Samarqand davlat universiteti


FAN BO‘YICHA TALABALAR BILIMINI BAHOLASH VA NAZORAT QILISH MEZONLARI



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə72/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

FAN BO‘YICHA TALABALAR BILIMINI BAHOLASH VA NAZORAT QILISH MEZONLARI
1) Nazorat turlari
1. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
2. Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi.
3. Oraliq nazorat turi har bir fan bo‘yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 2 martagacha o‘tkazilishi mumkin.
Oraliq nazorat turini o‘tkazish shakli va muddati fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi.
4. Oraliq nazorat turining topshiriqlari tegishli kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
5. Semestr davomida haftasiga 2 akademik soatdan kam bo‘lgan fanlar bo‘yicha oraliq nazorat turi o‘tkazilmaydi.
6. Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholanib boriladi...
2) Talabalar bilimini baholash mezonlari
1. Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda – 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda – 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda – 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda – 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
2. Nazorat turlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o‘zlashtirishini xolis (ob’ektiv) va aniq baholash imkoniyatini berishi shart.

Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə