazasi; dorivor o‘simlik mahsulotlari va qisman hayvonlardan olingan dori vositalari nomenklaturasi va tasnifi;
- dorivor o‘simlik larning kimyoviy tarkibi va uning ontogenezda hamda tashqi omillar ta’sirida o‘zgarishi;
- dorivor o‘simlik mahsulotlarini amaldagi MX asosida qabul qilish va taxlildan o‘tkazish tartibi tasavvurga ega bo‘lishi;
Talaba bilishi kerak:
- dorivor o‘simliklarning orfologik belgilari bo‘yicha aniqlash;
- dorivor o‘simlik mahsulotlarini makro-, mikroskopik va kimyoviy taxlil usullari;
- amaldagi MX asosida dorivor o‘simlik mahsulotlarini qabul qilish va ularning sifatini aniqlash uchun tovarshunoslik taxlil usullari bilishi va ulardan foydalana olishi;
Talaba ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak:
- dorivor mahsulotlar tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi moddalar (polisaxaridlar, vitaminlar, efir moylari, iridoidlar, alkaloidlar) ni sifat va miqdoriy taxlilini o‘tkazish, dorivor o‘simlik mahsulotlarini qabul qilish va ularning sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarini amaldagi MX talablariga muvofiq aniqlash ko'nikmalariga va malakalariga ega bo'lishi kerak.
Modul yakunlaganda talaba biladi:
dorivor o‘simliklarning morfologik belgilari bo‘yicha aniqlash;
- dorivor o‘simlik mahsulotlarini makro-, mikroskopik va kimyoviy taxlil usullari;
- amaldagi M X asosida dorivor o‘simlik mahsulotlarini qabul qilish va ularning sifatini aniqlash uchun tovarshunoslik taxlil usullari;
- dorivor o‘simlik mahsulotlarini butun, maydalangan, kukun xolida aniqlash,
shuningdek dorivor o‘simlik briketlari, yig‘malarni taxlil qilish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;


Modul yakunlaganda talaba bajara oladi:
- dorivor o’simliklar mahsulotlarini tayyorlash (yig’ish, quritish, saqlash) qoidalarini o’rgatish;
- dorivor o’simlik mahsulotlarini qabul qilish qoidalari va amaliy me'yoriy hujjat asosida taxlil qilishni;
- dorivor o’simlik mahsulollarini chinlik ko’rsatkichlarini (mahsulotlarning tashqi ko’rinishi va morfologik anatomik tuzilishi) aniqlash va ularning axamiyatini;
- dorivor o’simlik mahsulotlarini sifatini belgilovchi ko’rsatkichlarini (asosiy ta'sir etuvchi moddalar miqdori. ekstraktiv moddalar miqdori, namligi, umumiy kuli 10% li xlorid kislotada erimaydian kuli, maydalanganlik darajasi, organik va mineral aralashmalar) aniqlash va ularning axamiyatini;
- tarkibida yurak glikozidlari saponinlar, antratsen unumlari, oshlovchi moddalar, flavonoidlar, kumarinlar va yog’lar bo'lgan dorivor o’simliklar mahsulotlarini standartlashni;
- tarkibida yurak glikozidlari, saponinlar, antratsen unumlari, oshlovchi moddalar, flavonoidlar, kumarinlar va уоg’lar bo’lgan dorivor o’simliklar mahsulotlarini tibbiyot amaliyotida qo’llanilishi.



Yüklə 146,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə