Samarqand davlat universiteti huzuridagi jomboy raqamli texnologiyalar texnikumi kompyuter tarmoqlari fanidan



Yüklə 156,13 Kb.
səhifə5/6
tarix22.04.2023
ölçüsü156,13 Kb.
#106686
1   2   3   4   5   6
Erbiy optik ulagichining tahlili M.ishi

Optik tola va uning tuzilishi

Tolali optik aloqa tizimi (TOAT)da yorug‘lik to‘lqinlarining tarqalishini chegaralovchi va yorug‘lik energiyasi oqimini berilgan yo‘nalishda yo‘naltiruvchi, uzatish va qabul qilish traktlarini bog‘lab turuvchi muhit optik tola deb yuritiladi. Optik tolalarning xossalari qisman aloqa tizimining sifatini aniqlaydi. Shuning uchun TOATni loyihalashtirishda optik tola (OT) larning tavsiflarini e’tiborga olish kerak. Kichik so‘nish koeffitsiyentiga ega bo‘lgan optik tolalar asosida optik signallarni uzoq masofalarga uzatishni ta’minlovchi optik kabellar yaratilgan. Optik tolalar o‘zak va qobiqdan tarkib topadi (1.3-rasm). Ular qiymati bo‘yicha bir-biriga yaqin turli sindirish ko‘rsatkichlariga ega. 15 O‘zak uzatuvchi, qobiq esa o‘zi va o‘zak orasida chegara hosil qiluvchi muhit sifatida ishlatiladi. Bu chegara yorug‘likni yo‘naltiruvchi fizik kanalni shakllantirib, u orqali uzatilgan signalning eltuvchisi – yorug‘lik nuri tarqaladi. Yorug‘lik nurining faqat o‘zak bo‘ylab tarqalishini ta’minlash uchun n1>n2, (1.1) shart bajarilishi kerak. Bu yerda mos ravishda n1 – o‘zakning sindirish ko‘rsatkichi; n2 – qobiqning sindirish ko‘rsatkichi. Optik yorug‘lik uzatgichlarining sindirish ko‘rsatkichi quyidagi munosabat bilan aniqlanadi: n  , (1.2) bu yerda,  va  – mos ravishda yorug‘lik uzatuvchi muhitning nisbiy dielektrik va magnit singdiruvchanliklari. Ikkinchi tomondan, sindirish ko‘rsatkichi n, yorug‘likning vakuumdagi tezligi (s) ni uning uzatuvchi shaffof muhitdagi tezligi (sm) ga nisbati orqali ifodalanadi: n = s / sm . (1.2`) Sindirish ko‘rsatkichining qiymati bilan farqlanuvchi turli xil moddalarda yorug‘lik turlicha tezlik bilan tarqaladi (1.2-jadval) [1]. 1.3-rasmda OT ning tuzilishi tasvirlangan. OTni tayyorlash uchun asosiy material sifatida juda toza va shaffof kvars shishasi – kremniy ikki oksidi (SiO2) ishlatiladi. O‘zak va qobiqning kerakli sindirish ko‘rsatkichlariga erishish uchun kvars shishasiga kiritmalar kiritiladi. Chunonchi, germaniy va fosfor sindirish ko‘rsatkichi qiymatini oshiradi, bor va ftor esa, aksincha uni kamaytiradi. Tolaning qo‘shimcha qobiqlari himoya qobig‘i hisoblanadi. 1.3- rasmda tashqi plastik qoplama ko‘rsatilgan [2]. Tashqi plastik qoplama optik tolani uning xususiyatlariga ta’sir etuvchi mexanik va boshqa atrof muhit ta’sirlaridan himoya qiladi.



Xulosa.

Men bu mustaqil ish yozish mobaynida interet tarixi, insoniyatning optik tolali


aloqa liniyalari rivojlanishigacha bo’lgan davrdan to shu kungacha bo’lgan davrini kuzatdim.
Optik tolali chiziqlar an'anaviy simlardan farqini urgandim. Aloqa liniyasi (LAN)bu ma'lumotlar uzatuvchi uskunalar va oraliq uskunalarning axborot signallari uzatiladigan fizik vosita. Optik tolali aloqaning afzalliklari:
Juda yuqori tashuvchi chastotalar tufayli keng polosali optik signallar. Bu shuni anglatadiki, ma'lumot optik tolali liniya orqali taxminan 1 Tbit / s tezlikda uzatilishi mumkinligi haqida malumotlarga ega buldim.
Kompyuter tarmoqlarida optik tolali aloqa liniyalaridan foydalanish kunikmasini va optik tolali aloqa liniyalarining ishlash prinsipini o’rgandim.
Foyda optik tolali aloqa liniyalari (FOCL)) an'anaviy "metall" uzatuvchi
vositalardan farqlarini angladim. Optik tolali kabelni o'rnatish tartibi va
xususiyatlarini o’rgandim. Menga bu mustaqil ish yozishda bilim va asosan kunikmalarga ega bo’lganimdan xursandman.


Yüklə 156,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə