Samarqand davlat universiteti lingvokulturologiya



Yüklə 4,15 Mb.
səhifə17/127
tarix19.12.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#150532
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127
2. Elektron manbalar
45. http://en.wikipedia.org/wiki
46. http://tpl1999.narod.ru/WebTPL2000/KlokovTPL2000.htm.
47. http://www.lib.vsu.ru/elib/texts/217.pdf.
48. http:www.Nbuv.Cov.ua/portal/Sog-Gum/ls 2008-17/dorofeev/pdf.
59. http://www.ziyo-net.uz
LINGVOKULTUROLOGIYA
1-MA’RUZA
Кirish:
Standartlashuv, integratsiyalashuv va madaniyatlarning aralashuvi, globallashuv yuz berayotgan hozirgi kunda turli xalqlar tili va madaniyatini o‘rganish, ularni qiyosiy tadqiq etish, lingvistika muammolarini hal qilish har jihatdan dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu vazifani hal etish uchun har tomonlama etuk, intellektual salohiyati yuqori, yuksak ma’naviyatli, ona tili, xorijiy tillar va madaniyatlarni mukammal egallagan va undan lingvistika sohasida samarali foydalana oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash lozim bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda, 5A12010 – Lingvistika (o‘zbek tili) magistratura mutaxassisligining o‘quv rejasiga “Lingvokulturologiya” fani kiritilgan.
“Lingvokulturologiya” fanidan tayyorlangan mazkur o‘quv-uslubiy majmua, oliy ta’lim tomonidan qo‘yilgan talablar asosida bajarilgan. O‘quv-uslubiy majmua tarkibiga: fanning namunaviy o‘quv dasturi; fanning ishchi o‘quv dasturi; kalendar reja; ma’ruzalar matni; ta’lim texnologiyasi; ma’ruzaga taqdimot; tarqatma material; baholash me’zonlari; nazorat uchun savollar; referat mavzulari; testlar; glossariy; qo‘llaniladigan adabiyotlar ro‘yxati; xorijiy manbalar va adabiyotlar; o‘quv adabiyoti; me’yoriy xujjatlar to‘plami; talabalar uchun fanni o‘zlashtirishda yordam beruvchi foydali maslahatlar va tavsiyalar kiradi.
Fanning ishchi o‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o‘quv dastur va O‘zbekiston Milliy universitetida tuzilgan ishchi o‘quv dasturi asos qilib olindi va SamDU Ilmiy-uslubiy kengashi hamda Filologiya fakulteti, O‘zbek tilshunosligi o‘quv-uslubiy kengashlari qarori asosida ta’lim jarayonga qo‘llash uchun tavsiya etildi. Ushbu fanning tuzilihi, mazmun-mohiyati quidagilar masalalarni o`gani bilan bo-liq^
Lingvokulturologiya madaniyatshunoslik va tilshunoslik kesishgan nuqtada shakllangan til tadqiqining yangi sohasidir. Lingvokulturologiya madaniyat va tilning o‘zaro aloqasini, o‘zaro ta’sirini, tilda o‘z aksini topgan xalq madaniyatining ko‘rinishlarini tadqiq etadi. Lingvokulturologiya tilni madaniyatning fenomeni, tashuvchisi sifatida o‘rganadi. Mazkur fan doirasida leksik darajaning til birliklari semantikasidagi madaniyatshunoslikning tarkibiy qismlari va madaniy ma’nolar o‘rganiladi. Lingvokulturologiya fanini o‘zlashtirish uchun magistrant tilshunoslikning leksikologiya, leksikografiya, frazeologiya va madaniyatshunoslik kabi bo‘limlarining tushunchaviy tizimi, so‘zning semantik tuzilishi, leksik birliklarning turlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi lozim.
Fanning maqsadi – magistrant-talabalarni etnik madaniyatning dunyoqarashi va shaklini ifodalovchi universal vosita bo‘lgan til bilan tanishtirish, ularda til va madaniyatning o‘zaro aloqasi va ta’siri bilan bog‘liq jarayonlarni tahlil qilish salohiyatini shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə