Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi


- MAVZU. INFORMATIKA TO’GARAKLAR TASHKIL QILISHDA TAQVIM MAVZULI REJA VA ULARGA QO’YILADIGAN TALABLAR



Yüklə 2,57 Mb.
səhifə25/61
tarix27.06.2022
ölçüsü2,57 Mb.
#90164
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61
2 5339481197535828357

7 - MAVZU. INFORMATIKA TO’GARAKLAR TASHKIL QILISHDA TAQVIM MAVZULI REJA VA ULARGA QO’YILADIGAN TALABLAR.
Reja:

  1. Oʻquv fani dasturi, ishchi dasturi asosida kalendar tematik rejani tayyorlash.

  2. Informatikadan to’garakning oʻquv dasturi (16-18 yoshlar uchun) oʻqtirish xati

  3. Oʻquv mashg‘uloti darajasida informatika mazmunini loyihalashtirish.



-------------------------------------------------------------------------------------------
Tayanch so‘z va iboralar: Jamiyat,axborot,elektronika, toʻʼgarak, Metod, Usul, ochiq to’garaklar, ilmiy metodik, xossalari, axborot texnologiyalari.

  1. Oʻquv fani dasturi, ishchi dasturi asosida kalendar tematik rejani tayyorlash.

Informatika va axborot texnologiyalari fanini oʻqitishning maqsad va vazifalari. Oʻrta ta’limda informatika va axborot texnologiyalari oʻquv fanini oʻqitishning asosiy maqsadi – oʻsib kelayotgan avlodni zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash malakalari, mustaqil, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan iborat va olgan bilimlarini hayotda tatbiq etishga oʻrgatishdan iborat.
Oʻrta ta’limda informatika va axborot texnologiyalari ta’limining asosiy vazifalari:

  • oʻquvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularni amaliyotda qoʻllash haqida bilimlar berish;

  • kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari va asosiy bosqichlarini ketma-ketlikda toʻg‘ri bajara olish;

  • algoritmik tuzilmalarni, algoritmlash va dasturlash asoslari haqida bilim berish;

  • kompyuterning dasturiy ta’minoti va ularning imkoniyatlarini ajrata bilish hamda amaliyotda qoʻllay olishga oʻrgatish;

  • oʻquvchilarni aqliy rivojlantirish, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish;

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini oʻrgatib borish orqali ularda umuminsoniy qadriyatlarga rioya etishni rivojlantirishga qaratilgan va ta’lim - tarbiya olishning keyingi bosqichlarida davom ettirishlari uchun zarur boʻlgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirish.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan oʻrta ta’lim bitiruvchilariga qoʻyiladigan malaka talablari
Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi:

  • B1 Axborot resurslaridan maqsadli izlash va saralash vazifalarini bajara oladi;

  • axborotlarni arxivlash dasturlari imkoniyatlarini biladi, amaliyotda qoʻllay oladi;

  • axborotlashgan jamiyat haqida tasavvurga ega boʻladi;

  • multimedia tizimlari haqida bilimga ega boʻladi, amaliyotda qoʻllay oladi;

  • kompyuter grafikasi va uning turlari haqida bilimga ega boʻladi;

  • ma’lumotlar omborini yaratish va boshqarishda qoʻllaniladigan dasturlar haqida bilimga ega boʻladi;

kasbiy sohalarda qoʻllaniladigan amaliy dasturlar haqida bilimga ega boʻladi.

  • B1+ Axborotga oid modellar, texnik vositalar va axborot resurslari haqida misollar keltira oladi;

  • zamonaviy dasturlash tillari va ularning tasnifini biladi;

  • oʻzining sohasiga yoʻnaltirilgan amaliy dasturlar imkoniyatlari haqida bilimga ega boʻladi va ulardan foydalana oladi.

2. Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi:

  • B1 Kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslariga oid amaliy masalalarni hal eta oladi;

  • turli mavzularda multimedia imkoniyatlari qoʻllab, taqdimotlarni mustaqil ravishda tayyorlay oladi;

  • rastrli grafik muharrir yordamida rasm va fotosuratlarni qayta ishlay oladi;

  • turli koʻrinishdagi axborotlarni mos dasturiy ta’minot yordamida tasvirlash, saqlash, qayta ishlash vazifalarini mustaqil hal eta oladi;

  • ommaviy, ta’limiy axborot resurslaridan foydalana oladi, ularni kerakli koʻrinishga keltirish uchun qayta ishlashga oid amallarni bajara oladi;

  • kompyuter viruslari va axborot xavfsizligi muammolarini hal eta oladi;

  • web-sayt koʻrinishidagi axborotlarni qayta ishlay oladi;

  • maxsus amaliy dasturlar yordamida ma’lumotlar ombori va soʻrovlar hosil qila oladi va hisobotlar tayyorlay oladi;

  • turli masalalarni yechishga oid algoritmlar tuza oladi;

  • obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash tillaridan birida masalalarni yechishga doir dasturlar tuza oladi.

  • B1+Rastrli va vektorli grafik muharrir yordamida tasvirlarni qayta ishlay oladi;

  • maxsus amaliy dasturlar yordamida ma’lumotlar ombori, soʻrovlar va shakllar hosil qila oladi, hisobotlar va sodda makroslar tayyorlay oladi;

  • amaliy dasturiy ta’minot va dasturlash tili imkoniyatlaridan foydalanib multimediali resurs tayyorlay oladi.

3. Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi:

  • B1 Axborotni uzatishning eng samarali usullarini amalda qoʻllay oladi;

  • axborot uzatishda Internet va uning xizmatlaridan samarali foydalana oladi;

  • axborot xavfsizligini ta’minlaydigan usullardan foydalanib axborot uzata oladi;

  • matn va jadval protsessorlari, taqdimot dasturlari yordamida hujjatlarni pochta orqali uzata oladi.

  • B1+Axborot almashishning dasturiy ta’minotini sozlash asosida elektron tarmoqlar imkoniyatlaridan foydalana oladi;

  • matn va jadval protsessorlari, taqdimot dasturlari yordamida hujjatlarni axborot resursi sifatida saytga joylashtira oladi.


  1. Yüklə 2,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə