Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi



Yüklə 2,57 Mb.
səhifə47/61
tarix27.06.2022
ölçüsü2,57 Mb.
#90164
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   61
2 5339481197535828357

4. Pufaksimon saralash algoritmi
Ushbu usulning g'oyasi quyidagicha: n - 1 marta massivda quyidan yuqoriga qarab yurib kalitlar jufti-jufti bilan taqqoslanadi. Agar pastki kalit qiymati yuqoridagi jufti kalitidan kichik bo'lsa, u holda ularning o'rni almashtiriladi (6.1- rasm).
Misol : massiv - 4, 3, 7, 2, 1, 6.

1-rasm. Pufaksimon saralash usulida massiv elementlarining o'rnini almashtirish. Pufaksimon usulni massiv elementlarida pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga o'tishni bir vaqtda amalga oshirish natijasida yaxshilash mumkin.
“Pufaksimon” saralash usulini hisoblashga misol
2-rasm. Massivni pufaksimon saralashga misol
2-rasmda berilgan misolda 5 ta elementdan iborat massiv berilgan. Demak, massivda pastdan yuqoriga (yuqoridan pastga) o'tishlar soni 5-1=4 marta bo'ladi. Misoldan ko'rinib turibdiki, algoritm ichki siklda 3-qadamdan boshlab massivni “bekor” qayta ishlaydi, 4-qadamni bajarmasa ham bo'ladi.
Berilgan usullarning afzalligi:
1) Eng sodda algoritm;
2) Amalga oshirish sodda;
3) Qo'shimcha o'zgaruvchilar shart emas.
Kamchiliklari:
1) Katta massivlarni uzoq qayta ishlaydi;
2) Har qanday holatda ham o'tishlar soni kamaymaydi.
5. “Pufaksimon” usulni yaxshilash
1) Agar massivda o'tishlar nafaqat yuqoridan pastga, balki bir vaqtning
o'zida pastdan yuqoriga ham bo'lsa, u holda “yengil” elementlar “yuqoriga suzib” chiqadi va “og'ir” elementlar esa “cho'kadi”.
2) Massivda “bekor” o'tishni yo'q qilish uchun, tashqi siklda massiv saralanganligini tekshiruvchi belgi qo'yish lozim.
for (int i=0;i
for (int j=n-1;j>i;j--)
if (a[j] < a[j - 1]){
int x= a[j - 1];
a[j - 1] = a[j];
a[j] = x; }
O'rinlashtirish va taqqoslashlar soni: (n* log( n )).
6. Quiksort – tez saralash algoritmi
Bu algoritm “bo'lib ol va egalik qil” tamoyilining yaqqol misolidir. Bu algotirm rekursiv bo'lib, o'rtacha N*log2N ta solishtirish natijasida saralaydi. Algoritm berilgan massivni saralash uchun uni 2 taga bo'lib oladi. Bo'lib olish uchun ixtiyoriy elementni tanlab undan 2 ta qismga ajratiladi. Lekin o'rtadagi elementni tanlab, massivning teng yarmidan 2 ga ajratgan ma'qul. Tanlangan kalit elementga nisbatan chapdagi va o'ngdagi har bir element solishtiriladi. Kalit elementdan kichiklar chapga, kattalar o'ng tomonga o'tkaziladi (6.3-rasm). Endi massivning har ikkala tomonida xuddi yuqoridagi amallar takrorlanadi. Ya'ni bu oraliqlarning o'rtasidagi elementlar kalit sifatida olinadi va h.k.
Misol uchun rasmdagi massivni saralash algoritmini ko'rib chiqamiz.
1. Oraliq sifatida 0 dan n-1 gacha bo'lgan massivning barcha elementlarini olamiz.
2. Oraliq o'rtasidagi kalit elementni tanlaymiz, ya'ni

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə