Samarqand Davlat Universiteti Tarix fakulteti arxeologiya yonalishi talabasi



Yüklə 51,18 Kb.
tarix22.05.2022
ölçüsü51,18 Kb.
#87675
Samarqand Davla-WPS Office


Samarqand Davlat Universiteti
Tarix fakulteti arxeologiya yonalishi talabasi
Botirov Egamberdining
O'rta Osiyo arxeologiyasi fanidan yozgan mustaqil ishi
Mavzu: Tojikiston neoliti
Reja:
I.KIRISH.
Neolit davri haqida umumiy tushuncha.
II.Asosiy qism.
1.Tojikiston hududida joylashgan neolit davri yodgorliklari.
2.Hisor madaniyati.
3.O’rta Osiyoda neolit davri makonlari va ularning o’rganilishi.
III.Xulosa.

Neolit - (yun. neos-yangi, lot. litos-tosh, yangi tosh asri) tosh davrining songgi bosqichi. Arxeologiya faniga neolit atamasini 1865 yilda ingliz olimi Jon Lebbok kiritgan. Neolit davri sanasi mahalliy hududlarning tabiiy-geografik sharoiti, xojalik va moddiy madaniyati xususiyatiga ko'ra mil. VIII-IV ming yilliklar doirasida sanalanadi. Yer yuzining ayrim hududida neolit davri an'anlari mil. avv. III-II ming yilliklarda ham davom etadi.

Neolit davrining iqlimi hozirgidan ancha farq qilgan. Uning dastlabki bosqichida namchil va issiq iqlimli sharoit hukmron bolgan bolsa, keyinchalik atlantika bosqichida (taxminan mil. avv. VII-IV ming yilliklar) ob-havo isib, iqlim quruqlashib borgan. Ilgarigi namchil iqlimli o'rmonzor hududlarda qurug'oqchilik kuchaygan. Masalan, mezolit davrida sersuv va o'rmonzor bolgan Saxara qurgoqchilik tufayli cho'lga aylanadi.

Neolit davri ekologik o'zgarishlar oqibatida Osyoning tabiiy sharoiti qulay va issiq iqlimga ega bolgan subtropik mintaqalarida mezolit davridagi ixtisoslashgan termachilik va ovchilik asosida ishlab chiqaruvchi xo'jalik-dehqonchilik va chorvachilikning vujudga keladi. Xo'jalikning ishlab chiqaruvchi shakli o'tish dastlab yevrosyoning issiq iqlimli janubiy o'lkalarida sodir bolgan. Serunum yarimoy hududini tashkil etgan. Yaqin Sharq, Mesopotamiya va Kichik Osiyo yerlarida mil. avv. IX-VIII ming yilliklardayoq o'simliklarni madaniylashtirish va hayvonlarni xonakilashtirish boshlanadi.

Neolit davrida ishlab chiqaruvchi xo'jalik shakllari-dehqonchilik va chorvachilik vujudga kelgandan so'ng barqaror oziq-ovqat zaxirasi paydo boladi. Bu aholi turmush darajasining o'sishishiga olib keladi. Kishilik jamiyati ijtimoiy-iqtisodiy hayotida sodir bolgan bunday ijobiy o'zgarishlarni ingliz arxeolog olimi Gordon Chayld neolit inqilobi, deb atagan. Amerikalik boshqa bir olim R.Breydvud esa ijtimoiylashgan shaklda, ya'ni oziq-ovqat yetishtirish inqilobi nomi bilan yuritishni ma'qul korgan.


Tojikiston hududida joylashgan neolit davri yodgorlilaridan eng muhimi Hisor madaniyati hisoblaniladi. Hisor madaniyati mil. avv. 6-3-ming yilliklarga oid neolit davri arxeologik majmuasi. Asosiy yodgorliklari Tojikistonning Yovonsu, Vaxsh, Qizilsuv, Kofarnihon daryolari havzalarida qayd etilgan. Hisor madaniyatini 1948 yil A.P.Okladnikov kashf etgan. Asosiy yodgorliklari Tutkovul, Sayyod, Qozi Berdi va boshqa Bu madaniyat davriy jihatdan O'zbekistondagi Kaltaminor va Turkmanistondagi Joytun arxeologik madaniyatlari bilan bir vaqtga to'g'ri keladi. Topilmalari tosh va suyakdan yasalgan qurollar, har xil maishiy o'choqlardan iborat. Tosh qurollar yasashda ohaktosh, kvarsit, serpantin, yashma kabi materiallardan foydalanilgan. Hozirgacha Hisor madaniyati yodgorliklarida sopol buyum namunalarini uchramasligi tadqiqotchilar uchun yechilmagan muammo bolib qolmoqda. Holbuki, Kaltaminor madaniyati davrida O'rta Osyoda sopol idish tayyorlangani ma'lum edi. Hisor madaniyati sohiblarini xo'jalik jihatdan endigina o'troqlashayotgan ovchilar, terimchilik bilan tirikchilik qiluvchilar tashkil etardi deb hisoblash mumkin. Dehqonchilikning ilk belgilari faqat Hisor madaniyatining so'nggi davrida paydo bolgan.
Hisor madaniyati nomi bilan atalgan Markaziy Osiyoning neolit davri makonlari. Hisor Pomir toglaridan topib o'rganilgan. Hisor madaniyatining asosiy markazi Tojikiston Respublikasining Hisor Bobotog - Qoratog oraligidagi yerlar bolib, dastlab o'rganilgan yodgorliklar Hisor vodiysidan topilganligi uchun u shu nom bilan ataladi. Hisor madaniyati o'z xususiyatiga ko'ra tog' madaniyati deb ham nomlanadi. Hisor madaniyatiga mansub bo'lgan yodgorliklar 200 dan ortiq bolib, ular miloddan avvalgi V-III ming yilliklar bilan belgilanadi.
Hisor madaniyati jamoalari sopol idishlar yasab, asosan chorvachilik, ovchilik, qisman dehqonchilik va termachilik bilan shugullangan.
Hisor madaniyati tarkibiga kiruvchi makonlar.
1.Tutqovul makoni.
2.Sayid makoni.
3.Bulyoni Poyon makoni.
4.Kangurttut makoni.
1.Tutqovul makoni. Hisor neolit jamoalari moddiy madaniyatini tadqiqoti ishlarini 1948 yili A.P.Okladnikov boshlab bergan bo‘lsa, keyinchalik madaniyatni atroflicha tadqiqot etgan olim V.A.Ranov bo‘ldi. Shuningdek, A.G.Amosova, A.X.Yusupovlarning izlanishlari ham muhim. Hisor madaniyati tarqalgan asosiy hududlar Yaxsu, Surxob, Vaxsh, Kafirnigon vohalari hisoblanadi. V.A. Ranov tadqiqoticha, hisor jamoalariga tegishli makonlar dengiz sathidan 500-700 metrdan 1000-1500 metrgacha bo‘lgan balandlikdagi joylarda joylashgan. Bu makonlar barchasi soz tuproq qatlamlidir. Hozirgi kunda Hisor jamoalariga tegishli makonlar soni 100 dan oshib ketdi. Hisor madaniyati tarqalgan xudud chegarasi masalasiga kelganimizda quyidagi holatni kuzatamiz: Uning shimoliy chegarasi Shimoliy Tojikiston baland tog‘liklari yon daralari bilan chegaradosh. Shuningdek, Farg‘ona vohasi janubiy qismi, Issiqko‘l, Cho‘l vohasi hududlaridan ham Hisor jamoalariga tegishli moddiy madaniyat izlari topib o‘rganilgan. Lekin, bu joylarda madaniy qatlami yaxshi saqlangan makonlar uchratilmagan, faqatgina tasodifiy xarakterdagi manbalar yig‘ib olingan. Geolog A.A. Nikonov ma’lumotiga ko‘ra, SHimoliy Afg‘oniston hududida, Ko‘kcha rayonida Hisor jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli manbalar mavjud. Shu faktning o‘zi Hindiqush tog‘ tizmalari shimoliy yon bag‘ri Hisor jamoalari madaniyati tarqalgan hududga kirishini tasdiqlaydi. Umuman aytganda, Hisor jamoalari madaniyati O`rta Osiyo tog‘ mintaqalari hududlariga tarqalgan.
V.A.Ranov tadqiqotiga ko‘ra, Hisorning neolit jamoalari moddiy madaniyati kelib chiqishi ildizi, mahalliy mezolit davri madaniyatlari negizidan hisoblanadi. Bular Tutqovul makoni 2a- gorizonti, Say-Sayyod makoni 3- gorizonti, Darai-Sho‘r makoni moddiy madaniyatlaridir. (Ranov, 1998, 106-bet). M.M.Paxomovning changlanish diagrammasi ma’lumoti bo‘yicha mil avv 6 ming yillik boshlarida hozirgi zamonga o‘xshash iqlimiy yuzaga kelgan. Endi, Hisor madaniyati boshlanishi xronologik yoshi masalasiga kelganimizda V.A.Ranovning bu boradagi tadqiqotlari muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. V.A.Ranov Tutqovul makoni 2-gorizontidan radiouglerod analizi oladi va namunaning xronologik yoshi yoki bilan belgilanadi. Demak, mil. avv. 8 ming yilliklar bilan yoshlangan. Hisor jamoalari madaniyatining tugash yoshi Say-Sayyod makoni yuqori madaniy qatlamlari, Quyi-bulon makoni madaniy qatlamlari asosida mil. avv. 4 ming yilliklar bilan belgilangan. Demakkim, Tojikiston hududi Hisor jamoalari madaniyatining mavjud bo‘lgan xronologik davri mil avv VI – IV minginchi yillarni o‘zi ichiga oladi. V.A.Ranov tadqiqotiga ko‘ra Hisor jamoalari asosiy makonlari Tutqovul, Say-Sayyod, Qo‘yi-bulon, Kangurtut kabilar hisoblanadi.
1.Tutqovul makoni. Tutqovul makoni 1956 yil A.P.Okladnikov tomonidan kashf etilgan bo‘lib, makonni keyinchalik V.A.Ranov 1963-64 yillar mobaynida atroflicha o‘rgangan. Makonning umumiy maydoni 1 gektarga yaqin joyni egallaydi. V.A.Ranov tadqiqoticha, Tutqovul makoni 2a gorizonti mezolit davri jamoalariga tegishli va bu qatlam ustida joylashgan 2-madaniy qatlam esa neolit jamoalari moddiy madaniyatiga tegishlidir. Tutqovul makoni 2-madaniy gorizonti qalinligi 0,4 – 2 metrni tashkil etadi. Bu qatlam arxeologik manbalar asosida 3 ta gorizontga V.A.Ranov tomonidan bo‘lingan. 1-gorizont 10-15 sm qalinlikda bo‘lib, qoramtir rangli qatlam hisoblanadi. 2-gorizont nisbatan qalinroq va ko‘p kvadrat maydon sathida madaniy qatlam o‘rganilgan. Bu qatlamdan to‘g‘ri burchakli, suyri va aylana shaklda bo‘lgan o‘choq qoldiqlari topilgan. Qizig‘i shundaki, o‘choqlarning aylanasiga qator qilib toshdan terilgan devorlari ham saqlangan. Ana shu 2- gorizontdan hammasi bo‘lib 40 mingdan ortiq tosh buyumlar kolleksiyasi topilgan. Tutqovul makonidan neolit jamoalariga tegishli bo‘lgan qimmatli ashyoviy dalillar topilgan.
Shuningdek, bu erda ibtidoiy kishilarning yarim erto‘la shaklidagi uy-joy qoldig‘i topilgan bo‘lib, u Kaltaminorliklar chaylasiga o‘xshash qiyofada bo‘lgan.
Bu makondan topilgan qimmatli topilmalardan biri neolit odamlarining qoldiqlari topilishi hisoblanadi. Madaniy qatlamdan 2 ta katta odamning va 2 ta bolaning qabrlari topildi. Ulardan katta yoshdagi ayolning qabri yaxshi saqlangan bo‘lib, jasad g‘ujanak, qo‘l oyoqlari bog‘langan holda Dafn qilingan ekan. Antropologik analizlar bu odam qoldiqlarining cho‘ziq boshli evropoidlarga o‘xshash irqli kishilarga ta’lluqli ekanligini isbotladi.
Tutqovul makoni, Hisor madaniyatiga doir boshqa yodgorliklardan o‘zining tosh qurol-aslahalariga serobligi bilan ham farq qiladi. Qurol yasash uchun xom ashyo sifatida makon aholisi turli navli toshlardan- chaqmoqtoshdan, ayniqsa, qayroqlardan keng foydalanganlar. Makon kishilari mahalliy xom ashyodan tashqari Amudaryo sohillaridan ham chaqmoqtoshlarni keltirib foydalanganlar.
Makondan turli funksiyalarni bajarishda qo‘llaniladigan qurollarning 16 xili topilgan. Bu esa hisorliklar turmush xo‘jaligining birmuncha rivojlanganligidan dalolat beradi. Shulardan trapetsiya turidagi ponasimon qurollar, o‘roq tig‘i uchun qadamatoshlar, pichoqlar, randalar turmushda muhim qurol turlari hisoblangan. Makondan topilgan qo‘l chopqilari (chopper va choppinglar), silliqlash usulida ishlangan boltalar, pichoqlar va boshqa bir necha turli qurollar qayroq toshlardan yasalgan. Ayrim qurollar, jumladan, qirg‘ichchalar, qirg‘ich va randalar boshqa turli tosh jimjimalaridan yasalgan. Chaqmoqtoshdan yasalgan chopqich qurollar uchramaydi. Aksincha, trapetsiya, qadama toshlar, paraqa uchiga yasalgan qirg‘ich kabi qurollar deyarli chaqmoqtoshdan yasalgan.
Hisor madaniyatining eng xarakterli xususiyatlaridan biri, qayroq qurollarining serobligidadir. Bu erda qayroq toshlardan o‘ziga xos texnika uslubida qurol yasalgan. Bu texnika paleolit davridagi chopper va chopping qurollarini yasash traditsiyasini eslatadi.
Qayroq qurollarning ko‘pchiligi ushatgich (otboynik), chopqich, burdalash qurollari sifatida daraxtlarni qirqish uchun qo‘llanilgan. Hisor neolit yodgorliklaridan, ayniqsa qurol-aslaha yasashda hosil bo‘lgan chiqindilar – tosh parchalari ko‘p uchraydi. Bulardan, o‘tkir qirralilari qo‘shimcha kertuvsiz ham kechuvchi qurollar sifatida foydalanilgan. Tutqovulliklar toshlarni silliqlash usuli bilan ham qurollar, jumladan boltalar yasashgan. Qo‘l yorg‘uchoqlarining juda oddiylari uchraydi. Bunday uskunalar uchun yalpoqsimon toshlar tanlangan, donni ezish uchun turli hajmdagi, ko‘pincha qumlik granit toshlar qo‘llanilgan. Tutqovul tosh industriyasida chaqmoqtosh o‘zaklari uchraydi. Ulardan mikroparaqachalar ajratib olingan va ular turli keskich qurollarining qadama tig‘lari sifatida foydalanilgan. Qirra tomonlari o‘tmaslangan paraqachalar Tutqovulning mezolit va Hisor komplekslarida uchramaydi. Makonning yuqori qatlamida juda mayda tarzdagi trapetsiya, qirrali randa, paraqadan yasalgan botiq tig‘li qurollar Joytun madaniyati materiallarida kamroq uchrasada, kaltaminorliklar yodgorliklarida ko‘proq kuzatiladi.
Tutqovul makonidan topilgan tosh buyumlarning 30 foizini chaqmoqtosh tashkil qiladi. Bu xom ashyodan turli qurol-aslahalar ishlab chiqilgan. Umuman, hisorliklar xo‘jaligida asosiy rolni «qayroq element»lari tashkil qiladi.
2. Sayid makoni. Bu makon Tutqovuldan 3 km janubi-sharq tomonda joylashgan bo‘lib, u 1956 yili tadqiq qilingan edi. Bu makon Hisor madaniyatini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 60-yillarda makonning 3500 metr kvadrat maydoni qazib tekshirildi. Makon bir necha madaniy qatlamlardan iborat bo‘lib, ular mezolit davridan bronza asriga qadar kishilarning qarorgohi bo‘lganligini ifodalaydi. Makonda Tutqovul qatlamlariga teng madaniy gorizontlardan uy-joy qoldig‘i, yalpoq toshlardan qilingan yashik, tandir qoldiqlari topilgan. Yashikdan topilgan hayvon suyaklari, unda zahira go‘sht ozuqasi saqlanganligidan guvohlik beradi.
Umuman, Sayd makonidan 30 mingdan ziyodroq tosh buyumlar topilgan. Topilmalarni chaqmoqtosh, qayroqtosh va suyak buyumlari qoldiqlariga bo‘lish mumkin. Bu yodgorliklarda Tutqovulga qaraganda, chaqmoqtosh buyumlari ko‘proq uchraydi (50 – 60%). Bu qurollar turli-tuman bo‘lib, Joytun madaniyatining so‘nggi pog‘onalariga o‘xshashdir. Tosh qurol turlari Tutqovulga o‘xshash. Suyak qurollardan- mayda tuyoqli hayvon qovurg‘alaridan yasalgan juvoldiz, taqinchoqlar va bug‘u shohidan yasalgan bolaning bilakuzugi kabilar qiziqarlidir(34 –rasm).
3. Bulyoni Poyon makoni. Bu makon A.P.Okladnikov tomonidan 1957-59 yillarda tadqiq qilingan. U Jilontov adirlarining birida, Quyi Bulyon qishlog‘i yaqinidagi chashma atrofida joylashgan. Makon katta maydonni egallab, topilmalar 500 – 600 metr masofaga tarqalgan. Makonning faqat 200 metr kvadrat maydoni qazib ko‘rilgan va bir necha gorizontdan iborat madaniy qatlamga ega ekanligi aniqlangan. Shulardan yuqori gorizontdagisi arxeologik topilmalarga ancha serob ekan. Jumladan, 3 – 5 sm qalinlikda ganj bilan suvalgan neolit kishilarining uy-joy qoldig‘i, qadimiy tandir qoldig‘i topilgan.
Yodgorlikdan topilgan tosh industriyaning aksariyatini qayroq buyumlar tashkil qiladi. Bulardan, chopper va qo‘pol qirg‘ich qurollarni ko‘rsatish mumkin. Biroq Tutqovulga nisbatan bu erda chaqmoqtosh buyumlar ko‘proq topilgan. Chaqmoqtoshdan ajratib olingan mayda paraqachalar, qurollarning qadama tig‘lari sifatida qo‘llanilgan. Bunday qurollarning ayrimlarida mezolit an’anasi saqlanib qolgan.
Eng muhim topilmalardan biri silliqlangan tosh boltalardir. Bunday qurollarning taqdim qilingan nusxalari Tojikiston hududida birinchi marotaba topilishidir. Sopol idish qoldiqlari ham topildi. Ma’lum bo‘lishicha, yupqa devorli sopol idishlar ovqat pishirish uchun qo‘llanilgan bo‘lsa, qo‘polroq qalin sopol idishlar xum sifatida ishlatilgan.
Shunday qilib, Bulyoni Poyondan topilgan ashyoviy buyumlar Tutqovul va Sayid makonlariga qaraganda, birmuncha taraqqiyot pog‘onasiga erishgan. Bu makonning yoshini mil. avv. 5 minginchi yillarning ikkinchi yarmidan 4 minginchi yillar davomidagi madaniyat deb aytish xato bo‘lmaydi.
4. Kangurttut makoni. Bu makon Kangurttut qishlog‘idan 8 kilometlar chamasi shimolroqdagi terrasada joylashgan. Soz tuproqli qatlam qalin. 260 metr kvadrat maydon sathida madaniy qatlam o‘rganilgan. Makonni tadqiqot qilar ekan, V.A.Ranov, bu makon madaniy qatlamidan Hisor madaniyati makonlari ichida eng yosh radiouglerod analiz olinganligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Bu radiouglerod analizining absolyut sanasi mil. avv. yilni tashkil etadi. Bu esa Hisor jamoasi moddiy madaniyatining so‘nggi bosqichlarini o‘z ichiga olib, eng qizig‘i Hisor jamoalariga tegishli madaniy qatlam ustida bevosita bronza jamoalariga oid bo‘lgan qatlam uchratilgan. Bu juda qiziq ilmiy fakt hisoblanadi. V.A.Ranov fikricha, Hisor jamoalar moddiy madaniyati negizida mahalliy bronza jamoalari madaniyati shakllangan. Makondan toshlar bilan qalangan devorlarga ega bo‘lgan o‘choq qoldiqlari topilgan. Tosh qurollari mikrolit qurollar hisoblanadi .
1-1,5 sm li mikrotosh o‘zaklari, mikroparaqalar ko‘plab uchratilgan. Xullas Kangurttut makoni madaniy qatlami o‘z jihatlari bilan Hisor jamoalari moddiy madaniyatini namoyon etadi.
Yuqorida imkoniyat darajasida Tojikiston hududi neolit jamoalari moddiy madaniyatini xarakterlovchi Hisor madaniyati, asosiy tayanch makonlari bayonini keltirdik. Bulardan tashqari yuqorida zikr etilganidek, V.A.Ranov, A.G.Amosova, A.X.Yusupov, T.G.Filimonova kabi tadqiqotchilar ilmiy izlanishlari jarayonida 100 dan ortiq Hisor jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli madaniy punktlar aniqlangan, bular ichida nisbatan kattarog‘i Tepaiqoziyon, Kunchi, Ko‘xnaboy kabi makonlar Hisor vohasida Sangiugur, Dagana kabi makonlar Yaxsu daryosi vohasidan topib o‘rganilgan. Nurek suv ombori atrofidan ham ko‘plab Hisor jamoalari elementlarini mujassamlashtirgan madaniy punktlar aniqlangan.
V.A.Ranov Hisor jamoalariga tegishli asosiy tayanch makonlarni davrlashtirish sistemasini ishlab chiqqan va ularni uchta taraqqiyot davriga ajratadi: 1. Ilk Hisor madaniyati makonlari – Say-Sayyod 2-madaniy qatlam, Tutqovul 1-2-madaniy qatlami (mil avv 6 mingichi yillik boshlari – 5 ming yillik); 2. O‘rta Hisor makonlari guruhi Bulyoni Poyon, Ko‘xnaboy, Mullaniyoz, Say-Sayyod makoni 1-madaniy qatlami (mil avv 5 minginchi yillik 2 yarim – 4 minginchi yillik); 3. So‘nggi bosqich Hisor makonlari guruhi – Kangurttut, Tepakazyon, Sangiugur, Oqtangan makoni 3-madaniy qatlami (mil avv 3 minginchi yilliklar).
O'rta Osyoda neolit davri makonlari va ularning o'rganilishi.
Markaziy Osiyoda eng qadimgi dehqonchilik markazlaridan biri Kopetdog’ va Qoraqum oralig’idan (Turkmaniston) topilgan. Nayzatepa, Qadimtepa, Jaytun va boshqa qator ibtidoiy dehqonlar manzilgohlari Jaytun madaniyati nomi bilan ataladi. Chunki yodgorlik bahorda yomg’ir suvidan hosil bo’ladigan ko’lmak o’rnida joylashgan bo’lib, u oftob tegmagan paytda qorong’u bo’lib ko’ringan. Shuning uchun ham mahalliy xalq u erni Joyi-tun ya’ni qorong’u joy deb nomlagan.
Jaytun madaniyatiga mansub qabilalar paxsa va guvalasomon aralashtirib qurilgan uylarda yashab, bo’yoq bilan naqshlangan idishlardan foydalangan. Jaytun makoni ibtidoiy qishloq bo’lib, u bir necha uylardan tashkil topgan. Uylarning maydoni 25-30 m2 tashkil etgan bo’lib, ular paxsadan qurilgan. Uylar to’g’ri to’rt burchakli va bir xonali bo’lib, har bir xonaning alohida o’choqlari bo’lgan. Devorlari somon loy bilan suvalib, oxra tabiiy bo’yoq bilan bo’yalgan. Turar joy-uylari yonida omborxona, saroy, ho’jalik uchun o’ralar ham joylashgan.
Har bir uyda 5-6 kishilik oila istiqomat qilgan. Jaytun qishlog’ida 30 ga yaqin uy bo’lib, ularda 160-180 kishi yashagan. Bu erdan boshoqli don ekinlarining qoldiqlari, munchoq-taqinchoqlar, shaxmat-shashka donalari shaklidagi buyumlar topilgan. Hatto ko’plab loydan yasab pishirilgan odam va hayvon haykalchalari ham uchraydi. Jaytunliklarda ona urug’i hukmron bo’lgan. Ular miloddan avvalgi VI-V ming yilliklarda yashab, asosan dehqonchilik, chorvachilik, qisman ovchilik bilan shug’ullangan
O’zbekiston hududlaridan keyingi yillarda ko’plab neolit makonlari topilgan. Arxeologlar Qashqadaryo va Zarafshon daryolarining quyi oqimidan 45 dan ortiq neolit makonini o’rgangan. Markaziy Farg’ona hududida ham neolit yodgorliklari topilgan. Arxeologlar bu erda 80 ga yaqin neolit makonlarini o’rganadilar. Ular arxeologiya faniga “Markaziy Farg’ona neoliti” nomi bilan kiritilgan. Markaziy Farg’onaning neolit yodgorliklaridan tosh qurollar, toshdan yasalgan taqinchoqlar va yorg’uchoqlar topilgan. Bu erda yashagan qabilalar ho’jaligi baliqchilik, ovchilik va termachilikdan iborat bo’lgan. Markaziy Farg’onada o’rganilgan yodgorliklar O’rta Osiyodagi to’rtinchi neolit madaniyati hisoblanadi.
Neolit davri jamoalarining izlari Zarafshon daryosi etaklarida ham topib o’rganilgan. Neolit davrida Zarafshon daryosi o’zining 5 ta tarmog’i orqali Amudaryoga qo’shilgan. Uning eng yirik tarmog’i Mohandaryo bo’lib, u o’zining to’lib toshib oqqan suvlari bilan ko’plab ko’llar hosil qilgan. Bu ko’llar atrofida esa neolit davrida yuzlab jamoalar makonlari tashkil topgan. 1950 yillarda arxeolog Ya. /ulomov Moxandaryo bo’ylarida ko’plab tosh qurollar va sopol parchalarini topib o’rganadi. 1960 yilda arxeloglar A.Asqarov va U.Islomovlar Mohandaryo suvlaridan hosil bo’lgan Katta va Kichik Tuzkon sohillaridan 100 dan ortiq neolit makonlarini o’rganadi. Bu makonlarda madaniy qatlamlar saqlanmagan, bo’lsa-da, ammo ko’plab tosh qurollar, hayvon va baliq suyaklari ochiq havoda qumlar ustida hozirgacha saqlanib qolgan. Faqat bir makon “Darvoza Qir” makonida madaniy qatlam qisman buzilmay saqlangan bo’lib, qazish ishlari davomida undan chayla ustunining izlari topilgan. Shuningdek, tosh qurollari – o’q-yoy paykonlari, randalash, teshish asbob-uskunalari, tosh pichoq va pardoz berilgan toshbolta . . . va boshqa qurollar ham mavjud bo’lib, bu topilmalar neolit davri odamlari ho’jaligi haqida tasavvurimizni kengayishiga xizmat qiladi.
Darvoza Qir makonida yashagan jamoa ho’jaligida asosiy mashg’ulot baliqchilik bo’lgan. Ovchilik ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Chunki makondan jayron, soyg’oh, yovvoyi cho’chqa, qulon, ot . . . suyaklari topilgan.
Neolit davri yodgorliklari Samarqand viloyatining Sazag’on qishlog’ida ham o’rganilgan. Sazag’on jamoalari tog’ oldi buloq suvlari yoqalarida ovchilik ho’jaligi bilan shug’ullangan.
Zarafshon vodiysida yashagan neolit davri qabilalari shaxta yo’li bilan xom-ashyo qazib chiqarish usulini ixtiro qiladilar. Neolit davri odamlari toshning xususiyatlarini o’rganishga e’tibor bergan. Ular ma’lum darajada nam tortgan (chaqmoqtosh qancha ko’p nam tortsa, undan istalgan shaklda yuqori sifatli qurol yasash oson bo’lgan) chaqmoqtosh topish ustida harakat qilgan. Chaqmoqtosh sirlarini yaxshi bilgan neolit davri ustalari ana shu chaqmoqtoshni izlash natijasida yangi kashfiyotlar qildilar. Ya’ni ular shaxta yo’li bilan xom-ashyo olish usulini ixtiro qiladilar. 1960 yilda arxeolog Ya./ulomov Navoiy viloyatining Uchtut degan joyida mehnat qurollari yasash uchun juda boy xom-ashyo markazini ochdi. Arxeologlar M.Qosimov va T.Mirsoatov Uchtut yodgorligini tadqiq qildilar. Uchtutda Chaqmoqtosh xom-ashyosi olish uchun 4,5 va 5 metrli o’ralar kovlangan. Kerakli xom-ashyoni olish uchun esa o’raning har tomoniga qo’shimcha yo’laklar ochilgan. Uchtutda 100 dan ortiq shaxtaning o’rni ochib o’rganilgan..
Neolit davrida dastlabki shaxtalar Angliya, Frantsiya, Daniya, Shimoliy Germaniya hududlarida ham ko’plab mavjud edi. Bu davrda xom-ashyoni ixtisoslashgan tarzda qazib olish keng ko’lamda bo’lib, u san’at darajasiga ko’tarilgan. Ibtidoiy san’atning rivojlanish bosqichi ham neolit davriga to’g’ri keladi.
Yuqorida keltirib o’tganimiz madaniyat yodgorliklaridan topilgan idishlarga, kulolchilik buyumlariga har xil rangdagi bo’yoqlardan naqshlar, odam va hayvon suratlari chizilgan. Shu bilan birga loydan yasalib pishirilgan ayol haykalchalari ham neolit davri moddiy topilmalari hisoblanadi.
Neolit davri uzoq davom etgan tosh asrining so’nggi bosqichi bo’lib, odamlar bu davrda ho’jalikning ilg’or, unumdor shakli – dehqonchilik va chorvachilikni kashf etgan. Bu jarayon arxeologiyada neolitning inqilobi deb yuritiladi. (ingliz olimi G.Chayl fikri) kishilarda yaratuvchanlik faoliyatini aktivlashuvi mehnat qurollarida yangi shakl va xususiyatlarni, ishlab chiqarishda esa yangi ko’nikmalarni paydo etdi. Natijada, to’qimachilik, ip yigirish, qayiqsozlik, uysozlik, suvda suzish, . . . o’rganildi va o’zlashtirildi. Bu davrda hunarmandchilikka asos solindi. Maishiy munosabatlar ma’lum ma’noda tartibga kela boshladi. Odamlarda fiziologik o’zgarishlar yasashga xissa qo’shgan xususiyat-pazandalik sohasida go’shtni pishirib eyish va ovqatlar tayyorlash imkoniyatiga ega bo’lindi. Xususan, neolitda odamzod rivojlanish sari katta qadam tashladi.
Xulosa
Men bu davrni o'rganish chog'ida ko'plab yangi malumotlarni bilib oldim. Nafaqat Tojikistonda balki butun Markaziy Osyoda bu davr muhim hisoblanildi.Bu davrni arxeoliklar sopol buyumlar yasalishi bilan belgilashadi.Neolit davrining eng katta ixtirosi dehqonchilik va chorvachilik hisoblaniladi.Neolitning muhim ixtirosi esa to'qimachilik va kulolchilik hisoblaniladi.Bu davrda ona urug' davri hisoblangan matryalxat eng yuqori cho'qqisiga chiqqan, va bu davrda doimiy turar joylar qurila boshlanganligi dastlabki shahar, qishloqlar paydo bo'lishi uchun asos bo'lib xizmat qilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. N.A.Egamberdiyeva. Arxeologiya. Toshkent. 2011
2. J.Kabirov. A.Sagdullayev. O'rta Osyo arxeologiyasi. Toshkent. 1990
3. M.Jo'raqulov. M.Isomiddinov. O'rta Osiyo kulolchiligi tarixidan. – Samarqand. 1999.
4.J.Kabirov A.Sagdullayev. O'rta Osiyo arxeologiyasi. – Тoshkent. 1990.
5. Sagdullayev A. Qadimgi O’rta Osiyo tarixi. – Toshkent. 2004.
Bajardi: Botirov E.
Tekshirdi: Ergashev O.
Yüklə 51,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə