Pedagogik muomala va uning funksiyalari
Ba’zi o’qituvchilar borki, ular nihoyatda kuchli bilim, yaxshigina nutqqa ega bo’lishadi, biroq o’quvchilar bilan muomala qila bilishmaydi. Ularda o’qituvchini eshitish sabr-toqat malakasi yetishmaydi.
Maktabda 2 ta bosh figura - o’qituvchi va o’quvchi mavjud bo’lib, butun ta’lim-tarbiya jarayonining muvaffaqiyati ana shu kishilarning muomala madaniyati darajasiga bog’liq. Biroq, hozirgi maktab, ta’lim-tarbiyani demokratiyalashtirish jarayoni bajarayotgan birdavrda ham, biz avtoritar-byurokratik, imperativ yondashuvni ko’ramiz.
Sakkiz yillik maktab direktori “Men o’quvchilar bilan yolg’iz kurashmoqdaman, lekin ular bilan hamma kurashishini istayman”, deb javraydi, natijada bolalardagi nuqsonlarga emas, balki ularning o’zlariga qarshi kurash boshlaydi. Masalan, sharmanda qilishga bag’ishlangan lineyka, qasam ichirish, ota-onalar orqali siquvga olish va h.k. Natijada ikki bir-biriga qarshi turuvchi o’quvchilar va o’qituvchilar lageri yuzaga keladi. Umumiy maqsadlar emas, balki shaxsiy qiziqishlar uchun kurash avj oladi.
Hozirgi istiqlol va demokratiya sharoitida ta’lim-tarbiya jarayonini, ongli fikrlay oladigan vatan va shaxsiy manfaatlari oldida mas’uliyat sezadigan fuqaroni tarbiyalash maqsadiga bo’ysunadi.
O’zaro qarama-qarshilik emas, balki hamkorlik, insonparvarlik bilan sug’orilgan munosabatlar - maktabda sermahsul muomala madaniyatini yo’lga qo’yish orqaligina yuqoridagi maqsadga erishish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |