Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Komenskiyning bolani yosh davrlarga bo‘lishi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə314/381
tarix03.03.2022
ölçüsü3,27 Mb.
#84301
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   381
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)

Komenskiyning bolani yosh davrlarga bo‘lishi. Bunda u tabiiylik prinsipiga amal qilib, bola yoshini 4 davrga bo‘ladi.

1. Tug‘ilganidan 6 yoshgacha - ona maktabi. Bu davrda bolaning sezish organlarini o‘stirishga, bolaning qabul qilishini, atrofdagi dunyo bilan tanishtirishga katta ahamiyat beradi. Bolani mehnatga o‘rgatish, o‘z-o‘ziga xizmat qilishga jalb etish kerak. Ona boladagi axloqiy tarbiyaning asoslarini, to‘g‘rilik, haqqoniylik, mehnatni sevish va boshqalarni vujudga keltiradi. Ona maktabi bog‘cha yoshidagi bola tarbiyasini ko‘zda tutadi.

2. 6-12 yoshgacha - xalq maktabi yoki ona tili maktabi. Bunda o‘quvchi esda saqlashi, so‘zlashga o‘rganishi, yozish, boshlang‘ich maktab ko‘nikmasini hosil qilishi kerak bo‘lib, buning uchun geometriya, geografiya, tabiiyot fanlarini o‘rganishi lozim.

3. 12-18 yoshgacha - gimnaziya. Bu o‘quv yurtining vazifasi bola tushunchasini, tafakkur qobiliyatini o‘stirishdan iborat bo‘lib, unda klassik tillar, tabiiyot bilimlari, axloq, ilohiy fanlar o‘qitilishi kerak.

4. 18-24 yoshgacha - Universitet. Akademiya. Bu o‘quv yurtlari o‘quvchining irodasini, shaxsini bir butun o‘stirishi kerak.

SHunday qilib, maktab Komenskiy qarashicha o‘quvchilarni o‘ylashga, harakatlantirishga, masalalarni amalda mustaqil echa bilishga, o‘quvchilarni so‘zlashga, o‘z fikrini to‘g‘ri ifoda qilishga va isbotlab berishga o‘rgatishi kerak. Mehnat kishini ulug‘laydi, deydi Komenskiy. Shuning uchun mehnatga ham yoshlikdan o‘rgatish kerakligini ilgari suradi.

Komenskiyning pedagogik nazariyasida ta’lim-o‘qitish, ya’ni didaktika katta o‘rinni egallaydi. Bunda u tabiiylik usulini asos qilib oladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, bunda bolaning yoshi, bilim darajasi, psixologik xususiyatlari hisobga olinib, darsni tabiat borlig‘iga moslab olib borish kerak, degan g‘oya ilgari suriladi.

Masalan: Qush o‘ziga uya yasaydi, uya issiq va yumshoq bo‘lishi kerak. Maktab ham xuddi shunday bo‘lishi kerak.

Komenskiy o‘zining “Buyuk didaktika” asarida maktabda o‘qitish tizimini amalga oshirishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilishni tavsiya etadi.


  1. Ko‘rsatmalilik tamoyili;

  2. Onglilik tamoyili;

  3. Izchillik va tizimlilik tamoyili;

  4. Mashq qilish, bilim va malakalarni puxta egallash tamoyillari.


Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə