Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə363/381
tarix03.03.2022
ölçüsü3,27 Mb.
#84301
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   381
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)

Pantomimika. Gavda, qo’l va oyoqning harakatiga - pantomimika deyiladi. Pantomimikadan mohir pedagoglar o’z fikrlarining asosiy o’rnini ta’kidlash, obraz yaratish maqsadida foydalanadilar. O’qituvchi dars paytida o’quvchilar oldida to’g’ri turish malakasini egallashi kerak (oyoqlar oralig’i 12-15 sm, bir oyoq biroz oldinga tashlangan holda). Uning barcha harakatlari nazokatli, oddiy va tabiiyligi bilan ajralib turishi lozim. Gavdani tutish estetikasi salbiy odatlardan xoli bo’lishni talab etadi: orqa-oldga tomon chayqalish, bir oyoqdan ikkinchisiga og’irlikni tashlash, stul suyang’ichini tutish, qo’lda darsga aloqasiz buyumlarni aylantirish, bosh qashish, burun qoqish, quloq kavlash va h.k.

Uning imo-ishoralari aniq tushunarli, ma’noli bo’lmog’i lozim. Imo-ishoralar tasviriy va psixologik turlarga bo’linadi. Tasviriy ishoralar fikr yo’nalishini tasavvur etish, chizib berish uchun xizmat qiladi. Eng muhimi psixologik testlar bo’lib, ular his-hayajon, tuyg’ularni ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, o’qituvchi to’g’ri javobdan mamnunligini boshini 3 marta ohista pastga egish orqali, javobdan qoniqmaganligini esa boshini ikki tomonga “sarak-sarak” qilib chayqash orqali ifodalashi mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, ishoralar aytilmoqchi bo’lgan fikr to’g’risida oldindan ogoh etish uchun ishlatiladi, aytilgan fikrdan keyin ularni qo’llashning foydasi yo’q. O’quvchilarga aytiladigan fikr ta’sirini oshirish uchun oldinga qarab yurish, ularga dam berish uchun esa orqaga qaytish lozim.




Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə